Научная статья на тему 'Yuksak ma’naviyat va adolatparvarlik tamoyillarining Yangi O‘zbekiston fuqarolik jamiyati rivojlanishiga ta’siri'

Yuksak ma’naviyat va adolatparvarlik tamoyillarining Yangi O‘zbekiston fuqarolik jamiyati rivojlanishiga ta’siri Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fuqarolik jamiyati / ma’naviyat / adolatparvarlik / gumanizm / qonun ustuvorligi / strategiya / fuqarolik jamiyati institutlari / demokratiya / civil society / spirituality / justice / humanism / rule of law / strategy / civil society institutions / democracy

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Ravshanova.G.A

Mazkur maqolada yuksak ma’naviyat va adolatparvarlik tamoyillarining Yangi O‘zbekiston fuqarolik jamiyati taraqqiyoti ta’siri hamda ularning namoyon bo‘lish xususiyatlari atroflicha yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The influence of the principles of high spirituality and justice on the development of the civil society of New Uzbekistan

In this article, the influence of the principles of high spirituality and justice on the development of the civil society of New Uzbekistan and the features of their manifestation are detailed.

Текст научной работы на тему «Yuksak ma’naviyat va adolatparvarlik tamoyillarining Yangi O‘zbekiston fuqarolik jamiyati rivojlanishiga ta’siri»

¿>

I ^a^cafoa Ba xy^yK_philosophy & law journal_2024/2

YUKSAK MA'NAVIYAT VA ADOLATPARVARLIK TAMOYILLARINING YANGI O'ZBEKISTON FUQAROLIK JAMIYATI RIVOJLANISHIGA TA'SIRI

Ravshanova G. -

Faylasuflar milliy jamiyati a'zosi

Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish davrida o'tish jarayonini oqilona tashkil qilishda inson manfaati asosiy o'rinda turadi. O'tish davrida amalga oshiriladigan asosiy vazifalar milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yuzaga chiqarish, uni jamiyat hayotida barqaror qilish maqsadlarini ham nazarda tutadi. Ma'lumki, yer yuzida mavjud har bir millat o'z milliy qadriyatlariga ega. Uning har bir imkoniyatlaridan oqilona foydalanish fuqarolik jamiyatini barpo etishda muhim o'rin tutadi. Bugungi kundagi globallashuv jarayonida milliy qadriyatlarning muhim xususiyati ham shudir.

Keyingi yillarda yurtimizda Yangi O'zbekistonni barpo etish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ezgu maqsadi yo'lida hayotning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bu jihatdan, milliy qadriyatlar nafaqat mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaydigan ma'naviy asoslardan biri, balki demokratik, adolatli, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishning asosiy manbai hamdir. Milliy qadriyatlar o'zgarmas hodisalar emas, u jamiyat taraqqiyoti bilan bog'liq hodisa. Shu ma'noda biz o'z milliy qadriyatlarimizni: a) tadrijiylik; b) sabr-toqat, maromiylik va vazminlik; v) ijtimoiy-siyosiy hayotda bosiqlik va boshqa asoslarda asrab-avaylab rivojlantirmoqdamiz.

Milliy muhit demokratik qadriyatlarni yaratish va saralashning asosiy manbasidir. Aynan milliy muhit mahalliy qadriyatlar ustuvorligini o'z darajasiga ko'taradi va ularni g'oyaga yetkazib, umuminsoniy qadriyatlar darajasiga olib chiqadi. Millat taraqqiyoti bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy hayotning takomillashib borishi, yashash va mehnat qilish sharoitlari o'zgarishi bilan milliy qadriyatlar ham rivojlanib borishiga imkon yaratiladi.

Ma'rifatli jamiyat yaratishga kirishar yekanmiz, avvalo, ta'lim tizimini takomillashtirish, bor e'tiborimizni farzadlarimizning zamonaviy ilmlarni egallab, barkamol insonlar bo'lib yetishishiga qaratish lozim. Bilim va ma'rifat yurtimiz tinchligiga rahna solmoqchi bo'layotgan g'arazli kimsalarga qarshi kurashning eng ishonchli qurolidir. Dunyo xalqlari orasiga sovuqchilik tushirib, o'zlari urush olovida isinadigan yovuz kuchlarga qarshi turishda xalqning birdamligi, hushyor va ogohligi hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Ushbu jarayonning davomiyligini ta'minlash maqsadida yaratilgan Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi hozirgi davr talabi va taqozosi, jamiyatimizning harakatlantiruvchi kuchlari va rivojlanish omillarini belgilaydigan faoliyat dasturiga aylandi.

Shu bilan birga, bu ma'naviyat sohasidagi davlat siyosatining asoslari to'g'risidagi tartib-qoidalarni, mazkur yo'nalishda inson kamoloti va jamiyat taraqqiyoti uchun nihoyatda muhim bo'lgan huquqiy normalarni konstitutsiyamizda muhrlab qo'yish imkonini ham vujudga keltirmoqda. Bugun mamlakatimizda O'zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo'ygan bir davrda "Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak" degan bosh tamoyilga amal qilinmoqda. Ushbu tamoyil "inson - jamiyat - davlat" tizimi xalq uchun ishlashi lozimligini, barcha davlat organlari unga xizmat qilishi zarurligini anglatadi.

Shuningdek, mazkur tamoyil hozirgi davrda yurtimizda rivojlangan demokratik davlat va inson haq-huquqlari ustuvor bo'lgan fuqarolik jamiyatini barpo etish bilan bog'liq siyosiy faoliyat va islohotlarning eng asosiy yo'nalishini ham ifodalaydi.

Ayni paytda bu, mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida ro'y berayotgan yangilanish va o'zgarishlarning muqarrar tarzda odamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati va faolligi yuksalib borishi, fuqarolik institutlari nufuzi va mavqeining oshishi, ularga ko'proq huquqlar berilishi jarayoni bilan uzviy bog'liqligini anglatadi.

¿> vt,

I ^a^cafoa Ba xyKyK_philosophy & law journal_2024/2 ^

Mamlakatimizning rivojlanishida milliy-ma'naviy qadriyatlar bilan birga demokratik umuminsoniy tamoyillarga asoslanishi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanib, demokratik huquq va erkinliklari Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida "O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi" - deb belgilab qo'yilgan.

Har bir jamiyatning ma'naviy imkoniyatlarini, odamlarning ongida ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay turib o'z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Demokratik jamiyatni esa umuminsoniy prinsiplarga asoslanmay barpo etib bo'lmaydi. Umuminsoniy qadriyat tushunchasi moddiy ma'naviy muhit, yashash shart-sharoitlarining rivojlanishi va vorislik sodir bo'lib, yangi-yangi qadriyatlarning shakllanishiga o'tishdan meros bo'lib qolganlari esa davr ruhi, yangi ijtimoiy ehtiyoj va taraqqiyot uchun asos bo'lgan qadriyatlar kiradi. Umuminsoniy qadriyatlarning asosiy vazifasi olamni bilish va uni ma'naviy o'zgartirishning muhim omili hisoblanib, ularni har bir kishi o'zining boyligiga aylantirgandagina milliy tamoyillar o'z kuchini ko'rsatadi.

Keyingi yillarda jamiyat hayotining barcha sohalarida ro'y berayotgan tub o'zgarishlar natijasida jahon andozalariga mos keladigan adolatparvar davlat barpo yetish uchun asos bo'layotgan zamonaviy siyosiy tizim shakllandi va bu quyidagilarda namoyon bo'lmoqda:

1. O'zbekistonda jamiyatning siyosiy tizimining asosiy tamoyillaridan biri shundaki, davlat hokimiyatini idora etishning Prezidentlik boshqaruvi amal qilishi bilan birga, siyosiy tuzum hokimiyatni qonunchilik, ijro va sud hokimiyatlariga taqsimlash tamoyili asosida tuzilgan. Ma'lumki, mamlakatimiz oliy hokimiyat organlari davlat rahbari va ijro hokimiyatining boshlig'i - Prezident, qonunchilik organi - Oliy Majlis, oliy ijro organi - Vazirlar Mahkamasidan iboratdir. Alohida tarmoqlarni boshqarish markazlashgan tartibda ish ko'radigan vazirliklar, davlat qo'mitalari va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.

2. Mahalliy davlat hokimiyati organlari viloyat, Toshkent shahar, shaharlar va tumanlarning xalq deputatlari kengashlari va hokimliklardan iborat. O'zbekiston tarkibiga o'zining oliy hokimiyat organlari - Jo'qorg'i Kenges va Vazirlar Kengashiga yega bo'lgan Qoraqalpog'iston Respublikasi ham kiradi.

3. Sud hokimiyati tizimi qonunchilik va ijro hokimiyatidan mustaqil ish yuritadi, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sud, Qoraqalpog'iston Respublikasining Oliy sudi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar va xo'jalik sudlari ushbu tizimning tarkibiy qismlaridir.

4. Qonunlarning bajarilishi ustidan nazorat olib borish Respublika Bosh prokurori va joylardagi unga bo'ysunuvchi prokurorlarning vazifasidir. Ijtimoiy huquqiy soha, nikoh va tug'ilganlik holatlari, oldi-sotdi va meros masalalari Adliya vazirligi, notarial idoralar va FHDYo tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat doirasiga kiradi.

Hozirgi davrdagi rivojlangan davlatlarning tajribasini, xalqimizning milliy davlatchilik an'analarini aks ettirgan bunday ijtimoiy-siyosiy voqelik va uning tuzilmalari davlatning adolatli siyosat yuritishini ta'minlashni tizimli tashkil etishga xizmat qilmoqda.

Shu ma'noda hozirgi davrda g'oyaviy-mafkuraviy yangilanishga ehtiyoj sezildi, u zaruratga aylandi, bu ehtiyoj va zarurat o'z navbatida tafakkur o'zgarishlariga turtki beradi. Fikrlar rang-barangligini qaror toptirish - demokratik jamiyat barpo etishning asosiy sharti bo'lganligi bois, demokratiya davlat va jamiyat qurilishi, uni idora etishning eng maqbul shakli sifatida har bir fuqaroga o'z qarashlarini, fikrini erkin ifoda etish uchun sharoit yaratadi. Fikrlar rang-barangligi ma'naviy hayotimizga jon bag'ishlaydi, uning takomillashishiga yordam beradi. Ana shu asosda hayotimiz xilma-xil fikrlar bilan boyib boradi, turli g'oyalarni o'ziga doimiy singdirish imkoniga ega bo'ladi.

Hozirgi davr nuqtai nazaridan yondashganda bu, ong va tafakkurdagi o'zgarishlar bilan uzviy bog'liq. Chunki, avvalo ong va tafakkurda fikr, g'oyadagi o'zgarish sodir bo'ladi.

Ikkinchidan, bu aniq maqsad va vazifalarda, belgilangan rejalarda o'zining ifodasini topadi.

¿> vb,

I Фалсафа ва хукук_philosophy & law journal_2024/2 ^

Uchinchidan, oldingi siyosiy tizimda amal qilgan fikr, g'oya va mafkuraviy tamoyillar yangi tizim oldiga qo'ygan maqsadlarga mos kelmaydi.

To'rtinchidan, jamiyatda yangi fikr sohasidagi yangilanishlar bir zumda amalga oshmaydi. Buning uchun ong va tafakkurda ham o'tish davri talab etiladi. Bu esa o'z navbatida, hayotning qanday tamoyillarga asoslanishi, taraqqiyot va yangi jamiyat qurilishining istiqbolini belgilab beradi.

ADABIYOTLAR:

1. Mirziyoev Sh.M. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. -Toshkent: O'zbekiston, 2021.

2. Sharifxo'jaev M. O'zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatining shakllanishi. -Toshkent: Sharq, 2003

3. Azizxo'jaev A.A. Mustaqil O'zbekistonda davlat qurilishining dolzarb muammolari. // Muloqot, 2018, 3-son. -b. 13.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" PF-60-son Farmoni, 2022-yil 28-yanvar.

5. https://www.ziyouz.com/books/kollej va otm darsliklari/manaviyat/ma'naviyat%20asoslari%20

6. Муминов А.Г. УЗБЕКИСТОНДА МИЛЛАТЛАРАРО ТОТУВЛИК МУ^ИТИНИ МУСТА^КАМЛАШНИНГ АЙРИМ ЖЩАТЛАРИ. XALQARO KONFERENSIYA VA JURNALLARNI SIFATLI INDEXLASH XIZMAT. 2024/4/24. 207-209 бетлар.

REZYUME:

Mazkur maqolada yuksak ma'naviyat va adolatparvarlik tamoyillarining Yangi O'zbekiston fuqarolik jamiyati taraqqiyoti ta'siri hamda ularning namoyon bo'lish xususiyatlari atroflicha yoritilgan.

Kalit so'zlar: fuqarolik jamiyati, ma'naviyat, adolatparvarlik, gumanizm, qonun ustuvorligi, strategiya, fuqarolik jamiyati institutlari, demokratiya.

РЕЗЮМЕ:

В данной статье подробно описано влияние высокой духовности и справедливости на развитие гражданского общества Нового Узбекистана и особенности их проявления.

Ключевые слова: гражданское общество, духовность, справедливость, гуманизм, верховенство закона, стратегия, институты гражданского общества, демократия.

RESUME:

In this article, the influence of the principles of high spirituality and justice on the development of the civil society of New Uzbekistan and the features of their manifestation are detailed.

Key words: civil society, spirituality, justice, humanism, rule of law, strategy, civil society institutions, democracy.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.