Научная статья на тему 'KONNI ISHLATISH DAVRIDA OQOVA SUVLARNI TOZALASH SXEMALARI'

KONNI ISHLATISH DAVRIDA OQOVA SUVLARNI TOZALASH SXEMALARI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
631
76
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oqova suv / neft / flokulyatsiya / tindirgich / ko’pik / deemulgator / sirt-faol modda. / flowing water / oil / flocculation / tincture / foam / deemulgator / surface-active substance.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Shaxnoza Komilovna Bokiyeva, Muhriddin Sadriddinovich Savriyev, Mirvohid Olimovich Sattorov

Neft qazib chiqarish konlarida ishlatishning uzoq muddat borishi bilan qatlam suvlarining neft tarkibidagi ulushi ham ortib boradi. Neftdan ajratib olinadigan oqova suvlar tarkibida esa neft tomchilari tarqalishi ham murakkab tuzilmani tashkil etadi. Oqova suvlarni tayyorlash orqali neft yo’qotilishining oldi olinib, bu turli sxemalar orqali amalga oshirilishi mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCHEMES OF WASTEWATER TREATMENT DURING THE PERIOD OF MINING

With the long-term increase in use in oil production fields, the share of qtlam water in oil content also increases. And in the composition of the flowing water, which is separated from the oil, the spread of oil droplets also forms a complex structure. This can be done through various schemes by obtaining the receipt of oil loss through the preparation of wastewater.

Текст научной работы на тему «KONNI ISHLATISH DAVRIDA OQOVA SUVLARNI TOZALASH SXEMALARI»

KONNI ISHLATISH DAVRIDA OQOVA SUVLARNI TOZALASH

SXEMALARI

Shaxnoza Komilovna Muhriddin Mirvohid Olimovich

Bokiyeva Sadriddinovich Savriyev Sattorov

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

ANNOTATSIYA

Neft qazib chiqarish konlarida ishlatishning uzoq muddat borishi bilan qatlam suvlarining neft tarkibidagi ulushi ham ortib boradi. Neftdan ajratib olinadigan oqova suvlar tarkibida esa neft tomchilari tarqalishi ham murakkab tuzilmani tashkil etadi. Oqova suvlarni tayyorlash orqali neft yo'qotilishining oldi olinib, bu turli sxemalar orqali amalga oshirilishi mumkin.

Kalit so'zlar: oqova suv, neft, flokulyatsiya, tindirgich, ko'pik, deemulgator, sirt-faol modda.

SCHEMES OF WASTEWATER TREATMENT DURING THE PERIOD OF

MINING

Shakhnoza Komilovna Muhriddin Mirvohid Olimovich

Bokieva Sadriddinovich Savriev Sattorov

Buxoro engineering-technological institute

ABSTRACT

With the long-term increase in use in oil production fields, the share of qtlam water in oil content also increases. And in the composition of the flowing water, which is separated from the oil, the spread of oil droplets also forms a complex structure. This can be done through various schemes by obtaining the receipt of oil loss through the preparation of wastewater.

Keywords: flowing water, oil, flocculation, tincture, foam, deemulgator, surface-active substance.

KIRISH

Oqova suvlar tindirgichdan suv bilan chiqadigan neft tomchilaridan va mexanik aralashmalardan (qum, temir oksidi va boshqalar) tozalanadi. 1- rasmda oqova suvlarni tozalash qurilmasining ochiq sxemasi ko'rsatilgan.

Uning ishlash tartibi quyidagicha: tindirgich va deemulsator ajratgichlarida neftdan ajratilgan suv avtomatik ravishda neft qopqoniga (1) tushadi. So'ng tindirgich

«ko'l»larga (3) oqib boradi. Tindirgich «ko'l»lardagi suv nasoslar (4) yordamida qumli filtrlardan (5) o'tib, tozalangan suv sig'imlariga (6) o'tadi. Bu sig'imlardan oqova suvlar nasos qabuliga (7) boradi va ko'pqatorli nasos stantsiyalariga (KNS) uzatiladi. Bu yerda oqova suvlarni qatlamga haydash uchun katta bosimlar (14,7-19,62 MPa) hosil qilinadi.

Neft qopqonlaridan diametri 80 mkm dan katta bo'lgan neft tomchilari yig'ilib, nasos (2) yordamida yana qaytadan tindirgich va deemulsator - tindirgichlarga uzatiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Suv tezligining tez pasayishi natijasida tindirgich - «ko'l»larda (3) neftning 30-40 mkm li tomchilari yig'iladi va mexanik aralashmalar cho'kadi. Oqova suvlarni tozalashning oxirgi bosqichi qum filtrlardir (5). Qum filtrlarida ma'lum vaqt oralig'ida cho'kib qolgan mikrozarrachalarni yuvib turish kerak. Buning uchun tozalangan suv sig'imi (6) dagi suv nasos (8) yordamida qum filtrlariga uzatiladi. Filtrli tozalanishda hosil bo'lgan iflos suv omborlarga (9) tushadi.

1-rasm. Oqova suvlarni tozalash qurilmasining ochiq sxemasi

Bu ko'rib chiqilgan qurilmaning kamchiliklari quyidagilar:

1. neft qopqonlari va «ko'l» - tindirgichlar temir-betondan quriladi, bu esa katta harajatlar talab qiladi;

2. bunday qurilma katta maydonda qurilishi lozim;

3. neft konini ishlash davri mobaynida neftni suvlanishi oshishi bilan bir qatorda bu qurilmaning mahsuldorligi ham ochib borishi zarur;

1 894

4. bu qurilmadagi oqova suvlar havodagi kislorodi bilan ta'sirlashib turadi. Natijada bu kislorodi oqova suvlarda erib, suv uzatkichlar va nasoslarning korroziyasiga sabab bo'ladi.

Hozirgi vaqtda oqova suvlarni tozalashning yopiq usuli qo'llanilmoqda, bunda suv havo bilan ta'sirlashmaydi. Mana shunday qurilmalarning biri 2 - rasmda ko'rsatilgan.

Oqova suv SFM bilan birgalikda ajratgich-deemulsatordan chiziqqa 1 tashlanadi, u neft emulsiya bilan aralashishga va STQsiga yopiq germetiklangan (2 va 7) sig'imga kirib keladi. Sig'imlarni 2 ko'ndalang kesimi ko'rsatilgan bo'lib, gofrlangan gidrofobli plastinkalar 3 mavjud, unga neftni tomchilari yopishadi va to'planadi, bu plastinkalardagi gofrlar orqali pardali ko'rinishda yuqoridagi hosil qiluvchi 2 sig'imga tomon harakatlanadi.

Sig'imning yuqori 2 qismida to'plangan neft nasos yordamida 4 olinadi va neft o'tqazmasi 5 orqali issiqlik almashtirgichning kirish qismiga uzatiladi va ajratgich-deemulsatorda kondensatsiyalanishgacha olib boriladi. Sig'imda 2 tindirilgan suv o'z oqimi bilan suv o'tqazma 6 orqali toza suvni saqlash sig'imiga 7 to'planadi. Sig'imdan 7 nasos 8 yordamida olinadi va ShNS ga beriladi va u yerdan haydovchi quduqlar orqali qatlamga haydaladi. Shu tartibda oqova suvlardan kislorod bilan kontaktsiz holda yopiq tizimda foydalaniladi.

S eparaíor-deemulsator

aialashtirgichsa SnvKNSfia

2-rasm. Suvlarni yopiq turda tozalash qurilmasi

1-oqova suvni tashish chizig'i; 2, 7-germetikli sig'imlar; 3-gofrlangan gidrofobli plastinkalar; 4-neft haydovchi nasos; 5-neftni o'tqazgich; 6-; 8-ShNSga suv uzatish nasosi.

MUHOKAMA

Neft konlarini ishlatish jarayonida va neftning tarkibidagi suvning tarkibini bu qurilma yordamida oshirish uchun qo'shimcha sig'imlar (2 va 7) montaj qilinadi. Lekin konlardagi quduqlarning suvlanishini oshishi va neft konlarini so'nggi bosqichda ishlatishda neftni tayyorlash qurilmasini qo'shimcha sig'imlarni (2 va 7) montaj qilish

asosida kengaytirish tejamkoraz hisoblanadi.

Konlami ishlatishda 3-rasmda keltirilgan neftni tayyorlash qurilmasini qo'llash

maqsadga muvofiq hisoblanadi.

1 2

3-rasm. Oqova suvlarni yopiq tizimda tayyorlash qurilmasi:

1 - suvni biriamchi ajгatuvchi гezeгvuaг; 2 - neftli qavati bo'lgan reze^m^^^^; 3 - tozalangan suv uchun sig'im; 4 - nasos. Chiziqlar I - kondan keluvchi suvlangan neft; II - NTQdan chiquvchi suv; III - NTQga yuboriluvchi neft emulsiyasi; IV -

QBSga yuboriluvchi suv

1.-jadval. Oqova suvlarni tayyorlash ko'rsatkichlari

Ko'rsatkichlar Qiymati

Ishchi muhit vodorod sulfid miqdoгi 0,01 % dan ko'p bo'lmagan tovar osti qatlam suvi

Suv haгoгati, °С 5-90

Kiгishda suvdagi qattiq og'iг modda^ miqdoгi, mg/l, ko'p emas 500

"5 Л Kiгishda qatlam suvidagi gazning miqdoгi, m /m 0,01....1,0

Kiгishda suvdagi neft miqdori, mg/l, ko'p emas 1000

Chiqishda suvdagi qattiq og'iï modda^ miqdoгi, mg/l, ko'p emas 10

Chiqishda suvdagi neft miqdoгi, mg/l, ko'p emas 10

"5 Suyuqlik bo'yicha o'tkazuvchanlik qobiliyati, m /soat "5 (m /sut) 208(5000)

Separator-flotator tuгi Gorizontal saz-suyuqlik tazyiqli flotatsiyali

Ishchi bosim, MPa 1,0

Separatoгlaг soni 2

Neft konlaгini ishlatishning so'nggi bosqicЫaгida neftni va suvni tayyoriashning asosiy vazifalari quyidagilaг hisoblanadi: 1) emulsiyani parchalashda

deemulgatorlaming sarfini qisqartirish; 2) neftni suvsizlantirishga va tuzsizlantirishga beriladigan issiqlik sarfini qisqartirish; 3) eng muhimi neftning yengil fraksiyalarining yo'qotilishini kamaytirish; 4) neftni va suvni tayyorlash qurilmalarini qurilishini arzonlashtirish va ularni ishlatishga qisqa muddatlarda kirish.

4-rasm. Quduq mahsulotlar yuqori suvlangan (>50%) konlarda neftni va suvni tayyorlash qurilmasining sxemasi: 1-kondagi yig'ish kollektori; 2-ajratgich-depulsator; 3-bosimni rostlagich; 4-rostlovchi shtutser; 5-ajratgich; 6-xomashyo rezervuarlari; 7-taqsimlovchi kollektor; 8, 22-rezervuarlar-tindirgichlar; 9, 18, 19, 21, 24-markazdan qochma nasos; 10-SFMlarni uzatishda qo'llaniladigan qo'shuvchi nasos; 11-issiqlik almashgich; 12-ajratgichlar-deemulsatorlar; 13-tomchi hosil qilgich; 14 -ejektor; 15-tindirgich; 16-aralashtirgich; 17-xomashyo rezervuarlari; 20-suvuzatma; 23-neft uchun sig'im.

Yuqorida keltirilgan asosiy masalalar sxemada qoniqarli bajarilgan (4-rasm) va rasmdagi jarayonlarning ketma-ketligini ko'rib chiqamiz. Kondan keladigan neft-gaz va suvning aralashmasi yig'ish kollektori 1 orqali ajratgich-depulsatorga kirib keladi va uning konstruksiyasi har xil bo'lishi mumkin. Ajratgich-depulsatordagi 2 bosim doimiy ravishda 0,5 MPa tartibida bosim rostlagichi 3 ushlab turiladi. Neft-suv aralashmasi ajratgich-depulsatordan 2 rostlovchi shtutser 4 orqali o'tadi va ajratgichga 5 yo'naltiriladi, u yerda ejektor yordamida 14 gazni olish hisobiga doimiy past bosim (0,01 MPa) saqlab turiladi.

Ajratgich-depulsatorda 2 va ajratgichda 5 ajralib chiqqan gaz ejektorga 14 yo'naltiriladi, u yerda ular aralashtiriladi va undan keyin esa kompressor stansiyasiga yoki GQIZga tashiladi. Neft-suv aralashmasi ajratgichdan 5 o'z oqimi bilan suvni sathi ostida xomashyo rezervuarlarini 6 taqsimlash kollektoriga yo'naltiriladi, unda neftni yengil fraksiyalarini yo'qotilishini va qatlam suvlarini havodagi kislorod bilan

kontaktini oldini olish uchun suzuvchi (yoki pontonlari) qopqog'i mavjud. Xomashyo rezervuaridan 6 sathlarning farqi hisobiga neft o'z oqimi yordamida rezervuar-tindirgichga 8 oqib o'tadi va u yerdan markazdan qochma nasos 9 yordamida olinadi va issiqlik almashtirgich 11 oгqali ajгatgicЫaг-depulsatorlaгga 12 yo'naltiriladi. AjratgicЫarda-depulsatorlarda 12 emulsiya o'choqda gazni yoqishdagi qizdirilgan quvuгlaгning devoridan olinadigan issiqlik hisobiga qizdiriladi. Emulsiyalarni parchalanishini jadallashtirish uchun issiqlik almashtirgich 11-deemulsatorlarning 12 tizimiga markazdan qochma nasosning 9 kirish qismiga qo'shma haydovchi 10 nasos yordamida SFM beriladi. Qizdirish natijasida deemulsatorda 12 neftdan ajralgan gaz ejektorga 14 olib chiqiladi va GQIZga tashiladi.

NATIJA

Qaynoq neft deemulsatordan 12 o'zining bosimi ostida bu issiqlik almashgichlarning quvurlari orqali oqayotgan xom neftni qizdirish uchun issiqlik almashgichlarning 11 quvurlar oralig'iga uzatiladi. Qaynoq neft issiqlik almashtirgichdan o'tgandan keyin sovutiladi, sovuq (xom neft) qizdiriladi. Sovutilgan neft tomchi hisil qilguchga 13 yo'naltiriladi, u yerda tindindirgichga 15 kirib keladigan neftdan qo'shimcha suvni ajralishi sodir bo'ladi. Tindirgichdan 15 suv issiqlikalmashgich 11 orqali tashlanadi, qaysiki chuchuk suv qizdiriladi va keyin esa nasosning kirish 19 qismiga kiradi. Nasos 19 chuchuk suvni aralashtirgichga 16 uzatadi, u yerda neft bilan suv jadal aralashtiriladi va neftning tarkibidagi qoldiq tuz ham yuvib chiqariladi. Tuzsizlantirilgan neft chuchuk suv bilan aralashma sifatida ajralish uchun (tindirish uchun) xomashyo rezervuariga to'planadi. Neft tovar rezervuaridan: suzuvchi qopqoq orqali nasoslar yordamida bosh inshootga 18 olinadi va neftni qayta ishlash zavodiga beriladi, suv esa kanalizatsiyaga olib ketiladi. Neft emulsiyalarini parchalanishini jadallashtirish uchun tindirgichdan 15 va deemulsatordan 12 suv uzatmasi orqali 20 olinadigan neftga rostlovchi shtutserning 4 oldidan tarkibida SFM bo'lgan issiq qatlam suvi qo'shiladi.

Qatlam suv xomashyo rezervuaridan 6 va rezervuar-tindirgichdan 8 rezervuarga 22 yakuniy neft tomchilarini tindirish uchun tashlanadi. Rezervuarga 22 to'plangan neft o'z oqimi bilan sig'imga 23 kirib keladi, u yerdan nasos yordamida 24 olinadi va ajratgichga 5 uzatiladi.

4-rasmdagi 6,8 va 22 rezervuarlar mahalliy rel'efga mos holda ±0, manfiy 6 va manfiy 15 bo'lib, suyuqlik o'z oqimi bilan bir rezervuardan boshqasiga kirib keladi. Agarda mahalliy rel'ef belgisi tekis bo'lganda yuqoridagi ko'rsatmaga mos kelmaydi, shuning uchun suyuqlikni bir rezervuardan ikkinchisiga tashish uchun nasoslar o'rnatiladi. Qatlam suvi rezervuardan 22 nasos yordamida 21 ga haydaladi va ShNS ga tushadi, eng so'nggida haydovchi yoki yutuvchi quduqlarga beriladi.

Neft konlarini so'nggi bosqichda ishlatishda neftni va suvlarni tayyorlash qurilmasi quyidagi tartibda ishlaydi. Yuqorida tushintirish bergan bayonnomamizdan ma'lumki, bu yerda qumtutqich, neftni tutqich, ko'l-tindirgich va filtrlash qurilmalari mavjud emas, inshoot uchun katta mablag' sarflangan.

XULOSA

Bundan tashqari bayon qilingan neftni va suvni tayyorlash qurilmalarida neftni havodagi kislorod bilan kontaktlashmaydi va rezervuarlarda gazli fazoni bo'lishi mavjud emas, qopqoqni suzishi evaziga jihozlarning jadal korroziyalanishi chiqarilgan va yengil fraksiyalarni yo'qotilishiga yo'l qo'yilmaydi.

REFERENCES

1. Н.Н. Махмудов, Р.У. Шафиев, Т.Р. Юлдашев, М.А. Турсунов. Технология сбора и подготовки нефти, газа и воды на промыслах. Учебник. Т.: ТашГТУ, 2015. - 317 стр.

2. Бакиева, Ш. К., Нуруллаева, З. В., & Сатторов, М. О. (2016). Подготовка нефти для защиты оборудований от коррозии. Наука и образование сегодня, (2 (3)).

3. Сойибов, С. А., & Сатторов, М. О. (2016). Подготовка продукции скважин на Бухара-Хивинском регионе в период падающей добычи. Наука, техника и образование, (2 (20)).

4. Сатторов М.О., Ямалетдинова А.А., Бокиева Ш.К. Улучшение текучести нефти с применением комбинационного способа понижения вязкости // Universum: технические науки : электрон. научн. журн. 2020. 11(80). URL: https://7universum.com/ru/tech/archive/item/10976 DOI: 10.32743/UniTech.2020.80.11-4.17-21.

5. Сатторов М.О., Ямалетдинова А.А., Бокиева Ш.К. Применение бинарных систем поверхностно-активных веществ для обезвоживания местных нефтей // Universum: технические науки: электрон. научн. журн. 2020. 11(80). URL: https: //7universum.com/ru/tech/archive/item/10979 DOI: 10.32743/UniTech.2020.80.11-4.22-24.

6. Нураддинов, Н. О. У., & Сатторов, М. О. (2017). Изучение физико-химических основ процесса предварительной подготовки нефти. Вопросы науки и образования, (11 (12)).

7. Сатторов, М. О., Нуруллаева, З. В., & Бакиева, Ш. К. (2016). Изучение характеристики нерастворимой примеси в нефти. Academy, (4 (7)).

8. Сатторов, М. О. (2018). Влияние солей на использование нефти и нефтяного сырья. Научный аспект, 7(4), 860-862.

9. Сатторов, М. О., Ямалетдинова, А. А., & Бакиева, Ш. К. (2020). АНАЛИЗ ЭФФЕКТИВНОСТИ ДЕЭМУЛЬГАТОРОВ, ПРИМЕНЯЕМЫХ ПРИ РАЗРУШЕНИЕ МЕСТНЫХ ВОДОНЕФТЯНЫХ ЭМУЛЬСИЙ. Universum: технические науки, (4-2 (73)).

10. Bokiyeva, Sh. K., Do'stov, H. B., & Sattorov, M.O. (2021). NEFTNI TAYYORLASH QURILMALARI OQOVA SUVLARINI NEFT VA MEXANIK ZARRACHALARDAN TOZALASH USULLARI. Science and Education, 2(4).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.