Научная статья на тему 'YOSHLARDA TADBIRKORLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA TA’LIM TIZIMINING O‘RNI VA AHAMIYATI'

YOSHLARDA TADBIRKORLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA TA’LIM TIZIMINING O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma'naviyat / tadbirkorlik / jamiyat / tarbiya / yoshlar / strategiya / innovatsiya / raqamli texnologiyalar / qadriyat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shuxrat Turobovich Mamatqulov

Maqolada bugungi kunda Yangi O'zbekistonda ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va albatta ta'lim tizimida yoshlarimizga iqtisodiy bilim berish bilan birga ularda tadbirkorlik madaniyatni ham shakllantirib borishga berilayotgan e'tibor xususida to'xtalib o'tildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARDA TADBIRKORLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA TA’LIM TIZIMINING O‘RNI VA AHAMIYATI»

Tashkent State University of Economics

^^^^^^pportunitiesJoReaLizeHUma^POtentiaL

YOSHLARDA TADBIRKORLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA TA'LIM TIZIMINING O'RNI VA AHAMIYATI

Shuxrat Turobovich Mamatqulov

TDIU Falsafa fanlari bo'yicha, falsafa doktori (PhD)

ANNOTATSIYA

Maqolada bugungi kunda Yangi O'zbekistonda ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va albatta ta'lim tizimida yoshlarimizga iqtisodiy bilim berish bilan birga ularda tadbirkorlik madaniyatni ham shakllantirib borishga berilayotgan e'tibor xususida to'xtalib o'tildi.

Kalit so'zlar: ma'naviyat, tadbirkorlik, jamiyat, tarbiya, yoshlar, strategiya, innovatsiya, raqamli texnologiyalar, qadriyat.

АННОТАЦИЯ

В статье основное внимание уделяется реформам, проводимым сегодня в системе образования Нового Узбекистана и, конечно же, вниманию, уделяемому формированию культуры предпринимательства в системе образования, наряду с предоставлением экономических знаний нашей молодежи.

Ключевые слова: духовность, предпринимательство, общество, образование, молодежь, стратегия, инновации, цифровые технологии, ценность.

Albatta, har qanday jamiyatning rivoji, kelajagi, qudrati oxir oqibatda ko'p jihatdan inson omiliga borib taqalar ekan, demak, biz hozirda milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari borar ekanmiz, oliy maqsadimizning to'la ma'noda ruyobga chiqishi, avvola birinchi yosh avlodning qay yo'sinda tarbiya olib, yetuk shaxslar sifatida kamol topib borishlariga bog'liqdir.

Prezident Sh.Mirziyoevning tashabbuslari bilan 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son "2022-2026 yillarga mo'ljalangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son farmoni, "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-sonli farmonlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-sonli farmonlarini yaratilishi yangi O'zbekiston ta'lim tizimini barpo etishda katta rol o'ynadi. Prezident Shavkat Mirziyoevning "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmonida: "O'zbekistonning 10 ta oliy ta'lim muassasasi 2030 yilga borib xalqaro tashkilotlar mingtaligidan joy olishi

185

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

kerak". Bu vazifa, butun jamiyatga kuch bag'ishlashi tayin. Xuddi shu tarixiy xujjatda: Uzoq istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib chiqib, oliy ta'lim tizimini rivojlantirish quyidagi ustuvor yo'nalishlar asosida amalga oshiriladi:

- oliy ta'lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish;

- ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish;

- oliy ta'lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish; - ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar ta'sirchanligini oshirish[1].

Xususan, ta'limning rivoji bilan bilan butun bir davlatning kelajagini belgilash mumkin. Respublikamizdagi ta'lim sohasining rivojlanishida biz albatta rivojlangan xorijiy davlatlar tajribalaridan keng foydalanishga katta e'tibor berishimiz zarur.

Albatta, mamlakatimiz taraqqiyotini yanada yuksak bosqichga ko'tarish maqsadida Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini qabul qildik. Bu hujjatda belgilangan ulug'vor vazifalarni ro'yobga chiqarishga qat'iy kirishganimiz biz uchun yangi imkoniyatlarni yaratmoqda.

Dunyo miqyosida raqobat keskinlashib borayotgan hozirgi murakkab davrda mamlakatimizni ilm-fan yutuqlari, yuqori texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish va yangilash eng muhim vazifamizga aylanmoqda"[2]

Ta'kidlash lozimki yoshlarni istiqlol ruhida, vatanga mehr - sadoqat bilan xizmat qilishga, madaniy merosimiz, tarixiy qadriyatlarimiz, vatanga muhabbat, sodiqlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, jamiyat uchun jon kuydirish ruhida tarbiyalash asosiy vazifamiz bo'lmog'i lozimdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev ta'kidlagidek, " Farzandlarimizni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni chuqur egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hamisha dolzarb masala hisoblanadi"[3].

Albatta, bugungi kunda suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy davlat barpo etish jarayonida har tomonlama yetuk barkamol yoshlarni tarbiyalash bosh maqsadimiz ekan, boshqa sohalar kabi iqtisodiy sohada ham yoshlar faolligini oshirish uchun birinchi navbatda yoshlarimizda iqtisodiy bilim, iqtisodiy ong, iqtisodiy madaniyati va ijtimoiy munosabatlarda faolligini ta'minlash zarurdir. Yoshlarimiz milliy va sharqona bozor munosabatlarini yaxshi anglashlari uchun, albatta iqtisodiy madaniyat, iqtisodiy bilim, iqtisodiy qadriyatlarni puxta egallashlari muhim ahamiyatga egadir. Demak iqtisodiy islohotlarning yuqorida darajada rivojlanishi bu faqatgina yer osti va yer usti qazilma boyliklariga emas, balki jamiyatdagi xalqimizning yuksak ma'naviyatiga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning shakllanganligiga va boshqa omillarga ham bevosita bog'liq ekanligini ko'rishimiz mumkin. Jumladan, iqtisodiyot

186

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

jamiyat taraqqiyotini belgilashda benihoya katta ahamiyatga egadir. Hatto bu sohaning insoniyat uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligini ajdodlarimiz ta'limotlarida, pand-nasihatlarida ham ko'ramiz. Ajdodlarimizning ma'naviy, iqtisodiy, siyosiy, diniy sohalardagi manbai bo'lgan "Avesto"da aytilgan quyidagi fikrlarlarga e'tiborimizni qaratadigan bo'lsak:

Berilgan so'z, olingan majburiyatga ko'ra qasamni qat'iy bajarish va birovdan olingan qarzni egasiga o'z vaqtida qaytarish zardushtiylik e'tiqodi bo'yicha juda ham qadrlangan: "Kimda-kim qarzni o'z egasiga qaytarmasa, uning bu amali o'sha omonatni o'g'irlagan bilan barobar bo'ladi. Qarz olgan kishi omonatni uyida saqlasa, har kun va har tun unga qo'l ursa va o'ziniki deb gumon qilsa, uning bu amali omonatni ikkinchi marta o'g'irlagan bilan barobardir"[4].

Kaykavusning "Qobusnoma" asarida quyidagi fikrlar berilgan. "Ey farzand, o'zingni mol jam etmakdin g'ofil tutmag'il va lekin har narsani etmak tilasang jahd qilg'il, toki halollik bila jam bo'lsun va hamisha senga boqiy hamda yoqimli bo'lsun. Jam etg'ondin so'ng yaxshi saqlag'il va har botil ish uchun uni qo'ldin bermag'il, nedinkim saqlamoq yig'ishdin mushkuldir. Agar kerak vaqtida zarur ish uchun olib xarj etsang, harakat qilib uning o'rnini to'ldurg'ul. Agar xarj etib, yana joyin to'ldirmasang, agar Qorunning ganjidek bo'lsa ham, u bir kunda yo'q bo'lur... Biroq mol har qancha aziz bo'lsa ham, uni do'stlardin darig' tutmag'il. Har holda molni go'ringga olib bormag'ungdur. Ammo daxling na chog'liq bo'lsa, xarjing ham ul miqdor bo'lsun. Shunda senga qashshoqlik mashaqqati yuzlanmag'ay. Har kishiki xarjini daxlidin oz qilsa, hech vaqt qashshoq bo'lmag'ay"[4].

Shuningdek, iqtisodiyotga aloqador bo'lgan fikrlar Qur'oni Karimda ham ko'plab tilga olinadi.

"271 (oyat) Sadaqalaringizni agar oshkora bersangiz, juda yaxshi. Bordiyu, kambag'allarga pinhona bersangiz- o'zingiz uchun yanada yaxshiroqdir va (u) gunohlaringizdan o'tar. Alloh qilayotgan (barcha) ishlaringizdan xabardordir.

272 (oyat) Ularning hidoyati Sizning zimmangizda emas (ey, Muhammad!) balki Alloh (O'zi) xohlagan kishilarni hidoyatga yo'llagay. Neki qilgan xayr-ehsonlaringiz bo'lsa, u o'zlaringiz uchundir, faqat Allohning "yuzi" uchungina ehson qilgaysiz. Qilgan har bir xayr-ehsoningiz (savobi) sizlarga adolatsizlik qilinmagan holda mukammal qaytarilur. 274 (oyat) Mol (boylik)larini kechayu kunduz, pinhonayu oshkor ehson qiladigan kishilar uchun Parvardigorlari huzurida (maxsus) mukofatlari muhayodir. Ularga (oxiratda) xavf ham bo'lmas va ular tashvish ham chekmaslar"[6].

Shunday ekan, bugungi kunda iqtisodiy islohotlar jarayonida iqtisodiyotni rivojlantirish ko'p jihatdan tadbirkorlar qatlamining ma'naviyatiga, iqtisodiy madaniyatining shakllanganlik darajasiga ham bevosita bog'liqdir. "Hozirgi tadbirkor

187

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

o'ta tejamkor bo'lishi bilan birga, quyidagi yuksak ma'naviyat qirralariga ega bo'lishi zarur:

- Vatan oldidagi o'z burchini to'g'ri anglash;

- savdo - sotiq va o'z korxonasining faoliyatini aniq tasavvur qilishi, o'z sohasining ilmiy va amaliy jihatlarini mukammal bilishi, ma'rifatli bo'lishi;

- dunyoviy bilimlarga va o'z dunyoqarashiga ega bo'lishi;

- o'z sohasiga oid qonun va qarorlarni mukammal bilishi;

- boylikka, shaxsiyatparastlikka, manmanlikka berilmasligi, kamtar, oliyjanob, sofdil, odob - axloqli bo'lishi;

- barcha sohalarda halol va xaromni ajrata bilishi, mehnatsevar, insonparvar bo'lishi;

- xorijiy tillarni bilishi;

- imnsofli va adolatli, mard, qat'iyatli, boshlagan ishining naijasini oldindan ko'ra biluvchi bo'lishi" [7] va hokoz

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, jamiyatda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida yoshlarda tadbirkorlik faolligini shakllantirishda hamda iqtisodiy tislohotlardagi faolligini amalga oshirishda ularda iqtisodiy ong va tadbirkorlik madaniyatni shallantirib borish maqsadga muvofiqdir. Albatta, yuqorida to'xtalib o'tilgan ma'naviy-axloqiy qadriyalar yoshlarimizda iqtisodiy madaniyatning shaklanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. https://lex.uz/docs/4545884

2. Ш.Мирзиёев Нияти улуF халкнинг иши хам улуF, хдёти ëpyF ва келажаги фаровон булади Т.: "Узбекистон" НМИУ, 2019 87-88 б

3. Ш.Мирзиёев Буюк келажагимизни мард ва олийжаноб халкимиз билан бирга курамиз. Т.: "Узбекистон" НМИУ, 2018 189-б

4. "Авесто". Тарихий-адабий ёдгорлик. Аскар Маркам таржимаси. - Т.: "Шарк", 2001 й, 116-бет.

5. Кайковус. ^обуснома Т.: "Укитувчи" 1986 й, 72-73-бет.

6. ^уръони Карим. Таржима ва тавсир муаллифи Шайх Абдулазиз Мансур Т.: "Тошкент Ислом Университети" 2006 й, 46-бет.

7. ^уръони Карим. Таржима ва тавсир муаллифи Шайх Абдулазиз Мансур Т.: "Тошкент Ислом Университети" 2006 й, 46-бет.

188

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.