Научная статья на тему 'YOSHLAR MUOMALA MADANIYATI VA IJTIMOIY FIKRINI SHAKLLANTIRISHDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING O‘RNI'

YOSHLAR MUOMALA MADANIYATI VA IJTIMOIY FIKRINI SHAKLLANTIRISHDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
334
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
grammatik / semantik / stilistik / potensial / diplomatik / nopisand / qolip / ijtimoiy / missionerlik

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Tursunova Nigora Komilovna

Bugungi kunda O‘zbek adabiy tili me'yorlarini puxta bilish, davlat tili mavqeyini oshirish, ona tilimiz imkoniyatlaridan o‘rinli va unumli foydalanish mahoratini targ‘ib etishda ommaviy axborot vositalari, jumladan, matbuot (gazeta va jurnallar), televidenie va radioning ahamiyati katta. Insonlar o‘rtasidagi muloqot til vositalari orqali yuz bersa-da, uning yuqori madaniyatli, ma'rifatli bo‘lishi nafaqat til birliklaridan adabiy til me'yorlariga amal qilgan holda, nutq madaniyati talablari darajasida suhbatlashishni, balki boshqa bir qancha omillarni ham hisobga olishni talab etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR MUOMALA MADANIYATI VA IJTIMOIY FIKRINI SHAKLLANTIRISHDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING O‘RNI»

YOSHLAR MUOMALA MADANIYATI VA IJTIMOIY FIKRINI SHAKLLANTIRISHDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING O'RNI

Tursunova Nigora Komilovna

Samarqand viloyat Urgut tumani 100-umumta'lim maktabi birinchi toifali Ona tili va adabiyot o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7370494

Annotatsiya: Bugungi kunda O'zbek adabiy tili me'yorlarini puxta bilish, davlat tili mavqeyini oshirish, ona tilimiz imkoniyatlaridan o'rinli va unumli foydalanish mahoratini targ'ib etishda ommaviy axborot vositalari, jumladan, matbuot (gazeta va jurnallar), televidenie va radioning ahamiyati katta. Insonlar o'rtasidagi muloqot til vositalari orqali yuz bersa-da, uning yuqori madaniyatli, ma'rifatli bo'lishi nafaqat til birliklaridan adabiy til me'yorlariga amal qilgan holda, nutq madaniyati talablari darajasida suhbatlashishni, balki boshqa bir qancha omillarni ham hisobga olishni talab etadi.

Kalit so'zlar: grammatik, semantik, stilistik, potensial, diplomatik, nopisand, qolip, ijtimoiy, missionerlik.

O'zbek tilshunosligida til va nutq, til madaniyati va nutq madaniyati kabi masalalar bo'yicha ko'plab tadqiqotlar yaratilgan. "Til va nutq bir-biri bilan chambarchas bog'liq, ammo ayni paytda bir-biridan farqlanishi kerak bo'lgan hodisalardir. Tilsiz nutqning, nutqsiz tilning majud bo'lishi mumkin emas. Uzbek adabiy tilining asoschisi ulug' Alisher Navoiy "Mahbub ul-qulub" asarida so'zning sharafli sifatlari haqida so'zlash asnosida til va nutq munosabati xususida quyidagi nazariy fikrni bayon qiladi: "Til muncha sharaf bila nutqning olati (quroli) dur va ham nutqsurki, agar nopisand zohir bo'lsa, tilning ofatidur". Demakki, til nutq uchun qurol, bu quroldan foydalanib nutq tuziladi, nopisandlik, e'tiborsizlik qilinsa, nutq maqbul bo'lmaydi va bu tilning ofati bo'ladi. Til va nutqning bir-biri bilan bog'liqligi, biri ikkinchisiga hamisha ta'sir etishini til qonuniyatlarini % teran bilgan Alisher Navoiy aniq sezgan. Professor N.Mahmudovning qayd etishicha, tilshunoslikda ko'pincha "til madaniyati" va "nutq madaniyati" tushunchalari farqlanadi, ammo ba'zan har ikkisi o'rnida birgina yo "til madaniyati", yo "nutq madaniyati" terminlari qo'llanadi. Til va nutq hodisalarini farqlash zarur ekan, ular chindan ham alohida-alohida hodisalar ekan, albatta, til madaniyati va nutq madaniyatini ham farqlash maqsadga muvofiq. Til va nutq tushunchalarining mohiyatidan kelib chiqadigan bo'lsak, til madaniyati tilning "madaniylashganlik", adabiylashganlik, normalashganlik darajasini, lug'at tarkibi, grammatik, semantik,

stilistik jihatlardan rivojlanganlik, boylik darajasini, potensial ifoda imkoniyatlarining ko'lamdorligini ifoda etadi. Nutq madaniyati esa tildan bemalol, maqsadga o'ta muvofiq va ta'sirchan bir tarzda foydalana olishni ta'minlaydigan ko'nikma, malaka va bilimlarning jami demakdir. Boshqacha aytganda, nutq madaniyati tilda potensial mavjud bo'lgan xilma-xil ifoda shakllaridan fikr uchun eng uyg'unlarini tanlay bilish va shu asosda raso nutq tuza olish mahoratidir.Tilning ijtimoiy hodisa ekanligi eng qadimgi davrlardan beri ma'lum, u kishilar o'rtasidagi o'zaro aloqa ehtiyojiga ko'ra yuzaga kelgan. Tabiiyki, tilning eng birinchi, balki bosh vazifasi uning kishilar o'rtasidagi aloqa vositasi bo'lishidi. YO.Tojiyev va M.Mallabevning fikricha, "Til madaniyati, deganda, ana shu tildagi ifoda vositalarining ongli aralashish natijasida, hamma tushunadigan va qo'llay oladigan darajaga keltirilganligi, ma'lum davr uchun mosligi, ishlatilish qonun-qoidalari va me'yorlarining qay darajada aniq va mukammal ishlanganligi, sayqal topganligi tushuniladi. Boshqacha aytganda, til madaniyati deganda, til birliklari (ajdodlar tomonidan ishlatishga to'la yaroqli holga keltirib qo'yilgan ifoda vositalari: tovushlar, so'zlar, qo'shimchalar, qoliplar kabilar) va ular imkoniyatlari taraqqiyotining, ular o'rtasidagi o'zaro munosabatlar hamda shu munosabatlarni ta'minlovchi qoidalarning ishlanish darajasi tushuniladi". "Qaysi tilda bu qonun-qoidalar past darajada ishlangan bo'lsa, o'sha tilni madaniy til sifatida baholab bo'lmaydi. Til madaniyatining pastligi esa, oxir-oqibatda shu til vakillari nutq madaniyatining ham past bo'lishi uchun sabab bo'ladi".

Nutq madaniyati jamiyat hayotining, jamiyat madaniyatining o'ta muhim, ajralmas tarkibiy qismi, muayyan voqeyligi, ko'rinishi sifatida alohida ahamiyatga egadir. U fikr almashish, muomala, so'zlash kabi kundalik, doimiy, zaruriy jarayonlarni o'z ichiga oladi, ularni "boshqaradi", ular orqali voqelikka aylanadi, ta'sir qilish quvvatiga ega bo'ladi. Nutq madaniyati tilni - aloqa-aralashuv qurolini ishlatishga bo'lgan munosabatdir. Til vakillarida bu noyob qurolning imkoniyatlariga munosabat, uni ishlatishdagi omillar: tafakkur, ong, borliq, turli vaziyat va holatlar, maqsadga bo'lgan munosabat qanchalik yuqori saviyada bo'lsa, nutq madaniyati ham shunchalik yuqori saviyada bo'ladi. Aksincha bo'lsa, unda nutq madaniyati ham past saviyada ham bo'lishi muqarrar.

Nutq madaniyati to'g'risida gap borar ekan, tabiiyki, nutqsa so'zlarning o'rinli va o'rinsiz ishlatilishi to'g'risida ham bahs boradi. Qo'llangan til birligini to'g'ri yoki noto'g'ri deyilganda, albatta, ma'lum bir o'lchovga asoslanamiz. Mana shu o'lchov tilshunoslikda adabiy til me'yori deb yuritiladi. Adabiy me'yor va nutq madaniyati mummolarini atroflicha tadqiq etgan E.Begmatov adabiy me'yorga xos 26 ta mezonni qayd etadi.

S.I.Ojegovning fikricha, "yuqori darajadagi nutq madaniyati -bu o'z fikrini til vositalari orqali to'g'ri, aniq va tasirchan qilib ifodalay bilish qobiliyatidir". Bunday qobiliyatga o'z ona tilini chuqur sevish va xurmat qilish, uni mukammal bilish orqali

erishiladi. Shuning uchun ham har bir kishining madaniylik darajasi, o'qib qanchalik tarbiya ko'rganligi uning yozma va og'zaki nutqidan bilinadi.

Bunday omillar sirasiga, masalan, quyidagilarni kiritish mumkin:

1. Umuminsoniy qadriyatlarni hisobga olish.

2. An'anaviy urf-odatlarni yaxshi bilish va ularga amal qilish:

a) kattalarga hurmat va kichiklarga izzat ko'rsatish;

b) xotin-qizlarga alohida hurmatda bo'lish;

v) oiladagi tarbiyaviy muhit: er-xotin muomalasi, ota-onaning farzandlariga munosabati;

g) ustozlarning shogirdlariga munosabati va muomalasi;

d) rahbarlarning oddiy insonlarga munosabati;

e) qarindosh-urug'lammg muomalasi;

3. Suhbatdoshlarning tafakkur doirasi, bilim saviyasi, dunyoqarashi.

4. Kishilarning ruhiy holati.

5. Jamiyatdagi ijtimoiy muhit: tinchlik, osoyishtalik, iqtisodiy rivojlanish, millatlararo totuvlik.

6. Milliy o'zlikni anglash va boshqa millatlar vakillarini xurmat qilish kabilar.

Muloqot jarayoni til va yuqorida sanalgan tildan tashqari omillarning o'zaro

uyg'unligi natijasida yuzaga kelib, ulardan unumli va oqilona foydalanish muloqotning jonliligi, samimiyligi, samaradorligini ta'minlaydi. Hozirgi davrning eng muhim muammolaridan biri yuqorida qayd etilgan omillarga "ommaviy madaniyat"ning ta'siri tobora kuchayib boraveradi. Biz joimo bundan ogoh bo'lishimiz talab etiladi.

Ma'lumki, ijtimoiy munosabatlar quyidagilarni o'z ichiga oladi:

Insonlarning kundalik muomala jarayoni, ya'ni so'zlashuv nutqi. Bunda oila muhiti, ko'cha, bozor va boshqa joylardagi so'zlashuv jarayoni nazarda tutiladi.

Ta'lim-tarbiya, ish yuritish, diplomatik munosabatlar jarayonidagi muloqot jarayoni, ya'ni rasmiy uslub nutqi. Ushbu jarayonda davlat tili qonun-qoidalariga asosan muloqot tashkil etiladi.

Ijtimoiy munosabatlarni olib borish, tashkil etishda ommaviy axborot vositalarining roli nihoyatda kattadir. Radio, televideniya, matbuot orqali tildan foydalanish natijasida insonlar faoliyati Hukumat va davlat manfaatlariga mos holda, yuksak maqsadlar sari yo'naltiriladi, ma'lum ma'noda boshqariladi. Aynan ana shu ommaviy axborot vositalari faoliyati orqali jamoatchilikning u yoki bu masala bo'yicha fikrlari shakllantiriladi. Bunda tilning imkoniyatlari katta. Tilning so'z boyligidan ma'lum maqsadni ko'zlab foydalanish, so'z va birikmalarni turli shakllarda ko'plab takrorlash orqali jamoatchilik diqqat-e'tibori ana shu masalaga qaratiladi, ommani ishontirishga harakat qilinadi. Ommaviy axborot vositalari orqali tarkatilgan axborot-ma'lumot ommani ishontiradi, natijada jamoatchi-likning ma'lum

qismida ishonch uyg'onadi. Hozirgi paytda ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikning fikrini shakllantirishda ham ijobiy, ham salbiy jihatlar yuz bermoqda.

Tadqiqotchilarning qayd etishicha, til bir madaniyatni bekor qilish va dunyoni butunlay boshqa asosda qayta tashkil qilishning qudratli vositasidir. U.Saidovning yozishicha, «Til siyosiy qurolga aylanar ekan, bu «qural»ni «ishlab chiqamvchilaD) hamda unga egalik qiluvchilarning bo'lishi tabiiy».

Har bir mamlakat o'z oliy maqsadlari sari ommani yo'naltirishda ommaviy axborot vositalaridan «to'rtinchi hokimiyat» sifatida foydalanadi. Buning natijasida tildan foydalanishdagi ijobiy va salbiy maqsadlar ayon bo'lib qoladi. Tilning imkoniyatlaridan o'z jirkanch maqsadlarini amalga oshirish uchun foydalanayotganlikni chuqur anglab etmaslik, tahlil qilib, tegishli to'g'ri xulosa chiqarmaslik og'iг oqibatlarga olib kelishi, jamoatchi-likning asossiz qahr-g'azabini uyg'otishi mumkin.

Ijtimoiy munosabatlarni va jamoatchilik fikrini shakllantirishda O'zbekiston ommaviy axborot vositalarining alohida o'rni va etarli tajribasi bor. «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyat sari» insonparvar huquqiy demokratik jamiyat qurish maqsadida O'zbekistonda olib borilayotgan dono siyosatga mos tarzda ommaviy axborot vositalarida tildan, uning imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqsa. Bu holni siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy va boshqa sohalar bo'yicha olib borilayotgan siyosatning asl maqsadlari, natijalar, muammolar va ularning echimi aks etgan har bir material orqali aniq ko'rish mumkin.

Tilning imkoniyatlaridan o'rinli, asosli, maqsadli, mohirona foydalanish ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishda, keng ommaga tushuntirish ishlarini olib borishda muhim o'rin egallaydi. Keyingi yillarda axborot sohasini isloh qilish borasida katta yutukdarga erishildi. Matbuot materiallari, teleko'rsatuv va radioeshittirishlar saviyasi davr talabiga mos ravishda tubdan o'zgardi. Jurnalistlarning axborot olish, ularni tahlil qilish, saralash, aholiga etkazish sohasida imkoniyatlarini yanada kengaytirish va ularning erkin ijod qilishlari uchun huquqiy asos -qonunlar hamda ularning ijrosi uchun etarli shart-sharoitlar yaratib berildi. Natijada Uzbekiston ommaviy axborot vositalaridan barcha sohalar bo'yicha ma'lumot ehtiyojlarini to'la qondirish imkoniyati yuzaga keldi. Masalan, talaba yoshlarimiz ta'lim sohasidagi barcha ma'lumotlarni Ziyonet taimog'i orqali olishi mumkin. Uning bazasi kundan kunga kengayib bormokda.

Hozirgi globallashuv jarayonida internetning alohida o'rni bor. Bugungi kunda internetdan foydalanuvchilar va unda turli maqolalarni, ma'lumotlarni e'lon qiluvchilar soni tobora ortib bormoqsa. Bu jarayon erkin fikr bildirish, tezkor ma'lumot tarqatish imkoniyatini beradi. Lekin, muammo shundaki, internet orqali, ko'pincha, jamiyatimiz siyosati, milliy-ma'naviy qadriyatlarga mos kelmaydigan,

«ommaviy madaniyat»ni targ'ib etuvchi materiallar ham e'lon qilinmokda. Bunday axborotlarning internetdan joy olmasligi uchun biror bir to'siq hozircha yo'q. Shuning uchun internetdan foydalanuvchilar, ayniqsa, yoshlarda ma'lumotlarni tanlab o'kish, taxlil qilish, saralash, tanqidiy xulosa chiqarish, foydali axborotni o'zlashtirish madaniyatini shakllantirishimiz zarur. Aks holda, «ommaviy madaniyat»ning bemalol yoshlar ongini zaharlashiga, ular ongidagi g'oyaviy bo'shliqni to'ldirishiga, zararli oqimlar ta'siriga berilishi uchun imkoniyat yaratgan bo'lamiz. Har bir fuqaro, ayniqsa, yoshlar ommaviy axborot vositalari orqali beriladigan xolis, haqqoniy axborot bilan internet ma'lumotini solishtira olishi, tegishli to'gri xulosa chiqarishga zamin yaratishi zarur. Buning uchun ta'lim-tarbiya tizimi yagona ezgu maqsadni yoshlar ongiga singdirishga xizmat qiluvchi vositalardan keng foydalanish lozim.

Bunday tadbirlar sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:

Dars jarayonida O'zbekistonning o'z taraqqiyot yo'lini keng tushuntirish. Konferensiya, seminar trening, uchrashuv, suhbatlarni aniq ezgu maqsadlar mohiyatidan kelib chiqib, tegishli mavzularda tashkil etish(mas., diniy ekstremizm, giyohvandlik, missionerlik, jinoyatchilik, odam savdosiga qarshi kurash kabilar). Bu sohada universitetimizda izchil faoliyat olib borilmoqda. Bunday sa'y-harakatlarni susaytirmasligimiz lozim.

Internet ma'lumotlarini taxdil kilib, axborotni saralash, qayta ishlash, ob'ektiv xulosa chiqarish madaniyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi mashg'ulotlar tashkil etish kabilar.

Yoshlar muomala madaniyati va ijtimoiy fikrini shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining ayrim materiallaridan tanqidiy foydalanish madaniyatini ham shakllantirish lozim. Ayniqsa, ba'zi televideniya ko'rsatuvlari va radio eshittirishlarda shevachilik elementlarining ko'rinishlari mavjudligi yoshlar nutq madaniyatiga, adabiy tilni puxta o'zlash-tirishlariga salbiy ta'sir etishini unutmaslik kerak. Yuqori nutq va muomala madaniyati yoshlar ijtimoiy fikrini shakllantirishda muhim omillardan hisoblanadi.

Adabiyotlar:

1. Mahmudov N. O'qituvchi nutq madaniyati. Darslik. - Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007, 18-33-6.

2. Tojiev YO., Mallaboev M. O'zbek nutqi madaniyati va uslubiyati asoslari 1-qism Toshkent, 2006, 8-6.

3. Begmatov E., Mamatov A. Adabiy norma nazariyasi. III - Toshkent, 1999 23-24-b.

4. Abdusaidov A. Nutq mahorati. - Samarqand, 2016, 62-6.

5. Abdusaidov A. Mustaqillik va O'zbekiston ommaviy axborot vositalari faoliyati Til, janr, mahorat. - Samarqand, 2016. - 204 6,

6. https://ziyo.uz/kb/item/07-077

7. https : //mbu.uz/publikaczii/240. html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.