Научная статья на тему 'YOSHLAR DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA DINIY VA DUNYOVIY MАFKURАLАRNING O‘RNI VА RОLI'

YOSHLAR DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA DINIY VA DUNYOVIY MАFKURАLАRNING O‘RNI VА RОLI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
502
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jаmiyat / glоbаllаShuv / din / dunyoviylik / mаfkurа / dunyoqаrаsh / diniy bilim / diniy mаfkurа / dunyoviy mаfkurа / g‘оyaviy tаrbiya / pоstindustriаl jаmiyat / diniylik vа dunyoviylik. / society / globalization / religion / secularism / ideology / worldview / religious knowledge / religious ideology / secular ideology / ideological upbringing / postindustrial society / religiosity and secularism.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Bаyаliеv, Djахоngir Kаynаrbеkоvich

Mаqоlаdа Sоbiq tоtаlitаr tuzumi bаrhаm tоpib, uning o‘rnidа Yangi mustаqil dаvlаtlаrning pаydо bo‘lishi, bu mаmlаkаtlаr hududlаridа (hаttо undаn tаshqаridа hаm) mаfkurаviy kurаsh g‘оyat kеskinlаshib kеtdi. Bu mаfkurаviy kurаshdа diniy vа dunyoviy mаfkurаlаrning o‘z o‘rni vа bu mаmlаkаtlаrdа o‘zigа хоs jihаtlаri, хususiyatlаri bоr. Hоzirgi dаvr оdаmining dingа munоsаbаtini o‘tish dаvrigа yoki аvlоd e’tiqоdidа diniylik vа dunyoviylikning hоlаti, shаkllаnish хususiyatlаri, оmillаrini o‘rgаnish kаttа аmаliy аhаmiyatgа egа. Dingа munоsаbаtning hоlаti, yosh аvlоd dunyoqаrаshidа diniylik vа dunyoviylikning o‘rni sоtsiоlоgik tаdqiqоtlаr nаtijаsidа o‘rgаnilmоqdа. Biz hаm kаsb-hunаr kоllеjlаri vа аkаdеmik litsеy o‘quvchilаri hаmdа оliy o‘quv yurtlаri tаlаbаlаri o‘rtаsidа 2022 yil оktyabr оyidа sоtsiоlоgik tаdqiqоt o‘tkаzdik. Bu muаmmоlаrni хоlisоnа, fаlsаfiy tаhlil qilib, dunyoviy vа diniy mаfkurаlаr o‘rtаsidаgi munоsаbаtni оptimаllаshtirish, ulаrning hаmkоrligidаn jаmiyat istiqbоli yo‘lidа sаmаrаli fоydаlаnish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF RELIGIOUS AND SECULAR IDEOLOGIES IN SHAPING THE WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE

The collapse of the former totalitarian regime and the emergence of new independent states in its place, the ideological struggle in the territories of these countries (and even beyond) has intensified. Religious and secular ideologies have a place in this ideological struggle and have their own peculiarities and features in these countries. It is of great practical importance to study the state of religion and secularism, the features of its formation, the factors of the modern man’s attitude to religion in the transition period or in the generational beliefs. The state of attitude to religion, the role of religiosity and secularism in the worldview of the younger generation is being studied as a result of sociological research. We also conducted a sociological survey in October 2021 among students of professional colleges and academic lyceums as well as university students. By objectively, philosophically analyzing these problems, it is possible to optimize the relationship between secular and religious ideologies, to effectively use their cooperation for the future of society.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA DINIY VA DUNYOVIY MАFKURАLАRNING O‘RNI VА RОLI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(3), March, 2023

YOSHLAR DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA DINIY VA DUNYOVIY MAFKURALARNING O'RNI VA ROLI

Bayaliev Djaxongir Kaynarbekovich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Umumiy va aniq fanlar" kafedrasi dotsenti, falsafa fanlar nomzodi E-mail: Jahangir2015 @Yandex. ru

ANNOTATSIYA

Maqolada Sobiq totalitar tuzumi barham topib, uning o 'rnida Yangi mustaqil davlatlarning paydo bo 'lishi, bu mamlakatlar hududlarida (hatto undan tashqarida ham) mafkuraviy kurash g'oyat keskinlashib ketdi. Bu mafkuraviy kurashda diniy va dunyoviy mafkuralarning o'z o'rni va bu mamlakatlarda o'ziga xos jihatlari, xususiyatlari bor. Hozirgi davr odamining dinga munosabatini o 'tish davriga yoki avlod e'tiqodida diniylik va dunyoviylikning holati, shakllanish xususiyatlari, omillarini o'rganish katta amaliy ahamiyatga ega. Dinga munosabatning holati, yosh avlod dunyoqarashida diniylik va dunyoviylikning o'rni sotsiologik tadqiqotlar natijasida o'rganilmoqda. Biz ham kasb-hunar kollejlari va akademik litsey o 'quvchilari hamda oliy o 'quv yurtlari talabalari o 'rtasida 2022 yil oktyabr oyida sotsiologik tadqiqot o'tkazdik. Bu muammolarni xolisona, falsafiy tahlil qilib, dunyoviy va diniy mafkuralar o'rtasidagi munosabatni optimallashtirish, ularning hamkorligidan jamiyat istiqboli yo'lida samarali foydalanish mumkin.

Kalit so'zlar: jamiyat, globallaShuv, din, dunyoviylik, mafkura, dunyoqarash, diniy bilim, diniy mafkura, dunyoviy mafkura, g'oyaviy tarbiya, postindustrial jamiyat, diniylik va dunyoviylik.

ABSTRACT

The collapse of the former totalitarian regime and the emergence of new independent states in its place, the ideological struggle in the territories of these countries (and even beyond) has intensified. Religious and secular ideologies have a place in this ideological struggle and have their own peculiarities and features in these countries. It is of great practical importance to study the state of religion and secularism, the features of its formation, the factors of the modern man's attitude to religion in the transition period or in the generational beliefs. The state of attitude to religion, the role of religiosity and secularism in the worldview of the younger generation is being studied as a result of sociological research. We also conducted a sociological survey in October 2021 among students of professional colleges and academic lyceums as well as university students. By objectively, philosophically

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

analyzing these problems, it is possible to optimize the relationship between secular and religious ideologies, to effectively use their cooperation for the future of society.

Keywords: society, globalization, religion, secularism, ideology, worldview, religious knowledge, religious ideology, secular ideology, ideological upbringing, postindustrial society, religiosity and secularism.

В статье утверждается, что с крушением прежнего тоталитарного режима и появлением на его месте новых независимых государств обострилась идеологическая борьба на территориях этих стран (и даже за их пределами). Роль религиозных и светских идеологий в этой идеологической борьбе и ее особенности в этих странах. Большое практическое значение имеет изучение состояния религии и светскости, особенностей ее формирования, факторов отношения современного человека к религии в переходный период или в поколенческих воззрениях. В результате социологических исследований изучается состояние отношения к религии, роль религиозности и светскости в мировоззрении подрастающего поколения. Также в октябре 2021 года мы провели социологический опрос среди учащихся профессиональных колледжей и академических лицеев, а также студентов вузов. Объективно, философски анализируя эти проблемы, можно оптимизировать взаимоотношения светской и религиозной идеологий, эффективно использовать их сотрудничество для будущего общества.

Ключевые слова: общество, глобализация, религия, секуляризм, идеология, мировоззрение, религиозное знание, религиозная идеология, светская идеология, идеологическое воспитание, постиндустриальное общество, религиозность и секуляризм.

KIRISH (ВВЕДЕНИЕ/ INTRODUCTION)

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev ta'kidlaganidek: ."Inson manfaatlari hamma narsadan ustun" degan oddiy va aniq - ravshan tamoyilni amalga oshirish ustuvor ahamiyatga ega" [1;4]. Shu maqsadda "Islohotlar islohotlar uchun emas, avvalo inson uchun, uning manfaatlari uchun" degan xalqchil g'oyaga tayanib siyosat yuritish katta ijobiy natijalarga turtki bo'lmoqda.

Sobiq totalitar tuzumi barham topib, uning o'rnida Yangi mustaqil davlatlarning paydo bo'lishi, bu mamlakatlar hududlarida (hatto undan tashqarida ham) mafkuraviy kurash g'oyat keskinlashib ketdi. O'zbekistondagi holatni xarakterlab, respublikamiz birinchi Prezidenti I.Karimov mafkuraviy poligonlarni yadro poligonlaridan xavfliroq, deb baholagan edi [2;35]. Bu mafkuraviy kurashda diniy va dunyoviy mafkuralarning

АННОТАЦИЯ

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

o'z o'mi va bu mamlakatlarda o'ziga xos jihatlari, xususiyatlari bor. Yangi, dunyoviy davlat va demokratik jamiyat qurish sharoitida diniy mafkuraning manbalari, ijtimoiy asoslari nimadan iborat, dunyoviy mafkuralar bilan munosabati Sobiq totalitar tuzumi davridagidan farqli ravishda qanday kechishi, o'zaro munosabatlari tamoyillari, tendentsiyalari qanday omillar bilan bog'liqligi nazariy va amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. Bu muammolarni xolisona, falsafiy tahlil qilib, dunyoviy va diniy mafkuralar o'rtasidagi munosabatni optimallashtirish, ularning hamkorligidan jamiyat istiqboli yo'lida samarali foydalanish mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD (LITЕRАTURА I MЕTОD /

LITERATURE REVIEW)

Ushbu tadqiqotning maqsadi O'zbekiston sharoitida diniy va dunyoviy mafkuralarning ijtimoiy hayotdagi o'rni va rolini asoslash. Ushbu tadqiqotda asosiy metodologiya ilmiy bilishning tarixiylik va mantiqiylik, alohidalik, hususiylik va umumiylik, analiz va sintez, induktsiya va deduktsiya metodlaridan foydalanildi. Muallif hozirgi O'zbekiston sharoitida yoshlar ongida diniy va dunyoviy tamoyillarining shakllanish omillarini, o'ziga xos xususiyatlarini ishonchli xulosalar chiqarish maqsadida turli guruhga mansub yoshlar o'rtasida sotsiologik tadqiqot o'tkazdi, ular bilan suhbatlar olib bordi, o'zining kundalik hayotida kuzatgan tajribalaridan, materiallaridan ham foydalandi. Maxsus ishlab chiqilgan so'rovnoma natijalarini boshqa materiallarga qiyosan tahlil qilib, ishonchli ilmiy-nazariy xulosalar keltirib chiqarildi.

Nazariy asos diniy va dunyoviy mafkuralarning o'zaro ta'sirini shakllantirish bo'yicha tadqiqot olib borgan S.M. Arifxanova, P.J. Abdullaxonov, B.M. Bobojanov, Z. Alimova, T.Karim, V.M. Mejuev, Sh. Evkachev, I.X. Yakubov, S.P. Shtumpf, I.B. Sepkova, kabi mualliflari ilmiy ishlariga murojaat qilingan. Xususan, Maxmud Xotamiy: "Shuxbasiz, ilohiy xushxabar makon va zamon chegarasidan tashqaridadir, lekin biz makon va zamonda mavjudmiz. Demak, bizning tuShunishimiz va tasavvurlarimiz makon va zamondan tashqariga chiqa olmaydi. Bizning ilohiy qonunlarni tuShunishimiz yaratilish kitobi (kniga tvoreniya) haqidagi tasavvurlarimiz makon va zamon bilan chegaralangan. Bilim quyidagicha o'zgaradi: kishilar, olimlar bir vaqt mobaynida bir tasavvurga egalar, boshqa vaqtda ularning tasavvurlari o'zgaradi va hatto ilgarigi ideallarini inkor qilib, Yangilari keladi" deb asoslaydi [3;21]. Shu nuqtai nazardan ushbu maqolalarda diniy va dunyoviy mafkuralarning o'zaro uyg'unlaShuvi haqida tahlil etilgan.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

MUHОKAMA VÄ NÄTIJÄLÄR (ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ / DISCUSSION AND RESULTS)

Diniy taskin bemvchilik tamoyil bugungi yoshlami mutlaqo qoniqtirmaydi. Sobiq totale tizimi davrida din va diniy mafkuralarga qaгshi shafqatsiz kurash olib boгildi. Dindoгlarga nisbatan salbiy munosabat shakllantirildi. Xudojo'y kishilami ijtimoiy hayotdan chetlashtirish, hech biг rahbar lavozimlaгiga qo'ymaslik odatdagi hol bo'lib qoldi. Bu davrda e'lon qilingan vijdon erkinligi amalda ateizm erkinligi edi. Din bilan bog'liq barcha qadriyatlar umrini yashab bo'lgan, sarqit deb e'lon qilindi

O'zbekiston mustaqillikka erishgach, erkin demokratik jamiyat qurish imkoniyatiga ega bo'ldi. Yangi jamiyatni xalqimizning mentalitetiga, milliy-ma'naviy xususiyatlariga mos, ming yillar davomida shakllantirilgan qadriyatlarimizga asoslanibgina qurishimiz mumkin edi. Demak, o'tmish merosni tiklash, milliy-ma'naviy boyliklarimizni o'rganish asosida xalqimiz ma'naviyatini Yangilash zarur edi. Dinga, diniy qadriyatlarga xolisona munosabat ham taqazo qilinardi. Yangi jamiyat qurish, o'tmish merosimizdan samarali foydalana olish ko'p jihatdan dinga munosabatimizdan kelib chiqar edi. Negaki diniy qadriyatlar yuzlab yillar davomida milliy qadriyatlar bilan Shunday chirmashib ketgan va xalqimiz ma'naviyatining tarkibiy qismiga aylangan ediki, ularni aniq, keskin bir- biridan ajratib bo'lmaydi. Bundan tashqari jamiyat va xalq rivojlanishining hozirgi darajasi, imkoniyatlarni ham hisobga olish kerak edi. Dinga munosabatning xarakteri qurayotgan jamiyatimizning qiyofasini ko'p jihatdan belgilaydi. Shu tufayli O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov o'z asarlari va nutqtlarida bu masalaga jiddiy e'tibor berdi, hozirgi davrda dinga munosabatimizning mohiyatini chuqur, har tomonlama asoslab berdi [2;39].

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bu masalada aniq- ravshan qat'iy ta'kidladi: "Bizning bu masaladagi yo'limiz aniq va qat'iy: din dinning ishini, davlat davlatning ishini qilsin" [2;40].

Bu tamoyil O'zbekistonning taraqqiyot yo'lini, davlat va din o'rtasidagi munosabatlarni belgilashga asos bo'luvchi tamoyil edi. Prezident Islom Karimov o'zining "O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarida dunyoviy jamiyat qurish yo'lidan borayotgan mamlakatimizda davlatning din bilan munosabatlari mazmun-mohiyatini belgilovchi tamoyillarni alohida ta'kidlaydi [2;44].

Bu tamoyillarga asoslanilsa din dunyoviy davlat ozusi bilan nafaqat murosa qilishi, balki umummilliy yuksalish yo'lida u bilan samarali hamkorlik qilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (31,61 moddalar) dinning

[4;5].

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

jamiyatimizdagi maqomi belgilab berildi. Natijada diniy va dunyoviy mafkuralarning demokratik, zamonaviy jamiyat qurish jarayonida hamkorligi ta'minlandi.

Hozirgi davr odamining dinga munosabatini o'tish davriga yoki avlod e'tiqodida diniylik va dunyoviylikning holati, shakllanish xususiyatlari, omillarini o'rganish katta amaliy ahamiyatga ega. Dinga munosabatning holati, yosh avlod dunyoqarashida diniylik va dunyoviylikning o'rni sotsiologik tadqiqotlar natijasida o'rganilmoqda. Biz ham kasb-hunar kollejlari va akademik litsey o'quvchilari hamda oliy o'quv yurtlari talabalari o'rtasida 2021 yil oktyabrt oyida sotsiologik tadqiqot o'tkazdik. Tadqiqot so'rovnomasi 100 ga yaqin savoldan iborat bo'lib, yosh avlod dunyoqarashida diniylik va dunyoviylikning o'rni, ularning omillari va xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi. Shu bilan birga ularning qarashlarini suhbatlar orqali o'rganish sotsiologik tadqiqotlar natijalarini tasdiqlash bilan birga, ularni tahlil qilishga ham yordam berdi.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida o'tkazilgan Sotsiologik tadqiqotlar ko'rsatdiki, bugungi yoshlarmizning dinga bo'lgan munosabati totalitar, ateistik tuzum davridagiga nisbatan keskin o'zgargan, umuman dinga ijobiy, xolis munosabat shakllangan.turli viloyatlar o'quvchi, talaba yoshlarining dinga munosabatlari sezilarli tafovut qilsa-da [8;101].

Respondentlarning 9,8 foizi oilali, 90,1 foizi ota-ona qaramog'idagi o'smir va yoshlar bo'lib, asosiy mashg'ulotlari dunyoviy bilim olishdir. Ularning aksariyat qismi (82,2 foizi) xudoning borligiga ishongan holda uni aniq tasavvur qilolmaydi, tuShunarsiz. Jamiyat va inson uchun halokatli hodisalar mavjudligi bilan izohlashadi. Shu bilan bir vaqtda xudoga ishonaman deb javob berganlarning bor-yo'g'i 34,5 foizi u dunyoga, jannat va do'zaxning mavjudligiga, 17,2 foizi g'ayri-tabiiy hodisalarga ishonadi. Respondentlarning mutlaq ko'pchiligi (90,1 foizi) o'zini sog'lom deb biladi, biroq 58,0 foizi ilgari shifoxonalarda davolangan, 23,4 foizi diniy yo'l bilan davolanishga ham uringan 21,5 foizi o'ziga fol ochirishga va o'zini "o'qitishga" to'g'ri kelgan. Agar ular ota-onalarining 49,3 foizi dindorligini va bolaligidan kattalar ta'sirida bo'lganligini hisobga olsak, xudoning mavjudligiga ishonuvchi respondentlar bilan hozirgi kunda diniy talablarga javob beradigan respondentlar o'rtasida juda katta farqni ko'ramiz. YA'ni 82,2 foiz respondent xudoning mavjudligiga ishongani holda bor-yo'g'i 17,2 foiz g'ayri-tabiiy hodisalarga ishonadi. Shu bilan bir vaqtda 86,4 foiz respontent namoz o'qishni xohlaydi, biroq ularning 92,0 foizi hozirgi kunda namoz o'qimaydi va shariatning musulmonlar oldiga qo'yadigan talablarini deyarli bajarmaydi, diniy talablarni amalga oshirishni kelajakka, qarilik kunlarigacha kechiktirishni yoki dunyoviy ishlardan, o'qish va ishdan bo'sh bo'ladigan paytlarga qoldirishni mo'ljallashgan. Bundan din xudoga

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

ishonaman deyuvchilarning e'tiqodiga aylanmagan, omonat, vaqtinchalik holatdir degan xulosaga kelish mumkin. Dindorlarga hurmat bilan qaraladigan ijtimoiy muhit, milliy-diniy qadriyatlarning tiklanayotganligi, Shu bilan birga o'tish davridagi iqtisodiy qiyinchiliklar, iqtisodiy ahvol bilan bog'liq ijtimoiy hayotning boshqa sohalari, aholining tabaqalaShuvi kabi sharoitlar bunda o'z ta'sirini o'tkazgan. Bular ichida diniy rasm-rusmlarga hurmat bilan qaralishi, diniy tashviqot muhim rol o'ynamoqda, deyishimiz mumkin. CHunki ibodatlar, marosimlar erkin va ochiq bo'lgan, yuzlab diniy kitoblar nashr qilinib, xalqqa etkazilayotgan, OAVlarda dinga hurmat ruhining yaqqolligi ularning bunday qarashlariga ma'lum asos bo'lganligi tabiiy. Shu bilan birga keksalarning, kattalarning, oilaning ta'siri ham dinga bo'lgan katta ijobiy munosabatni shakllantirgan (so'ralganlarning 45,6 foizi ota-onasini dindor deb biladi). Mahalla hayotining jonlanishi, unda keksalarga (ularning aksariyat qismi milliy-diniy harakatlarga moyil bo'lishadi) alohida hurmat ham dinga, diniy uruf-odatlarga bo'lgan tashqi (zohiriy) munosabatlarni shakllantirgan [9;91].

O'smir va yoshlarda diniy va dunyoviy dunyoqarashni shakllantirishda OAV larning roli beqiyosdir. So'ralganlarning 92,5 foizi O'zbekiston OAV lari orqali muntazam axborot olib turadi (8,6 foiz respondentgina tanish emasligini bildirgan). CHet el axborotlarini eshitib (kuzatib) turuvchilar 88,8 foizni (chet el axborotlaridan bexabarlar 11,1 foiz), internet materiallarini muntazam o'qib boradiganlar 67,9 foizni (internet materiallari bilan tanish bo'lmaganlar 17,2 foiz), ommaviy gazetalarni muntazam o'qib boruvchilar 75,3 foizni (kam o'qiydiganlar 17,2 va mutlaqo ommaviy gazeta o'qimaydiganlar 8,6 foiz) tashkil qiladi. Shuningdek, respondentlarning 44,4 foizi badiiy kitoblarni, 44,4 foizi ilmiy kitoblarni muntazam o'qib boradi. Shu bilan bir vaqtda diniy ruhdagi nashrlar bilan 71,6 foiz kishi tanishib turadi. Biroq, ko'pchilik yoshlarni diniy ta'limotni chuqur o'rganishni maqsad qilib qo'yganligi Shunchaki bo'sh vaqtni o'tkazish, shov-Shuvli hodisalarga qiziqish, kutilmagan hodisalar, faktlar, fojealardan xabardor bo'lish maqsadi bunday faoliyatga turtki berganligi ma'lum bo'ladi. Diniy asarlar orasida yoshlar tomonidan eng ko'p o'qilgani "Ilohiy mo''jizalar" nomli 6 kitobdan iborat asar ekan. Diniy afsonalar, hodisalar, diniy rivoyatlar "Qur'on"ga va boshqa jiddiy mutolaa qilinadigan asarlarga nisbatan ko'proq o'qilar ekan. Jiddiy mutolaa qilinadigan kitoblar orasida ikkinchi o'rinda pand-nasihat, hayotda turli og'ir, o'tkinchi vaziyatlarda zarur bo'ladigan hatti-harakat, faoliyatni, rasm- rusum, urf-odatlarni o'rgatadigan nashrlar turar ekan.

Bizning tadqiqotimiz natijalariga ko'ra, 8,6 foiz respondent faqat diniy kitoblar mutolaa qilish bilan cheklanishga rozi bo'la oladi, so'ralganlarning 3,7 foizi musulmonlar oldiga qo'yiladigan talablarni bajaradi, 6,1 foizi ijtimoiy muammolarni faqat din hal qila oladi, deb ishonadi, 18,5 foizi O'zbekistonning diniy davlat

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

bo'lishini xoxlaydi, 29,6 foizi diniy xarakatlarni ijobiy baholaydi, 22,2 foizi islomni yagona to'g'ri din deb hisoblaydi (lekin Shu bilan birga diniy ekstremistik va terroristik harakatlarni ma'qullovchilar yo'q).

Haqiqatan ham bu ikkala tasavvurning etarli asoslari bor. Axborot sohasidagi globallaShuv, G'arb jamiyatlarini domiga tortayotgan ommaviy madaniyatning ayrim "namuna"lari yuksak milliy-ahloqiy milliy me'zonlarga zid kelayotganligi bizning jamiyatimizda ham sodir bo'layotganligi sir emas. Bu esa o'z navbatida kishilar o'rtasida mehr-oqibat, sadoqat, vafo, fidoiylik kabi ezgu qadriyatlarga salbiy ta'sir qilayotganligi ham hech kimga sir emas. Ommaviy madaniyatning ayrim namunalari (xususan, pornografiya) G'arbdagi kabi oila mustahkamligiga zarar etkazmoqda, ayrim individlar xudbinlik, maishiy buzuqlik kabi illatlarni shakllantirmoqda. Natijada diniylik ayrim yoshlar tasavvurida yuksak insoniy xislatlarni saqlab qolish va mustahkamlashning muhim omili sifatida maydonga chiqmoqda.

Ko'pchilik fan va din birgalikda hal qilishi mumkin bo'lgan muammolar mavjudligini tan oladi. Ammo qaysi biri ishonchliroq - fanmi yoki dinmi, degan masaladagi javobda paradoksal vaziyat vujudga keldi. Dinga nisbatan fanni ishonchli deb biluvchilar atigi 18,5 foiz bo'lgani holda, aksincha fanga nisbatan dinni ishonchli deb biluvchilar 35,8 foiz tashkil qildi. Vaziyatni o'rganish natijalari Shuni ko'rsatdiki, fan o'zgaruvchan, uning haqiqatlari nisbiy, Yanglishlar bilan birga, fan tuShuntirib bera olmaydigan muammolar juda ko'p va kamaymaydi va hakozo kabi asoslar tufayli ilmiy bilimlar qat'iy, o'zgarmas emasligini respondentlar qayd qilishgan, ammo ba'zi masalalarda fan ishonchli ekanligini 33,3 foiz so'ralganlar tan olishgan. Fanga nisbatan dinning ishonchli ekanligi haqida fikr bildirgan respondentlar 35,8 foizini, ya'ni fanning ishonchli ekanligi fikri tarafdori bo'lgan respondentlardan salkam ikki baravar ko'proqni tashkil qiladi. Din ishonchli deb biluvchilarning 39,5 foizi akademik litsey o'quvchilari, 40,1 foizi bakalavriat talabalari, 21,4 foizi magistrantlardir. Bundan keksalarning, ota-onalarning dinni ro'kach qilib pand-nasihat qilishlari ta'sirida bo'lgan, mustaqil e'tiqodi mustahkamlashib ulgurmagan, fan asoslarini endigina o'zlashtirib olayotgan, Shu bilan bir vaqtda dinning mohiyati haqida ham bilimlari etarli bo'lmaganlar qat'iy, asosli xulosa chiqara olmaganlar degan xulosa chiqarish mumkin.

XULOSA (ЗАКЛЮЧЕНИЕ / CONCLUSION)

Nima bo'lganda ham mutlaq ko'pchilik yoshlar mafkurasida diniylik va dunyoviylik nisbati, o'zaro munosabati Yangi jamiyat qurish yo'lida bunyodkorlik faoliyatiga yo'naltiradi. Juda ozchilikni tashkil qiluvchi ayrim respondentlar diniy mafkurani Yanada kuchaytirish, takomillashtirish istagi bo'lsa-da, dunyoviylikka

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

mutlaq qarama-qarshi qo'yish, ular o'rtasida murosasizlikka moyillik yaqqol bo'rtib turmaydi.

Totalitar tuzumdan Yangi, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatiga o'tish davrida diniy va dunyoviy mafkuralarining o'zaro munosabatlari bir qator o'ziga xos xususiyatlar bilan xarakterlanadi. Bu ijtimoiy hayotning barcha sohalarida kechayotgan tub o'zgarishlar bilangina emas, diniy va dunyoviy mafkuralarning o'zgarayotgan talablar asosida shakllanish qiyinchiliklari, ularning bu jarayonlarda o'ziga xos o'rni bilan ham bog'liq. O'tish davrida diniy va dunyoviy mafkuralarning o'zaro ta'siri, munosabati o'zgaruvchan xarakterga ega bo'ladi. Sobiq ateistik tuzumga reaktsiya sifatida yuz bergan diniy portlash keyinchalik ham o'zaro munosabatlarda o'z ta'sirini saqlab qoladi. Diniy mafkurani mutlaqlashtirishga, dunyoviy mafkuradan ustun qo'yishga ma'lum darajada urinishlar yuz beradi. Tashqaridan keladigan tajovuzkor din niqobi ostidagi mafkuralar bu holatdan foydalanib qolishga urinadi.

O'zbekistonning Yangi jamiyatga o'tish davrining dastlabki yillarida diniy mafkura aholining, hatto ziyolilarning ancha qismiga o'z ta'sirini o'tkaza olgan. Biroq, davlatning xolisona munosabati, xalq manfaatiga asoslangan printsipial yo'li dunyoviy va diniy mafkuralarni bunyodkorlik yo'lida hamkorlik qilish uchun sharoit yaratib berdi. O'tish davrining yuqori bosqichlariga ko'tarilgan sari diniy va dunyoviy mafkuralar o'rtasida xolisona, hamkorlik munosabatlar qaror topa boradi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI ( REFERENCES)

1. МИРЗИЁЕВ Ш. Олий Мaжлисгa мурoжaaтнoмaсидaн. (2020 йил 24 янвaрь) "Хэдк сузи", 2020 йил 25 янвaрь

2. КАРИМОВ И. Узбeкиcтон XXI acp буcaFacидa: xaвфсиздиккa тaxдид, бaркaрoрдик шaртдaри Ba Tapa^KnëT кaфoдaтдaри. 6-жилд, - Т.: 1998.- 35-44 6eraap

3. ХОТОМИИ. М. (2001). Иотам, диaдoг и грaждaнскoe oбщeствo. М.: Pocc.

4. МУНАВВАРОВ З. дунёвий жaмият Ba дин. / Истом: бaFрикeнгдик Ba мутaaccибдик. Т.: 1988.- 5^eT.

5. КДЮМОВ У. Ёшлaр Ba дин // Ижтимoий фикр. Иншн ^«y^ap^ 2004.-2-coн, 101-бeт)

6. BAYALIYEV J. Globallashuv sharoitida dunyovioylik va diniylik uyg'unligining asosiy xususiyatlari. // Philosophy and life № 1 (12) 2021, p. 91-97.

ПЭН

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.