Научная статья на тему 'YOSHLARNING IJTIMOIY FAOLLIGIDA MADANIYAT VA SAN’AT MUASSASALARIDAGI TO’GARAKLARNING O’RNI'

YOSHLARNING IJTIMOIY FAOLLIGIDA MADANIYAT VA SAN’AT MUASSASALARIDAGI TO’GARAKLARNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
347
52
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
jamoaviylik / modernizatsiya / milliy qadriyatlar / umuminsoniy qadriyatlar / besh muxim tashabbus. / community / modernization / national values / universal values / five important initiatives.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ahmadjon Nurmuhamedjanov, Ismoiljon Rustamov

Ushbu maqolada madaniyat va san’at muassasalaridagi to’garaklarning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatiga urg’u berilgan. Yoshlarning bo’sh vaqtlarini unumli o’tkazish va ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruxida tarbiyalashda to’garaklarni ta’siri bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF CLUBS IN CULTURAL AND ART INSTITUTIONS IN THE SOCIAL ACTIVITY OF YOUNG PEOPLE

This article emphasizes the importance of clubs in cultural and art institutions in educating young people. The influence of clubs on the effective conduct of leisure time of young people and their upbringing in the spirit of national and universal values is described.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNING IJTIMOIY FAOLLIGIDA MADANIYAT VA SAN’AT MUASSASALARIDAGI TO’GARAKLARNING O’RNI»

YOSHLARNING IJTIMOIY FAOLLIGIDA MADANIYAT VA SAN'AT MUASSASALARIDAGI TO'GARAKLARNING O'RNI Ahmadjon Nurmuhamedjanov

FarDU musiqiy ta'lim kafedrasi katta o'qituvchisi Ismoiljon Rustamov

FarDU musiqiy ta'lim kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6578424

Annotatsiya . Ushbu maqolada madaniyat va san'at muassasalaridagi to'garaklarning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatiga urg'u berilgan. Yoshlarning bo'sh vaqtlarini unumli o'tkazish va ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruxida tarbiyalashda to'garaklarni ta'siri bayon qilingan.

Kalit so'zlar: jamoaviylik, modernizatsiya, milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar, besh muxim tashabbus.

РОЛЬ КЛУБОВ В УЧРЕЖДЕНИЯХ КУЛЬТУРЫ И ИСКУССТВА В СОЦИАЛЬНОЙ АКТИВНОСТИ МОЛОДЕЖИ

Аннотация. В данной статье раскрыта значение кружков учреждений культуры и искусства в проведении свободных времен молодёжи, а также цель в их воспитании в духе национальных и общечеловеческих ценности.

Ключивые слово: командная работа, модернизация, национальные ценности, общечеловеческих ценности, пять важных инициатив.

THE ROLE OF CLUBS IN CULTURAL AND ART INSTITUTIONS IN THE SOCIAL ACTIVITY OF YOUNG PEOPLE

Annatation. This article emphasizes the importance of clubs in cultural and art institutions in educating young people. The influence of clubs on the effective conduct of leisure time of young people and their upbringing in the spirit of national and universal values is described.

Keywords: community, modernization, national values, universal values, five important initiatives.

Kirish. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda madaniyat va san'at sohasini rivojlantirish, jahon miqyosidagi ilg'or tajribalar asosida zamonaviy madaniyat va san'at muassasalari barpo etish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijodkor ziyolilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash masalalariga davlatimiz tomonidan ustuvor ahamiyat qaratib kelinmoqda.

Aholi, xususan, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda ma'naviy yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash, yosh iste'dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro'yobga chiqarish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilishning bugungi yangi bosqichida madaniyat va san'atning hayotimizdagi o'rni va ahamiyatini oshirish, yosh avlodimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ona yurtga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash asosiy maqsadimizdir.

Chunki jamiyatning shakllanishi, ravnaq topishi shu jamiyatda tarbiya topgan kelajak avlod tarbiyasiga bog'liq. Insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta, bu maqsadga san'at va madaniyatsiz erishib bo'lmaydi.

Shu o'rinda Prezidentimiz Sh. Mirziyoev ta'kidlaganidek "Ma'lumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muxim va dolzarb ahamiyatga ega bo'lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatdan ham xayot mamot masalasiga aylanib bormoqda".1 Tadqiqot metodologiyasi. Yoshlarning ijtimoiy faolligida san'at to'garaklarini o'rni beqiyos bo'lib, yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishda to'garaklarning faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. 2019-yil 19-mart kuni O'zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoev boshchiligida yoshlarga e'tiborni kuchaytirish maqsadida o'tkazilgan videoselektr yig'ilishida qabul qilingan 5ta muhim tashabbusning asl mohiyati ham shundan iboratdir.

Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha qabul qilingan 5 tashabbusning birinchisida ko'rsatib o'tilganidek, yoshlarni musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini yuksaltirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ko'plab ijtimoiy sohalarning tubdan modernizatsiya qilinishi, ijtimoiy turmush darajasining o'sishi aholining ijtimoiy - maishiy ehtiyojlarga bo'lgan talablarini oshirdi. Bugungi kunda O'zbekiston aholisining kundan-kunga o'sib borayotgan talab va ehtiyojlarini o'rgangan holda, yurtimizda bunyod etilayotgan madaniyat va aholi dam olish markazlarida aholining ijtimoiy-madaniy faolligini qo'llab-quvvatlash bilan birga mazmunli dam olishiga e'tibor qaratilmoqda.

Muhokama va natijalar. Shu ma'noda yangidan tashkil etilayotgan zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarida ham asosiy urg'u aholi uchun yangi xizmat turlari, to'garaklar, badiiy havaskorlik jamoalari, studiyalar, qiziquvchilar uyushmalarini tashkil etish nazarda tutilmoqda. Jumladan, ushbu markazlarda xalq havaskorlik ijodiyoti to'garaklari, jumladan: doirachilar, rubobchilar, g'ijjakchilar, afg'on rubobchilar, changchilar, dutorchi qizlar, xalq cholg'u ansambllari, milliy-amaliy san'at to'garaklari, nomoddiy madaniy meros durdonalarini o'rganish to'garaklari, studiyalar, qiziquvchilar uyushmalari, sport to'garaklari, xorijiy tillarni o'rganish kurslari vahakozolar tashkil etiladi. To'garak mashg'uloti - zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarida muayyan miqdordagi doimiy qatnashchilar tarkibi bilan qat'iy tartibda uyushtiriladigan va aniq maqsadga yo'naltirilgan, aholining bo'sh vaqtini unumli va mazmunli o'tkazish uchun tashkil etilgan tadbirdir.

To'garak mashg'ulotlari ma'lum bir yo'nalishda insoniyat tomonidan uzoq yillar mobaynida orttirilgan xayotiy tajribalarni to'garak a'zolariga juda qisqa vaqt ichida o'rgatishning eng samarali usulidir. Mashg'ulotning jamoa bo'lib amalga oshirilishi ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. SHuningdek, mashg'ulot to'garak a'zolariga yalpi o'rgatishni osonlashtiradi, ularni jamoa sifatida tarbiyalashga hissa qo'shadi, ishtirokchilarda ijtimoiy faollik va muomala madaniyatining shakllanishiga ko'maklashadi. To'garak mashg'uloti quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi lozim;

- Mashg'ulotning tarbiyaviy maqsadga bo'ysundirilganligi;

ffl.mhp3hëeb. 2017 h 30- hwhb "kamo^ot" ëhx kyphotohh.

- Qatnashchini komil shaxs sifatida shakllantirilishiga yo'naltirilganligi;

- Ilmiyligi va izchilligi;

- Bilimlarni ongli ravishda o'zlashtirishga qaratilganligi;

- Amaliy ahamiyatga ega ekanligi va h.k.

Xulosa. Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, madaniyat va aholi dam olish markazlarida tuzilgan to'garaklar o'z faoliyatlarini milliy madaniyatimiz an'analarini o'rganish va saqlab qolishda jamoatchilik ehtiyojlarini e'tiborga olgan holda badiiy ijod hamda havaskorlik ijodiy tashabbuslarini va aholini ijtimoiy faoliyatini qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan to'garaklarni tashkil etish milliy qadriyatlardan foydalangan holda bolalarni jamoaviylikka, do'stlik va birodarlik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, o'quvchilarni ma'naviy va estetik rivojlanishiga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida bolalarda yuksak ahloqiy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sh. Mirziyoev 2017 yil 30-iyunb "Kamolot" IX quriltoyi.

2. U.Qoraboev Bo'sh vaqt va dam olish madaniyati.-T.: "O'zbekiston" 1989.

3. Nasritdinova, M. (2021). PEDAGOGICAL COMPONENTS AND STAGES OF HEALTH OF DEVELOP CHILDREN THROUGH MUSIC EDUCATION. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(05), 251-258.

4. Madina Nasritdinova, Mansurova Nigora, & Durdona Murodova. (2022). UZBEK FOLK ART AND ITS PLACE IN PUBLIC LIFE. Archive of Conferences, 44-48. Retrieved from https://www.conferencepublication.com/index.php/aoc/article/view/1888

5. Kambarav, A. A. (2020). ATTITUDE ТО SCIENTIFIC AND RELIGIOUS VALUES IN THE POSTMODERN WORLD AND ITS DIALECTICAL FOUNDATIONS. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(9), 158-165.

6. Toshaliev, D. (2021). A BRIEF PHILOSOPHICAL-SCIENTIFIC ANALYSIS OF MAKOMS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 91-95.

7. Qurbonova, B. (2017). FINE ARTS ROLE IN DEVELOPMENT SPIRITUAL МИРОВОЗРЕНИЯ PERSONS. УЧЕНЫЙXXIВЕКА, (2-3), 50.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.