Научная статья на тему 'YUK TASHUVLARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHDA OPTIMALLASHTIRISH MASALALARINING YECHILISHI'

YUK TASHUVLARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHDA OPTIMALLASHTIRISH MASALALARINING YECHILISHI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
unimodal tashish / intermodal tashish / segmentlangan tashish / Laplas mezoni / Sevidji mezoni / Gurvits mezoni / Vald mezoni. / Unimodal transport / intermodal transport / segmented transport / Laplace criterion / Savidge criterion / Gurwitz criterion / Wald criterion.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Karriyeva Ya.K.

ushbu ilmiy maqolada“2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston Respublikasi Taraqqiyot strategiyasi”ning uchinchi yo‘nalishida barcha transport turlarini uzviy bog‘lagan holda yagona transport tizimini rivojlantirish, yirik shaharlar o‘rtasida kunlik transport qatnovlari asosida manzilga yetib borish va qaytib kelish imkoniyatini yaratish.Toshkent shahri va hududlarda jamoat transporti tizimini takomillashtirish va uning infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida yuk tashuvlarni tashkil etishda yuzaga keladigan jarayonlarni optimallashtirish masalalari yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOLUTION OF THE PROBLEMS OF OPTIMIZATION IN THE ORGANIZATION AND MANAGEMENT OF CARGO TRANSPORTATION

In this scientific article, in the third direction of the "Development Strategy of the New Republic of Uzbekistan for 2022-2026", the development of a unified transport system, connecting all types of transport, reaching the destination on the basis of daily transport between large cities to create the possibility to go and return. In order to improve the public transport system and develop its infrastructure in the city of Tashkent and its regions, the issues of optimization of the processes arising in the organization of cargo transportation are covered.

Текст научной работы на тему «YUK TASHUVLARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHDA OPTIMALLASHTIRISH MASALALARINING YECHILISHI»

Karriyeva Ya.K., I.f.d.

prof.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

YUK TASHUVLARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHDA

OPTIMALLASHTIRISH MASALALARINING YECHILISHI

Annotatsiya: ushbu ilmiy maqolada "2022-2026 yillarga mo 'Ijallangan Yangi O'zbekiston Respublikasi Taraqqiyot strategiyasi"ning uchinchi yo'nalishida barcha transport turlarini uzviy bog'lagan holda yagona transport tizimini rivojlantirish, yirik shaharlar o'rtasida kunlik transport qatnovlari asosida manzilga yetib borish va qaytib kelish imkoniyatini yaratish.Toshkent shahri va hududlarda jamoat transporti tizimini takomillashtirish va uning infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida yuk tashuvlarni tashkil etishda yuzaga keladigan jarayonlarni optimallashtirish masalalari yoritilgan.

Kalit so 'zlar: unimodal tashish, intermodal tashish, segmentlangan tashish, Laplas mezoni, Sevidji mezoni, Gurvits mezoni, Vald mezoni.

Karriyeva Ya.K. professor

Tashkent State University of Economics

SOLUTION OF THE PROBLEMS OF OPTIMIZATION IN THE ORGANIZATION AND MANAGEMENT OF CARGO TRANSPORTATION

Abstract. In this scientific article, in the third direction of the "Development Strategy of the New Republic of Uzbekistan for 2022-2026", the development of a unified transport system, connecting all types of transport, reaching the destination on the basis of daily transport between large cities to create the possibility to go and return. In order to improve the public transport system and develop its infrastructure in the city of Tashkent and its regions, the issues of optimization of the processes arising in the organization of cargo transportation are covered.

Key words: Unimodal transport, intermodal transport, segmented transport, Laplace criterion, Savidge criterion, Gurwitz criterion, Wald criterion.

Kirish

Yuklarning bir joydan ikkinchi joyga ko'chishi bilan bog'liq bo'lgan, rejalashtirish va boshqarish masalalari majmuasi transport logistikasi predmeti hisoblanadi.

Tashishning yangi texnologiyalarini qo'llash, transport infratuzilmasini qayta tashkil etish va transport tizimlari integratsiyasini amalga oshirish hisobiga

transport xarajatlarini pasaytirish mumkin. Mazkur jarayondagi bosh vosita sifatida, yuklarni yetkazib berishda transportning bir necha turlaridan foydalanish mumkin. Ta'kidlab o'tish joizki, yuklarni yetkazib berishning ushbu usulida turli atamalardan foydalaniladi10.

Adabiyotlar tahlili

Tarmoq modellari - kalendar rejalashtirish masalalari bilan kesishuvchi, optimizatsiyalashtirish masalalarining muhim sinfidir. Tarmoq rejalashtirish uslubi dastlabki axborot asosida majmuaning har bir ishini boshlanish muddatlarini ko'rsatish, ishlarning butun majmuasini bajarish uchun zarur bo'lgan vaqtni hisoblash, o'z vaqtida bajarilmasligi butun majmua bajarilishi vaqtining o'zgarishiga olib keladigan, o'ta zarur ishlarni, hamda ulardagi to'xtashlar majmua umumiy davomiyligiga katta ta'sir ko'rsatmaydigan o'ta zarur bo'lmagan ishlarni aniqlash imkonini beradi11. Shunday qilib, tarmoq grafigi ishlar majmuasining mantiqiy va vaqt tuzilmasini tasvirlash imkonini beradi. Grafikda ishlar vektorlar (yoylar) yordamida tasvirlanadi, ularning vaqt o'qiga proektsiyalari esa ishlarni bajarilish vaqtiga teng bo'ladi. Ishlarni tugatilish vaqti - bu grafikning tugunlari (1-rasm). i-chi xodisadan j-chi xodisaga yo'naltirilgan yoyga, tij bajarilish vaqti beriladi. Agarda ish bajarilishining aniq vaqti noma'lum bo'lsa, unda maksimal tM , minimal tm va ehtimolligi eng katta bo'lgan te vaqtlarni bilgan holda, topishimiz mumkin:

t-m + 4t4 + tiy tU = --f—^- (!)

1 - rasm. Tarmoq grafigi va uning tavsiflari

Boshlang'ich xodisadan so'nggi xodisa tomon harakatlangan holda, turli yo'nalishlardan o'tish mumkin. Har bir yo'nalish bo'yicha harakatlanish vaqti bir-biriga teng bo'lmasligi mumkin. Bunda loyihani amalga oshirishning to'liq vaqti

10 Методические основы управления снабжением запасными частями автотранспортных предприятий // В.С. Лукинский, В.И. Бережной и др. - Ставрополь: Интеллект-сервис, 2007. - 69 с. 33.

11 Плетнева Н.Г., Лукинский В.В. Пластуняк И.А. Моделирование производственных процессов на транспорте: Учебное пособие. - СПб.: СПбГИЭУ, 2013. - 110 с. 42.

qaysidir yo'nalishni bosib o'tishning maksimal vaqti sifatida aniqlanadi. Bunda, harakatlanish vaqti to'liq vaqtga teng bo'lgan har qanday yo'l kritik yo'l deb ataladi.

Dastlabki xodisa Vi nollik oniy vaqtda sodir bo'lishini faraz qilgan holda, E(Vi) hodisalar sodir bo'lishining erta muddatlari aniqlanadi. Dastlabki xodisa uchun E(V1)=0. Boshqa ishlar uchun hisob-kitoblar quyidagi shartlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. i-chi hodisaga k,p,..., z raqamli bir nechta ishlar kiradigan bo'lsin. E(Vk)+tki, E(Vp)+tpi, ..., E(Vz)+tzi barcha yig'indilar topiladi. E(Vi) kattaligi topilgan qiymatlarning eng kattasiga teng bo'ladi, chunki hodisa, eng kech tugatilgan ishdan keyingina sodir bo'lgan hisoblanadi. So'nggi ish tugatilishining eng erta vaqti loyiha amalga oshirilishi to'liq vaqtini aniqlab beradi.

Umumiy zaxira Rij=L(Vj)-E(Vi) - bu loyiha bajarilishi umumiy vaqtini oshirmasdan turib, ish boshlanishi vaqtini surish mumkin bo'lgan vaqt.

Erkin zaxira rj quyidagicha hisoblanadi: rj=E(Vj)-E(Vi)-tij va sodir bo'lishning erta muddati V-ga ta'sir qilmasdan turib, ish boshlanishi vaqti i-ni uning mumkin bo'lgan boshlanishining erta muddatidan qanchaga surish mumkinligini ko'rsatadi.

Bunda bitta ish zaxiralaridan foydalanish, oldingi va keyingi ishlar zaxiralarini kamayishiga olib kelishini unutmaslik zarur. Ayrim hollarda, oldingi va keyingi ishlar zaxiralarini o'zgartirmasdan turib, ishni bajarish vaqti davomiyligini oshirish mumkin. Ish vaqtining bunday mumkin bo'lgan oshirilishi mustaqil zaxira Pj deb ataladi va u quyidagicha hisoblanadi: Pij=E(Vj)-L(Vi)-tij.

Aralash tashishlardagi tarmoq grafigining xususiyatlarini hisobga olgan holda, uning umumiy ko'rinishini - boshqaruv qarorini qabul qilish uchun qo'llaniladigan turli parametrlarni hisobga olgan holdagi, yetkazib berishning makonda bog'liq sxemalari sifatida taqdim etish mumkin (1-grafik). Bunda yetkazib berish variantlarini tanlash mezonlari sifatida quyidagilarni qo'llash taklif etiladi:

- vaqt (T);

- qiymat (S);

- keltirilgan qiymat

С* = (¿юк + CT) * (1 + Л)п, (2)

bu yerda: C* - vaqt omilini hisobga olgan holda, yuk qiymati va uni yetkazib berishni bahosi (integral baho);

Syuk - yukning xarid qilish qiymati;

St - tashish qiymati;

(1 + Л)п - n-davrda Л-foiz stavkasi bo'yicha foizlar ortishining ko'paytiruvchisi, n=T/365.

Har bir Vi ishga uchta qiymat to'g'ri keladi - vaqt Ti, yetkazib berish qiymati Q va integratsiyalashgan ko'rsatkich C*. Ular yetkazib berishning turli variantlari bo'yicha yoylar yig'indisi sifatida aniqlanadi, - berilgan shartlarda yetkazib berish variantini tanlash to'g'risidagi boshqaruv qarorini qabul qilishda,

yuqorida ko'rsatilgan ko'rsatkichlarning biri asosiy bo'lib hisoblanadi. V1 shartli ishga - "etkazib berish boshlanishi, yuk jo'natuvchi" - nolga teng bo'lgan uchta qiymat to'g'ri keladi.

Т=0; С=0; С*=0

©

T(V2); ОД); C*(V2)

V

tis; с1з; с 1з

©

t24; с24; с 24

v) T(V4); C(V4); C*(V4)

. * t45; с45; с 45

T(Vз); С(Vз); С*^з)

fTi(V5); Ci(V5); СОД) T2(V5); C2(V5); C*2(V5) Тз^5); Сз(V5); С*з^)

i - grafik. Yuk yetkazib berish variantlarining tarmoq grafigi va uning tavsiflari

Shunday qilib, yetkazib berishning muqobil yo'llari kesishgan punktlar uchun, T,S va S* ning (V5 ish) bir nechta yig'indi qiymatlari paydo bo'ladi.

Tadqiqot metodologiyasi

Laplas, Vald, Sevidj va Gurvits mezonlari eng taniqli bo'lib, ular mumkin bo'lgan natijalar matritsasi tahlili asosida noaniqlik sharoitlarida qaror qabul qilish imkonini beradi: qatorlar - mumkin bo'lgan Rj harakatlar (yuklarni yetkazib berish variantlariga); ustunlar - "tabiat" Si - ning mumkin bo'lgan holatlara (etkazib berish mezonlari); matritsa elementlari - Vij-ning j-chi harakatini tanlash va i-chi holatini amalga oshirishdagi natijasi (i-jadval).

i -jadval

Si S2 • Si .. • Sn

Ri Vii Vii V • Vii .. • Vin

R2 V2i V22 V2i V2n

Rj Vji Vj2 Vji Vjn

Rm Vmi Vm2 Vmi ■ ■ Vmn

Laplas mezoni yetarli bo'lmagan asos tamoyiliga tayanadi, unga muvofiq tabiatning barcha holatlari Si (i = 1,n) teng ehtimolga ega deb faraz qilinadi. Shunday qilib, Si har bir holatiga, quyidagi formula bo'yicha topiladigan, qi ehtimollik to'g'ri keladi:

1

4i = -. (3)

n

Qaror qabul qilish uchun har bir Rj harakat uchun yo'qotishlarning o'rtacha arifmetik qiymati to'g'ri keladi:

n

(4)

¿=1

Agarda, ko'rib chiqilayotgan misoldagi kabi, mumkin bo'lgan natijalar matritsasi yo'qotishlar matritsasi bilan taqdim etilgan bo'lsa, unda Mj(R) ning eng kichik qiymati tanlanadi (boshqa barcha vaziyatlarda eng katta qiymati tanlanadi) va u optimal strategiyaga mos tushadi:

W = min{M;(^)}, (5)

bu yerda: W - optimal strategiyaga (yukni yetkazib berish variantiga) mos keluvchi parametr qiymati.

Eng katta ehtiyotkorlik tamoyiliga asoslangan Vald mezoni (minimaks yoki maksmin mezoni). Agarda natija Vji yo'qotishlarni aks ettiradigan bo'lsa, optimal strategiyani tanlashda minimaks mezoni qo'llaniladi. Birinchi bosqichda, har bir satrda eng katta max{VyJ elementini topish talab qilinadi, keyinchalik esa ushbu eng katta elementlardan ichidagi eng kichik elementga mos tushadigan hatti-harakat Rj (j satr) tanlanadi:

W = min;maXj{Vyj}, (6)

Sevidj mezoni tavakkalchiliklar matritsasini qo'llaydi, uning j elementlari quyidagi formula bo'yicha topiladi:

r;i = Vij — (7)

Shunday qilib, j bu i ustunidagi eng yaxshi qiymat va ushbu i-dagi Vji qiymatlari ayirmasidir. Mezonga muvofiq, eng noqulay vaziyatda eng kichik qiymatga ega tavakkalchilik kattaligiga ega bo'lgan strategiyani tanlash tavsiya qilinadi:

W = minj maxj{ryj}, (8)

Gurvits mezoni quyidagi ikkita farazga asoslangan: tabiat (1-a) ehtimollik bilan eng noqulay holatda va a ehtimollik bilan eng qulay holatda bo'lishi mumkin, bunda a - ishonch koeffitsienti. Agarda matritsa elementlari yo'qotishlardan iborat bo'lsa, unda quyidagi shartga rioya qiladigan hatti-harakat tanlanadi:

W = min; [a minj l/y£ + (1 — a)maXjVyj]. (9)

Gurvits mezoni eng so'nggi optimizm va pessimizm holatlari o'rtasida, ushbu ikkita o'zini tutish usulini (1-a) va a tarozisiga solgan holda, muvozanat o'rnatadi, bu yerda 0 < a < 1. a qiymati qaror qabul qiluvchi shaxsning pessimizmga yoki optimizmga moyilligiga bog'liq holda aniqlanadi. Aniq ifodalangan moyillik kuzatilmagan holda a=0,5 deb olinadi.

2 - jadval

"A"-"S" yo'nalishi bo'yicha yuklarni yetkazib berish bo'yicha ishlar

Ish № Ish tavsifi Qiymati, $ Vaqt, kun

1 2 "A" punktida yukni bojxonadan o'tkazish 180 1,0

2 3 Hujjatlarni rasmiylashtirish va avtomobil transportiga yuklash 200 1,0

2 Hujjatlarni rasmiylashtirish va temir yo'lga yuklash 50 3,0

2 5 Hujjatlarni rasmiylashtirish va "A" punkti portida kemaga yuklash 250 2,0

5 6 Dengiz transporti bilan "V" punkti portigacha yetkazish 600 2,0

6 7 "V" punkti portida tushirish 110 1,0

7 8 O'z kuchlari yordamida bojxona kafolati bilan konteynerni "V" punkti portidan chiqarish 50 3,0

7 Konteynerni "V" punkti portidan ekspeditor bilan chiqarish 300 1,0

7 0 Bojxona tashuvchisi kafolati ostida konteynerni "V" punkti portidan chiqarish 2,0

7 1 Yukni "V" punkti portidan temir yo'lga chiqarish 50 4,0

8 2 Avtomobil transporti bilan "S" punktigacha yetkazish (VSO) 650 1,5

9 2

1 0 1 2 Bojxona tashuvchisi avtomobil transporti bilan "S" punktigacha yetkazish (VSO) 850 1,5

1 1 1 2 V punkti portidan "S" punktigacha (VSO) temir yo'lda yetkazish 389 4,0

3 1 2 A punktidan "S" punktigacha (VSO) avtomobil transporti bilan yetkazish 1500 4,0

4 2 A punktidan "S" punktigacha (VSO) temir yo'l transporti bilan yetkazish 359 7,0

2 3 "S" punktida o'z kuchlari bilan yukning bojxona tozalanishini amalga oshirish 150 4,0

1 2 1 4 "S" punktida bojxona brokeri yordamida yukning bojxona tozalanishini amalga oshirish 300 1,5

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1 3 1 5 "S" punktida VSO dan yuk oluvchi terminaligacha yukni avtomobil transportida yetkazish 50 0,5

4 5

* Konteynerni o'z kuchlari bilan chiqarish uchun yuk egasi vaqtinchalik saqlash omboriga (VSO) ega va unda kafolat sertifikatini rasmiylashtirish imkoni bo'lishi lozim.

20-futlik konteyneming o'rtacha yuklamasi 10 t.ga teng ekan, demak tranzit konteynerlaridagi tovarlarning o'rtacha qiymati 50 ming AQSh dollariga teng bo'ladi. O'tkaziladigan hisob-kitoblar uchun 20-futlik konteynerda Syuk=35 ming AQSh dollari deb qabul qilamiz.

Yetkazib berishning har bir varianti bo'yicha parametrlar qiymatlari 3-jadvalda keltirilgan.

3-jadval

Yetkazib berishning turli sxemalari uchun parametrlarni hisoblash __ natijalari__

Yo'nalish № Yetkazib berish sxemasi Vaqt T, kun Qiymat S, sh.b. Keltirilgan qiymat S, sh.b.

1(1) 1,2,3,12,13,15 10,5 2080 37229,38

1(2) 1,2,3,12,14,15 8,0 2230 37344,22

2(3) 1,2,4,12,13,15 15,5 1089 36303,83

2(4) 1,2,4,12,14,15 13,0 1239 36419,84

3(5) 1,2,5,6,7,8,12,13,15 15,0 2040 37253,36

3(6) 1,2,5,6,7,8,12,14,15 12,5 2190 37368,43

3(7) 1,2,5,6,7,9,12,13,15 13,0 2290 37476,09

3(8) 1,2,5,6,7,9,12,14,15 10,5 2440 37590,83

3(9) 1,2,5,6,7,10,12,13,15 14,0 2190 37389,90

3(10) 1,2,5,6,7,10,12,14,15 11,5 2340 37504,79

4(11) 1,2,5,6,7,11,12,13,15 18,5 1779 37040,46

4(12) 1,2,5,6,7,11,12,14,15 16,0 1929 37155,94

Hisob-kitob natijalari tahlili ko'rsatishicha, 20-futlik konteynerni tashishda quyidagi yo'nalishlar qulay hisoblanadi:

- "vaqt" parametri bo'yicha: avtomobil transporti bilan, "S" punktidagi bojxona operatsiyalari bojxona brokeri orqali;

- "qiymat" va "keltirilgan qiymat" parametrlari bo'yicha: temir yo'l transporti bilan, "S" punktidagi bojxona operatsiyalari o'z kuchlari bilan amalga oshiriladi.

Tahlil va natijalar

Shaharlararo va shahar atrofi temir yo'l qatnovlari jozibadorligini oshirish. Transport va logistika xizmatlari bozori va infratuzilmasini rivojlantirish, temir yo'l infratuzilmasini elektrlashtirish darajasini 60 foizga yetkazish va avtomobil yo'llari tarmog'ini jadal rivojlantirish. Transport sohasida tashqi savdo uchun «yashil koridorlar» hamda tranzit imkoniyatlarini kengaytirish va tranzit yuk hajmini 15 million tonnaga yetkazish belgilab berilgan. Yo'llar asrlar davomida insonlarga savdo-sotiq, madaniy, iqtisodiy-siyosiy aloqalar va tadbirkorlikni ta'minlab, yuzlab yillar oldin bo'lgani kabi bugungi kunda ham nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shahar qanchalik aqlli bo'lmasin yo'l tarmog'i samarasiz bo'lsa, uning barcha tarkibiy qismlari to'liq foydalanishi mumkin bo'lmaydi.

Xulosa va takliflar

Yuk tashuvlarini tashkil etish va boshqarishning asosiy masalalarini yechish uslublarini o'z ichiga qamrab olgan. Shuning uchun O'zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalashtirish, mamlakat hududida va xalqaro yo'nalishlarda yuk oqimlari, servis oqimlari, moliyaviy oqimlar va axborot oqimlarining ko'payishi hamda mamlakatimizda bir qancha erkin iqtisodiy industrial zonalarning tashkil etilishi bilan ularda terminal va intermodal tashuvlarni optimal tashkil etishning zarurligi sabab logistikaning bular bilan bog'liq bo'lgan aniq masalalarini qo'yish, ularni yechish algoritmlari va uslublarini bayon etish dolzarb hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1.2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 2022 y.,28 yanvar

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasi // Ishonch, 2017 yil 17 yanvar, № 7-8 (3825).

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Miziyoevning 2019-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni "Xalq so'zi" gazetasi, 04.09.2018-yil, № 182.

5. Anikin B.A., Tyapuxin A.P. Kommercheskaya logistika: Uchebnik. - M.: Velbi; Prospekt, 2015. - 432 s. 1.

6. Bauersoks Donald Dj., Kloss Deyvid Dj. Logistika: integrirovannaya sep postavok. - M.: Olimp-Biznes, 2010. - 640 s. 2.

7. Belenkiy A.S., Levner Ye.V. Primenenie modeley i metodov teorii raspisaniy v zadachax optimalnogo planirovaniya na gruzovom transporte: Obzor // Avtomatika i telemexanika, 2009. - №1 - S. 3-77. 3.

8. Belyaev V.M., Volodina O.P. Podxod k formirovaniyu sistemM dostavki gruzov «tochno v srok» // Biznes i logistika-98: Sb. materialov 2-y mejdunarodnoy konferentsii-seminara «Logistika i biznes-98», Moskva 28-29 yanvarya 1998 g. - M.: Brandes, 2008. - S. 232. 4.

9. Benson D., Uayxed Dj. Transport i dostavka gruzov / Per. s angl. - M.: Transport, 2000. - 279 s. 5.

10. Berejnoy V.I., Poroxnya T.A., Svirinko I.A. Upravlenie materialnMmi potokami mikrologisticheskoy sistemM avtotransportnogo predpriyatiya. -Stavropol: SevKazGTU, 2002. - 198 s. 6.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.