Научная статья на тему 'YOSHLAR HAYOTIDA VIRTUALLASHUV SABABLARI VA OMILLARI'

YOSHLAR HAYOTIDA VIRTUALLASHUV SABABLARI VA OMILLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
989
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
internet / virtual borliq / tobelik / elektron o’yinlar / kompyuter texnologiyalari / ommaviy kommunikatsiyalar. / Internet / virtual existence / addiction / electronic games / computer technologies / mass communications.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — D. Mamanazarova

Ushbu maqolada hozirgi kunda hayotimizga kirib kelgan va ayniqsa yoshlar orasida keng tarqalayotgan virtuallashuvning bizning yashash tarzimizga ta’siri va u mamlakatimiz rivojiga to’siq bo’ladigan jihatlari haqida so’z yuritiladi. Shu bilan birgalikda quyidagi maqola virtual olam o’zi nima? U bizning hayotimizga qay tarzda kirib keladi ? Uning faqat salbiy ta’siri bormi yoki aksinchami? kabi savollarning javobini topishga ko’maklashadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CAUSES AND FACTORS OF VIRTUALIZATION IN THE LIVES OF YOUNG PEOPLE

This article talks about the impact of virtualization, which has entered our lives today and is spreading especially among young people, on our way of life and how it slows down the development of our country. Along with that, the following article helps answer questions such as What is a virtual world? How does it come into our lives? Does it only have a negative impact or vice versa?

Текст научной работы на тему «YOSHLAR HAYOTIDA VIRTUALLASHUV SABABLARI VA OMILLARI»

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

YOSHLAR HAYOTIDA VIRTUALLASHUV SABABLARI VA OMILLARI Mamanazarova Dilobar Murotaliyevna

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Ijtimoiy-gumanitar fakulteti O'zga tilli guruhlarda

Rus tili yo'nalishi 1-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6975091

Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi kunda hayotimizga kirib kelgan va ayniqsa yoshlar orasida keng tarqalayotgan virtuallashuvning bizning yashash tarzimizga ta'siri va u mamlakatimiz rivojiga to'siq bo'ladigan jihatlari haqida so'z yuritiladi. Shu bilan birgalikda quyidagi maqola virtual olam o'zi nima? U bizning hayotimizga qay tarzda kirib keladi ? Uning faqat salbiy ta'siri bormiyoki aksinchami? kabi savollarning javobini topishga ko'maklashadi.

Kalit so'zlar: internet, virtual borliq, tobelik, elektron o'yinlar, kompyuter texnologiyalari, ommaviy kommunikatsiyalar.

ПРИЧИНЫ И ФАКТОРЫ ВИРТУАЛИЗАЦИИ В ЖИЗНИ МОЛОДЕЖИ

Аннотация. В данной статье рассказывается о влиянии виртуализации, которая сегодня вошла в нашу жизнь и распространяется особенно среди молодежи, на наш образ жизни и о том, как она тормозит развитие нашей страны. Наряду с этим, следующая статья помогает найти ответы на такие вопросы, как Что такое виртуальный мир? Как оно приходит в нашу жизнь? Имеет ли это только негативное влияние или наоборот?

Ключевые слова: Интернет, виртуальное существование, зависимость, электронные игры, компьютерные технологии, массовые коммуникации.

CAUSES AND FACTORS OF VIRTUALIZATION IN THE LIVES OF YOUNG

PEOPLE

Abstract. This article talks about the impact of virtualization, which has entered our lives today and is spreading especially among young people, on our way of life and how it slows down the development of our country. Along with that, the following article helps answer questions such as What is a virtual world? How does it come into our lives? Does it only have a negative impact or vice versa?

Keywords: Internet, virtual existence, addiction, electronic games, computer technologies, mass communications.

KIRISH

Yashab turgan zamonimizda kompyuter texnologiyalari o'z rivojining cho'qqisiga qarab shunday ildamlik bilan harakatlanmoqdaki, ba'zi hollarda uning bunday tez suratlarda rivojlanayotlanayotganligiga qoyil qolmasdan iloj yo'q. Bu bir tomondan bizga katta imkoniyatlar eshigini ochib berishi bilan birgalikda hayotimizda uning salbiy ta'sirlariga ham duch kelib turibmiz. Internetning imkoniyatlari haqida hamma ma'lumotga ega va undan hozirgi kunda har bir shaxs foydalanadi. Ammo internetni hamma turli maqsadlar yo'lida ishlatadi. Undan ma'lumot qidirish va shu bilan birgalikda virtual olamga haqiqatdan qochish uchun ham foydalanadi.Shu o'rinda bir savol tug'iladi virtual olam o'zi nima? Virtual olam- insonlarning kompyuter texnologiyalari yordamida yaratgan dunyosidir. Bu olamda hamma narsa haqiqiy hayotdagidan keskin farq qiladi. Hattoki virtual reallikning so'nggi texnologiyalari bu olamga to'liq sho'ng'ish uchun sizga ko'zoynak va dubulg'a yaratish imkonini beradi.Virtual olamga tashrif buyurish insonga butunlay tashqi dunyodan uzulish , dam olish va umuman tashqi

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

hayotdagi hech narsa haqida o'ylamaslik imkonini beradi. Hayotida ko'plab muammolarga duch kelgan insonlar bu olamda o'zlarining tashvishlarini unutishi mumkin, ammo bu muammoning yechimi bo'la olmasligini ham unutmasligimiz lozim. Virtual olamga tez-tez sho'ng'ib turuvchi odam o'zining haqiqiy dunyosini unutadi va o'z hayollaridagi qahramoning qiyofasiga kirib boraveradi va buning natijasida u asl hayotdagi "men"ini yo'qotib boradi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

O'smir yoshlarimiz hozirgi kunda juda berilib ketayotgan kompyuter o'yinlari, telegram va yana ko'plab ijtimoiy tarmoqlar yoshlar onggiga o'zining juda katta salbiy ta'sirini ko'rsatmoqda. Bu kabi tarmoqlarning tobesiga aylangan yoshlarimizda tashqi olam bilan uzulish vujudga kelganligining ham guvohi bo'lmoqdamiz. Internet tarmoqlariga qullik inson psixologiyasiga ta'sir ko'rsatadi. Bu ta'sir birinchi navbatta insonning jizzaki bo'lib qolishi, xotira susayishi, surunkali depressiya, haqiqiy hayotdan virtual olamni ustun bilish kabi holatlarda o'z ifodasini topadi. Ular tashqi olamda nimalar sodir bo'layotganligiga qiziqmaydilar va bu ular uchun unchalik muhim narsa emas. Bu yoshlarimiz uchun tashqi olamdagi insonlar bilan muloqotga kirishish juda qiyin masalaga aylanib boradi.

TADQIQOT NATIJALARI

Ko'pgina hollarda yoshlarimizning ota-onasi tomonidan taqiqlangan saytlarga tashrif buyurishining guvohi bo'lamiz va buni o'zlari ko'r-ko'rona tan oladilar ham. Bu saytlarda esa ular o'z joniga qasd qilish, turli terroristikni targ'ib qiluvchi video, jangovor o'yinlarni tomosha qilishlarining guvohi bo'lishimiz mumkin. Bundan tashqari bu kabi video va saytlarda yoshlar onggida mustaqillik, ya'ni men birovning aytganini qilishga majbur emasman degan g'oyalarning paydo bo'lishiga olib kelmoqda . Bu kabi buzg'unchi saytlarga kirib qolgan yoshlar borib-borib o'zlariga bo'lgan ishonchini yo'qotishi va o'z hayotida son-sanoqsiz muvafaqqiyatsizliklarga uchrashi mumkin bo'ladi. Bu tarmoqlar yoshlar onggini shunchalik tez o'ziga tortadiki, bu olamga tushib qolgan inson uchun kunlar xuddi bir soat vaqtdek o'tib ketishi hech gap emas.

Biz yoshlarning kompyuter texnologiyalari rivojlangan va biz uchun keng imkoniyatlar eshigi ochilgan davrda yashayotganligimiz quvonarli hol, albatta, ammo har bir narsada ham me'yor bo'lmog'i lozim. Avvalo, bolalarga tarbiya berayotganda yanglishmaslik kerak. Kattalar ko'p hollarda bolam kompyuter, telefonga mukkasidan ketgan deyishadi-yu, ammo o'zlari ham bu kabi vositalardan bolaning oldida foydalanishadi. Xalqimiz: "Qush uyasida ko'rganini qiladi",-deydi. Shunday ekan kattalar o'zlari amal qilmaydigan narsani bolalaridan talab qilishi bu qandaydir g'alizlik emasmikan. Yaqinda kichkinagina bir hikoya o'qib qoldim. Unda yuqoridagi fikrlarimning isboti yaqqol aks etgan ekan. Bu hikoya yahudiy va musulmon odamning bola tarbiyasi haqida suhbatidan iborat bo'lib, unda aytilishicha yahudiylar bola tarbiyasi haqida u tug'ilgan kundan boshlab qayg'uradi. Tabiiyki, bolalar 2-3 yoshligida hamma narsaga qiziquvchan bo'lishadi. Agar bola telefonni ushlab ko'rishga qiziqsa, uning xohishi amalga oshiriladi, lekin ota-ona o'z qo'llariga kitob oladi va buni ko'rgan bolakay onggida telefonga bo'lgan qiziqish so'nadi. U uchun zararli bo'lgan narsalar ham shu tarzda uning hayotidan chiqarib tashlanadi. Natijada bu bolakayning fikrlashi sog'lom bo'ladi.

MUHOKAMA

Shuning uchun, kattalar yoshlarga bolaligidan virtual olamning salbiy jihatlarini ko'rsatib borishi va internet tarmoqlaridan faqat oqilona yo'llarda foydalanish kerakligini uning miyyasiga singdirib borishi shart sanaladi. Ya'ni yoshlarga internetdan foydalanish madaniyatini o'rgatish

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

lozim bo'ladi. Bolaga ota-onasi yaxshi sharoit yaratib berish maqsadida kompyuter sotib olib bergandan so'ng ota-onada bolaga nisbatan e'tibor ikki barobar ko'payishi talab etiladi. Bunda aynan farzandi ushbu sharoitdan qay tarzda foydalanayotganligi, uning kompyuterida bola onggini zaharlovchi narsalar yo'qligiga e'tibor berish shart. Bundan ko'rinib turibdiki, yoshlarning internet quliga aylanib borayotganligit qaysidir ma'noda ota-onalar ham sababchi bo'lib qolmoqdalar. Ammo yuqoridagi fikrlarimiz bilan internet tarmoqlari hayotimizda faqat salbiy holatlarni keltirib chiqaradi deb aytolmaymiz. Bu haqda zamonaviy pedagog va psixologlar ham hozirga qadar bir xulosaga kelishmagan. Ba'zi ota-onalar kompyuter, telefon va internet tarmoqlari farzandiga zarar yetkazishidan cho'chib undan foydalanishni butunlay taqiqlashadi, ba'zilari esa buning aksini aytishadi.To'g'ri, internet tarmoqlari hayotimizda juda ko'plab qulayliklarni olib yaratdi, ba'zi hollarda hayotimizni usiz tasavvur etish qiyin masaladek tuyiladi. Ammo undan juda ko'p foydalanish ham yuqoridagidek salbiy holatlarni keltirib chiqarishi ehtimoldan xoli emas.

Kompyuter va axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojlangan davrda tug'ilib o'sayotgan yoshlar o'z bilimlari bilan ba'zi hollarda kattalardan ham o'zib ketayotganligi hozirgi kunda hech kimni taajjubga solmay qo'ydi. Biroq shunday bo'lsada, har qanday xavf-hatarning oldini olish maqsadida ularga ko'z-quloq bo'lish, internet olami haqiqiy olamdan farq qilishi va undagi ko'plab manbalar haqiqiy hayot bilan mos kelmasligini uqtirib borish lozim.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, yoshlar zamon bilan hamnafas yashashi, fan-texnika yutuqlari bilan tanishib borishi zarur. Bu hozirgi kundagi davr talabi albatta, ammo uning salbiy jihatlaridan ham boxabar bo'lishi hamda bu borada yoshlar ustidan nazorat doimiy bo'lib turishi foydadan xoli bo'lmaydi. Axborotlar oqimidan foydalanishni o'rgatayotganda uning qulayliklari bilan birgalikda salbiy jihatlari haqida ham tushuntirib o'tish maqsadga muvofiq bo'ladi. Yoshlar onggida internetdan foydalanishda sog'lom immunitetni yuzaga keltirsakkina yoshlar bu tarmoqlardan foydali maqsadlarda foydalanishni o'rganadilar.

REFERENCES

1. Utanova. U. (2021) "KOMPYUTER AXBOROT MADANIYATI" SUBMADANIYATNING VUJUDGA KELISHI .Komoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti Axborotnomasi ilmiy-amaliy jurnali 62-66

2. Мусахоновна К Л. УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ ТИЗИМИДА БИОЛОГИЯ ФАНИДАН САМАРАДОРЛИККА ЭРИШИШДА ЭЛЕКТРОН ТАЪЛИМИЙ ВОСИТАЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ АСОСЛАРИ //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. B3. - С. 577-585.

3. Dzhuraev R. K., Karakhanova L. M. Model of the organization of research activities of 10th grade students in teaching physics and biology //International journal of discourse on Innovation, integration and education. - 2021. - Т. 2. - №. 01. - С. 296-300.

4. ДЖУРАЕВ Р. Х., КАРАХАНОВА Л. М. Модель организации исследовательской деятельности учащихся 10 классов при преподавании физики и биологии //International journal of discourse on Innovation, integration and education. - 2021. - Т. 2. - №. 1. - С. 295299.

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

5. Musokhonovna K. L. ICT-As a means of achieving new educational results in teaching natural disciplines in secondary schools //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 11. - №. 10. - С. 315-321.

6. Kharaxonova L. M. SPECIFIC ASPECTS OF MEDIA EDUCATION AND ITS USE IN HIGH SCHOOLS //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 278-284.

7. Караханова Л. 6. DEVELOPMENT OF STUDENTS'KNOWLEDGE BASED ON THE USE OF 3D EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN THE BIOLOGY EDUCATION //Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал. - 2020. -№. 2. - С. 55-59.

8. Джураев Р. Х., Карахонова Л. М. Медиаобразование как фактор повышения качества обучения школьников //Образование через всю жизнь: непрерывное образование в интересах устойчивого развития. - 2013. - Т. 11. - №. 2. - С. 322-323.

9. Сафарова Р. Г. и др. Уцувчи-ёшларни оммавий маданият хуружларидан х,имоя цилишнинг назарий-методологик асослари. - 2017.

10. Karakhanova L. M. USE OF MEDIERE RESOURCES IN THE EDUCATIONAL PROCESS OF BIOLOGY IN SCHOOLS //International Scientific Review of the problems of pedagogy and psychology. - 2018. - С. 68-70.

11. Karakhonova L. M. Using the electronic educational resources in biology lessons //INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS OF PHILISOPHY, PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY. - 2019. - С. 35-39.

12. Jurayev, R. K., & Karakhanova, L. M. (2020). Scientific And Methodical Bases Of The Use Of Electronic Educational Resources In Teaching Biology In General Educational Schools. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(8), 3500-3505.

13. Musaxonovna, K. L. (2022). General secondary schools requirements for the introduction of informed educational resources for the development of natural sciences. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(5), 855-860.

14. 1 Караханова Л. М. НОВЫЕ ИНТЕРАКТИВНЫЕ ЭЛЕКТРОННЫЕ РЕСУРСЫ В СОВРЕМЕННОМ ОТКРЫТОМ ОБРАЗОВАНИИ В ОБУЧЕНИИ ЕСТЕСТВЕННЫХ НАУК //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 1. - С. 1303-1305.

15. Джураев, Р. Х., & Карахонова, Л. М. (2022). ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ СОПРОВОЖДЕНИЕ ОДАРЕННЫХ ДЕТЕЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫМИ УЧРЕЖДЕНИЯМИ. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(4), 66-70.

16. ДЖУРАЕВ Р. Х., КАРАХАНОВА Л. М. Модель организации исследовательской деятельности учащихся 10 классов при преподавании физики и биологии //International journal of discourse on Innovation, integration and education. - 2021. - Т. 2. - №. 1. - С. 295-299.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.