Научная статья на тему 'YOSHLARNI KOMIL INSON QILIB TARBIYALSHDA MUSIQANING O‘RNI'

YOSHLARNI KOMIL INSON QILIB TARBIYALSHDA MUSIQANING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
26
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
musiqa / tarbiya / ta’lim / san’at / madaniyat

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Oltinoy Maxmudova

Ushbu maqolada musiqaning tarbiya bilan bog‘liqligi va musiqaning ta’lim tarbiyadagi o‘rni va ahamyati haqida fikr mulohaza yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNI KOMIL INSON QILIB TARBIYALSHDA MUSIQANING O‘RNI»

YOSHLARNI KOMIL INSON QILIB TARBIYALSHDA MUSIQANING

O'RNI

Oltinoy Maxmudova

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada musiqaning tarbiya bilan bog'liqligi va musiqaning ta'lim tarbiyadagi o'rni va ahamyati haqida fikr mulohaza yuritiladi.

Kalit so'zlar: musiqa, tarbiya, ta'lim, san'at, madaniyat

THE ROLE OF MUSIC IN EDUCATING YOUNG PEOPLE TO MAKE

PERFECT HUMAN BEINGS

Altinoy Makhmudova

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: In this article, the connection of music with education and the role and importance of music in education are discussed.

Keywords: music, upbringing, education, art, culture

Inson kamolotida uning ko'pchilik narsalarga zarurati tug'iladi. Deylik kundalik sharoitidagi zaruriyatlari:u aqliy mehnat bilan shug'ullangandan keyin dam olib xordiq chiqarmog'i, odatiy 3 uch mahallik tamaddi qilmog'i shu jumladan jismoniy mehnat bilan ham shug'ullanmog'i lozim. Ulardan tashqari inson aqliy salohiyatini, ma'naviyatini chiniqtirishda va biyitishda ko'proq o'qishi, baxsli mavzularda ko'proq muloqot qilmog'i kerak. Insonning yana bir ajoyib qirrali tomoni borki, u ham ozuqaga muxtoj bo'ladi. Bu uning ruhiy holati, ruhiy tomoni hisoblanadi. Ruhiyat insonning ko'pgina imkoniyatlarini namoyon bo'la olishida va o'ziga bo'lgan ishonchini ta'minlashda eng muhim tomonlaridan biri. Odamning barcha mavhum his tuyg'ulari uning ruhiyati asosida kelib chiqadi. Ruhiyatning ozuqasi esa bevosita musiqa hisoblanadi.

Musiqa ellarni-ellarga dillarni-dillarga bog'lovchi kishi estetik didini tarbiyalovchi hamda madaniy saviyasini oshiruvchi mo'jizaviy vositadir. Musiqa bu tarbiyaning eng faol turi hisoblanadi. Bola tug'ilgandan so'ng ilk bor ona allasini tinglab orom oladi. Ona allasiga vatanga muhabbat ona yuragiga sadoqat kabi buyuk insoniy his-tuyg'ular mujassamdir. Musiqa ta'limi asosan musiqa va san'at maktablarida darslardan tashqari tashkil etilgan. Musiqa to'garaklarida o'rgatiladi. Komil inson tarbiyasida ana shunday musiqa va san'at maktablari va to'garaklarning o'rni va ahamiyati katta. O'quvchilarni san'at maktablariga jalb qilish ularning vaqtini

mazmunli tashkil qilish samaraliy natijalar beradi. Tarbiya tizimi ta'lim tizimi bilan uzviy bog'liq. Tarbiyasi talab darajasida bo'lgan har qanday o'quvchi ta'limni juda yaxshi o'zlashtiradi shuning uchun komil inson tarbiyasida bu muhim ahamiyat kaasb etadi

Yosh avlodni yuksak madaniyatli estetik didi yuqori darajada rivojlangan komil insonlar qilib tarbiyalashda musiqiy ta'limning ahamiyati beqiyosdir. Xususan o'zbek musiqa san'ati bu borada katta imkoniyatlarga egadr. Ma'lumki o'quvchilarni musiqiy estetik ruhini tarbiyalash jarayonini birinchidan musiqa pedagogikasining asosiy umumiy tamoyillariga rioya etilishiga ikkinchidan didni tarbiyalash bilan bog'liq bo'lgan maxsus shart sharoitlarni maninlashga asoslanishi lozim. Musiqiy estetik didni shakillantirish jarayoni musiqani idrok etish qobilyatni rivojlantirish bilan bevosita bog'liqdir. Bunda eng avvalo musiqiy idrokni taminlovchi tarkibiy qisimlarni tamoyillarini tilga olish zarur bo'ladi. Ikkinchi tamoyil san'at pedagogikasi talablariga rioya qilishdan iborat bo'lib u idrik etishdagi yaxlidlik obrazlilikni xissiy va anglangan taassurotlar birligini ularning o'zaro bog'liqligini taminlashdan iborat. Uchinchi tamoyil bola shaxsini rivojlantirishning tabiiy va madaniy jixatlarini birga qo'shib olib boorish zarurligidir. Bu tamoyil boladagi tabiy istedod, qobilyat, xususiyatlardan musiqiy tarbiya jarayonida samarali foydalanishni ularni tashqi pedagogik ta'sirlar yordamida yanada rivojlantirishni taqozo etadi. Albatta musiqiy estetik didni shakillantirish jarayoni musiqiy idrok etishning umumiy qonuniyatlari bilan bog'liqdir, lekin ayni paytda uning faqat o'ziga gina xos bo'lgan xususiyatlariga ham egadir. Musiqiy estetik didni shakillantirish jarayoni ongli faol munosabat mavjuda bo'lishi nazarda tutadi. Bu munosabat idrok etish jarayonini alohida (individual) estetik baho berish darajasiga ko'tarilishi lozim. Shuning uchun ham kichik yoshdagi o'quvchilarning musiqiy estetik didini shakillantirishga bevosita bog'liq bo'lgan musiqa mashg'ulotlarida bolaning bilishi, his qilish faoliyatini kuchaytirishi kerakki u umumiy maxsus qobilyatlarini rivojlantrirshga va pedagogik ta'sir ko'rsatishini tashkil etish bosqichlariga bo'linadi. Pedagogik ta'sir ko'rsatishni tashkil etish bosqichiga musiqiy taassurotlarning to'planishi; o'quvchilqrga turli xissiy holatlarini boshdan kechirishga imkon berish; xissiy musiqiy tasvvurlarga qaytishi; "Tinglab tushunish'' yoki "ijro etib- tushunchasi'' tajribasini boshqa asarlarga ham tadbiq etish jarayonini rag'batlantirirsh kabi sharoitlar kiradi.

Mashg'ulotlarni o'tkazishda musiqa o'qituvchisiga 1-4 sinflar nashr etilgan "Umumiy ta'lim maktablari musiqa dasturlari" 1992-yil yordam beradi. Darslarni o'tish tajriba o'tkazish jarayonida dasturlarda ko'rsatilgan asarlarda to'la foydalanish yoki aniq sharoitdan kelib chiqib, ularda ayrimlarini boshqa maqbul asarlar bilan almashtirish ham mumkinligini unutmaslik lozim.

Mazkur mezonlarni aniqlash uchun asos bo'lib ikki tamoyil asarlarini tanlashning estetik yo'nalishi, hamda o'zbek halq va kompozitorlik musiqaning o'ziga xos

xususiyatlariga ega ekanligi tamoyillari hizmat qiladi. Katta sinflarda esa o'zbek xalq qo'shiqlarini sevib tinglaydilar va tushunadilar. Ularda ashula va yalla, lapar va terma janrlaridagi turli asarlar ayni qisa zo'r qiziqish uyg'otadi. Maktablarimizda yosh avlodni tarbiyalashning muhim tarkibiy qismi bo'lgan estetiktarbiya masalalarini muvoffaqiyatli hal qilishga katta ahamiyat berilmaydi. Musiqa tarbiyasi estetik tarbiyaning eng asosiy va ancha murakkab majmualaridan biri bo'lib, bolalarning musiqa san'ati asarlarni tushunishga ijro etishga o'rgatish ishlarini kichik yoshdan bosjlashni taqozo etadi. Shunga ko'ra estetik tarbiyalash maqsadida barcha maktablarda va maktabdan tashqari muassasalarda bolalarning badiy musiqa, rassomlik, haykaltaroshlik bilan shug'ullanishiga sharoit yaratish alohida nazarda tutilgan. Musiqa bolalar va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning g'oyat ta'sirchan va samarali vositasi sifatida ham ahamiyatga egadir. Maktabdagi musiqa ta'limi va tarbiyasi bo'yicha sinifda va sinifdan tashqari olib borilgan shular orqali Vatanga muhabbat hislarini, xalqlarga nisbatan do'stlik va hamkorlik munosabatlari, barcha millat xalqlarining huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish bilan chambar-chas va uzviy bog'liqdir. O'quvchilarda o'zbek musiqasi tilining o'ziga xos xususiyatlariga dir tushuncha va ta'savvur hosil qilish ancha murakkab, uzoq vaqt davom etadigan jarayondir. Bunday vazifa o'quvchilarning musiqani ongli idrok etishlari elemental tahlil qilishlari va ularning musiqa haqidagi bilimlarini boyitib borish asosiy vazifa deb bajarilishi qaraladi.

Biz xalqimizning dunyoda hechkimdan kam bo'lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko'ra kuchli, ilmiy, dono va albatta baxtli bo'lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma'naviy tarbiya masalasi hech shubhasiz beqiyos ahamiyat kasb etadi. Musiqa ta'limi va tarbiyasi orqali yoshlarni komil inson etib tarbiyalash lozim musiqa ta'limi yoshlarni tarbiyalashda juda katta ta'sir etadi. Yoshlarni komil inson etib tarbiyalash eng avvalo tarbiyaga bog'liq. Men Abdulla avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo sadoqat, yo falokat masalasidir" degan fikrini ko'p mushohada qilaman. Buyuk ma'rifatparvarning bu so'zlarini asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo'lgan bo'lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undanham ko'ra muhim va dolzarbdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Jalolov, U.B.(2021). MUSIQA TARBIYASINING O'QUVCHI YOSHLARINI KOMIL INSON QILIB TARBIYALASHDAGI O'RNI. Scientific progress, 1(3).

2. Umarov, A. I. Q. (2021). MUSTAQILLIK YILLARIDA O'ZBEK MAQOM SAN' ATI TARRAQIYOTINING USTUVOR TAMOYILLARI (AN'ANA VA ZAMONAVIYLIK). Academic research in educational sciences, 2(10), 1144-1144.

3. Miskinova, S. Z. Q. (2021). BOTIR ZOKIROV IJODI VA O'ZBEK ESTRADASI TARAQQIYOTI MASALALARI. Academic research in educational sciences, 2(10), 1178-1178.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.