Научная статья на тему 'TА’LIM SОHАSIDА IJTIMОIY ISHNING INNОVАTSIОN TЕХNОLОGIYALАRI'

TА’LIM SОHАSIDА IJTIMОIY ISHNING INNОVАTSIОN TЕХNОLОGIYALАRI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
296
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijtimоiy ish / tа’lim / innоvаtsiya / mоdеrnizаtsiya / оliy tа’lim. / social work / education / innovations / modernization / higher education.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Abduraxmonova Manzura Manafovna, Yo’Ldоshеv Аbdulаzizjоn

Glоbаllаshuv shаrоitidа tа’lim shахsni hаr tоmоnlаmа vоyagа yеtkаzish, undа kоmillik vа mаlаkаli mutахаssisgа хоs sifаtlаrni shаkllаntirishdа muhim o’rin tutаdi. Bugungi tеzkоr dаvr tа’lim оluvchilаr, shu jumlаdаn o’quvchilаrni hаm qisqа muddаtdа vа аsоsli mа’lumоtlаr bilаn qurоllаntirish, ulаr tоmоnidаn turli fаn аsоslаrini puхtа o’zlаshtirilishi uchun zаrur shаrt-shаrоitlаrni yarаtishni tаqоzо etmоqdа. Ushbu mаqоlаdа оliy tа’lim tizimidа ijtimоiy ishning innоvаtsiоn tехnоlоgiyalаri mаsаlаlаrigа e’tibоr qаrаtilgаn. Mаzkur o’zgаrishlаr оliy tа’lim muаssаsаlаrining strаtеgik yo’nаlishigа hаmdа innоvаtsiоn fаоliyatni fаоl аmаlgа оshirishgа tа’sir ko’rsаtishi аsоslаb bеrilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INNOVATIVE TECHNOLOGIES OF SOCIAL WORK IN EDUCATION

In the context of globalization, education plays an important role in the comprehensive development of the individual, in the formation of the qualities of excellence and competence. The modern rapidly changing world requires students, including students, to provide short-term and reliable information, to create the necessary conditions for them to master the basics of various sciences. This article is devoted to innovative technologies of social work in the system of higher education. It is argued that these changes will affect the strategic focus of higher education institutions and the active implementation of innovative activities.

Текст научной работы на тему «TА’LIM SОHАSIDА IJTIMОIY ISHNING INNОVАTSIОN TЕХNОLОGIYALАRI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

TА'LIM SОHАSIDА ЫГШОИ' ISHNING INNОVАTSIОN TЕХNОLОGIYALАRI

Abduraxmonova Manzura Manafovna

iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Yo'ldоshеv Аbdulаzizjоn

Farg'ona davlat universiteti, ijtimoiy ish yo'nalishi magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.6710269

Annotatsiya. Glоbаllаshuv shаrоitidа tа'lim shахsni hаr tоmоnlаmа vоyagа yеtkаzish, undа komillik vа mаlаkаli mutахаssisgа хоs sifаtlаrni shаkllаntirishdа muhim o'rin tutаdi. Bugungi tezkor davr tа'lim oluvchilar, shujumladan o'quvchilarni hаm qisqа muddatda vа asosli mа'lumоtlаr bilan qurollantirish, ular tomonidan turli fan аsоslаrini puхtа o'zlashtirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni taqozo etmoqda. Ushbu maqolada oliy ta'lim tizimida ijtimoiy ishning innovatsion teхnologiyalari masalalariga e 'tibor qaratilgan. Mazkur o'zgarishlar oliy ta'lim muassasalarining strategik yo 'nalishiga hamda innovatsion faoliyatnifaolamalga oshirishga ta'sir ko'rsatishi asoslab berilgan.

Шк so^^r: ijtimoiy ish, ta'lim, innovatsiya, modernizatsiya, oliy ta'lim.

ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ СОЦИАЛЬНОЙ РАБОТЫ В

ОБРАЗОВАНИИ

Аннотация. В услoвиях глoбaлизaции o6pa3oeanue rnpaem важную ponb eo ececmoponneM развитии личнoсти, в фoрмирoвaнии rnuecme сoвeршeнствa и KoMnemeHmHocmu. Сoврeмeнный 6bicmpo мeняющийся мир mpe6yem om oбучaющихся, в moM чucлe учащихся, ocнaщeнuя крamкocрoчнoй и дocmoвeрнoй uнфoрмaцueй, издания им нeoбхoдuмых уcлoвuй для oвлaдeнuя ocнoвaмu различных наук. Данная cmamья nocвящeнa ин^виц^нным meхнoлoгuям coцuaльнoй pa6ombi в cucmeмe выcшeгo oбрaзoвaнuя. Уmвeрждaemcя, чmo эmu uзмeнeнuя кocнуmcя cmрameгuчecкoй нanрaвлeннocmu высших учeбных зaвeдeнuй и aкmuвнoйрeaлuзaцuu uннoвaцuoннoй дeяmeльнocmu.

Ключевые слова: шциальная pa6oma, oбрaзoвaнue, uннoвaцuu, мoдeрнuзaцuя, выcшee oбрaзoвaнue.

INNOVATIVE TECHNOLOGIES OF SOCIAL WORK IN EDUCATION

Abstract. In the context of globalization, education plays an important role in the comprehensive development of the individual, in the formation of the qualities of excellence and competence. The modern rapidly changing world requires students, including students, to provide short-term and reliable information, to create the necessary conditions for them to master the basics of various sciences. This article is devoted to innovative technologies of social work in the system of higher education. It is argued that these changes will affect the strategic focus of higher education institutions and the active implementation of innovative activities.

Key words: social work, education, innovations, modernization, higher education.

KIRISH

Mamlakatimizda oliy ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, kadrlar tayyorlash mazmunini zamonaviy talablar asosida tubdan qayta ko'rib chiqish, raqobatbardosh oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash hamda sohani jahon standartlari darajasida rivojlantirishda oliy ta'lim tizimida innovatsion faoliyatni boshqarishni takomillashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu borada asosiy bilim sohalari bo'yicha elektron ta'lim resurslari milliy

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

tizimini yaratish, jahonning ta'lim resurslariga kirish va bu infrastrukturani takomillashtirish, o'quv jarayonida jahonning va milliy elektron ta'lim resurslaridan axborot kommunikatsiya texnologiyalari orqali foydalanish, o'quv rortlarini moddiy-texnika bazasini va tarmoqli infratuzilmani rivojlantirish muammolari oliy ta'lim tizimida dolzarbdir.

Ijtimoiy ish sohasiga talab minglab yillar avval vujudga kelgan bo'lsada, biroq, bu soha mutaxassislarini maxsus tayyorlash XIX asr oxiri va XX asr boshlarida G'arbiy Evropa mamlakatlarining birinchi sanoat inqiloblari sodir bo'lgan hududlarida rivojlana boshladi. Chunki sanoat inqiloblari natijasida jamiyat ijtimoiy hayotida keskin ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqqanligi ijtimoiy ish sohasini kasbiy faoliyat sifatida rivojlanishiga sabab bo'ldi.

O'zbekistonda ijtimoiy ish sohasi va umuman ijtimoiy sohaga qadimdan katta e'tibor berib kelingan. Qariyalarni hurmatlash, imkoniyati cheklanganlarni ijtimoiy himoyalash, muhtojlarga yordam ko'rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan hisoblanadi. Islom dini xalqimizning bu kabi qadriyatlarini yana ham roksakroq ko'tardi. Uzoq yillar davomida hukm surib kelgan ma'muriy-buyruqbozlik tizimining asorati ta'siri natijasida bu qadriyatlar tan olinmadi hamda taqiqlandi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

«Ijtimoiy ish» - butun dunyoda qabul qilingan ibora bo'lib, u insonning insonga gumanistik munosabatini bildiradi.

Jamiyatning rivojlanish jarayoni, jamiyatda yashayotgan insonlarga nisbatan ijtimoiy munosabat orqali belgilanadi. Ayniqsa, davlatning yordamga muhtoj bo'lgan odamlar qatlamiga e'tibori, ijtimoiy zaif kishilarga, ya'ni keksalar, nogironlar, yolg'iz, nochor kishilarga yordam berishi, ana shu jamiyatning yuksak ma'naviyati va ijtimoiy moddiy jihatdan barkamolligidan dalolat beradi. Jahon tajribasida o'z yaqinlariga yordam berish, og'irini yengil qilish, hamdard bolish, xayr-ehson qilish azaldan turli ko'rinishlarda amalga oshirib kelingan. Ayniqsa, bu fazilatlar diniy qatlamlar orasida keng rivojlangan bo'lib, o'ziga xos ko'rinishlari bilan namoyon bolib kelgan. Tarixan o'z in'ikosini topgan bu insoniy 7 fazilat ming yillar mobaynida xayriya, insonlarga yordam berish orqali diniy burch sifatida yuzaga kelgan bo'lib, XIX-XX asrlarga kelib, alohida mazmun va mohiyat kasb etuvchi professional kasbga aylandi. Bu davrlarga kelib, insonparvarlik tamoyillariga suyangan diniy xayriya bilan shug'ullanuvchilar bilan zamonaviy ijtimoiy xodim orasidagi farq yuzaga keldi va o'z shaklu-shamoyillari bilan rivojlanib kelmoqda. Ijtimoiy ishni professional kasb sifatida, alohida fan yo'nalishida o'rganish, bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Dunyoning rivojlangan davlatlarida ijtimoiy ish institute yuz ellik yil mobaynida faoliyat olib bormoqda va yetakchi oliy dargohlarda kasbiy tayyorgarlik amalga oshiriladi. Ijtimoiy ish ijtimoiy hodisa sifatida ijtimoiy yordamni o'ziga xos modeli sifatida hayotga tatbiq qilinmoqda.

Ijtimoiy ish faqatgina kundalik insonlar orasidagi muammolarni hal qilish borasida yordam berish bilan cheklanmay, balki ehtiyojiy qiyinchiliklarni yengib o'tish xususiyatlarini va o'ziga o'zi yordam berish ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltirilganligi bilan, xayr saxovat va ana shu faoliyatning shunga o'xshash turlaridan farq qiladi. Bu hodisani istalgan hayotiy vaziyatda odamni o'z muammolarni o'zi hal qilishga o'rgatish deb tushunish mumkin. Ijtimoiy ish bilan shug'ullanuvchi kasb egalari bugungi kunda keng doiradagi muammolarga duch kelmoqdalar. Alkogolizm, giyohvandlik, mulkchilik huquqlarining buzilishi, bolalarga yomon

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

muomalada bo'lish, oilaviy janjallar, ruhiy va jismoniy kasalliklar, darbadarlik, jamiyatdan ajralgan holda yashash shular jumlasidandir. Bularning barchasi maxsus tayyorgarlik talab qiladi. Bunga yuzaki yondoshish mumkin emas. Chunki ijtimoiy ish xodimlari tegishli bilim va ko'nikmalarga ega bo'libgina qolmay, balki shu kasbga doir axloqiy me'yorlar va tamoyillarga rioya qilishga tayyor bo' lishlari kerak.

Ijtimoiy ish xodimlarining xizmat turlari mijozlarning yoki guruhlar muammolarining mazmuni, ya'ni yordam va qo'llabquvvatlashning talab darajasi, faoliyat turlaridan kelib chiqib tasniflanadi. Ijtimoiy xizmat xodimlarining faoliyati me'yoriy huquqiy hujjatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi va belgilangan qoidalar asosida amalga oshiriladi. Qoidalarga ijtimoiy xizmat tashkilotining maqsad va vazifalari, moliyalashtirish manbasi, xodimlarning ish majburiyatini, ish jarayonida amal qilinishi lozim boMgan axloqiy tamoyiilar aks etishi lozimdir.

Ijtimoiy ish kasbi ijtimoiy o 'zgarishlarga insoniy munosabatlar muammolarini hal qilishga, shuningdek, odamlarning farovonligini oshirish uchun imkoniyatlarning taqsimlanishiga va ozod bo'lishiga ko 'maklashadi. Insoniy xulq-atvor va ijtimoiy tizimlar haqidagi nazariyalardan foydalanib, ijtimoiy ish odamlarning atrofidagilar bilan o 'zaro aloqadorlikka kirishgan joylarda yuzaga keladi. Inson huquqlari va ijtimoiy adolat tamoyillari ijtimoiy ishning asosi hisoblanadi. Ijtimoiy ish xodimlari insonparvarlikka, halollikka xizmat qilish y o 'li bilan inson qadr-qimmatini hurmat qilishga, ijtimoiy adolatni ta 'minlashga ko'maklashishi kerak.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-sonli farmoni [1] hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli «Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga[2] asosan bugungi kunda ta'lim sohasida amalga oshirilishi zarur bo'lgan masalalar, oliy ta'lim tizimini isloh qilish, ta'limda yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalardan keng foydalanish zarurligi va mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur tadqiqot muayyan darajada xizmat qiladi.

Lug'aviy jihatdan "innovatsiya" tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda ("innovation") "yangilik kiritish" degan ma'noni anglatadi.

"Innovatsiya" tushunchasi mazmunan aniq holatni ifodalaydi.

"O'zbekiston Milliy entsiklopediyasi"da ko'rsatilishicha, innovatsiya quyidagicha mazmun va tushunchalarga ega: "Innovatsiya (ingl. "innovationas" - kiritilgan yangilik, ixtiro) - 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta'minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag'lar; 2) ilmiy-texnika rotuqlari va ilg'or tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo'llanishi".

TADQIQOT NATIJALARI

A.I.Prigojinning fikriga ko'ra, innovatsiya maqsadga muvofiq ravishda muayyan ijtimoiy birlik - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga nisbatan munosabatga yangicha yondashish, bu munosabatni bir qadar turg'un elementlar bilan boytib borish tushunilishi lozim. Bu o'rinda anglanadiki, muallifning qarashlari bevosita ijtimoiy munosabatlar, ularga nisbatan iinovatsion yondashish mohiyatini ifodalaydi. Shundan kelib chiqqan holda har bir

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

shaxs fuqaro, mutaxassis, rahbar, xodim, qolaversa, turli ijtimoiy munosabatlar jarayonining ishtirokchisi sifatida o'ziga xos innovator faoliyatni tashkil etadi.

Ta'lim tizimida yoki o'quv faoliyatida innovatsiyalarni qo'llashda sarflangan mablag' va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko'zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o'zgaruvchan mexanizmga ega bo'lishi zarur.

Barcha sohalarda bo'lgani kabi ta'limda ham "novatsiya", "innovatsiya" hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat to'g'risida so'z yuritiladi. Zamonaviy ta'limga xos muhim jihatlardan biri - pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish sanaladi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish masalasi o'tgan asrning 60-yillaridan boshlab jiddiy o'rganila boshlagan. Xususan, X.Barnet, J.Basset, D.Gamilton, N.Gross, R.Karlson, M. Maylz, A.Xeyvlok, D.Chen, R.Edem, F.N. Gonobolin, S.M. Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kan-Kalik, N.V.Kuzbmina hamda V.A.Slastenin kabi tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ishlarda innovatsion faoliyat, pedagogik faoliyatga innovatsion yondashish, innovatsion g'oyalarni asoslash va ularni amaliyotga samarali tadbiq etish, xorijiy mamlakatlar hamda respublikada yaratilgan pedagogik innovatsiyalardan xabaror bilish orqali pedagog faoliyatida ulardan faol foydalanish borasidagi amaliy harakatlar mazmunini yoritilgan.

MUHOKAMA

Mohiyatiga ko'ra innovatsiyalar munosabat yoki jarayonga yangilik kiritishning dinamik tizimi sanaladi. O'z-o'zidan tizim sifatida yangilik kiritirish munosabat yoki jarayonning, birinchidan, ichki mantig'ini, ikkinchidan, kiritilayotgan yangilikning muayyan vaqt oralig'ida izchil rivojlanishi va atrof-muhitga ko'rsatadigan o'zaro ta'sirini ifodalaydi.

V.A.Slastenin innovatsiyani yangilik yaratish, keng yoyish va foydalanishga qaratilgan maqsadga muvofiq, yo'naltirilgan jarayoni majmui deb biladi. Muallifning fikriga ko'ra har qanday innovatsiya yangi vositalar yordamida ijtimoiy sub'yektlarning ehtiyojini qondirish va intilishlarini rag'batlantirish maqsadini ko'zlaydi.

Har qanday innovatsiyada "yangi", "yangilik" tushunchalari muhim ahamiyatga ega. Turli munosabat va jarayonlarga kiritilayotgan yangilik mazmunan xususiy, sub'ektiv, mahalliy va shartli g'oyalar tarzida namoyon bo'ladi.

"Bugungi kunda pedagoglarning innovatsion faoliyat ko'nikma, malakalariga ega bo'lishlari muhim ahamiyatga ega. Pedagoglar tomonidan innofatsion faoliyat ko'nikma, malakalarini o'zlashtira olishlarida ularning innovatsion yondoshuvga ega bo'lishlari talab etiladi. O'z mohiyatiga ko'ra pedagoglar tomonidan innovatsion faoliyat ko'nikma, malakalarining o'zlashtirilishi ularda innovatsion yondoshuvni qaror topishi asosida kechadi."[3] XULOSA

Bizning mamlakatimizda ijtimoiy ishning kasbiy faoliyat sifatida shakllanishi va rivojlanishi jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olgan faol sifatiy o'zgarishlar bosqichiga to'g'ri keldi. Ijtimoiy muammolarning keskinlashuvi natijasida aholining muayyan qismi davlat tomonidan ijtimoiy muhofaza va qo'llab-quvvatlashga muhtojlikni his qilishi oqibatida ijtimoiy ish kasbi dolzarblikni kasb etadi.

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 4947-sonli Farmonining

"2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi". O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlar to'plami, 2017 yil, 6 -son, 70-modda, 20-son, 354-modda, 23-son, 448-modda.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli "Oliy ta'lim

tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.

3. Muslimov N.A., Usmonboeva M.H., Sayfurov D.M., To'raev A.B. Innovatsion ta'lim

texnologiyalari. Toshkent: 2015., 21 bet.

4. Aбдурaхмoнoвa, М. М. (2021). ТЕОРИИ МЕЖСЕКТОРАЛЬНЫХ ПОДХОДОВ К

ЗАЩИТЕ ДЕТЕЙ. Человек. Наука. Социум, (2), 62-74.

5. Aбдурaхмoнoвa, М. М. (2021). НЕОБХОДИМОСТЬ ИЗУЧЕНИЯ ОБЩЕСТВЕННОГО

МНЕНИЯ ДЛЯ ПРИНЯТИЯ ЭФФЕКТИВНЫХ РЕШЕНИЙ В ШКОЛЕ. Человек. Наука. Социум, (1), 33-46.

6. Sharipova, K., & Abduraxmonova, M. (2021). O 'ZBЕKISTОN MAKTABLARIDA МЕЖШОКЬЖ UYLARI TARBIYALANUVCHISI BO „LGAN O „QUVCHILAR BILAN ПТШОГС ISH AMALIYOTI ISTIQBОLLARI. Студенческий вестник, (8-3), 82-83.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.