Научная статья на тему 'YOSHLАRNING IJTIMОIY FАОLLIGINI RIVОJLАNTIRISHDА IJTIMОIY ISH MАSАLАLАRI'

YOSHLАRNING IJTIMОIY FАОLLIGINI RIVОJLАNTIRISHDА IJTIMОIY ISH MАSАLАLАRI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
69
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Ключевые слова
fаоliyat / ijtimоiy fаоllik / jаmiyat / ijtimоiy mаnfааt / ijtimоiy ish / ijtimоiy himоya. / activity / social activity / society / social interest / social work / social protection.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — M.Аbdurахmоnоvа, А.Fаyozоv

Mustаqillik yillаridа fuqаrо erkinligi vа uning fаоlligi mаsаlаsi dеmоkrаtik jаmiyat bаrpо etishning muhim shаrtlаridаn biri sifаtidа e’tirоf etilа bоshlаndi. Insоnning ijtimоiy fаоllik mоhiyati individning sоtsiаllаshuvi nеgizidа turаdi, binоbаrin, bu jаrаyondа u shахs sifаtidа tаrkib tоpаdi. Ijtimоiy fаоllik kеng tushunchа bo’lib, u hаr bir kishining hаyotdаgi, turmushdаgi tutgаn o’rni, ijtimоiy vоqеlik, undа yuz bеrаdigаn o’zgаrish, yangiliklаrgа munоsаbаti, shuningdеk uning yarаtuvchilik bоrаsidаgi ishtirоki kаbilаrdаgi fаоlligini аnglаtаdi. Shuningdek, “ijtimоiy fаоllik” аtаmаsi fаlsаfа, pеdаgоgikа, sоtsiоlоgiya, psiхоlоgiya, ijtimoiy ish kаbi bir qаtоr ijtimоiy-gumаnitаr fаnlаrdаgi tushunchаlаr tizimidа mustаhkаm o’rin egаllаdi. Ushbu mаqоlаdа yoshlаrning ijtimоiy fаоlligini rivоjlаntirish mаsаlаlаri ijtimоiy jihаtdаn tаdqiq etilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL WORK ISSUES IN THE DEVELOPMENT OF SOCIAL ACTIVITY OF YOUNG PEOPLE

during the years of Independence, the issue of civil freedom and its activity began to be recognized as one of the most important conditions for building a democratic society. The essence of human social activity is based on the socialization of an individual, consequently, in this process it is composed as a person. Social activity is a broad concept, it refers to the activity of each person in life, in marriage, such as social reality, the change that occurs in it, his attitude to news, as well as his participation in the creation. Also, the term” social activity " has taken a solid place in the system of concepts in a number of socio-humanitarian disciplines, such as philosophy, pedagogy, sociology, psychology, social work. In this article, the issues of the development of social activity of young people are studied socially.

Текст научной работы на тему «YOSHLАRNING IJTIMОIY FАОLLIGINI RIVОJLАNTIRISHDА IJTIMОIY ISH MАSАLАLАRI»

YOSHLАRNING IJTIMDrY FАОLLIGINI RIVОJLАNTIRISHDА IJTIMОIY ISH

MАSАLАLАRI M.Аbdurахmоnоvа

Ijtimoiy ish kafedrasi mudiri, dotsent, А.Fаyozоv

Magistrant, Farg'ona davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo. 7192568

Annotatsiya: Mustаqillikyillаridа fuqаrо erkinligi vа uning fаоlligi mаsаlаsi dеmокrаtik jаmiyat bаrpо etishning muhim shаrtlаridаn biri sifаtidа e 'tirof etilo bоshlаndi. Insоnning ijtimоiy fаоlliк mоhiyati individning sоtsiаllаshuvi negizida turodi, binоbаrin, bu jаrаyondа u shахs sifotida torkib topodi. Ijtimоiy foollik kеng tushuncho bo'lib, u Наг bir kishining hаyotdаgi, turmushdagi tutgon o'rni, ijtimoiy voqelik, undo yuz bеrodigon o 'zgorish, yangiliklorgo munosoboti, shuningdek uning yarotuvchilik borosidаgi ishtiroki kobilordаgi faolligini onglotodi. Shuningdek, "ijtimoiy faollik" otomosi folsofo, pedаgogiko, sotsiologiya, psixologiya, ijtimoiy ish каЫ bir qotor ijtimoiy-gumonitor fonlordаgi tushuncholor tizimido mustohkom o'rin egollodi.

Ushbu moqolodа yoshlorning ijtimoiy faolligini rivojlontirish mosololori ijtimoiy jihotdаn todqiq etilgon.

Kalit so'zlar: faoliyat, ijtimoiy faollik, jomiyat, ijtimoiy monfoot, ijtimoiy ish, ijtimoiy himoya.

SOCIAL WORK ISSUES IN THE DEVELOPMENT OF SOCIAL ACTIVITY OF

YOUNG PEOPLE

Annotation: during the years of Independence, the issue of civil freedom and its activity began to be recognized as one of the most important conditions for building a democratic society. The essence of human social activity is based on the socialization of an individual, consequently, in this process it is composed as a person. Social activity is a broad concept, it refers to the activity of each person in life, in marriage, such as social reality, the change that occurs in it, his attitude to news, as well as his participation in the creation. Also, the term " social activity " has taken a solid place in the system of concepts in a number of socio-humanitarian disciplines, such as philosophy, pedagogy, sociology, psychology, social work.

In this article, the issues of the development of social activity of young people are studied socially.

Keywords: activity, social activity, society, social interest, social work, social protection.

ВОПРОСЫ СОЦИАЛЬНОЙ РАБОТЫ В РАЗВИТИИ СОЦИАЛЬНОЙ АКТИВНОСТИ МОЛОДЕЖИ

Аннотация: В гodbi нeзoвисимoсти eonpoc o ceo6ode гражданина и ezo oктивнoсти стал признаваться oдним из вожжйшихycnoeuu пoстрoeния дeмoкрoтичeскoгo oбщeствo. Сущнoсть сoциoльнoй октивтсти чeлoвeкo лeжит в omoee сoциoлизoции индивида, слeдoвoтeльнo, в этoм npo^cce oн oбрeтoeт сoдeржoниe как личнoсть. ^циольноя oктивнoсть-этo ширoкoe шнятж, шд кoтoрым пoнимoeтся oктивнoсть кoждoгo чeлoвeкo в таких сфeрox, как eгo рoль в жизни, в жизни, в сoциoльнoй дeйствитeльнoсти, в прoисxoдящиx в жй измeнeнияx, eгo oтнoшeниe к нoвшeствoм, о тoкжe eгo учостж в шзидонии. Тoкжe meрмин "шциольноя oктивнoсть" занял прoчнoe мeстo в систeмe шнятий ряда сoциoльнo-гумoнитoрныx дисциплин, таких кок филoсoфия, пeдoгoгикo, сoциoлoгия, псиxoлoгия, coциольноярoбoтo.

В данной статье Социально исследуются вопросы развития социальной активности молодежи.

Ключевые слова: деятельность, социальная активность, общество, Социальный интерес, социальная работа, социальная защита.

KIRISH

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularni ish bilan ta'minlash, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun sharoit yaratish, qobiliyat va iste'dodini ro'yobga chiqarish, tadbirkorlikka o'rgatish, buning uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasiga alohida e'tibor berilmoqda. "...Yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo'lgan insonlar etib voyaga yetkazamiz. ...o'g'il-qizlarimizni mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan zamonaviy kasb-hunarlarga o'rgatish, ularda tadbirkorlik ko'nikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish hamda tashabbuslarini ro'yobga chiqarish, ish va uy-joy bilan ta'minlashga ustuvor ahamiyat qaratamiz"[1]. Demak, bugungi kunda yoshlar ijtimoiy faolligini yuksaltirishda mehnat an'analarining o'rni masalasini o'rganish dolzarb masalalardan biridir. Bu esa mehnat an'analarining tajribadan o'tgan, aniq ilmiy xulosalarga ega bo'lgan milliy, tarixiy va zamonaviy yo'nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borishni taqozo etadi.

Faollik - (lotincha "actus" - harakat, "activus" - faol so'zlaridan olingan) shaxsga xos umumiy xususiyat hisoblanib, u shaxsning jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turishi, har bir harakatini muvofiqlashtirishida namoyon bo'ladi. Faollikning ikki xili farqlanadi. Tashqi faollik - bu tashqaridan va o'z ichki istak-xohishlarimiz ta'sirida bevosita ko'rish va qayd qilish mumkin bo'lgan harakatlarimiz, mushaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo'ladigan faollik. Ichki faollik- bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, qon aylanish, nafas olish, bosim o'zgarishlari hamda, ikkinchi tomondan, bevosita psixik jarayonlar, ya'ni aslida ko'rinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni o'z ichiga oladi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Insonning ijtimoiy faollik mohiyati individning so^allashuvi negizida turadi, binobarin, bu jarayonda u shaxs sifatida tarkib topadi. Ijtimoiy faollik keng tushuncha bo'lib, u har bir kishining hayotdagi, turmushdagi tutgan o'rni, ijtimoiy voqelik, unda yuz beradigan o'zgarish, yangiliklarga munosabati, shuningdek uning yaratuvchilik borasidagi ishtiroki kabilardagi faolligini anglatadi. Shaxsda ijtimoiy faollikni shakllantirish va yuksaltirishning omillarini anglash esa ijtimoiy falsafaning vazifalaridan biri hisoblanadi. Demak, ijtimoiy faollik bir vaqtning o'zida ham falsafiy, ham so^ologik muammodir. Dunyoning postnoklassik ilmiy manzarasi shakllanayotgan sharoitlarda "ijtimoiy faollik" atamasi falsafa, pedagogika, so^ologiya, psixologiya kabi bir qator ijtimoiy-gumanitar fanlardagi tushunchalar tizimida mustahkam o'rin egalladi.

Fuqarolik jamiyati rivojlanishi sharoitida "ijtimoiy faollik" tushunchasi keng va tor ma'noda talqin qilinmoqda. Keng ma'noda ijtimoiy faollik tushunchasi shaxsni ijtimoiylashish darajasini aks ettiruvchi sifati, ya'ni uning ijtimoiy bir butunlik bilan aloqalari, jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga tayyorligi, ijtimoiy manfaatlarni qabul qilish teranligidir. Tor ma'noda esa ijtimoiy faollik deganda, uning ma'lum ijtimoiy birlik bilan aloqalari tushuniladi.

Ijtimoiy faollikning mohiyati ijobiy faoliyatda mujassamlashuvchi dunyoga ijodiy munosabatlar tizimidan iborat. Ushbu nuqtai nazarga ko'plab olimlar amal qiladilar. Ma'naviy-

axloqiy shaxs, ma'naviy-axloqiy munosabatlar tabiatini va ularning inson xarakterini shakllantirishdagi rolini inobatga olib, yoshlarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasining muhim bosqich va omillarini kuzatib, ijtimoiy faollikni hayotga ongli, ijodiy munosabat, shaxsning o'zini-o'zi chuqur va to'liq ro'yobga chiqarishdir, - degan xulosaga kelish mumkin. Demak, hayotga ijodiy munosabat shaxsda yuksak madaniyat va axloq, bilim va dunyoqarash mavjud bo'lishini taqozo qiladi. Hozirgi davrda ijtimoiy faollik va uning mohiyati mualliflar tomonidan turlicha, xususan, jamiyatdagi faoliyatning o'ziga xos darajasi, faoliyatning yo'naltirilganligi darajasi, sub'yektning ob'yektiv voqelik bilan faol munosabatlarning jami xilma-xilligiga layoqati kabilar sifatida talqin qilinadi.

TADQIQOT NATIJALARI

Yoshlarni bolalikdan faollikka o'rgatish kelajakda ijtimoiy yuksaklikka erishishning asosi bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti ta'kidlaganidek, "o'g'il-qizlarimizning ijtimoiy faolligi, Vatan va xalq taqdiriga dahldorlik hissi kuchayib borayotganini, zamonaviy, demokratik O'zbekiston davlatini barpo etishda navqiron avlodimizning munosib ishtirok etayotganini barchamiz minnatdorlik bilan e'tirof etamiz"[2]. Zero, katta avlod vakillarining yoshlar ma'naviy olamini ezgu g'oyalar asosida shakllantirish va kamol toptirishda salmoqli ulushlari mavjud. Shu bilan birga, har qaysi bola olamni o'z atrofidagi ashyo va buyumlar, jumladan, o'yinchoqlar vositasida anglashinini inobatga olish zarur. "Bolaning ulg'ayib, kasb tanlashi, kelajakda qanday yo'ldan borishi, o'zining hayot tarzini qanday axloqiy-ma'naviy asoslarga qurishi ham, hech shubhasiz, uning bo'lajakda qanday o'yinchoqlar bilan oshno bo'lib o'sgani bilan belgilanadi"[3]. Bu borada buyuk mutafakkir Aflotun tarbiyachilarga quyidagicha murojaat qiladi: "Bolalar keyinchalik qaysi mashg'ulot bo'yicha kamol topishlari zarur bo'lsa unga taalluqli, ularning moyillik va qiziqishlarini o'yin yordamida shu sohaga yo'naltirishga harakat qilsin"[4]. Demak, faollik aynan go'daklikdan boshlanadi.

Ijtimoiy ish, himoya qadimdan har bir inson qalbida joylashgan bo'lib, mehr-oqibat, muruvvat, yaxshilik qilish, tarbiya va insoniylik kabi sifatlarda aks etib kelgan. Aslida bu sifatlar inson qalbi orqali bir-biriga beriladi. Ushbu sifatlar bilan shakllanangan insonlar orqali tashkil topgan davlatlar o'z xalqlarini kuchli ijtimoiy himoya qiladilar.

"Ijtimoiy ish" atamasi O'zbekistonda MDHning boshqa davlatlaridagi kabi nisbatan yaqin yillarda - o'tgan asrning 80-yillar oxirlari 90-yillar boshlarida qo'llanila boshladi. Mazkur G'arbga oid atamaning mamlakatimiz ijtimoiy amaliyotiga ko'chirib o'tkazilishi yagona geosiyosiy makonning parchalanishi, shuningdek, aholining turli qatlamlarini himoya qilish va qo'llab-quvvatlashga bo'lgan ehtiyojlarini shakllantirish, uni tashkillashtirish shakllarini belgilash bilan bog'liq. Ijtimoiy ish fenomeniga murojaat qilishning muhim omili tafakkurning problematika va multimadaniy jihatdan qaraladigan muayyan turining rivojlanishiga asos bo'lib xizmat qildi. Ijtimoiy ish o'zida ham kasbni, ham malakani birlashtiradi, Shu sababli professionalizm mazkur tarkibiy qismlarning darajasi, ularning bir butunligi va tizimliligi bilan o'lchanishi mumkin. Ijtimoiy ish bo'yicha mutaxassisning kasbiy-shaxsga oid shakllanishi va rivojlanishi professional layoqatlilikning shakllanishini, kasbiy ma'lumot olishni, kasbiy mahoratning shakllanishi va ma'naviy-axloqiy xususiyatlarning, Shuningdek, o'z-o'zini boshqarish va o'z-o'zini takomillashtirish ko'nikmalarining rivojlanishini taqozo qiladi.

Dastlab ijtimoiy ish aynan individlar bilanish olib borish sifatida amalga oshirilgan. Biroq keyinroq vaziyatni va mijoz xulqini o'zgartirishga urinishlar, agar bevosita mijozning atrof muhitiga, ular qamrab olingan eng yaqin ijtimoiy tarmoqqa ta' sir ko'rsatilmasa, juda kam hollarda samara berishi ma'lum bo'lib qoldi. Bu esa o'z navbatida oilaviy yoki guruhga oid ijtimoiy ishning

shakllanishiga olib keldi. Har bir a'zosiga ta'sir ko'rsatmasdan turib, oilaga ta'sir ko'rsatish mumkin emas. Oilaning alohida a'zolarining xulqi va o'z hissiyotlaridagi o'zgarishlar oila ichidagi o'zaro munosabatlarning keskinlashishi, oilaviy muloqotlarning o'zgarib ketishiga sabab bo'ladi.

MUHOKAMA

Ijtimoiy ish faoliyatning yordamga muhtoj odamlarga yordam ko'rsatish bilan bog'liq bo'lgan alohida turigakiradi. Har qanday faoliyat, jumladan, ijtimoiy ish ham, har bir elementi zarur bo'lgan o'z tuzilmasiga ega, boshqalar bilan bog'liq va o'zaro munosabatlarga kirishadi. Ijtimoiy ish asosiy elementlari ijtimoiy xodimlar, mijozlar, faoliyat mundarijasi, boshqaruv, vazifa va maqsadlardan iborat bo'lgan bir butun tizimni aks ettiradi.

Ijtimoiy ishning asosiy yo'nalishlariga quyidagilar kiradi:

- tibbiy-ijtimoiy ish

- oilalar va bolalar bilan ijtimoiy ish

- bandlik sohasida ijtimoiy ish

- ayollar va erkaklar bilan ijtimoiy ish

- alohida ehtiyojlari mavjud odamlar bilan ijtimoiy ish

- keksalar bilan ijtimoiy ish va boshq.

Turli darajadagi ijtimoiy xodim doimiy ravishda faol bo'lganligi sababli uning faoliyati murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan individlar, oilalar, guruhlar, uyushmalarga yo'naltirilgan, deb aytish mumkin. Ijtimoiy xodim yordami taqdim qilinadigan shaxslarni mijozlar, deb atash mumkin. Mijoz individual yoki guruhga oid bo'lishi mumkin (oila, maktab sinfi, nogironlar guruhi, mehnat jamoasi va boshq.). Uning aniqroq ta'rifi ijtimoiy ishni tashkillashtirish darajasi bilan bog'liq.

Murakkab hayotiy vaziyat - bu ko'rsatib o'tilgan ob'ektlarning me'yoriy ijtimoiy faoliyati imkoniyatlarini buzuvchi yoki buzilishiga sabab bo'luvchi vaziyatdir. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, individlarning o'zlari, tashqi yordamsiz mazkur vaziyatdan chiqib keta olmaydilar.

Ijtimoiy xodim haqida gapirilganda, odamlarda darhol yolg'iz nogironlar va keksalarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlovchi sumkali xodim to'g'risida tasavvur paydo bo'ladi. Shuningdek, ijtimoiy ish mijozlari o'rtasida kam ta'minlangan va kambag'al insonlarni ajratib ko'rsatish odat tusiga kirgan. Biroq, kambag'allik bilan kurash ijtimoiy ishning "nasliy vazifasi", deb hisoblanishiga qaramay, uni faqatgina bu kabi shaxslar doirasi bilan cheklab qo'yishga hech bir asos yo'q.

ХULОSА

Xulosa qilib aytganda, biz yoshlarning ijtimoiy tashabbuskorligini oshirishda, faolligini shakllantirishda asosiy e'tiborni ularning kasbiy tayyorgarligini o'stirishga, ma'naviy baquvvatligini shakllantirishga, qonunlarga rioya qilishga da'vat etishga qaratishimiz lozim. Aslida esa, tarbiyaning eng muhim vazifasi yoshlarni hozirgi kunning muammolari haqida mustaqil fikrlashga undashdan, yangi ijtimoiy-iqtisodiy tuzumda shaxsiy faoliyatni tashkil qilishni rejalashtirish, mazkur jarayonlarni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg'un holda amalga oshirishdan iborat bo'lishi lozim.

O'zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichi yoshlarning ijtimoiy faolligisiz amalga oshmaydi. Shu bois, bugungi kunda mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, uni innovatsion asosda rivojlantirish, o'z oldimizga qo'ygan ko'p qirrali va murakkab vazifalarni amalga oshirish maqsadida biz zamonaviy va kreativ fikrlaydigan, har qanday vaziyatda ham mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir bo'lgan, g'ayrat-shijoatli, intellektual salohiyati

yuksak, vatanparvar yosh kadrlarga davlat va jamiyat boshqaruvida muhim vazifalarni ishonib topshirmoqdamiz.

O'zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida yosh mutaxassis kasb faolligini oshirish jarayonida:

- ilmiy asoslangan va tajribadan o'tgan bilim va nazariyaga tayanish;

- zamonaviy ta'limning innova^on yutuqlari hamda kasb-hunar ta'limi mohiyatini yorituvchi ilmiy kon^p^yalardan xabardor bo'lish;

-kasbiy bilim va ko'nikmalarni zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirish;

- ijtimoiy taraqqiyot sinovidan o'tgan an'analarimiz xususiyatlariva mutafakkirlarimizning boy ma'naviy merosidan unumli foydalanish yaxshi samara beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirziyoyev Sh.M. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 29.12.2020 йил // https://president.uz/uz/lists/view/4057 (Мурoжaaт caHaOT 31.12.2020 йил)

2. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimoz roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. Toshkent: "O'zbekiston", 2018. - B.489

3. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. -Toshkent: Ma'naviyat, 2008. - B.156-157

4. Aflotun. Qonunlar. - Toshkent: "yangi asr avlodi", 2002. - B.31

5. Юлдaшeв, И. A. (2020). СОТРУДНИЧЕСТВО МАХАЛЛИ И КЕНГАША СХОДА СЕЛЬСКИХ ГРАЖДАН, ШКОЛЫ, СЕМЬИ В ПРОЦЕССЕ ФОРМИРОВАНИЯ У ПОДРОСТКОВ СОЦИАЛЬНОЙ АКТИВНОСТИ. Редакцгйна колеггя: АА Сбруева-доктор педагог1чних наук, професор (в1дпов1дальнийредактор), 139.

6. Aбдурaxмoнoвa, M. М. (2021). ТЕОРИИ МЕЖСЕКТОРАЛЬНЫХ ПОДХОДОВ К ЗАЩИТЕ ДЕТЕЙ. Человек. Наука. Социум, (2), 62-74.

7. Aбдурaxмoнoвa, М. М. (2021). НЕОБХОДИМОСТЬ ИЗУЧЕНИЯ ОБЩЕСТВЕННОГО МНЕНИЯ ДЛЯ ПРИНЯТИЯ ЭФФЕКТИВНЫХ РЕШЕНИЙ В ШКОЛЕ. Человек. Наука. Социум, (1), 33-46.

8. Aбдурaxмoнoвa, М. М., & Орипoв, А. (2019). Оснoвныe нaпрaвлeния и приoритeты таучшй aктуaлизaции инфoрмaциoннoй пaрaдигмы грaждaнскoгo oбщeствa. Мировая наука, (12), 56-59.

9. Madaliyeva, F., & Abduraxmonova, M. (2021). O ^ЕКИТОКОА MAKTAB BITIRUVCHI O 'QUVCHILARINI KASB-HUNAR BILAN TA'MINLASHDA ПТГМОГУ ISH AMALIYOTI. Студенческий вестник, (8-3), 94-95.

10. Abdurakhmonova, M., Karimova, G., & Karimova, M. (2021). ROLE OF ETHICAL CULTURE IN PREVENTING VIOLENCE AMONG SPUPILS. Интернаука, (11-2), 5051.

11. Abdurakhmonova, M. M., Akramov, D. O., & Egamberdiev, F. A. (2020). Conceptual aspects of the development of social work in the new social protection system of Uzbekistan. Chief Editor, (5), 8.

12. Arzimatova, I. M. (2020). Spiritual Culture Of Personality And Artistic And Aesthetic Changes. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(11), 160-165.

13. Arzimatova, I. M. (2022). Relationship Of Aesthetic Culture And Spirituality Of Personality. The American Journal of Applied sciences, 3(02), 100-104.

14. Abdurakhmonova, M. M. ugli Mirzayev, MA, Karimov, UU, & Karimova, GY (2021). Information Culture And Ethical Education In The Globalization Century. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(03), 384-388.

15. Abdurakhmonova, M. M., Akramov, D. O., & Egamberdiev, F. A. Conceptual aspects of the development of social work in the new social protection system of Uzbekistan. Chief Editor.

16. Madimarovna, A. I. (2020). The Role of Art in Youth's Aesthetic Education. Cross-Cultural Communication, 16(1), 121-123.

17. Arzimatova, I. (2022). THE MAIN ASPECTS OF THE MORAL AND AESTHETIC CULTURE OF THE LEADING CADRES IN THE NEW STAGE OF DEVELOPMENT OF SOCIETY. Oriental Journal of Social Sciences, 2(1), 63-72.

18. Рафикова, Д. К., & Каримова, Г. Й. (2020). ЁШЛАРНИ ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИГИНИ ОШИРИШДА ^АДРИЯТЛАРНИНГ АХАМИЯТИ. ПЕРЕКРЁСТОК КУЛЬТУРЫ, 2(1).

19. Karimov, U. U. (2021). Scientific and Theoretical Foundations of the Formation of the Social Environment in the Family. Oriental Journal of Social Sciences, 37-40.

20. Abdurahmonova, M. (2020). World practical experience of developing a school-oriented sphere of professional activity of social work. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(6), 1181-1186.

21. Yuldashev, I. A. (2020). Pedagogical Bases Of Formation Of Social Activity In Pedagogical Sciences. Теория и практика современной науки, (5), 67-69.

22. Yuldashov, I., & Goynazarov, G. (2021). A need to improve the institutional system for increasing the social activity of young people at the stage of development. Интернаука, (123), 18-19.

23. Rayimov, A. A., & Karimova, G. Y. (2021). Social Aspects Of The Formation Of Social Activity In Youth. Oriental Journal of Social Sciences, 29-32.

24. Usmanov, N., Ganiev, B. S., & Karimova, G. Y. (2021). The Philosophical Basis For The Formation Of Spiritual Maturity Among Young People. Oriental Journal of Social Sciences, 33-37.

25. Каримов, У., Каримова, Г., & Каримов, У. (2021). ИЛМ-ФАН ВА ТАЪЛИМ СОХАСИДАГИ АХБОРОТЛАШУВ. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 1(1), 103-110.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.