YOSHLARNI BO'SH VAQTINI BAND ETISHDA RASSOMCHILIK SAN'ATINING O'RNI VA AHAMIYATI Alizafarov Bahodir Mamedovich
Farg'ona davlat universiteti,tasviriy san'at kafedrasi o'qituvchisi Axmadbekova Madinaxon Yoqubbek qizi Namangan davlat universiteti magistranti https://doi.org/ 10.5281/zenodo.6617170
Annotatsiya. Maqolada talaba-yoshlarimizning bo'sh vaqtlarini qamrab olish, ularning qiziqish va ijodiy izlanishlari uchun rassomchilik san'atiga amaliy yordam - ko'mak berish haqida fikrlar bayon etiladi.
Kalit so'zlar: tashabbus yoshlar, rassom, iste'dod, rasm, tasviriy san'at, rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, nafis san'at turi.
РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ИСКУССТВА В ДОСУГЕ МОЛОДЕЖИ
Аннотация. В статье описываются идеи по освещению свободного времени наших студентов и молодежи, их интереса и творческого поиска для практической помощи искусству живописи.
Ключевые слова: инициативная молодежь, художник, талант, живопись, Изобразительное искусство, Скульптура, графика, изящный вид искусства.
THE ROLE AND IMPORTANCE OF ART IN THE LEISURE OF YOUNG
PEOPLE
Abstract. The article describes the ideas about covering the free time of our students and young people, their interest and creative search for practical assistance to the art ofpainting.
Keywords: initiative Youth, artist, talent, Painting, Fine Art, Painting, Sculpture, graphics, elegant art type.
KIRISH
Ayni vaqtda, madaniyat sohasida jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish, yoshlarimizni haqiqiy san'atni anglashga o'rgatish, ularning estetik olamini sog'lom asosda shakllantirish bo'yicha oldimizda juda muhim vazifalar turibdi.1 Farzandlarimizning qobiliyatini ruyobga chiqarishga bolalikdan e'tibor berib, ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etsak, yurtimizda yana ko'plab Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar yetishib chiqadi.2
Iqtidorli yoshlarimizni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularni ijodiy kamoloti uchun barcha sharoitlarni yaratib berish ustuvor vazifalarimizdan biri bo'lishi kerak.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 may kungi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorida yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda ma'naviy yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash, yosh iste'dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro'yobga chiqarish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilganligi qayd etildi.
1 Sh.Mirziyoev. "Xalqimizning roziligi bizning foliyatimizga berilgan eng loyiq bahodir".196-bet
2 Sh.Mirziyoev. "Bilimli avlod-buyuk kelajakning, tadbirkor xalq-farovon hayotning, do'stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir" T.O'zbekiston. 2018 yil. 21-bet
O'zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda rivojlantirishning ustuvor yo'nalislari bo'yicha Harakatlar strategiyasining to'rtinchi bosqichi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan. Milliy tarbiya barcha tarbiyaning asosidir. Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridan eng avvalo ta'lim tizimini isloh qilish, uni milliy-ma'naviy qadriyatlar negizida shakllantirish, jismoniy sog'lom, ma'naviy yetuk, aqliy barkamol insonlarni tarbiyalashga asosiy e'tibor qaratildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich ham kelajagimiz yoshlarini ma'naviyatini yuksaltirish va ularni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo'yicha beshta muhim tashabbus bilan chiqdilar.
Birinchi tashabbus yoshlarni musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, istedodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Talaba-yoshlarimizning bo'sh vaqtlarini qamrab olish ularning qiziqish va ijodiy izlanishlari uchun barcha bosqichda amaliy yordam - ko'mak berish ustoz va murabbiylarga katta vazifalar yuklaydi. Jumladan Prezidentimiz tomonidan olg'a surilgan tashabbusning birinchi asosiy bandida aynan yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini rivojlantirish, ularning, iste'dodini yanada yuzaga chiqarishga hizmat qilinishi ta'kidlanganligi qo'llanmani yaratishga turtki bo'ldi.
Ma'lumki, maktab tayyorlov bosqichida yoki maktab partasida o'tirgan o'quvchiga boshlang'ich "Rasm" va "Tasviriy san'at", "Chizmachilik" darslarida ranglar olamini anglata olish, uning qiziqishlarini to'g'ri yo'naltirish ustozga va bolaning ota-onasiga mas'uliyat yuklaganidek "San'at tarixi" fanining o'qitilishida qo'shimcha mashg'ulotlarning o'rni alohida.
Maqsadimiz "San'at tarixi" faniga qiziquvchi talabalarning ijodiy faoliyatlariga imkon qadar ma'lumotlarni taqdim etish, yangi ijodiy asarlar yaratilishiga ozmi-ko'pmi hissamizni qo'shish.
Bu o'quv qo'llanma orqali san'at tarixiga doir ma'lumotlarni va bu san'at turi bilan o'z faoliyatini olib borayotgan ustozlarimiz ijodi xaqida so'z yuritdik
...Tasviriy san'at - rangtasvir, haykaltaroshlik, grafikani birlashtirgan nafis san'at turi; voqelikni uning osongina ilg'ab olinadigan fazoviy shakllarda ko'rgazmali obrazlarda aks ettiradi. Tasviriy san'at turlari o'z xususiyatlariga qarab real borlikni ob'yektiv mavjud sifatlari — hajm, rang , fazo, shuningdek, predmetning moddiy shakli va nurhavo muhiti, harakat va o'zgarishlari xissini yaratadi, bunda tasvirning hissiy konkretliligidan illyo'zionizmga. o'tish mumkin. Tasviriy san'at faqat ko'rish mumkin bo'lgan narsalarnigina tasvirlab qolmay, balki asarlarida hodisalarning vaqtinchalik rivoji, uning u yoki bu qismi (fabula), erkin hikoyanavislik, dinamik harakatlarni ham aks ettirib, dunyoni g'oyaviy o'zlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Tasviriy san'at insonning ruhiy kiyofasini, uning o'zgalar bilan o'zaro munosabatlarini, tasviriy holatning psixologik va emotsional mazmunini ham yoritadi. Ba'zan mavjud bo'lmagan, rassom tasavvu'rining mahsuli bo'lgan obrazlarni ham yuzaga keltiradi. Insoniyat tarixidagi turli davrlarni aks ettiradi3. Davrning faqat hissiy holatigina emas, balki uning g'oyaviy mohiyati, siyosiy, falsafiy, estetik va etik g'oyalari ham Tasviriy san'atning mazmuniga aylanadi. Tasviriy san'at obrazlarining ko'rgazmaliligi rassomga hayotning muayyan
3 N.Abdullayev. San'at arixi. T.1987.
hodisasiga o'z munosabatini yuksak darajada ifodalashiga imkon beradi, shu tufayli hayotni bilishning faol shakli sifatida jamiyatning ijtimoiy hayotida, ma'lum tizimning ommaviy ongini qaror topishida muhim rol o'ynaydi. Olamni bilishning shakllaridan biri sifatida ijtimoiy ongni shakllantiradi hamda xalq orzu umidlarini ifodalash shakli sifatida ham katta ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy sharoitda umumg'oyaviy kurashlarning bir bo'lagi sifatida namoyon bo'ladi.
Insoniyatning mehnat faoliyati, e'tiqodlari, diniy qarashlari zaminida tasviriy san'at paydo bo'lgan va rivojlangan. Qadimgi tosh asrining ilk bosqichidayoq inson o'z ehtiyoji uchun zarur bo'lgan buyumlarni yaratish, libos, turar joylar tayyorlash jarayonida qulaylik, maqsadga muvofiqlik tushunchalari rivojlanib, ritm, simmetriya hissi ortdi. Marxumlar bilan vidolashuv, dafn marosimlarida marxumlar qabriga turli buyumlar ko'yish odatlarida tasviriy san'atning fazoviy fikr yuritish, fazoviylik, kenglik, olam tushuncha va tasavvurlari shakllanib bordi. Tosh, suyak, keyinchalik sopoldan ishlangan turli shakl va haykallarda, qoyatoshlarga, gor devorlariga chizilgan, rangda ishlangan rasmlarda ibtidoiy insonning mehnat faoliyati, dunyo, borliq haqidagi o'yxayollari, o'zga dunyo to'g'risidagi tasavvurlari mujassamlashgan.
Tasviriy san'at tur va janrlari ko'paydi, realistik yo'nalishdagi janrlar (portret, man zara, natyurmort, maishiy janr) yetakchi o'ringa chiqa boshladi. Uyg'onish davri Tasviriy san'atiga xos bo'lgan vazminlik, chiziq, rang , faktura mutanosibligi o'rnini jo'shqin shakl va ranglar o'yini egallab bezakdorlik xususiyatlarining ortishi kabilar ko'zatiladi. Insoniyatning mehnat faoliyati, e'tiqodlari, diniy qarashlari zaminida Tasviriy san'at paydo bo'lgan va rivojlangan. O'zbekiston Tasviriy san'ati jahon hamjamiyatida sodir bo'layotgan jarayonlar bilan hamnafas bo'lib, har bir ijodkor o'z qarash va kechinmalarini yangicha uslub va shakllarda ifoda etishga intilishi bilan xarakterlanadi .
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, tasviriy san'at xalqning hayotini, rassomning xissiyotlarini yoritb berishga qaratilgandir.
Maqola doirasida respublikada to'garak ishlariga yondashishni jadallashtirish va hukumat qaror va farmonlarining ijrosini to'laqonli ta'minlash maqsadida quyidagi tavsiyalar o'rinli deb o'ylaymiz:
-barcha ta'lim muassasalari qoshidagi axborot resurs markazlarida tasviriy san'at yo'nalishi bo'yicha yetarli darajada uslubiy(metodik) adabiyotlar fondini yaratish; -to'garak ishlariga ota-onalarni ham jalb etish va h.k -to'garak qaol qatnashchilari foto stendlar joriy etish; -to'garak faolliyati yuzasidan taklif va mulohaza daftari yuritish; - ko'rgazmalar tashkil etish;
Yoshlarning bandligini ta'minlashda Oliy ta'lim muassasalari, umumiy o'rta ta'lim maktablari, maktabdan tashqari ta'lim muassasalari va maktabgacha ta'lim tashkilotlari tizimlaridagi o'sib kelayotgan barkamol avlodga ta'lim - tarbiya berishda, ularni har bir yo'nalishda ehtiyojlarini qondirishda to'garaklar bilan shug'ullantirish bugungi kun talabi bo'lmog'i kerak deb o'ylaymiz.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sh.Mirziyoev. bahodir".196-bet
'Xalqimizning roziligi bizning foliyatimizga berilgan eng loyiq
2. Sh.Mirziyoev. "Bilimli avlod-buyuk kelajakning, tadbirkor xalq-farovon hayotning, do'stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir" T.O'zbekiston. 2018 yil. 21-bet
3. Artikov G'.A. "Materialshunoslik, rangtasvir texnika va texnologiyasi". O'quv qo'llanma. Toshkent "INFO CFPITAL GROUP" 2018 yil.
4. Artiqov G.A. "Rangtasvir texnikasi va ashyolar texnologiyasi", O'quv qo'llanma. "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. T. 2007.-71 b.
5. Artiqov G'.A. "Rangtasvir texnikasi va ashyolar texnologiyasi" , O'quv qo'llanma. T., Sharq, 2007 y. 72 b. 4 nusxa.