Научная статья на тему 'YOSHLARNING DEMOGRAFIK FAOLIYATI'

YOSHLARNING DEMOGRAFIK FAOLIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
35
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Yoshlar / yosh guruhlar / tug‘ilish / ruproduktiv mayl / demografik / demografik faoliyat / ijtimoiy-iqtisodiy. urbanizatsiya / qishloq / shahar.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Yuldasheva D.H.

Ushbu maqolada aholining (16 29) yoshgacha bo‘lgan guruh vakillarini tashkil etuvchi yoshlarning demografik faoliyatidagi tug‘ilish va uning respublikamizda yosh guruhlar bo‘yicha taqsimlanishi, shuningdek, tug‘ilishga ta’sir etuvchi omillarni to‘g‘risida fikr va mulohazalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNING DEMOGRAFIK FAOLIYATI»

Yuldasheva D.H.

Muqimiy nomidagi Qo'qon Davlat pedagogika instituti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi o'qituvchisi

YOSHLARNING DEMOGRAFIK FAOLIYATI

Annotasiya: Ushbu maqolada aholining (16 - 29) yoshgacha bo'lgan guruh vakillarini tashkil etuvchiyoshlarningdemografikfaoliyatidagi tug'ilish va uning respublikamizda yosh guruhlar bo'yicha taqsimlanishi, shuningdek, tug'ilishga ta'sir etuvchi omillarni to'g'risidafikr va mulohazalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Yoshlar, yosh guruhlar, tug'ilish, ruproduktiv mayl, demografik, demografik faoliyat, ijtimoiy-iqtisodiy. urbanizatsiya, qishloq, shahar.

Yuldasheva D.H.

teacher

Department of Geography and Basics of Economic Knowledge Kokand State Pedagogical Institute named after Mukimi

DEMOGRAPHIC ACTIVITY OF YOUTH

Annotation. This article provides feedback andfeedback on the birth in the demographic activities of young people who make up the representatives of the population (16 - 29) under the age group and its distribution by age groups in our republic, as well as on the factors affecting birth.

Key words: Youth, age groups, birth, ruproductive predisposition, demographic, demographic activity, socio-economic. urbanization, rural, urban.

Aholining eng katta ijtimoiy qatlami hisoblangan yoshlarning bugungi kunda jamiyat xayotidagi egallagan o'rni bevosita mamlakat rivojlanishi va kelajagini belgilaydigan muxim omildir. Ayni vaqtda uning tarkibini sotsial -ijtimoiy strukturasini o'rganish muxim ahamiyat kasb etadi.

Yoshlarni bunday ijtimoiy holatini faolligini demografik nuqtai - nazardan o'rganish mavzuning dolzarbligini oshiradi.

Muammoning o'rganilganlik darajasi. Aholini 16 dan 29 yoshgacha bo'lgan guruxini tashkil etgan yoshlarni muammolarini hal etish mamlakatimiz rahbari Sh. M. Mirziyoevning asarlari va nutqlarida bildirilayotgan ilmiy nazariy va amaliy fikr mulohazalarida o'z ifodasini topib kelmoqda. O'zbekistonda yosh guruhlarda tug'ilish jarayonlarini o'rgangan olimalaridan biri Bo'rieva M.Ryosh guruxlarning demografik jarayonlarini o'rgangan.O'tgan davr mobaynida mamlakatimizda yoshlarni tahlil qilgan qator ilmiy maqolalar yaratildiki, bu yoshlar muammosi sabablarini, uni hal qilish yo'llarini ko'rsatishga ma'lum

darajada xissa bo'lib qo'shildi. Olimlar va tadqiqotchilar tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini tahlili va ularni muammosini ijtimoiy falsafiy, pedagogik va psixologik holatlarini o'rganishga juda ko'plab ishlar amalga oshirilganligini alohida e'tirof etish lozim.

Aholini 16 -29 yoshgacha bo'lgan guruxini tashkil etgan yoshlar demografik nuqtai-nazardan etarlicha o'rganilmagan. Ularni demografik jarayonlaridagi ishtirokini, munosabatini tahlil etish, Respublikani demografik rivojlanishi, istiqbolini aniqlab ilmiy asoslashda ahamiyatlidir.

Tug'ilish bu - biologik jarayon, u insonlarning reproduktiv mayli, ya'ni farzand ko'rishga bo'lgan munosabati bilan bog'liqdir. Reproduktiv mayl-esa inson yashayotgan ijtimoiy iqtisodiy muhit ta'sirida o'zgarib boradi. Insoniyat o'z tarixiy taraqqiyoti davomida bir nechta ijtimoiyi- iqtisodiy bosqichlarni bosib o'tgan va bu tugilish darajasi jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida ham bir xil bo'lmagan. Tug'ilishning yosh guruhlari bo'yicha koeffitsiyenti - har 1000 ta ma'lum yosh guruhidagi (15-19, 20-24, 25-29, 30-34, 35-39, 40-44, 45-49) ayollarga nisbatan tug'ilgan bolalar sonidir, biz aynan shu guruhlarda yoshlar guruhiga mansub bo'lgan aholi qatlami ya'ni 16-29 yoshgacha mansub bolgan ayollarning viloyatda aholi takror barpo bo'lishiga qo'shgan hissasini ko'rib chiqamiz.

O'rganilgan ma'lumotlarga ko'ra, Respublikada 2022-yilning yanvar-iyun oylarida tug'ilgan chaqaloqlar onasining yoshi bo'yicha 37,9 % chaqaloqlarni onasining yoshi -25 yoshgacha,61,1 % ining onasi esa, 25-39 yoshlarga bu esa o'z navbatida1,0 % chaqaloqlarning onasi 40 yosh va undan katta yoshdagilardan iborat bo'lgan.

Yuqoridagi malumotdan korinib turubdiki, Respublikada tug'ilgan bolalarning asosiy qismi nisbatan yosh ayollarga to'g'ri keladi. Bu holat so'nggi-yillarda yanada barqarorlashdi.

Yoshlarning demografik faoliyatidan biri - tug'ilish hisoblanib, unga ta'sir etuvchi omillarni quyidagicha ta'riflash mumkin:

- Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganligi, aholi turmush darajasi. Agar mamlakatda iqtisodiyot rivojlangan bo'lsa, texnika va texnalogiya taraqqiy etadi, aholi turmush darajasi ko'tarilgan sari aholining farzand ko'rishga bo'lgan munosabati ham o'zgarib boradi, ya'ni aholining savodxonligi, texnika texnalogiya, fan qirallari ochilgan sari tug'ilish kamayib boradi.

- Ayollarda ijtimoiiy ishlab chiqarishda bandligi. Ayollar ijtimoiy ishlab chiqarishda qanchalik ko'p band bo'lsa, tug'ilish shuncha kamayadi.Aksincha, ayollar bandligi past darajada bo'lsa, tug'ilish shuncha yuqori bo'ladi. Ayollarning ishlab chiqarishda bandligi farzand ko'rish oraliq davriga ta'sir etuvchi asosiy omillardandir.farzand ko'rish oraliq davrining uzayishi ayol sog'ligini tiklashda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, farzand tug'ilganidan so'ng uni parvarishlash va voyaga etkazish ayolga juda katta ma'suliyat yuklaydi. Shuning uchun ham ayolning jamiyatda tutgan o'rni yuqorida aytilgan fikrlarni yanada yaqqol isbotlaydi.

- Mamlakatning urbanizatsiya darajasi. Urbanizatsiya aholi tarkibida shahar axolisi tarmog'ining oshishidir. Shahar va qishloq aholisining turmush tarzi o'ziga xos xususiyatlarga ega. Shahar aholisi qishloq aholisiga qaraganda kam farzandli bo'ladi, buning asosiy sababi shundaki. Qishloqda azaldan bolalar mehnatidan foydalanib kelingan, shuningdek, qishloq aholisining turmush tarzi ham ko'p bolalilikni taqozo etadi.

- Milliy ma'naviy qadriyatlar, dinning ta'siri. Milliy madaniy qadriyatlar ham tug'ilish jarayoniga ta'sir etuvchi asosiy omillardan hisoblanadi. Masalan: islom dini aholining ko'p farzandli bo'lishiga undaydi. Er yuzida yana turli dinlar borki, ular ham aholining ko'payishini e'tirof etadi. S huningdek. Erta turmush qurish ko'p farzandli bo'lishga ta'sir etadi.

- Aholining milliy tarkibi. Aholining ko'payishiga ta'sir etuvchi asosiy omilardandir. Ayrim millatlarning mentaleteti ko'p farzandli bo'lishiga, ayrimlarniki esa, kam farzandli bo'lishiga xosligini kuzatish mumkin. Masalan: o'zbek, tojik millat vakillari O'rta Osiyodagi ko'p farzandlilikni maq'ullaydigon millatlardan biri hisoblanadi. Evropa va rus millatiga mansublar esa, kamfarzandlilikni o'zlariga ma'qul deb biladailar.

Aholi tarkibidagi yoshlar ya'ni (16-19, 20-29) salmog'ining yuqoriligi tug'ilish kabi demografik jarayonlarga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ayni paytda tugilish yuqori bo'lgan huhudlarda yoshlarni salmog'i ham yuqori bo'ladi. Aksincha, tug'ilish darajasi past bo'lgan hollarda aholi tarkibida qariyalarning salmog'i yuqori bo'ladi. Demografik nuqtai nazardan yondashganda aholining bugungi yosh tarkibi kechagi aholi takror barpo bo'lishining natijasi va kelajakdagi demografik rivojlanishining asosi bo'lib hizmat qiladi.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Demografik muammolar T., 2003.

2.Bo'rieva M.R. Demografiya asoslari. Toshkent 2000.

3. Holmatova M,Murodova N, Yoshlar oilaviy xayot busag'asida.Toshkent 2000.

3. Ахолишунослик ва тараккиётни тушунган холда кумаклашиш. Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Ахолишунослик буйича жамFармаси (UNFPA). Интернет-сайт: www.unfpa.uz.

4. Тожиева З. Н. Узбекистан ахолиси: усиши ва жойланиши (1989-2009 йй.). Илмий монография. - Т.: «Fan va texnologiya». 4.file:///C:/Users/ASUS/Downloads/YQ'TA0301.pd

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.