Научная статья на тему 'YOSHLARNI INDIVIDUAL TA’LIMGA JALB QILISH VA TA’LIM SAMADORLIGI'

YOSHLARNI INDIVIDUAL TA’LIMGA JALB QILISH VA TA’LIM SAMADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
UNICEF / psixolo-pedagogika / individual ta’lim / integratsiya / kompentatsiya / YUNESKO / psixologik yondashuv / yakka ta’lim.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sultanova Dilnura Abdurashidovna, Sirojiddinov Odiljon Ilxomjonovich

Maqolada yoshlarni individual ta’limga jalb qilish va shu bilan birga mamlakatimizdagi mazkur ta’lim tizimi borasidagi istiqbolli rejalari haqida bayon etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNI INDIVIDUAL TA’LIMGA JALB QILISH VA TA’LIM SAMADORLIGI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "SCIENCE, EDUCATION AND INNOVATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND PROSPECTS"

MAY 17-18, 2024

YOSHLARNI INDIVIDUAL TA'LIMGA JALB QILISH VA

TA'LIM SAMAD ORLIGI

1Sultanova Dilnura Abdurashidovna, 2Sirojiddinov Odiljon Ilxomjonovich

1Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Pedagogika fakulteti "Maktab menejmenti" kafedrasi

o'qituvchisi, 2Chirchiq davlat pedagogika universiteti , edagogika fakulteti "Maktab menejmenti" yo'nalishi 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11214734

Annotatsiya. Maqolada yoshlarni individual ta'limga jalb qilish va shu bilan birga mamlakatimizdagi mazkur ta'lim tizimi borasidagi istiqbolli rejalari haqida bayon etiladi.

Kalit sozlar:, UNICEF, psixolo-pedagogika, individual ta'lim, integratsiya, kompentatsiya, YUNESKO, psixologikyondashuv, yakka ta'lim.

Аннотация. В статье описаны перспективные планы по привлечению молодежи к индивидуальному обучению и одновременно системе образования в нашей стране.

Ключевые слова: ЮНИСЕФ, психопедагогика, индивидуальное обучение, интеграция, компенсация, ЮНЕСКО, психологический подход, индивидуальное обучение.

Abstract. The article describes the prospective plans for attracting young people to individual education and, at the same time, the education system in our country.

Key words: UNICEF, psycho-pedagogy, individual education, integration, compensation, UNESCO, psychological approach, individual education.

Individual ta'lim - o'qituvchining o'quvchiga pedagogik ta'sirini amalga oshiruvchi o'quv mashg'ulotlari shakllaridan bin. O'qituvchining o'quvchi bilan sinf jamoasidan tashqarida olib boriladigan faoliyati tushuniladi. Individual ta'lim shakllarining eng qadimiysi bo'lib, u davr va o'rta yerlarda keng qo'llanilgan.

O'zbekiston ta'limi tarixida individual ta'lim shakli keng qo'llanib kelingan. Uning samarasi, ayniqsa, amaliy san'at, hunarmandchilikda ustoz-shogird ta'limi tarzida namoyon bo'lgan. Mashhur xalq ustalari Toshpo'lat Arslonqulov, Shirin Murodov, Qodirjon Xaydarov, Mahmud Usmonov, Hamro Rahimovlar shu tarzda ta'lim olganlar. Individual ta'limda bola ruhiyatining individual xususiyatlarini, fan sohalari va kasb egallashga bo'lgan tabiiy moyilliklarini to'liq e'tiborga olish imkoniyati ta'minlanadi.

Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan "Ta'lim togrisida"gi Qonunning II bobi 9-

moddasida jismoniy, aqliy, sensor(sezgi) ruhiy nuqsonlari bolgan bolalar, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolgan bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida, umumiy o'rta ta'lim va o'rta maxsus yoki oliy ta'lim tashkilotlariga idividual shaklda yoki uy sharoitida yakka tartibda ta'lim oladi, deb belgilab qo'yilgan.

UNICEF individual ta'limni O'zbekiston ta'lim tizimiga kiritish masalalari bilan shugullanadi. Inklyuziv ta'lim tizimi alohida ta'limga ehtiyoji bolgan bola yaqin atrofda joylashgan har qanday maktabda ta'lim olishi, o'zlashtirishda qiynalayotgan bo'lsa, o'qish va yozishga o'rganish uchun maxsus yordamga ega bo'lishi, darslarga qatnamay qo'ygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli yordam ko'rsatilishini kafolatlaydi.[2]

Sharqning mashhur allomalari Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniylarning tarbiyasining maqsadlari har bir bola shaxsining rivojlanishiga ta'limning tasiri to'g'risidagi qarashlari individual ta'lim rivojlanishining metodologik bazasi hisoblanadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "SCIENCE, EDUCATION AND INNOVATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND PROSPECTS"

MAY 17-18, 2024

Ta'lim tizimi shunday bo'lishi kerakki, deb yozadi L.S.Vigotskiy — "nuqsonli bolani

tarbiyalashning vazifasi boladagi nuqsonlarni kompentatsiya qilish va uning integratsiyasini taminlash deb hisoblaydi. Buning uchun esa shunday ta'lim tizimini yaratish kerakki, maxsus

yordamga muhtoj bola o'qish jarayonida har tomonlama rivojlansin". Yani L.S.Vigotskiy umumiy

va maxsus ta'limni uygunlashtiradigan ta'lim tizimini yaratishni etirof etgan. Ushbu maqsad esa individual va inklyuziv ta'lim tizimida amalga oshiriladi.

2003-yilda Respublikamizda "Ta'lim hamma uchun" milliy dasturi ishlab chiqildi. "Ta'lim

hamma uchun" dasturining Milliy rejasi YUNESKOning maslahatlari va komagi bilan 2000-yilgi

Dakar shartnomalariga mos bolib, siyosatchilar, ta'im tizimi, vazirlik va idoralar rahbarlari, pedagoglar, jamoat arboblari O'zbekiston Respublikasi uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirish muammolari bilan qiziquvchi barcha shaxslar uchun mo'ljallangan.

Individual ta'lim goyasini O'zbekistonda joriy qilish va undagi muammolarni hal qilish maqsadida turli xil chora-tadbirlar uyushtirish, matbuot-axborot vositalari orqali targ'ibot-tashviqot ishlari jadal faollashdi. Jumladan, O'zbekistonda umumta'lim maktablarida individual ta'lim joriy etish reja qilindi. 2022-2023-o'quv yilida alohida ta'lim ehtiyojlari bor bolalarning 24 foizi, 2025-yilgacha 40 foizi odatiy maktablarga jalb qilinishi kutilmoqda.[3]

Hulosa qilib aytish joizki, har bir imkoniyati cheklangan va alohida ta'limga ehtiyoji bo'lgan bolalarning barchasi o'z haq-huquqlaridan to'laqonli foydalanishlari hukumat tomonidan bir qator qonun hujjatlari bilan kafolatlangan va ushbu bolalarni individual ta'lim tizimiga jalb qilish hamda ular o'z tengdoshlari bilan teng shart-sharoitlarda ta'lim-tarbiya olishi jamiyatga muvaffaqiyatli moslashishi, o'z qadr-qimmati va mavqeiga ega bolishining mustahkam garovidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Shomaxmudova R.Sh. Inklyuziv ta'lim (Xalqaro va O'zbekistondagi tajribalar) Toshkent-2011

"Ta'lim hamma uchun" milliy dasturini joriy qilish masalalari mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari Toshkent-2005

2. N.A.Egamberdiyeva "Ta'lim klasteri sharoiti — autizm sindromli bolalar nutqini rivojlantirishning innovatsion omili sifatida". Inson farovonligini o'rganishda fanlararo yondashuv xalqaro ilmiy konferensiya materiallari. II qism. Toshkent-2023

3. Khimmataliev, D., Sultanova, D., & Omonova, N. (2023). Development of students'creative competencies based on individual approach in educational cluster conditions. Science and innovation, 2(B9), 35-38.

4. Abdurashidovna, S. D., & Ilxomjonovich, S. O. (2023). Innovatsion ta'lim texnologiyalari. pedagog, 6(6), 486-489.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.