Научная статья на тему 'YOSHLARNING MA’NAVIY-MA’RIFIY TARBIYASI-YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI SIFATIDA'

YOSHLARNING MA’NAVIY-MA’RIFIY TARBIYASI-YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
33
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ijtimoiy tarmoqlar” / “tarbiya” / “oila” / “yoshlar” / “ma’naviyat” / “milliy qadriyatlar” / “tarbiyaga yondashuv”

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Mehribon Rabbimkulovna Nabiyeva

Ushbu ilmiy-tadqiqot ishida Prezidentimiz va keng jamoatchilikning yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalanishi borasidagi fikrlari, bugungi kunda oilalardagi farzand tarbiyasi hamda zamonaviy axborot texnologiyalari, internet va ijtimoiy tarmoqlarning insoniyatga nisbatan afzalliklari bilan birga keltirayotgan salbiy oqibatlari tahlil qilingan. Yoshlarni buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan asrash, ularga oila muqaddasligini singdirish, yangi Uyg‘onish davriga ularni bilimli, ma’rifatli, ma’naviyatli qilib tarbiyalash va bu borada amalga oshirishimiz kerak bo‘lgan vazifalarimiz bayon etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNING MA’NAVIY-MA’RIFIY TARBIYASI-YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI SIFATIDA»

YANGI O ZBEKl| PEDAGOGLARI

ISTON

I AXBOROTNOMASI

YOSHLARNING MA'NAVIY-MA'RIFIY TARBIYASI- YANGI O'ZBEKISTON TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI

SIFATIDA

Mehribon Rabbimkulovna Nabiyeva

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti o'qituvchisi

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01-yanvar 2024 yil Ma'qullandi: 05-yanvar 2024 yil Nashr qilindi: 09-yanvar 2024 yil

KEY WORDS

"Ijtimoiy tarmoqlar", "tarbiya", "oila", "yoshlar", "ma'naviyat", "milliy qadriyatlar", "tarbiyaga yondashuv"..

Ushbu ilmiy-tadqiqot ishida Prezidentimiz va keng jamoatchilikning yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalanishi borasidagi fikrlari, bugungi kunda oilalardagi farzand tarbiyasi hamda zamonaviy axborot texnologiyalari, internet va ijtimoiy tarmoqlarning insoniyatga nisbatan afzalliklari bilan birga keltirayotgan salbiy oqibatlari tahlil qilingan. Yoshlarni buzg'unchi g'oyalar ta'siridan asrash, ularga oila muqaddasligini singdirish, yangi Uyg'onish davriga ularni bilimli, ma'rifatli, ma'naviyatli qilib tarbiyalash va bu borada amalga oshirishimiz kerak bo'lgan vazifalarimiz bayon etilgan.

Tadqiqot ishining dolzarbligi. XXI asr yangi texnologiyalar, innovatsiyalar asri bo'lib, ijtimoiy hayotda juda ko'p jarayonlar va munosabatlar o'rin oldi. Ijtimoiy tarmoqlar, virtual olam inson hayotiga faol kirib keldi va yangi avlod vakillari onggida, o'zaro munosabatlarda o'zining ta'sirini o'tkazmoqda. Bugungi axborot almashish jarayonining jadallashuvi, tezligi sog'lom avlodni tarbiyalashni murakkablashtirmoqda. Tezkor muloqot asrida insonlar muloqot ko'lamining kengligi ko'plab vaqtimizni sarflashga olib kelmoqda. Shuningdek, ruhiy zo'riqishlarini kuchaytirib, jamiyat a'zolarida toqatsizlik, asabiylik, ruhiy tushkunlik holatlari kuzatilmoqda.

E'tibor qaratish kerak bo'lgan yana bir muhim masala borki, u ham bo'lsa, ayrim telekanallarimizda namoyish etilayotgan ko'rsatuvlar, ko'ngilochar dastur va seriallarning ma'naviy-axloqiy saviyasi odamlarning haqli e'tirozlariga sabab bo'layotgani bilan bog'liq. Bunday telemahsulotlar yoshlarimizning ma'naviyatini yuksaltirish o'rniga tarbiyasini buzish, oilaviy qadriyatlarimiz va axloqiy qarashlarimizni izdan chiqarishga sabab bo'lmoqda. Yana bir muhim tomoni, yoshlar tarbiyasiga mas'ul bo'lgan ota-onalar ham bu jarayonning faol ishtirokchisi bo'lib bormoqda va yoshlarga beriladigan tarbiya, e'tibor va munosabat kundan kunga susayib bormoqda. Buning natijasida oilalarda ko'plab ijtimoiy muammolar yuzaga kelmoqda. Xususan, ota-ona va farzand o'rtasida hissiy bog'liqlikning yo'qolishi, farzandlarning ham ijtimoiy tarmoqqa bog'lanib qolishi, yolg'on va soxta ma'lumotlar ortidan oilaviy nizo va ajrimlar va boshqalarni keltirishimiz mumkin.

Tadiqot ishining o'rganilish darajasi. Yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy tarbiyasi masalasi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning har bir nutqlarida,

asarlarida, joylarga tashriflarida, yoshlar bilan uchrashuvlarida dolzarb mavzu sifatida ilgari surilgan. Tarbiya, ma'naviyat va ma'rifat o'chog'i bo'lgan yurtimizda yoshlar ma'naviyati va axloqiy tarbiya masalalari, shaxsni shakllantirishda ijtimoiy munosabatlarning o'rni Sharq mutafakkirlari Al-Buxoriy1, At-Termiziy2, Abu Nasr Forobiy3, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino4, Mahmud Koshg'ariy5, Yusuf Xos Xojib, Jaloliddin Rumiy6, Husayn Voiz Koshifiy, Alisher Navoiy7, Mahmudxo'ja Behbudiy8, Abdulla Avloniy9, Abdurauf Fitratlarning g'oyalari va qarashlari10da o'z aksini topgan.1

Yoshlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash masalasi ta'lim sohasida ham keng o'rganilgan sohalardan biri bo'lib, o'ziga xos pedagogik tizimning ishlab chiqilganligi bilan tavsiflanadi. X.Aliqulov11, M.Baratov12, A.Zununov13, M.Xayrullayev14, K.Hoshimov15, S.Nishonova, M.Quronov, S.Ochilov, M.Ortiqov, A.Sherov, M.Maxmudov, R.Mahmudov, G.Niyozov16, Q.Ahmedov, Q.Tojiboyev, M.Holmatova17, M.Abdullayev, D.Yengulatova18, N.Saydalixodjayeva19, B.Xudoyorov20, E.Yusupov21, Z.G'ofurov22, O'.Qayumov23, X.Odilqoriyev, Sh.Yakubov, G.Tillayeva, Q.Yusupov, N.Boboyev, E.Xaldibekova, A.Yusupov kabi olimlar yoshlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning asoslarini ishlab chiqqanlar.2 Ularning tadqiqotlarida oliy ta'lim muassasasi talabalarining ma'naviy-axloqiy madaniyatini shakllantirish, mazkur jarayonda milliy tarbiya asoslaridan samarali foydalanish, barkamol insonni tarbiyalash modelining ishlab chiqilganligi e'tiborga loyiqdir. Lekin, shuni ta'kidlash joizki, yuqoridagi ishlarning aksariyatida asosiy e'tibor yoshlarning ma'naviy va axloqiy kamolatiga qaratilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yil 19-yanvar kuni Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida: "...yoshlar tarbiyasida jamoatchilikning roli susayib borayotgani barchamizni tashvishga solishi lozim. Ilgari "Bir bolaga yetti mahalla ota-ona" degan maqolga amal qilib yashardik. O'g'il -qizlarimizning axloq-odobi, o'qishi uchun nafaqat ularning ota-onalari, avvalo, mahalla ahli, kayvoni keksalar, ziyolilar o'zini mas'ul va

_/V # \ -/ZIV i

1Al-Buxoriy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil, "Al-jome' as-Sahih" (Ishonchli to'plam) 4 jildlik.-T.: Qomuslar bosh tahririyati, 1991-1999; Imom al-Buxoriy, Al-Adab al-Mufrad.-T.: O'zbekiston, 1990;

2At-Termiziy. Sahih at-Termiziy, A.Abdullo tarjimasi.-T.: G'ofur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1993;

3Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri.-T.:Sharq, 1999;

4Abu Ali ibn Sino. Hikmatlar. -T.: O'zbekiston, 1980;

5Mahmud Koshg'ariy. Devonu lug'otit-turk. 1,2,3 jildli, -T.: Fan. 1990;

6Jaloliddin Rumiy. Masnaviyi ma'naviy. 6 jildlik. -T.: 2001-2005.(Jamol Kamol tarjimasi); Jaloliddin Rumiy. Ichingdagi ichindadir. // Sharq yulduzi. 3,4,5,6,7,8-sonlar, 1995;

7Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to'plami. 1-20 jildlar. -T.: 1987-2000;

8Mahmudxo'ja Behbudiy. Bayoni soniy. -T.: 1907;

9Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. -T.: Sano-Standart, 2012;

10Abdurauf Fitrat. Chin sevgi.-T.: G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1996 va boshqalar. 2 "Aliqulov X., Omonova G'. Jomiy va Davoniy ta'lim-tarbiya haqida.-T.:O'qituvchi, 1981; 12Baratov M., Aliqulov H. O'rta Osiyo mutafakkirlari axloq haqida.-T.:O'zbekiston, 1974;

13Zununov A. Pedagogika nazariyasi. -T.:Aloqachi, 2006; Zununov A., To'xliyev B., Ma'sudov X. Pedagogika tarixi. -T.: Sharq, 2002;

14Xayrullayev M. O'rta Osiyo ilk uyg'onish davri madaniyati. -T.: Fan, 1994;

15Hoshimov K., Nishonova S., Inomova I., Hasanov R. Pedagogika tarixi. -T.: O'qituvchi, 1996; T.

16Niyozov G., Ahmedov Q., Tojiboyev Q. Sharq allomalari va ma'rifatparvar adiblarning barkamol avlod tarbiyasiga oid ma'naviy-axloqiy qarashlari. -T.: O'zbekiston, 2010;

17Holmatova M. Oilaviy munosabatlar madaniyati va sog'lom avlod tarbiyasi.-T.: O'zbekiston, -2000;

18Abdullayev M., Yengulatova D. Bozor iqtisodiyoti sharoitida o'quvchi-yoshlarning ijtimoiy-ongini shakllantirish. -T.: 1995;

19Saydalixodjayeva N.F. Yuqori sinf o'quvchilarining huquqiy tarbiyasi tizimi. Ped.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati. -T.: 2008;

20Xudoyorov B. Ma'naviy mezonlarga yangicha yondoshish.//Muloqot, 1998, 4-son; 21Yusupov E. Inson kamolotining ma'naviy asoslari. - T.: Universitet, 1998; 22G'ofurov Z. Ma'naviy yuksalish va huquqiy barkamollik. - T.: "Iqtisod-moliya", 2006;

23Qayumov O'. Fuqarolik jamiyatining shakllanishi sharoitida O'zbekiston yoshlarining ijtimoiylashuv jarayonlari. -T.: "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik Markazi. 2011;

javobgar deb bilardi. Shuning uchun ham mahallalarimizda urush-janjal, bezorilik, ichkilikbozlik qilib yuradigan yoshlar, oilaviy ajrimlar kam bo'lar edi. Keksa avlod vakillari yoshlarni mehnatga, o'z uyini, ko'chalar, guzar va maydonlarni ozoda tutishga o'rgatardi.

Endi ayrim odamlar hovlisini bolasiga emas, mardikorga tozalalatadi. Bolaga bitta kitob olib berishga pulini qizg'anadi-yu, serharajat to'y va ma'rakalar o'tkazishga topgan-tutganini bir kunda sarflab yuboradi.

Ko'p qavatli uylarda qo'shni qo'shnisini tanimaydi. Bu holda bolalar mehnatni, tejamkorlikni, me'yorni, odob va madaniyatni, mehr-oqibatni kimdan o'rganadi?, -deb o'rinli savolni o'rtaga tashladi. [1, 10-11-betlar]

Ertangi kunimiz va taraqqiyotimiz yoshlarimiz va yosh avlod qo'lida ekan, ularning ajdodlarga munosib avlod bo'lishiga, sifatli ta'lim berib yetuk kadr bo'lishiga, milliy qadriyatlarimizni hurmat qiladigan, boyitib boradigan tarzda tarbiyalashga barcha: ota-ona, o'qituvchi, mahalla ahli, yoshi ulug' kishilarimiz birdek javobgardir.

Davlatimiz rahbari yosh avlod tarbiyasi haqidagi g'oyalarni Abdurauf Fitrat bobomizning quyidagi fikrlari bilan izohlaydi: "Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo'lishi, baxtli bo'lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo'lishi zaif bo'lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e'tibordan qolib, o'zgalarga tobe va qul, asir bo'lishi ularning o'z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog'liq" [2, 488-b]

Buyuk jadid mutafakkiri A.Avloniy tarbiya masalasi haqida: "Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat, yo saodat - yo falokat masalasidur»,- deb o'sha davrda fikr bildirgan edi. Bugungi kun yoshlar tarbiyasiga jiddiy e'tibor berishimiz, tarbiyamizning ma'naviyatli-mar'ifatli bo'lishi juda dolzarb va muhim masalalardan hisoblanadi. Bu borada davlatimiz rahbari ham o'z nutqlarida, joylarga tashriflari davomida aholi bilan olib borgan suhbatlarida ko'rishimiz mumkin. Bu xususida Yoshlar forumida ham: "Qanchalik qiyin bo'lmasin biz yoshlar tarbiyasi bo'yicha o'zimizga xos va ta'sirchan, bugungi kunga hamohang usullarni izlab topishimiz kerak. Jondan aziz farzandlarimizni buzg'unchi va zararli g'oyalar, jinoyatchilik, giyohvandlik, loqaydlik, ma'naviy qashshoqlik, iste'molchilik kayfiyatidan asrashimiz kerak. Bunday salbiy holatlarni bartaraf etishda barchamiz, avvalo, siz aziz yoshlar faol bo'lishingiz kerak" [3, 2-b]

Biz mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratish uchun, avvalo, beshta muhim ustuni va halqasini belgilab oldik. Shu halqaning eng muhim bo'g'ini, hech shubhasiz, ijodkor ziyolilarimiz, xususan, ma'naviyat vakillaridir. Ular jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirishga xizmat qilayotgan hayotbaxsh g'oyalarni amalga oshirishda barchaga, ayniqsa, yoshlarga o'rnak bo'lishlari zarur.

Yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda, ilmiy-texnologik talablarni hisobga olib isloh qilish, takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy va ma'naviy asosda shakllantirishni taqazo etmoqda. Tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, bolada tayanch fazilatlarni shakllantirishda oila, maktabgacha ta'lim, umumiy ta'lim, o'rta-maxsus kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to'liq yuzaga chiqarish va ular orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko'tarish zarur.

Ushbu yo'nalishdagi ishlarimiz samarasini oshirish uchun yana ko'plab tadbirlarni amalga oshirish zarur. Jumladan:

- ma'naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish;

- tarbiya jarayonida uzluksizlik, uzviylik tamoyillariga tayangan holda, avvalo, bo'lajak va yosh onalarga e'tiborni kuchaytirish;

- bolalarni go'dakligidan boshlab yuksak ma'naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash bo'yicha eng muhim yo'nalishlarni belgilash;

- yoshlarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, mustahkam iroda, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibat, mas'uliyat, bag'rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish va boshqalar.

Shunigdek, bugungi murakkab va tahlikali hayot davrida yoshlarimizning ma'naviy quvvatini oshirish maqsadida Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev "Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik milliy g'oyamizning poydevoridir" asarida ushbu yo'nalishda quyidagi vazifalarni amalga oshirishimiz zarurligini aytib o'tgan:

Birinchidan, mamlakatimizda ma'naviy tarbiya tizimining yangi platformasini, strategiyasini yaratib, xalqimiz, ayniqsa, yoshlar o'rtasida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni sifat va mazmun jihatdan butunlay yangi bosqichga ko'tarishimiz kerak;

Ikkinchidan, uzluksiz ta'lim tizimida ma'naviy tarbiya asoslarini kuchaytirishimiz

lozim

Uchinchidan, o'zbek tilining davlat tili maqomini amalda kuchaytirish, xorijda va yurtimizda uni o'rganish bo'yicha zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish zarur.

To'rtinchidan, xalqimiz, ayniqsa yoshlar o'rtasida kitobxonlik darajasini oshirish borasidagi ishlarni kuchaytirishimiz zarur.

Beshinchidan, yoshlarimizga zamonaviy ta'lim-tarbiya bilan birgalikda, qon-qonimizga singgan muqaddas dinimizning mohiyatini to'g'ri tushuntirib berishimiz, ularni ezgu g'oyalar ruhida tarbiyalash haqida jiddiy o'ylashimiz zarur.

Oltichidan, ijodkor ziyolilarimiz, xususan, ma'naviyat vakillari jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirishga xizmat qilayotgan hayotbaxsh g'oyalarni amalga oshirishda barchaga, ayniqsa, yoshlarga o'rnak bo'lishlari zarur. Xulosa qilib aytganda, Vatanimizning ertangi kuni, yangi Uyg'onish poydevori bevosita yoshlarimizga, bugun ularning qay darajada ta'lim-tarbiya olishi, ma'naviyati-yu ma'rifatiga, barkamol voyaga yetishiga bog'liq. Shu bois, barcha imkoniyat va shart-sharoit yaratilib berilmoqda. Bunday imkoniyatlardan foydalanish, milliy qadriyatlar ruhini unutmaslik zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirziyoyev Sh.M. Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik milliy g'oyamizning poydevoridir "Tasvir" nashriyot uyi, Toshkent-2021, 36 b;

2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T., "O'zbekiston" NMIU, 2017. 488-b

3. Mirziyoyev Sh.M Yangi O'zbekiston strategiyasi. Toshkent: «O'zbekiston» nashriyoti, 2021. 464 b;

4. Xalq so'zi gazetasi, 2020-yil 26-dekabr, №273 (7775)-son, 2-bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.