YOSHLARDA YUKSAK MA'NAVIYATNI SHAKLLANTIRISHNING
DOLZARBLIGI
Elboyeva Shaxnoza Buriniyozovna
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada yoshlarni yuksak ta 'lim-tarbiya va ma 'naviy jihatdan bugungi talab darajasida tarbiyalashning dolzarbligi haqida bayon etilgan.
Kalit so'zlar: Ma'naviy ta'lim-tarbiya, yoshlar, Vatan, insonparvarlik, mustaqillik, ma 'naviy barkamollik, axloqan pok, ma 'naviy barkamol
АННОТАЦИЯ
В этой статье изложено высокое просветительское воспитание молодёжи, актуальность духовного воспитания на сегоднешней день.
Ключевые слова: Духовно-просветительское воспитание, молодёжь, Родина, гуманность, независимость, духовно совершенный, духовное совершенноства, нравственный,
ABSTRACT
This article describes the high educational education of youth, the relevance of spiritual education today.
Keywords: Spiritual and educational education, youth, Motherland, humanity, independence, spiritually perfect, spiritual perfection, moral,
KIRISH
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab ma'naviy sohalarda ham islohotlar olib borish zaruriyati tug'ildi. "Biz uchun, degan edi O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezident I.A.Karimov, -ma'naviyat, tarixiy va madaniy qadriyatlar, aholining ma'naviy, axloqiy holati, yosh avlodni tarbiyalash eng asosiy ustuvor vazifa bo'lishi lozim".1
Yurtimizda aholining ta'limdan tashqaridagi qatlamlari orasida ma'naviy -mafkuraviy ishlarni olib borish tizimi ham shakllandi. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganidek- "Hozirgi dunyo miqyosida aql-zakovat va fikr musobaqasi ketayotgan shiddatli bir davrda faqat mustaqil fikriga ega bo'lgan, o'zining kimligi, qanday buyuk zotlarning avlodi ekanini chuqur anglab yetgan, yon-atrofidagi voqealarga daxldorlik tuyg'usi bilan yashaydigan har
1 Каримов И. Юксак маънавият - енгилмас куч.- Т.: Маънавият, 2008.- 9-б
576
Scientific Journal Impact Factor
tomonlama bilimli va barkamol yoshlargina o'z xalqi va Vatani shuhratini dunyoga yoyishga qodir bo'ladi". 2
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Mustaqillik yoshlar kamolotiga yangicha talablar qo'ydi. Har qachongidan ko'ra ko'proq ichki va tashqi go'zallikning axloq bilan birlashuviga ahamiyat kuchaydi. Yoshlardagi faqat tashqi ko'rinish estetik madaniyatning yaxshi bo'lishiga olib kelmasligi, balki ulardan axloqan pokiza, ma'naviy dunyosi boy, sahovatli, iymonli, muomala madaniyati yuksak bo'lishi kabi umuminsoniy axloqiy qadriyatlar ham talab etila boshlandi.
Shuning uchun ham mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek,- "2017 yil jismoniy tarbiya va sport sohasi bo'yicha ham katta ishlar qilindi. Yurtimiz yoshlarining sport sohasidagi yutuqlari barchamizni quvontirmoqda. Jahon va qit'a miqyosida yangi-yangi chempionlar, shaxmat bo'yicha xalqaro grossmeysterlar yetishib chiqmoqda".3
Zero buyuk alloma A.Avloniy ayganidek: tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo sadoqat, yo falokat masalasidir.
Ana shu ma'noda chinakam ma'naviyat yoshlarni Vatan, xalq va insoniyatni beminnat sevishga chorlar ekan, odamni tor va shaxsiy manfaatparastlik hissiyotlaridan forig' etar ekan, bu degan so'z axloqiy kamolot ma'naviy madaniyat bilan, yuksak axloqiy komillik bilan bevosita bog'liqdir.
Yuksak axloqiy ta'lim-tarbiya ma'naviy islohotlar markazida turadi. Chunki ahloq insonni jamiyat hayotidagi o'rnini, millat ma'naviy ko'zgusidagi husnini, ijodiy munosabatlar mezonini belgilaydi. "Inson axloqi-degan edi O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov, - shunchaki salom-alik, xushmuomilalikdan iborat emas. Axloq- bu avvalo insof va adolat tuyg'usi, imon, halollik degani"4
NATIJALAR
Shuning uchun O'zbekiston mustaqillikka erishgach, keng ko'lamda siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy jabhalarda islohotlarni avj oldirib yuborgan ekan, bu islohotlar negizini uch ming yillik davlatchilik tariximiz, ma'naviy merosimiz va milliy mentalitetimiz xususiyatlari tashkil qildi va uni og'ishmay amalga oshira boshladi.
2 Каранг : Уша жойда- 120-124-6
3 Узбекистан Республикаси Президенты Ш.М.Мирзиёевнинг Узбекистан Республикаси Олий мажлисга мурожаатномасини кенг жамоатчилик орасида таргиб килишга багишланган такдимот.2017й 22 дек.
4 Каримов И. Юксак маънавият - енгилмас куч.- Т.: Маънавият - 12-18-б
Ana shu maqsad yo'lida ta'lim va madaniyat sohalarida, aqliy va ma'naviy salohiyatlarni mustahkamlash bo'yicha bosqichma-bosqich islohotlar rejalashtirildi va hayotga tatbiq etildi.
Inson - islohot uchun emas, islohot- inson uchun xizmat qilishi zaruriyati ma'naviy islohotlar oldiga yangi vazifalar qo'ydi. Buning uchun yoshlar tarbiyasini haqiqiy vatanparvarlik, insonparvarlik, ota-ona va hamyurtlariga mehr-oqibat, xalq, ideallariga sodiqlik tamoyillari asosida olib borish ko'zda tutildi. Shuning uchun ma'naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta'lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg'onish g'oyasini ro'yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo'lib qoldi.
Bunday avlod ajdodlar merosini o'zlashtirgan, zamonaviy sivilizatsiya yutuqlaridan bahramand bo'lgan, ma'naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan sog'lom bo'lgandagina ularning estetik madaniyati ham yuksak va ulug'vor bo'lishi nazarda tutildi. Xalqimizning o'z tarixi, qadriyatlari va madaniyatiga bo'lgan munosabatini o'nglamasdan, uning ongidagi va o'z tarixiga, ma'naviy merosiga bo'lgan eskicha qarashlardan poklanmasdan ma'naviy-ruhiy jihatdan yuksalib bo'lmas edi.
Darhaqiqat, O'zbekistonda islohotlarning davomiyligini ta'minlash hamda demokratik fuqarolik jamiyatini shakllantirish, yoshlarimizning ma'naviy qiyofasiga va ijtimoiy faolligiga bog'liqdir.
MUHOKAMA
Madaniyat va ma'rifat bilan bog'liq faoliyatlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularni zamonaviy texnika-texnologiya talablariga javob beradigan darajada jihozlash natijasida Konservatoriya binosi, Temuriylar tarixi muzeylari, buyuk ajdodlar xotirasiga bag'ishlangan qadamjolar barpo etildi.
Bunday inshootlarning bunyod etilishi yoshlarni ham estetik, ham ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda juda katta rol o'ynay boshladi.
Mustaqillik tufayli xalqning manaviy-ruhiy tiklanishi barcha islohotlarimizning ijtimoiy negizini tashkil etdi:
-xalqning manaviyati va madaniyati, uning xaqiqiy tarixi va o'ziga xosligi qayta tiklanganligi jamiyatimizni yangilash va taraqqiy etish yo'lida muvaffaqiyatli olg'a borishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ldi;
- jahon madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan ajdodlarimiz merosini teranligi va chuqurligini anglash, har bir avlodning o'z milliy va diniy an'analarga hurmat bilan qarash, ularni asrab-avaylash ruhida tarbiyalanishi jahon sivilizatsiyasi qadriyatlarini o'zgartirish zaruriyatini anglab yetish xalqimizning milliy o'zligini
anglash va ijtimoiy faolligini oshirishda hayotbaxsh bir zaminga aylandi
578
-chinakam sivilizatsiyalashgan bozor munosabatlari faqat yuksak ma'naviyat negizida, yuksak axloqlilik va vatanparvarlik negizlarida barpo etilishi mumkin;
-yangi iqtisodiy va turmush sharoitida ma'naviy mustaqillik va o'ziga beklik, ezgulik, qalb saxiyligi va bag'ri kenglik singari xalqimizning go'zal fazilatlari sinovdan o'tdi;
-xalqning, ayniqsa, yoshlarning ma'naviy-ruhiy jihatdan qayta qad rostlashining jo'shqin o'chog'i bo'lgan eng oliyjanob ma'nodagi mahalla, qo'ni-qo'shnichilik, o'zaro hamdardlikning ahamiyati ko'proq qadrlana boshlandi;
-"Navro'z"-erkinlik, ozodlik va go'zallik bayramiga aylandi;
-yosh avlodni jismoniy va ma'naviy-ruhiy, estetik jihatdan tarbiyalash davlat va jamiyatning asosiy vazifalaridan biriga aylandi;
-yoshlarning yuksak ma'naviy tarbiyasi uchun juda katta ahamiyatdan kasb etuvchi tadbirkorlik, tashabbus, halol musobaqa va raqobat singari fazilatlar tarkib topmoqda;
-xalqimizning butun dunyoga bo'lgan Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Bobur, Imom al-Buxoriy, at-Termiziy, Bahouddin Naqshband, Axmad Yassaviy, Moturudiy, G'ijdivoniy, Najmiddin Kubro kabi buyuk ajdodlari merosi va hayoti faoliyatini iftihor bilan esga olish milliy shon-sharaf manbaiga aylandi.
XULOSA
Ayni paytda yoshlarni yuksak ma'naviy jihatdan tarbiyalash va estetik madaniyatini oliyjanob his-tuyg'ular bilan kamol toptirib borish ma'naviy barkamollikka yetishishdagi birinchi qadamdir. "Haqiqiy axloqiy tarbiyalangan yoshlar ulug' rus yozuvchisi A. P. Chexov so'zi bilan aytganda, har tomonlama, ya'ni o'zining qiyofasi, kiyinishi, ruhiy va fikrlari jihatidan go'zal bo'lishi kerak" Ayni paytda yoshlarimiz hayotini axloqiy va estetik jihatdan kamol toptirib borish jamiyat a'zolarining o'z qo'lida ekanligini anglab yetish joizdir.
Mamlakatimizda olib borilayotgan komil inson tarbiyasi jismonan baquvvat, axloqan pok, ma'naviy barkamol, vatanparvar hamda insonparvar yoshlarni ozod va obod Vatan ravnaqi yo'lida faol shaxs etib voyaga yetkazishga qaratilgan. Albatta, ushbu barcha xayrli ishlarning sababchisi va rahnamosi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning ekanligini hammamiz bilamiz.
REFERENCES
1. Mamasaliev, M. M. (2020). MAIN DIRECTIONS OF THE INFLUENCE OF MODERN CIVILIZATION ON THE SPIRITUAL IMAGE OF THE INDIVIDUAL. Вестник науки, 3(11), 5-8.
579
Scientific Journal Impact Factor
2. Буриев, И. И., & Мамасалиев, М. М. (2020). ПАТРИОТИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ МОЛОДОГО ПОКОЛЕНИЯ. Вестник науки и образования, (22-2 (100)).
3. Курбонова, М. Б., & Мамасалиев, М. М. (2020). СТРУКТУРА СОЦИАЛЬНОГО СТАТУСА МОЛОДЕЖНОГО СООБЩЕСТВА.
In ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ: ПОТЕНЦИАЛ НАУКИ И СОВРЕМЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 210-213).
4. Allanazarov, M. K., & Mamasaliev, M. M. (2020). ANALYSIS OF COMPREHENSION METHODS IN THE GNOSEOLOGY OF ALLAME TABATABAI. In ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ: ПОТЕНЦИАЛ НАУКИ И СОВРЕМЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 106-109).
5. Mamasaliev, M. M. (2020). INCREASING THE EDUCATIONAL OPPORTUNITIES OF SOCIAL INSTITUTIONS IN THE PROCESS OF INNOVATIVE DEVELOPMENT. In ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ: ПОТЕНЦИАЛ НАУКИ И СОВРЕМЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 204-206).
6. Мамасалиев, М. М., & Нематов, Д. С. (2019). ВОПРОСЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ВЫСШЕМ ОБРАЗОВАНИИ. Актуальные научные исследования в современном мире, (4-4),
7. Очилова, Н. Р., Мамасалиев, М. М., & Астанов, А. Р. (2020). ВНИМАНИЕ ВОСПИТАНИЮ ГАРМОНИЧНО РАЗВИТОГО МОЛОДОГО ПОКОЛЕНИЯ. International Independent Scientific Journal,(14-2), 18-20.
8. Очилова, Н. Р., & Мамасалиев, М. М. (2016). Структура образа жизни молодежи Узбекистана на современном этапе развития. Молодой ученый, (5),
9. Mamasaliev, M. M., & Elboeva, S. B. (2019). RELIGIOUS-PHILOSOPHICAL DOCTRINES OF SARVEPALLI RADHAKRISHNAN. Theoretical & Applied Science, (11), 339-342.
10. Мамасалиев, М. М., & Буриев, И. И. (2019). ИНФОРМАЦИОННАЯ БЕЗОПАСНОСТЬ УЧАЩИХСЯ-ОДНО ИЗ ОСНОВНЫХ НАПРАВЛЕНИЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ПЕДАГОГА. In ФУНДАМЕНТАЛЬНЫЕ ОСНОВЫ ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ НА УКИ И ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 188-190).
11. Turaeva, Sanobar Khalimovna (2021). THE PROBLEMS OF SOCIAL AND ETHNIC CONFLICTS. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (4), 1532-1536.
70-72.
587-588.
Scientific Journal Impact Factor
12. Очилова Нигора Рузимуратовна, & Мамасалиев Мирзоулуг Мирсаидович (2021). ХАРАКТЕРИСТИКИ ВОСТОЧНОЙ И ЗАПАДНОЙ ЦИВИЛИЗАЦИИ В ПРОЦЕССЕ ГЛОБАЛИЗАЦИИ. Проблемы науки, (3 (62)), 43-46.
13. Mamasaliyev, Mñzoulug' Mñsaidovich (2021). THE STATE OF SAHIBQIRAN AMIR TEMUR PHILOSOPHICAL AND ETHICAL ISSUES IN MANAGEMENT. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (8), 456-462.
14. Mamasaliyev Mñzoulug' Mnsaidovich, & Elboyeva Shaxnoza Buriniyozovna (2021). OLIY TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH MASALALARI. Oгiental гenaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (3), 100-404.