Научная статья на тему 'YOSHLAR BANDLIGINI OSHIRISH MASALALARI'

YOSHLAR BANDLIGINI OSHIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yoshlik / bandlik / ishsizlik / ijtimoiy muxofaza / ish soxalari / vaqtincha ishsiz / youth / employment / unemployment / social security / employment sector / temporarily unemployed

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — E. X. Zaitov, J. L. Erkinov

Maqolada yoshlarning bandlik masalalari bo‗yicha olib borilayotgan choratadbirlar, statistik ma‘lumotlar hamda ushbu masalaga oid taklif va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS OF INCREASING YOUTH EMPLOYMENT

The article presents activities, statistical data, as well as proposals and recommendations related to the problem of youth employment.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR BANDLIGINI OSHIRISH MASALALARI»

YOSHLAR BANDLIGINI OSHIRISH MASALALARI

E. X. Zaitov

s.f.d. (PhD),dotsent O'zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent, O'zbekiston

J. L. Erkinov

Magistr, O'zbekiston Milliy Universiteti Toshkent, O'zbekiston

ANNOTATSIYA

Maqolada yoshlaming bandlik masalalari bo'yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar, statistik ma'lumotlar hamda ushbu masalaga oid taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: yoshlik, bandlik, ishsizlik, ijtimoiy muxofaza, ish soxalari, vaqtincha ishsiz

PROBLEMS OF INCREASING YOUTH EMPLOYMENT

E.Kh Zaitov

s.f.d. (PhD), associate professor National University of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan

J.L Erkinov

Master, National University of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan

ABSTRACT

The article presents activities, statistical data, as well as proposals and recommendations related to the problem of youth employment.

Keywords: youth, employment, unemployment, social security, employment sector, temporarily unemployed

O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi hamda O'zbekiston Respublikasining "Aholi bandligi to'g'risida"gi Qonunida [1] belgilangan ishsizlar, yoshlar, ayollar, mehnat bozorida ish topishga qiynaladigan shaxslarga, ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi toifalarini ishga joylashtirish kafolatlarini ro'yobga chiqarishga alohida e'tibor qaratilgan.Yoshlarning ish bilan bandligini ta'minlash davlat tomonidan ish bilan bandlik va mehnat bozorini tartibga solish mexanizmini ishlab chiqish zaruratini belgilab beradi, u ish bilan bandlik sohasidagi yuzaga kelgan vaziyatni statistik tahlil qilish va mehnat bozori prognozlariga asoslanadi. Mehnat

April 20, 2024

226

bozori statistik tahlilining asosiy maqsadi mintaqaning mehnat bozorida ma'lum vaqt davridagi mavjud holati hamda aholi bandligiga ko'maklashish markazi ishlash faoliyatining ko'lami va natijalarini baholash hisoblanadi.

Yoshlar bandligini oshirish bo'yicha qilingan ishlar o'zining tashqi omillar asosida rivojlanishdan joylarda ichki infratuzilmalar orasida takomillashtirishga, ya'ni Davlatning bandlikka ko'maklashish tuzilmalari, jamoatchi tashkilotlar va mahalliy boshqaruv organlarining o'zaro munosabatini muvofiqlashgan harakati hamda ular faoliyatini samarali tashkil qilish ijtimoiy mexanizmga bog'liq bo'lib qolmoqda.

Aholining o'sish sur'ati yuqori bo'lgan hamda aksariyat rivojlanayotgan va rivojlanishi past bo'lgan davlatlarda aholini ish bilan ta'minlashda yetarli darajada muammolar mavjud. Masalan, ish o'rinlarining kamligi, oylik maoshlarning pastligi, mehnat resurslarining kasbiy malakasi va bilim saviyasining yetishmasligi shular jumlasidandir.

Iqtisodiyotda ishsizlikning beshta asosiy sababi mavjud [2].

- yangi texnologiyalarni joriy qilish bilan bog'liq bo'lgan va iqtisodiyotdagi boshqa tarkibiy o'zgarishlar;

- mehnat resurslariga bo'lgan talabning pasayishiga olib keladigan iqtisodiy tanazzul;

- davlat siyosati, eng kam ish haqining oshishi va shu sababli ishchi kuchiga talabning pasayishi;

- iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida mavsumiy tebranishlar;

- demografik o'zgarishlar, ya'ni mehnatga layoqatli aholining o'sishi.

Ishsizlikni bartaraf etish va yoshlarni ish bilan bandligini ta'minlash bo'yicha

rivojlangan mamlakatlar o'ziga xos modellarni yaratgan va aholi bandligini ta'minlash siyosatini olib borishda foydalanib keladilar.

Bugungi kunda mamlakatimizda ham yoshlarni ish bilan bandligini ta'minlash bo'yicha amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tadbirkorlik va kichik biznesni, oilaviy tadbirkorlikni va o'z-o'zini band qilishni har tomonlama qo'llab-quvvatlash hamda ularning rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish orqali yangi ish o'rinlarini yaratish asosida aholi bandligini oshirish shular jumlasidandir (1 - rasm).

227

^_April_20,_2024_

International Scientific and Practical Conference

1-rasm. Ish bilan band aholining iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha tarkibi (ming kishi) [3].

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga asosan, 2020 yilda ish bilan bandlik darajasi 2010 yilga nisbatan 113,9 foizga, 2015 yilga nisbatan 101,4 foizga o'sgan bo'lsa, iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha mos ravishda qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi 114,2 va 98,8 foizga, sanoat 111,5 va 101,2 foizga, qurilish 122,6 va 103,7 foizga, savdo 110,4 va 96,5 foizga, tashish va saqlash 122,2 va 101,4 foizga, ta'lim 105,3 va 104,9 foizga, sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar 109,4 va 108,4 foizga hamda boshqa faoliyat turlari bo'yicha 116,3 va 103,4 foizga o'sish kuzatilgan. Shuningdek, ish bilan band aholining mulkchilik turlari bo'yicha tahlil natijalariga ko'ra, 2020 yilda davlat sektorida bandlar soni 2,5 mln. kishini va nodavlat sektorda bandlar esa 10,7 mnl. kishini tashkil etgan. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga asosan 2021 yil yanvar holatiga ko'ra, mamlakatimizda mehnat idoralaridan ro'yxatdan o'tgan ishsizlar soni 37,1 ming kishini tashkil etgan. Mazkur ko'rsatkich 2010 yilga nisbatan qariyb 2,3 baravarga oshgan bo'lsa, uning o'sish sur'ati 2000 yilda 0,4 foiz, 2004 yilda 0,4 foiz, 2008 yilda 4,9 foiz, 2012 yilda 4,9 foiz, 2016 yilda 5,2 foiz va 2020 yilda 110,5 foizni tashkil etgan (2-rasm).

12,0 10,0 8,0 6,0 4,0

69,4

168,7 ^^ 10,5

67,7 67,6 Kl ^^^

¡Tri

2008

i EaHgnHK gapaxacH

2012 2016 ■ HmcH3^HK gapaxacH

2020

70,0 69,0 68,0 67,0 66,0

2-rasm. Bandlik va ishsizlik darajalarining o'zish sur'ati (band aholi sonining mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soniga nisbatan, foizda).

April_20,_2024_

228

Yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatimizda yoshlarni ish bilan bandligini ta'minlash va ishsizlik darajasini kamaytirish bo'yicha quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiq bo'ladi:

- yoshlarni ish bilan bandligini oshirish borasidagi muammolarni quyidan yuqoriga qadar chuqur tahlil qilish va amaliy yechimlarini ishlab chiqish hamda amalda bajarilishini nazorat qilish lozim;

- yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori kasb-hunarlarga tayyorlashni tizimli yo'lga qo'yish, ularning munosib ish topishiga ko'maklashish orqali ko'plab ijtimoiy va iqtisodiy muammolar hal bo'ladi. Buning uchun nafaqat davlat ta'lim muassasalari, balki mingdan ziyod nodavlat kasb-hunar ta'limi markazlarini ham jalb qilish zarur;

- yoshlar o'rtasida yuqori ishsizlik darajasi kuzatilgan hududlarda davlat byudjeti hamda byudjetdan tashqari ijtimoiy fondlar hisobidan hududda ijtimoiy iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish.

Xulosa qilib shuni ta'kidlash mumkinki, yoshi kattalarga nisbatan yoshlar o'rtasida ishsizlikning paydo bo'lishiga ko'pgina omillar ta'sir qiladi va juda og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ushbu muammo o'z dolzarbligini iqtisodiy o'sish davrida yo'qotmaydi, inqiroz davrida esa yanada kuchayadi. Turli yosh guruhlari o'rtasida ishsizlikning turli darajada bo'lishi ijtimoiy tabaqalashuvga sabab bo'ladi. Individual shaxsga nisbatan olib qaralganda yoshlar o'rtasida ishsizlik tug'ilish darajasining pasayishiga olib keladi. BMTning barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishish yoshlar o'rtasida ishsizlik va ularga munosib ish o'rinlari yetishmasligi kabi muammolarning hal qilinishi bilan uzviy bog'liqdir. Zero, yoshlar ishsizligini kamaytirish maqsadida munosib ijtimoiy va bandlik siyosatining olib borilishi jamiyatning har tomonlama rivojlanishi va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga asos bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. https://lex.uz/acts/51887

2. Ляпкало А.С. Статистический анализ уровня занятости населения.

3. http://www.vectoreconomy.ru/images/publications/2018/2/laboureconomics/Lyap kalo. pdf

4. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari

5. www.mehnat. uz-O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy sayti.

6. Alikariev N.S., Alikarieva A.N. Oliy ta'lim sifati menejmenti tizimini rivojlantirish konsepsiyasi//"Ijtimoiy tadqiqotlar jurnali" (www.tadqiqot.uz\soci)

229

April 20, 2024

International Scientific and Practical Conference

elektron jurnali. №1. - Toshkent, 2020. - B. 7-18. DOI http://dx.doi.org/10.26739/2181-9297-2020-1

7. Xusanova X.T. Талаба ёшлар социал категориясини урганишда мултидисциплинар ёндашув. Ижтимоий фанлар электрон журнали № 2 (2019) 02-12-2019.

8. Заитов Э. Mahallaning o 'rganilishida tarixiy yondashuv //Журнал социальных исследований. - 2024. - Т. 7. - №. 1.

9. Джиянмуратова Г. Ш. Нормативно-правовые основы социальной защиты молодежи в Республике Узбекистан //Технологии социальной работы в различных сферах жизнедеятельности. - 2023. - С. 35-40.

10. Сабирова У. Sotsiologik monitoring yaratishning nazariy-uslubiy asoslari //Журнал социальных исследований. - 2024. - №2. SI-1.

11. Kholbekov A.J. "Jamiyat ijtimoiy sohasi" tushunchasiga doir. // "Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari tuplami (Toshkent sh., 25-may 2023.). -Toshkent : UzMU. - B/ 53-56.

12. Alikarieva Alokxon. Sociological survey in the implementation of the educational quality management system// International Journal of Education, Social Science & Humanities. Finland Academic Research Science Publishers. Volume-11| Issue-5| 2023 Published: |22-05-2023| https://doi.org/10.5281/zenodo.8003531

13. Ahmedova F.M, Ta'limni rivojlantirishdagi ustuvor vazifalar//Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallar to'plami. - Toshkent, .2023

14. Ernazarov B. Avlodlar almashinuvidagi yosh klasifikatsiyasining sosiologiyadagi ahamiyati //News of UzMU journal. - 2024. - T. 1. - №. 1.2. 1. - S. 261-265.

15. Isropilov M.B. The role of pr technologies in ensuring the sustainable development of society//Open Access Repository. - 2023. - T. 4. - №. 2. - S. 729735.

16. Nurqulov B. Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish omillari //News of UzMU journal. - 2024. - Т. 1. - №. 1.3. 1. - С. 190-193.

230

^_Apnl_20,_202£_

International Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.