Научная статья на тему 'YOSHLАR TАRBIYASIGА АXBOROT XURUJLАRINING TА’SIRI'

YOSHLАR TАRBIYASIGА АXBOROT XURUJLАRINING TА’SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

2002
199
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yoshlar / tarbiya / milliy g’oya / ma’rifat / globallashuv / axborot xuruji / axborot makoni / axborot xavfsizligi / internet / education / national idea / enlightenment / globalization / information attack / information space / information security

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Аkram Yoʼldoshevich Oʼtayev, Muxayyo Zoxir Qizi Toxirova

Maqolada bugungi globallashuv jarayonida tobora avj olib borayotgan axborot xuruji va uning salbiy oqibatlari haqida fikrlar bildirilgan. Аxborot xurujining insoniyat ongini egallashga qaratilgan maqsadi, uning namoyon boʼlish shakllari va unga qarshi kurashishning dolzarbligi va ahamiyati boʼyicha takliflar bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EFFECT OF INFORMATION ATTACKS ON YOUTH EDUCATION

The thesis expressed opinions about the information attack and its negative consequences, which are becoming more and more acute in the modern process of globalization. The article describes suggestions about the purpose of an information attack on the mastery of human consciousness, the forms of its manifestation, as well as the relevance and importance of fighting it.

Текст научной работы на тему «YOSHLАR TАRBIYASIGА АXBOROT XURUJLАRINING TА’SIRI»

YOSHLAR TARBIYASIGA AXBOROT XURUJLARINING TA'SIRI

Akram Yo'ldoshevich O'tayev

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

o'qituvchisi akramotayev2020@gmail .com

Muxayyo Zoxir qizi Toxirova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada bugungi globallashuv jarayonida tobora avj olib borayotgan axborot xuruji va uning salbiy oqibatlari haqida fikrlar bildirilgan. Axborot xurujining insoniyat ongini egallashga qaratilgan maqsadi, uning namoyon bo'lish shakllari va unga qarshi kurashishning dolzarbligi va ahamiyati bo'yicha takliflar bayon qilingan.

Kalit so'zlar: yoshlar, tarbiya, milliy g'oya, ma'rifat, globallashuv, axborot xuruji, axborot makoni, axborot xavfsizligi,internet.

THE EFFECT OF INFORMATION ATTACKS ON YOUTH EDUCATION

ABSTRACT

The thesis expressed opinions about the information attack and its negative consequences, which are becoming more and more acute in the modern process of globalization. The article describes suggestions about the purpose of an information attack on the mastery of human consciousness, the forms of its manifestation, as well as the relevance and importance of fighting it.

Keywords: education, national idea, enlightenment, globalization, information attack, information space, information security.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi qarorida yoshlarimiz ongiga salbiy ta'sir etuvchi, ularni g'oyaviy jihatdan qaram etishga yo'naltirilgan harakatlarga qarshi samarali kurash olib borish hamda irodali, fidoyi, vatanparvar va o'z mustaqil fikriga ega avlodni tarbiyalash bo'yicha amaliy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish masalasini alohida e'tibor qaratib, "aholining Internet

jahon axborot tarmog'idan foydalanish madaniyatini oshirish, g'oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish"ni Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida belgilab berdi[1].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Darhaqiqat, XX asrning oxiri va asrimiz boshiga kelib hayotimizda "axborot asri", "axborotlashgan jamiyat", "axborot xuruji" kabi tushunchalar paydo bo'ldi. Bu esa bugungi kunda axborot tushunchasining ahamiyati oshganligidan, qamrovi kengayganligidan, maqsad-muddaosi o'zgarayotganligidan darak beradi. Axborot endi biror jarayon, voqelik yoki hodisa haqida xabar berish ma'nosidan chetga chiqib, insonlar ongi va ruhiga ta'sir etishning, jamiyatda mavjud qonun-qoidalarni va butun dunyo e'tirof etgan umuminsoniy qadriyatlar va tushunchalarni ma'lum maqsad atrofida birlashgan ayrim guruh va jamoalarning manfaatlariga xizmat qiluvchi o'ziga xos yangi talqinlarini yuzaga chiqarishning; siyosiy, iqtisodiy, harbiy, diniy va boshqa bir qancha qarashlarning targ'ibotchisiga aylanib bormoqda. Buning natijasida, insoniyat taraqqiyotining ayni pallasida axborotning omma ongiga ta'siri va uning salbiy oqibatlari jamiyatning jiddiy muammolaridan biriga aylanib ulgurdi. Endi axborot atalmish qurol vositasida inson ongiga hujum qilish natijasida uning tafakkuri va intellektini egallash, o'z auditoriyasini kengaytirish bilan qudratini oshirish orqali ularni qaysidir g'oya atrofida birlashgan kuchlarning maqsadlariga xizmat qildirish bilan bog'liq "urush"ning zamonaviy ko'rinishlari paydo bo'ldi. Taraqqiyotning hozirigi bosqichiga kelib, dunyo axborot makonida munosib o'rin egallashga erishish uchun moddiy ko'rinish va shaklga ega bo'lmagan, faqat aql bilan ko'rish va tafakkur bilan anglash mumkin bo'lgan jiddiy kurash avj olmoqda. Soha mutaxassislarining fikricha, axborot qurollari tushunchasi ostida biror xalq, millat mentaliteti, madaniyati, ma'naviyati, dini, davlatning informatsion va harbiy tizimiga salbiy ta'sir o'tkazadigan maxsus dezinformatsion texnologik vositalarning muayyan tizimi yotadi.

Axborotga bo'lgan ehtiyojning qondirilishi ijobiy holat, ammo hech qanday asosga ega bo'lmagan, bir qarashda beozorgina bo'lib ko'ringan, lekin maqsad-muddaosi g'arazli bo'lgan axborotlarga yoshlarning aldanib qolayotganligi tashvishlanarlidir. Davlatlarning siyosiy qarashlarini noto'g'ri talqin qiluvchi, turli ekstremistik va terroristik g'oyalarni, insoniyatga qarshi qurol ko'tarishga undovchi, o'z-o'zini o'ldirishga chaqiruvchi, narkotik va odam savdosi bilan bog'liq maqsadlarni ko'zlovchi, "ommaviy madaniyat"ni targ'ib qiluvchi barcha axborotlar

o'ziga xos ta'sir etish imkoniyatlariga egaki, bu "aldamchi jilvalanishlar"ga, ko'p hollarda, aqliy va ma'naviy jihatdan hali to'la shakllanib ulgurmagan yoshlar "maftun" bo'lib qolmoqda. Hatto bunday g'arazli maqsadlar o'z tabiati bilan ezgulikka xizmat qilishi kerak bo'lgan san'at asarlari (kino, animatsion filbmlar, musiqa, qo'shiq, raqs va b.) zamiriga ham singdirib yuborilmoqdaki, bu kabi "kadr ortidagi maqsad"ni anglash uchun insonlardan teran aql-zakovat va hozirda bir qaraganda ko'rish mumkin bo'lmagan, ammo real mavjud "axborot xurujlari"ga qarshi immunitet shakllangan bo'lishi lozim.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Xo'sh, biz yashab turgan olamda o'ziga xos "aldamchi jilvalari" bilan o'ziga rom etuvchi; matn, tovush yoki tasvir ortida bir qarashda anglash mumkin bo'lmagan, ammo ayrim guruh va jamoalarning g'arazli maqsadlarini targ'ib etuvchi pinhona xurujlar mavjud ekan, bizning jamiyatimizni bu kabi salbiy ta'sirlardan ihotalash uchun, xususan, bu illatning yoshlar ongi va dunyoqarashiga ta'sirini kamaytirish uchun qanday chora-tadbirlar ko'rilmoqda va bu choralarning samaradorligini oshirish uchun yana nimalar qilishimiz lozim bo'ladi?

Bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish va takomillashtirish uchun yana quyidagi ishlarni taklif qilmoqchimiz:

1) Axborot xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan milliy qonunchilik bazasini takomillashtirish, xususan, alohida qonun hujjati qabul qilish masalasini ko'rib chiqish;

2) milliy axborot makonimizni aholining qiziqishini inobatga olgan holda jarayonlarni ob'ektiv va pozitiv yorituvchi mahalliy va xorijiy axborotlar bilan muntazam to'ldirib borish;

3) xalqimizning, xususan, yoshlarning internetdan foydalanish madaniyatini o'stirish, undagi har qanday axborotni tafakkur va tahlil qilib, so'ng xulosa chiqarishga o'rgatishimiz zarur;

4) mamlakatimiz to'g'risida noto'g'ri, bir taraflama axborot tarqatuvchi har qanday xorijiy axborot vositalari faoliyatiga qonun doirasida chek qo'yish, bu kabi axborotlari uchun ularning javobgaligini oshirish va tarqatilgan axborotlarning bir taraflama yoki noto'g'ri ekanligini mutaxassislar ishtirokida xalqimizga o'z vaqtida yetkazish;

5) o'rta maxsus va professional ta'lim, shuningdek, oliy ta'lim muassasalarida axborot xavfsizligini ta'minlash, xususan, axborot xurujlari, uning shakl va

ko'rinishlari, maqsadi va salbiy oqibatlari borasida maxsus kurslar o'tilishini ta'minlash;

6) milliy g'oya, mafkura, ma'naviyat, vatanparvarlik kabi tushunchalar targ'iboti borasida amalga oshirilayotgan ishlarni izchillik bilan davom ettirish.

Chunki, hozirgi dunyoning globallashuvi sharoitida axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan unumli foydalanish dolzarb masalaga aylandi. "Nega deganda, hozirgi paytda Yer yuzining qaysi chekkasida bir voqea yuz bermasin, odamzod bu haqda dunyoning boshqa chekkasida zudlik bilan xabar topishi hech kimga sir emas" [2]. Bunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanib borayotganligi asos bo'lmoqda.

1) Shunday ekan, dastlab yoshlarda axborot-kommunikatsion texnologiyalari yo'nalishdagi bilim, ko'nikma va malakalarini takomillashtirish didaktik vositasida kompyuter va boshqa zamonaviy texnik vositalardan maqsadli foydalanish;

2) Internet va ommaviy axborot vositalarining o'zga manbalarida e'lon qilinayotgan ma'lumotlarni tasarruf etish;

3) yangi axborot, fakt va ma'lumotlarni yig'ish, saralash va qayta ishlash bilan o'quv jarayoniga tatbiq etish haqidagi bilimlarga va uni amaliyotda qo'llash mahoratiga ega bo'lish muhimdir.

Chunki, ta'lim jarayonida mazkur texnologiyalar kundan-kunga chuqur o'rin egallab bormoqda. Buning natijasi sifatida ta'lim-tarbiyada avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalaridan, kommunikativ texnologiyalardan va kompyuterli tizimlardan unumli foydalanishga alohida e'tibor berilmoqda [3].

XULOSA

Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, axborot tushunchasi bugungi kunda har doimgidan ham kengroq ma'no va mazmun kasb etib bormoqda. Bugun biz yashab turgan zamon va makonda bizga bog'liq bo'lmagan holda gohida oshkora, aksariyat hollarda pinhona tarzda harakat qiluvchi "axborot xuruji" atalmish qurol yuzaga keldiki, bu qurol vositasida endi inson ongiga egalik qilish imkoniyati paydo bo'lmoqda. Bu salbiy illatdan xalqimizni, xususan, yosh avlodni himoya qilish, ularda "axborot xuruji"ga qarshi immunitetni shakllantirish har doimgidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

REFERENCES

1. Barakayevich, Q. S., & Baxtiyorovna, A. S. (2021). Xalqaro dastur talabalari asosida innovatsion ta'lim muhitini yaratish. Integration of science, education and practice. scientific-methodical journal, 1(02), 132-137.

2. Elmurzaeva, N. K., & Qorayev, S. B. (2021). Pedagogical Requirements for the Organization of the Educational Process in Specialized State Educational Institutions. Psychology and Education Journal, 58(1), 1078-1084.

3. Кораев, с. Б., & Жолдасов, И. С. (2021). Касб-хунар мактаблари фаолиятини амалий машгулотлар самарадорлигини ошириш оркали такомиллаштириш масалалари. Academic research in educational sciences, 2(2).

4. Adbujalilova, S. A., & Koraev, S. B. (2020). Талабалар илмий дунёкарашини шакллантиришда педагогик технологияларнинг урни. Academic research in educational sciences, (4).

5. Korayev, S. B. (2018). Recommendations on Effective Organizing Training and Production Complexes at Secondary Educational Institutions. Eastern European Scientific Journal, (2).

6. Караев, С. Б. (2018). Современные пути совершенствования учебно-производственных комплексов, специализированных на профессиональной подготовке учащихся. In Психология и педагогика на современном этапе (pp. 30-36).

7. Ernazarova, G. (2016). Development of training professional activity of vocational college students. Наука и Мир, 2(11), 100-102.

8. Эрназаровой, Г. О. (2017). Подготовка учащихся к профессиональной деятельности на основе акмеологического подхода. Традиционная и инновационная наука: история, современное состояние, перспективы: сборник статей, 115.

9. Burkhonov, A., Avlaev, O., Abdujalilova, S., & Otaev, A. (2021). Responsibility as a criterion for determining personal maturity. In E3S Web of Conferences (Vol. 244, p. 11059). EDP Sciences.

10. Avlaev, O. U., Burkhanov, A. A., Ismoilova, D. M., & Norkuzieva, M. A. (2020). Factors Affecting the Intellectual Dynamics of the Individual. Test Engineering & Management, 83, 693-702.

11. Musurmonov, R., Burkhonov, A., & Musurmonova, M. (2021). Innovative activity-a factor of educational efficiency. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 8(3), 1238-1241.

12. Мусурмонов, Р., & Мусурмонова, М. (2020). Таълимда инновацион фаолият давр талаби. Science and Education, 1(Special Issue 4).

13. Мусурмонов, Р., & Расулов, А. (2021). Мактаб менежменти-таълимни янги боскичга кутариш омили. Academic research in educational sciences, 2(2).

14. 3mMaH0Ba, H. H., & MaTbAKy6oBa, M. E. (2019). Tap6uflHHnapHHHr Kac6uH компетенцнaпaрннн pHBO^namupHm. TatnuMgaru ннновaцнaпaр Ba Hcnoyoraap KOHTeKcTuga 3aMOHaBHH KnacTep th3HMH: MyaMMonap, eHgamyBnap Ba HCT^6onnap, 1, 33-34.

15. PaxMOHOB, A. P. (2019). Hннoвaцнoн TatnuM KnacTepn ysyB ^aonHtfrara caMapann ycyn cu^araga.«. Eap^apop puBO^naHurnga y3nyKCH3 TatnuM: MyaMMO Ba enuMnap» xan^apo HnMHH-aManHH aH^yMaH, 2, 46.

16. Raxmonov, A. R., & Luxmanov, D. B. (2020). Maktablarda ta'limning ijtimoiy sheriklik modelini yaratishda klaster yondashuv. Academic research in educational sciences, (4).

17. 3nMyp3aeBa, H. X. (2020). HxTucocnamTHpunraH gaBnar TatnuM Myaccacanapuga TatnuM ^apaeHHHH TamKun этнmгa KyHunaguraH negaroruK Tana6nap. Academic research in educational sciences, (4).

18. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi №PQ-5040 sonli Qarori. 2021 yil 26 mart.

19. Karimov I.M., Turgunov N.A. Axborot xavfsizligi asoslari. - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi nashriyoti, 2016 yil, 98 b.

20. Toffler E. Shok budushego. - M.: AST, 2001, - s.225

21. O'tayev A. Zamonaviy ta'limda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining siyosiy tarbiyasi.Science and Education Volume 1, Special Issue 4, December 2020.135-143b.

22. Burkhonov, A., Avlaev, O., Abdujalilova, S., & Otaev, A. (2021). Responsibility as a criterion for determining personal maturity. In E3S Web of Conferences (Vol. 244, p. 11059). EDP Sciences.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.