Научная статья на тему 'Neftni tayyorlash qurilmalari oqova suvlarini neft va mexanik zarrachalardan tozalash usullari'

Neftni tayyorlash qurilmalari oqova suvlarini neft va mexanik zarrachalardan tozalash usullari Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
1141
109
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oqova suv / neft / flokulyatsiya / tindirgich / ko’pik / deemulgator / sirtfaol modda

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Sh.K.Bokiyeva, H.B.Do’Stov, M.O.Sattorov

Neftni tayyorlash va qayta ishlash jarayonlarida neftdan ajratilgan qatlam suvlari tarkibida qolib ketgan neft zarrachalari hamda boshqa minerallarni tozalash orqali suvlarning sifatini yaxshilash uchun qo’llaniladigan usullar ushbu maqolada bayon etilgan. Oqova suvlar turidan kelib chiqib uni tozalash uchun qo’llash mumkin bo’lgan jihozlar tuzilishi va ish prinsipi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Neftni tayyorlash qurilmalari oqova suvlarini neft va mexanik zarrachalardan tozalash usullari»

Neftni tayyorlash qurilmalari oqova suvlarini neft va mexanik

zarrachalardan tozalash usullari

Sh.K.Bokiyeva H.B.Do'stov M.O.Sattorov mirvohid_84@mail.ru Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

Annotatsiya: Neftni tayyorlash va qayta ishlash jarayonlarida neftdan ajratilgan qatlam suvlari tarkibida qolib ketgan neft zarrachalari hamda boshqa minerallarni tozalash orqali suvlarning sifatini yaxshilash uchun qo'llaniladigan usullar ushbu maqolada bayon etilgan. Oqova suvlar turidan kelib chiqib uni tozalash uchun qo'llash mumkin bo'lgan jihozlar tuzilishi va ish prinsipi keltirilgan.

Kalit so'zlar: oqova suv, neft, flokulyatsiya, tindirgich, ko'pik, deemulgator, sirt-faol modda.

Methods of wastewater treatment of oil treatment plants from

mechanical particles and oil

Sh.K.Bokiyeva H.B.Do'stov M.O.Sattorov mirvohid_84@mail.ru Bukhara Institute of Engineering and Technology

Abstract: The methods used in the preparation and processing of oil to improve the quality of water through the purification of oil particles and other minerals left in the composition of the stratified waters separated from the oil are described in this article. Due to the type of wastewater, the structure and working principle of the equipment on which it can be applied for cleaning is presented.

Keywords: flowing water, oil, flocculation, tincture, foam, deemulgator, surface-active substance.

Texnologik qurilmalardan chiqadigan oqova suvlar kanalizatsiya tizimiga uzatiladi. Bunday tizimlarning ikki turi mavjud. Birinchisiga texnologik qurilmalar, laboratoriya, TETs, quyish estakadalari, yuvish-bug'latish stantsiyalari, garaj, remont

ustaxonalaridan hosil bo'ladigan neft mahsulotlari va mexanik qo'shimchalar bilan ifloslangan oqova suvlar uzatiladi.

Ikkinchisiga neftni tayyorlash qurilmalarida hosil bo'ladigan emultsion suv, xom-ashyo va tovar neft rezervuarlari ostida ajralgan suv, ishlatilgan oltingugurtli - ishqorli suvlar uzatiladi.

Aylanma suvlar tarkibidagi neft mahsulotlari miqdori 50-130 mg/l gacha bo'ladi. Oqova suvlar tarkibi ko'p jihatdan xom neft sifati va uning tayyorlash darajasiga bog'liq bo'ladi.

Xom neft tarkibida sho'r qatlam suvlari va mexaniq qo'shimchalar mavjud bo'lib, ular elektr suvsizlantirish va tuzsizlantirish qurilmasida ajratiladi. Xom neft tarkibida qatlam suvlari bo'lsa, uni ajratish uchun ko'p miqdorda chuchuk suv talab etiladi va ko'p miqdorda oqova suv hosil bo'ladi. ELOU da hosil bo'ladigan oqova suvlar tarkibida tuzlardan tashqari deemulgator va «neft-suv» turidagi emulsiya mavjud bo'ladi.

Oqova suvlarni tozalash qimmatbaho inshootlar qurish va katta miqdorda ishlatish xarajatlarini talab etadi. Sirt faol moddalar tozalash qurilmalarida ko'p miqdorda ko'pik hosil qiladi, ular neft ushlagichlar orqali o'tishda ma'lum miqdordagi neftli komponentlarni o'zi bilan birga olib ketadi va biologik tozalashni qiyinlashtiradi. Deemulgatorlar qiyin parchalanadi va o'simlik, hayvonot dunyosiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Oqova suvlarning ifloslanish darajasi odatda ishlatiladigan ajratish qurilmalarining mukammalligiga, ishlatish talablariga, kanalizatsiya va tozalash tizimi ishining oqilona tashkil etilishiga bog'liq.

Neftli oqova suvlarni uch turga bo'lish mumkin:

- neft va suv o'zaro to'liq ajralgan bo'lib, neft yuzasida parda holda erkin ajralgan bo'lishi mumkin;

- neft suv bilan turg'un emultsiya holatida bo'lishi mumkin;

- neft qattiq zarrachalarga yopishib suspenziya hosil qilishi mumkin.

Shulardan kelib chiqqan holda turli tozalash usullari qo'llaniladi. Neft miqdori

ko'p bo'lsa, og'irlik kuchi ta'sirida neft ushlagichlarda tindiriladi. Neft miqdori kam bo'lsa, filtlash yo'li bilan ajratiladi. Barqaror emulsiya holatida bo'lsa, deemulgator ishtirokida filtrlanadi.

Flotatsiya oqova suvlarni yakuniy tozalash usuli bo'lib, oqova suv tarkibidagi neft tomchilarining kichiq havo pufakchalari bilan qo'shilib chiqishiga asoslangan. Bu usul neft va oqova suvlar zichliklari farqi kichiq bo'lganda qo'llaniladi.

Flotatsiyaning ikki usuli mavjud: bosimli va elektrokimyoviy.

Bosimli usulda suv bosim ostidagi havo yordamida to'yintiriladi. Elektrokimyoviy flotatsiyada suv elektroliz qilinganida hosil bo'ladigan gaz

pufakchalari reagent ishtirokisiz neft tomchilarini olib chiqadi. Elektroliz gazi pufakchalarining o'lchami 15-200 mkm. ga teng bo'ladi.

Hosil bo'ladigan ishlab chiqarish oqova suvlari miqdori turli korxonalar uchun quyidagiga teng: 300 - 2000 m3/sut.

Oqova suvlarni ifloslantirishning asosiy turlari - mexanik aralashma va neft mahsulotlari, akkumulyator tsexlarining kislota va ishqorlar bilan ifloslangan oqovalari, galvanika va travilniy vannalardan esa - kislota, ishqor, xrom, nikel va temir tuzlari bilan ifloslangan oqovalardir.

Neftni qayta ishlash zavodi oqovalari kontsentratsiyasi quyidagi ko'rsatkichga

teng:

- neft mahsulotlari - 200 - 8000 mg/l;

- muallaq moddalar - 600 - 1400 mg/l;

- ishqorlilik- 2 - 10 mg-ekv/l;

- XPK- 10 - 100mg/l.

Bugungi kunda tozalash inshootlariga kelib tushayotgan oqova suvlar miqdori 600 - 800 m3/sut ni tashkil etishi belgilangan. Bunda oqova suvlar tarkibidagi neft mahsulotlari kontsentratsiyasi 800-1000 mg/l dan 200-300 mg/l ga qadar o'zgarib turishi qayd etilgan.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarish oqova suvlarining hosil bo'lishi va ularni tozalash texnologiyalarining o'tkazilgan tahlili shuni ko'rsatdiki, ular hosil bo'lish o'rniga ko'ra turli murakkab komponentli tarkibga ega. Shuning uchun, ularni tozalashning universal usulini ishlab chiqishning iloji yo'q. Oqova suvlarning har bir turini individual tozalash usulini qo'llagan maqsadga muvofiq.

1.- rasm. Gorizontal tindirgich 2. Vertikal tindirgichlarning tuzilishi - diametri 10m. gacha bo'lgan silindrik rezervuardir.

2-rasm. Vertikal tindirgich 1-markaziy truba, 2-suvni qaytarish moslamasi. Ushbu tindirgichlarda suv vertikal yo'nalishda - pastdan yuqoriga harakat qiladi. Ushbu jihozning quvvati 3000 m3/sut. Samaradorligi - gorizontal tindirgichlarga nisbatan 10 - 20 % past.

V) Radial tindirgichlar - diametri 60 - 100 m bo'lgan doira shaklidagi

3-rasm. Radial tindirgich 1 - suvni taqsimlash moslamasi, 2- sidirib beruvchi mexanizmi.

Suvning oqish tezligi markazda maksimal bo'lib, chetda esa - minimaldir. Bunday apparatlar suvni sarfi 20000 m3/sut dan katta bo'lganda qo'llaniladi. Samaradorligi -60 %.

Tindirish usullarini kamchiligi shundan iboratki - mayda zarrachalarni tindirib olish uchun oqova suv uzoq vaqt davomida tindirgichda turishi kerak. Bundan tashqari tindirgichlarning o'zi qo'pol va katta inshoot bo'lib, katta maydonlarni egallaydi.

Oqova suvlarni mayda va yirik dispersli zarrachalardan tozalashning samarali usullaridan biri - filtrlashdir.

Filtrlar ikkita turga bo'linadi: 1) to'siqli; 2) qatlamli.

To'siq sifatida metall list va setkalar, hamda gazlamali to'siqlar (ipak, paxta, jun gazlamalardan) qo'llaniladi.

Dona-dona qatlamli filtrlarda - qum, shag'al, koks, keramik ushoq va h.k. ishlatiladi.

Filtrlovchi material yuqori darajada g'ovaksimon bo'lishi kerak, hamda yedirilishga qarshi mexanik barqaror va suvdagi moddalarga qarshi kimyoviy barqaror bo'lishi shart.

Filtrlash usulini kamchiliklari shundan iboratki -filtrlovchi to'siqlarni vaqti-vaqti bilan tozalab turish kerak, bundan tashqari material yirtilib ishdan chiqishi mumkin.

Oqova suvlarni yirik va mayda dispersli zarrachalardan flotatsiya usuli bilan tozalash - «zarracha - havo pufagi» kompleksini hosil qilish, ushbu komplekslarni suv yuzasiga chiqishi va ko'pik qavatini suv yuzasidan ajratib olishga asoslangandir.

Ushbu jarayon maxsus apparat -flotatorlarda amalga oshiriladi.

4-rasm. Flotator

1 - qabul kamerasi, 2 - tindirish kamerasi, 3 - ko'pik kamerasi, 4 - suvni taqsimlash trubasi, 5 - to'siq, 6 - suvni chiqarish trubasi, 7 - konveyer moslamasi. I - oqova suvni havo bilan aralashmasi, P - tindirilgan suv, Sh - ko'pik.

Oqova suvni havo bilan aralashmasi qabul kamerasiga kelib tushadi, keyin to'siqdan (5) o'tib tindirish kamerasiga o'tadi. Tiniq suv flotatordan chiqib qaytadi. Ko'pik konveyer moslama yordamida ko'pik kamerasiga chiqazib yuboriladi.

Flotatsiya jarayonida ko'pik qavatiga qattiq zarrachalar bilan birgalikda suvning tarkibidagi neft mahsulotlari, yog'lar, sirt-faol moddalar ham o'tadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Н.Н. Махмудов, Р.У. Шафиев, Т.Р. Юлдашев, М.А. Турсунов. Технология сбора и подготовки нефти, газа и воды на промыслах. Учебник. Т.: ТашГТУ, 2015. - 317 стр.

2. Бакиева, Ш. К., Нуруллаева, З. В., & Сатторов, М. О. (2016). Подготовка нефти для защиты оборудований от коррозии. Наука и образование сегодня, (2

(3)).

3. Сойибов, С. А., & Сатторов, М. О. (2016). Подготовка продукции скважин на Бухара-Хивинском регионе в период падающей добычи. Наука, техника и образование, (2 (20)).

4. Сатторов М.О., Ямалетдинова А.А., Бокиева Ш.К. Улучшение текучести нефти с применением комбинационного способа понижения вязкости // Universum: технические науки : электрон. научн. журн. 2020. 11(80). URL: https: //7universum.com/ru/tech/archive/item/10976 DOI : 10.32743/UniTech.2020.80.11-4.17-21.

5. Сатторов М.О., Ямалетдинова А.А., Бокиева Ш.К. Применение бинарных систем поверхностно-активных веществ для обезвоживания местных нефтей // Universum: технические науки: электрон. научн. журн. 2020. 11(80). URL: https://7universum.com/ru/tech/archive/item/10979 DOI: 10.32743/UniTech.2020.80.11-4.22-24.

6. Нураддинов, Н. О. У., & Сатторов, М. О. (2017). Изучение физико-химических основ процесса предварительной подготовки нефти. Вопросы науки и образования, (11 (12)).

7. Сатторов, М. О., Нуруллаева, З. В., & Бакиева, Ш. К. (2016). Изучение характеристики нерастворимой примеси в нефти. Academy, (4 (7)).

8. Сатторов, М. О. (2018). Влияние солей на использование нефти и нефтяного сырья. Научный аспект, 7(4), 860-862.

9. Сатторов, М. О., Ямалетдинова, А. А., & Бакиева, Ш. К. (2020). АНАЛИЗ ЭФФЕКТИВНОСТИ ДЕЭМУЛЬГАТОРОВ, ПРИМЕНЯЕМЫХ ПРИ РАЗРУШЕНИЕ МЕСТНЫХ ВОДОНЕФТЯНЫХ ЭМУЛЬСИЙ. Universum: технические науки, (4-2 (73)).

References

1. N. N. Makhmudov, R. U. Shafiev, T. R. Yuldashev, M. A. Tursunov. Technology for the collection and treatment of oil, gas and water in the fields. Textbook. T.: Tashstu, 2015. - 317 p.

2. Bakieva, Sh. K., Nurullayeva, Z. V., & Sattorov, M. O. (2016). Preparation of oil to protect equipment from corrosion. Science and education today, (2 (3)).

3. Soyibov, S. A., & Sattorov, M. O. (2016). Preparation of well products in the Bukhara-Khiva region during the period of falling production. Science, Technology and Education, (2 (20)).

4. Sattorov M. O., Yamaletdinova A. A., Bokieva Sh. K. Improvement of oil fluidity with the use of a combination method for reducing viscosity. scientific. journal. 2020. 11(80). URL: https://7universum.com/ru/tech/archive/item/10976 DOI: 10.32743/UniTech. 2020. 80. 11-4. 17-21.

5. Sattorov M. O., Yamaletdinova A. A., Bokieva Sh. K. Application of binary systems of surfactants for dehydration of local oils / / Universum: technical sciences: electron. scientific. journal. 2020. 11(80). URL: https: //7universum.com/ru/tech/archive/item/10979 DOI: 10.32743/UniTech.2020.80.11 -4.22-24.

6. Nuraddinov, N. O. U., & Sattorov, M. O. (2017). Study of the physical and chemical bases of the oil pretreatment process. Questions of Science and Education, (11 (12)).

7. Sattorov, M. O., Nurullayeva, Z. V., & Bakieva, Sh. K. (2016). Study of the characteristics of an insoluble impurity in oil. Academy, (4 (7)).

8. Sattorov, M. O. (2018). The effect of salts on the use of oil and crude oil. Scientific aspect, 7(4), 860-862.

9. Sattorov, M. O., Yamaletdinova, A. A., & Bakieva, Sh. K. (2020). ANALYSIS OF THE EFFECTIVENESS OF DEMULSIFIERS USED IN THE DESTRUCTION OF LOCAL OIL-WATER EMULSIONS. Universum: Technical Sciences, (4-2 (73)).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.