Научная статья на тему 'ZAMONAMIZNING AYRIM QORA ILLATLARINING BADIIY TALQINI, HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY SHE’RIY HIKOYASIDA'

ZAMONAMIZNING AYRIM QORA ILLATLARINING BADIIY TALQINI, HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY SHE’RIY HIKOYASIDA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
121
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘zbekiston / adabiyot / XX asr / insonparvarlik / jamiyat / Аbdulla Аvloniy / Аbdurauf Fitrat / Аbdulhamid Choʼlpon / Uzbekistan / literature / XX century / humanities / society / Abdulla Avloni / Abdurauf Fitrat / Abdulhamid Cholpon

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Yorbulova Dildora Shokir Qizi

Ushbu maqolada makon va zamonga qaramasdan jamiyatnin gqora illatig aylangan o‘g‘rilik haqida so‘z yuritiladi. Xuddi shu mavzu jadid adabiyoti namoyondalaridan biri bo‘lgan Hamza Hakimzoda Niyoziy ijodida tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ARTISTIC INTERPRETATION OF SOME BLACK FAULTS OF OUR TIME IN THE HISTORY OF KHAMZA KHAKIMZAD NIYAZI’S POETRY

In this article we are talking about theft, which has become a public annoying phenomenon, regardless of place and time. The same theme is analyzed in the works of Khamza Khakimzoda Niyazi, one of the representatives of modern literature.

Текст научной работы на тему «ZAMONAMIZNING AYRIM QORA ILLATLARINING BADIIY TALQINI, HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY SHE’RIY HIKOYASIDA»

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 3

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ZAMONAMIZNING AYRIM QORA ILLATLARINING BADIIY TALQINI, HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY SHE'RIY HIKOYASIDA Yorbulova Dildora Shokir qizi

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti O'zbek tili va adabiyoti 2-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6710564

Annotatsiya. Ushbu maqolada makon va zamonga qaramasdan jamiyatnin gqora illatig aylangan o'g'rilik haqida so'z yuritiladi. Xuddi shu mavzu jadid adabiyoti namoyondalaridan biri bo'lgan Hamza Hakimzoda Niyoziy ijodida tahlil qilinadi.

Tayanch so'zlar: O'zbekiston, adabiyot, XX asr, insonparvarlik, jamiyat, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lpon

ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ НЕКОТОРЫХ ЧЕРНЫХ

НЕДОСТАТКОВ НАШЕГО ВРЕМЕНИ В ИСТОРИИ ПОЭЗИИ ХАМЗЫ

ХАКИМЗАДА НИЯЗИ

Аннотация. В данной статье речь идет о краже, ставшей общественным досадным явлением вне зависимости от места и времени. Эта же тема анализируется в творчестве Хамзы Хакимзода Ниязи, одного из представителей современной литературы.

Ключевые слова: Узбекистан, литература, XX век, гуманитарные науки, общество, Абдулла Авлони, Абдурауф Фитрат, Абдулхамид Чолпон ARTISTIC INTERPRETATION OF SOME BLACK FAULTS OF OUR TIME IN THE HISTORY OF KHAMZA KHAKIMZAD NIYAZI'S POETRY

Abstract. In this article we are talking about theft, which has become a public annoying phenomenon, regardless of place and time. The same theme is analyzed in the works of Khamza Khakimzoda Niyazi, one of the representatives of modern literature.

Key words: Uzbekistan, literature, XXcentury, humanities, society, Abdulla Avloni, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cholpon

KIRISH

Tinchlik. Bu tuyg'u dunyodagi eng aziz va mukarram tushuncha. U qayerdaki bo'lmasin, u joy go'zal, barqaror makonga aylanadi. Insoniyatning ezguliklarini amalga oshiruvchi ajoyib tuyg'u. O'zbekiston deya atalmish jannat diyorida bu tushuncha doimo o'z qanotlarini yoyadi. Tinch, osuda, barqaror yurt, mustaqil O'zbekiton. Uning madhiga minglab so'zlar aytsak ham kam nazdimda. Bularning barchasi insonlarning quvonch to'la tabassumi, shukrona to'la so'zlaridan sezilib turadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Afsuski, mana shunday tinch va barqaror hayotni qadriga yetmayotgan insonlar ham oramizda uchrab turibdi. Ular jamiyatning taraqqiyotiga, rivojlanish bosqichiga to'siq bo'lib kelmoqda. Millat kushandalari, buyuk kelajakka qo'yilgan tushovdir. O'g'rilar, jinoyatchilar shunday qora hayotni, harom yo'lni tanlaganlardir.

Zamon va makon almashsada bu kabi jamiyat kemiruvchilari domio qoralanadi. Bu kabi qora illatlarni fosh etuvchi soha adabiyot sohasidir. Adabiyot satira, yumor, kinoya va boshqa badiiy talqinlar orqali bu qora illatlarni fosh etadi. XX asr adabiyoti, o'zbek adabiyoti tarixida milliy uyg'onish davri bo'lib kirdi. Millatning haq-huquqi, erki, milliy qadriyat va mustaqillikni

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 3

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

kuylovchi bu davr insonparvarlik zamirida shakllandi. Jamiyatdagi qora illatlarni adabiyot talqinida tahlilga tortiladi. Bu hammasi xalqni o'zligini anglashga, ularni ko'zini ochishga qaratilgan yo'llardan edi.

TADQIQOT NATIJALARI

Jumladan jadid namoyondalaridan biri bo'lgan Hamza Hakimzoda Niyoziy ham millat kelajagiga g'ov bo'luvchi illatlardan biri o'g'irlik haqida so'z yuritarkan, uni she'riy shaklda hikoya qiladi:

"Bir kishini bor edi to'rt bolasi, Yitgan edi uyga kelib holasi To'rsa hola erta bilan o'rnidan: Bir so'mi yo'q bo'lmish uning qo'ynidan So'rdi, chaqirdi bolalardan ani, "Ko'p xafa qiomang beringiz ani" Har biri ham "Olganimiz yo'q"dedi Ichdi qasam ko'rganimiz yo'q dedi. Bildi ota:foydasizdir qiynamoq, Lozim ani olmoq uchun aldamoq. Barchasini qamab qo'ydi uya, Oldiga har qaysisini qorakuya Dedi:"Kimki rost esa, gar so'zi, Qora bo'lur ikki yuzi. Kimni agar yolg'on erursa o'zi, Bor-yug'I qora bo'lur o'ng yuzi" Kattasi olgan edi aqchani, Bilmadi u o'zi uchun xiylani, Dedi:"Qaro bo'lsa o'zi o'ng yuzim, Qora qilay chap yuzim o'z-o'zim" Qildi qaro chap yuzin vaxm etib, Ikki yuzin turdi eshikka tekib. Boshqalari olmagani to'g'ridin, Tik turshib, kutdi ani o'g'ridan. Boqdi o'zi boshqalarning oq yuzi, Bo'ldi xijolat, chiqib egri yuzi. Hissa:kimi bo'yla xiyonat qilur, Bir kuni shuyla xijolat qilur". MUHOKAMA

Ushbu she'riy hikoyadan olinadigan xulosa avvalo bunday yomon illatlarni qoralash bo'lsa, qo'shimcha qilib donishmandlikni targ'ib etmoqda. Hamza aytmoqchiki, qachonki oila qora illatlardan tozalansa shundagina jamiyat ham tozalanadi. Bunga faqat ong va tafakkur bo'lsa bas deb aytadi shoir. XULOSA

Hamza ijodiga mansub bu hikoya she'riy hikoya 1914-yil yozilgan. Hikoya mazmunidagi oiladan jamiyatgacha bo'lgan axloq, odob negizi shakllantirilishi ko'zda tutilyapti. "Hamza ijodi

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 3

mustaqillik, istiqlol tufayligina haqiqiy bahosini olmoqda. U hech bir bo'rttirishsiz, qo'shibchatishsiz ham XX asr o'zbek adabiyotining atoqli vakili: novator shoir, hozirjavob nosir, iste'dodli dramaturg, g'ayratli teatr arbobi, mohir pedagog sifatida zamondoshlari Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lponlar qatoridan munosib o'rin olishga haqlidir".

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Tojiyeva. L, Jukov. S. Hamza Hakimzoda Niyoziy - T:.1958

2. Begali Qosimov, Sharif Yusupov, Ulug'bek Dolimov, Shuhrat Rizayev, Sunnat Axmedov. Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti - T:.Ma'naviyat, 2004

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.