Научная статья на тему 'TOSHKENT VILOYАTIDA ISHSIZLIK DARAJASINI EKONOMETRIK BAHOLASH VA PROGNOZLASH'

TOSHKENT VILOYАTIDA ISHSIZLIK DARAJASINI EKONOMETRIK BAHOLASH VA PROGNOZLASH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
9
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtisodiy faol aholi / iqtisodiyotda bandlar soni / mehnat resurslari / mehnat bozori / ish bilan bandlik / ishsizlik darajasi / mehnat resurslari tasimlanishi / yashil ish o‘rinlari. / economically active population / number of jobs in the economy / labor resources / labor market / employment / unemployment rate / distribution of labor resources / green jobs.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ayubjonov, Abbos Hosilovich, Mirolimov, Mirislom Mirshokir O‘G‘Li

Bugungi kundа rеspublikаmizdа, mеhnаt bоzоrini rivоjlаntirish vа uni tаrtibgа sоlish, zаmоnаviy mеhnаt bоzоri еhtiyоjlаrini hisоbgа оlgаn hоldа yuqоri mаlаkаgа еgа bо‘lgаn kаdrlаrni tayyorlash vа hаr tоmоnlаmа rаqоbаtbаrdоsh mutахаssislаrni tаyyоrlаshning bugungi jаhоn tаlаblаrigа mоs еng sаmаrаli tizimini ishlаb chiqishni tаlаb еtmоqdа. Qоlаvеrsа yоsh mutахаssislаrni ishlаb chiqаrishdаgi о‘rnini bеlgilаsh vа ulаrning хоrijiy mаmlаkаtlаr mutахаssislаri bilаn rаqоbаtbаrdоshligini оshirish bugunning еng muhim mаsаlаlаridаn biri bо‘lib kеlmоqdа. Yuqоridаgi mаsаlаlаrdаn kеlib chiqqаn hоldа, yаngi ish о‘rinlаrini bаrpо еtish vа yоshlаrni tаdbirkоrlikkа yо‘nаltirishni qо‘llаb-quvvаtlаsh nаtijаsidа аhоli, аyniqsа ijtimоiy muхоfаzаgа muhtоj bо‘lgаn аhоli qаtlаmlаri fаrоvоnligigа еrishish bоrаsidа izchil tizimli ishlаr аmаlgа оshirilmоqdа.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ECONOMETRIC ASSESSMENT AND FORECASTING OF UNEMPLOYMENT LEVEL IN TASHKENT REGION

Today in our Republic, the development of the labor market and its regulation, taking into account the needs of the modern labor market, requires the development of the most effective system for training highly qualified personnel and training everyone. round competitive specialists. In addition, determining the place of young specialists in production and increasing their competitiveness with specialists from foreign countries is one of the most important issues today. Based on the above objectives, as a result of creating new jobs and supporting the orientation of young people towards entrepreneurship, consistent systematic work is being carried out to achieve the well-being of the population, especially those in need of social protection.

Текст научной работы на тему «TOSHKENT VILOYАTIDA ISHSIZLIK DARAJASINI EKONOMETRIK BAHOLASH VA PROGNOZLASH»

TOSHKENT VILOYATIDA ISHSIZLIK DARAJASINI EKONOMETRIK

BAHOLASH VA PROGNOZLASH

d https://doi.org/10.5281/zenodo.10532616

Ayubjonov Abbos Hosilovich

TDIU Statistika kafedrasi mudiri i.f.n., dotsent E-mail : abbasayubj anov@gmail .com +998981261215

Mirolimov Mirislom Mirshokir o'g'li

TDIU statistika kafedrasi katta o'qituvchisi PhD E-mail : mirislom. mirolimov3138@gmail .com +998903343138

Annatatsiya: Bugungi kundа rеspublikаmizdа, mеhnаt bоzоrini rivоjlаntirish vа uni tаrtibgа sоlish, zаmоnаviy mеhnаt bоzоri еhtiyоjlаrini hisobga оlgаn holda yuqori malakaga ega bo 'lgan kadrlarni tayyorlash va har tomonlama raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashning bugungi jahon talablariga mos eng samarali tizimini ishlab chiqishni talab etmoqda. Qolaversa yosh mutaxassislarni ishlab chiqarishdagi o'rnini belgilash va ularning xorijiy mamlakatlar mutaxassislari bilan raqobatbardoshligini oshirish bugunning eng muhim masalalaridan biri bo 'lib kelmoqda. Yuqoridagi masalalardan kelib chiqqan holda, yangi ish o 'rinlarini barpo etish va yoshlarni tadbirkorlikka yo 'naltirishni qo 'llab-quvvatlash natijasida aholi, ayniqsa ijtimoiy muxofazaga muhtoj bo'lgan aholi qatlamlari farovonligiga erishish borasida izchil tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Kalit so 'zlar: iqtisodiy faol aholi, iqtisodiyotda bandlar soni, mehnat resurslari, mehnat bozori, ish bilan bandlik, ishsizlik darajasi, mehnat resurslari tasimlanishi, yashil ish o 'rinlari.

ЭКОНОМЕТРИЧЕСКАЯ ОЦЕНКА И ПРОГНОЗИРОВАНИЕ УРОВНЯ БЕЗРАБОТИЦЫ В ТАШКЕНТСКОЙ ОБЛАСТИ

Аннотация: Сегодня в нашей республике развитие рынка труда и его регулирование с учетом потребностей современного рынка труда требует разработки максимально эффективной системы подготовки высококвалифицированных кадров. Кроме того, определение места молодых специалистов на производстве и повышение их конкурентоспособности стран является сегодня одним из важнейших вопросов. Исходя из вышеперечисленных

задач, в результате создания новых рабочих мест и поддержки ориентaци молодежи на предпринимательство проводится последовательная системная работа для повышения благосостояния населения, особенно нуждающегося в социальной защите.

Ключевые слова: экономически активное население, количество рабочих мест в экономике, трудовые ресурсы, рынок труда, занятость, уровень безработицы, распределение трудовых ресурсов, зеленые рабочие места.

ECONOMETRIC ASSESSMENT AND FORECASTING OF UNEMPLOYMENT LEVEL IN TASHKENT REGION

Abstract: Today in our Republic, the development of the labor market and its regulation, taking into account the needs of the modern labor market, requires the development of the most effective system for training highly qualified personnel and training everyone. round competitive specialists. In addition, determining the place of young specialists in production and increasing their competitiveness with specialists from foreign countries is one of the most important issues today. Based on the above objectives, as a result of creating new jobs and supporting the orientation of young people towards entrepreneurship, consistent systematic work is being carried out to achieve the well-being of the population, especially those in need of social protection.

Key words: economically active population, number of jobs in the economy, labor resources, labor market, employment, unemployment rate, distribution of labor resources, green jobs.

KIRISH

Mehnat bozorida yuz berayotgan barcha o'zgarishlar va jarayonlar mintaqa iqtisodiyotining holati bilan bevosita yoki bilvosita bog'liq. O'z navbatida, mintaqaning kadrlarga bo'lgan joriy ehtiyojini baholash mintaqada yuz berayotgan turli jarayonlar natijasi sifatida mehnat bozorining holati haqida tasavvurga ega bo'lish imkonini beradi. Ushbu baho mehnat bozori va iqtisodiyotning umumiy holatiga bevosita yohud bilvosita ta'sir ko'rsatuvchi iqtisodiy sub'ektlar tomonidan amalga oshiriladigan faollikning oqibatini baholash imkonini beradi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi 2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida PF-60-son farmonida ham jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o'tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda "Inson qadri uchun" tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson

huquqlari va manfaatlarini so'zsiz ta'minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlar1 negizida aholi farovonligi, turmush darajasi, aholini samarali bandligini ta'minlash, o'z-o'zini band qilgan shaxslarga qonuniy imtiyozlar berish tizimini joriy etish, iqtisodiyotni yashil iqtisodiyotga bosqichma-bosqich o'tkazish, raqamli texnologiyalar markazlari faoliyatlarini isloh qilish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida qator vazifalar amalga oshirilmoqda.

Ta'kidlashimiz mumkinki bu borada Toshkent viloyatida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. 2023 yil 1 aprel holatiga ko'ra, Toshkent viloyati doimiy aholi soni yil boshiga nisbatan 0,5 % ga yoki 13,5 ming kishiga ko'payib, 3007,0 ming kishini tashkil yetmoqda. Shu jumladan, shahar aholisi soni 1504,6 ming kishini, jami aholi soniga nisbatan 50,04 % ni, qishloq aholisi soni 1502,4 ming kishini, jami aholiga nisbatan 49,96% ni tashkil yetmoqda. Viloyatning doimiy aholisini 13,3 % ni yoki 399,9 ming kishini mehnatga layoqatli yoshdan kattalar, 902,3 ming kishini yoki 30,0 % ini mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar tashkil yetgan bo'lsa, mehnatga layoqatli yoshdagilar 56,7 % ni yoki 1704,8 ming kishini tashkil yetmoqda (1-rasm).

1-rasm.

Toshkent viloyati aholisining yosh guruhlari bo'yicha taqsimlanishi2

■ Mehnatga layoqatli yoshdagilar ■ Mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar

■ Mehnatga layoqatli yoshdan kattalar

Yuqoridagi ko'rsatkichlar Toshkent viloyati mehnat bozoriga o'zining ta'sirini ko'rsatmasdan qolmaydi albatta. Mehnat bozori va uning samaradorligini ifodalovchi asosiy ko'rsatkichlardan hisoblangan iqtisodiyotda bandlar soni va ishsizlik darajasi bo'yicha olib borilgan tadqiqotlarimiz natijasida ta'kidlashimiz mumkinki ishsizlik darajasi va uni jilovlash masalasi mehnat bozori rivojlanishi uchun muxim omil hisoblanadi.

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son farmoni.

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari asosida tuzilgan.

ADABIYOTLAR SHARHI

Mahalliy tadqiqotchilar Sh.R. Xolmuminov va N.U Arabovlar3 mehnat bozori infratuzilmasi va uning tarkibiy qismlari o'zaro uzviy boglikdigi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etilib, uni rivojlantirish samaradorligini kompleks baholash va istiqbollashtirish uslubiyati hamda davlat va nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari shakllanishi va rivojlanishining asosiy yo'nalishlari aniqlaganlar. Shuningdek, mehnat bozorini tartibga solishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish va mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish samaradorligini oshirishning strategik konsepsiyasi ishlab chiqilgan.

A.E.Kotlyar mehnat bozori sub'ektlarining iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirishda ancha tor yondashuvda bo'lgan 4 . Bunday yondashuv mehnatbozorini ishdan ozod bo'lgan mehnatga layoqatli shaxslar bilan cheklaydi, bunday kishilar muayyan vaqtlarda o'qishdan yoki ishdan bo'sh bo'lib, ishsiz qoladilar va boshqa ish joyi kidirayotgan yoki birinchi marta mehnat faoliyatiga kirishayotgan bo'ladilar. Bunday nazariya namoyandalari mehnat bozorini odamning mehnat qilishga bo'lgan qobiliyatini ayirboshlash bo'yicha kelishuv jarayoni bilan chegaralaydilar va bu qobiliyatdan foydalanish mehnat bozoridan tashqarida, mehnat jarayonida ro'y beradi, deb ta'kidlashadi.

Rossiyalik iqtisodchi olim V.A.Pavlenkov 5 va mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan Q.X.Abdurahmonov mehnat bozori sub'ektlarining iqtisodiy manfaatlarini kengaytirilgan holda talqin qilishni maqbul ko'radilar6.

Tadqiqot metodologiyasi Maqolada ilmiy mushohada, tizimli yondashuv va induksiya va deduksiya kabi tadqiqot usullaridan foydlalanildi. Jahondagi mavjud usul va yondashuvlar tahlillariga asoslanib, Toshkent viloyati mehnat bozori samaradorligini ifodalovchi ishsizlik darajasi va uni kamaytirishdagi muammo va yechimlari bo'yicha taklif ishlab chiqildi.

Tahlil va natijalar

Toshkent viloyati mehnat bozori o'zgarishi va rivojlanishining ekonometrik baholash uchun viloyatdagi ishsizlik darajasi - Yga ta'sir etuvchi korxonalar soni -X3, aholi jon boshiga real daromadlar - X4, o'rtacha nominal hisoblangan oylik ish haqi-X5 va iqtisodiyotda band aholining jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi - X6

3 Xolmuminov Sh.R.,Arabov N.U.Mexnat bozori infratuzilmasi.O'quv qo'llanma.-T.:"Fan va texnologiyalar", 2016. 150-155 b

4 Kotlyar A.E. O ponyatii rnnka truda // J. Voprosbi ekonomiki. - Moskva, 2008. -No 1. - S 34-35.

5 Pavlenkov V.A. Rbinok truda. -Moskva: Ob^estva Ankil, 2012 - S.34

6 Abdurahmonov K. X. Mehnat iqtisodiyoti. - T.: Mehnat, 2009. - 122-b.

omillari tanlab olindi. Dastlab ushbu omillar o'rtasida korrelyatsion bog'lanish darajasini aniqlab olamiz (1-jadval).

1-jadval

Toshkent viloyatida mehnat bozori samaradorligi o'zgarishiga ta'sir etuvchi omillar o'rtasidagi korrelyatsiya koeffitsienti7

Y X3 X4 X5 Xs

Y

1

X3 0,928982 1

X4 0,891295 0,687302 1

X5 0,908534 0,584386 0,773596 1

X6 0,878841 0,660722 0,743851 0,679389

1

Jadval qiymatlariga e'tibor qaratadigan bo'lsak, viloyatdagi ishsizlik darajasiga nisbatan korxonalar soni -X3 (rY,X3 =0,928982), aholi jon boshiga real daromadlar -X4 (rY,X4=0,891295) o'rtacha nominal hisoblangan oylik ish haqi- X5 (rY,X5 =0,908534) va iqtisodiyotda band aholining jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi -X6 (rY,X6=0,878841) omillari kuchli zichlikda to'g'ri bog'langan bo'lib, omillar o'rtasida rx1,xi<0,8 shartga ko'ra multikoleniarlik mavjud emasligidan jarayonni davom yettirishimiz mumkin.

Buning uchun birinchi navbatda, tanlab olingan omillar o'lchov birliklari turlicha bo'lganligi bois, omil ko'rsatkichlarini logorifmlab chiziqsiz tenglamani hosil qilish bilan birga uni sifat mezonlari asosida tekshiriladi. Unga ko'ra, kuzatilayotgan bog'liqlik o'rtasida regressiya tenglamasini aniqlashni eviews dasturi orqali davom yettirish mumkin (2-jadval)

2-jadval

Toshkent viloyatida mehnat bozori samaradorligi o'zgarishiga ta'sir etuvchi omillar o'rtasidagi regressiya tenglamasi natijalari8

Dependent Variable: LNY Method: Least Squares Date: 11/25/22 Time: 00:05 Sample: 2000 2021 Included observations: 22

Variable Coefficient Std. Yerror t-Statistic Prob.

7 Muallif ilmiy tadqiqot natijalari.

8 Muallif ilmiy tadqiqot natijalari.

LNX3 -1.166770 0.990427 - 1.178047 0.0542

LNX4 -0.498439 0.151994 - 3.279330 0.0044

LNX5 2.067970 0.672634 3.0744357 0.0025

LNX6 -0.437632 1.018315 - 0.429761 0.0313

C 0.117084 5.223590 0.243288 0.0107

tjad=2,109815578

R-squared 0.733180 Mean dependent var 1.873683

Adjusted R-squared 0.670398 S.D. dependentvar 0.501829

S.E. of regression 0.288105 Akaike info criterion 0.545732

Sum squared resid 1.411076 Schwarz criterion 0.793697

Log likelihood -1.003056 Hannan-Quinn criter. 0.604145

F-statistic 11.67831 Durbin-Watson stat 1.878652

Prob(F-statistic) 0.000096 Fjad=0,33730133

Hisob-kitob natijalari bo'yicha jadvalda keltirilgan koeffitsientlar qiymatlaridan kelib chiqqan holda quyidagi tenglmani hosil qilinadi:

LnY = —1.17LnX3 - 0.5LnX4 + 2.068LnX5 - 0.44Ln^6 + 0,12 (1) Aniqlangan 1-regressiya tenglamasi parametrlarini t-Statistic mezonlari bo'yicha ahamiyatliligiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, a=0,05 va df=17 bo'lgan holda tjad=2,1098 ga tengligidan aholi jon boshiga real daromadlar-X4(tX4=|-3.279|>tjad=2,1098) o'rtacha nominal hisoblangan oylik ish haqi -X5 (tX5=3.0744357>tjad=2,1098) parametrlari ahamiyatli bo'lib, qolgan parametrlarning ahamiyatliligini retrospektiv sifat mezonlari MAPE va TIC bilan tekshirish talab yetiladi (2-rasm).

2-rasm.

Regressiya parametrlarini retrospektiv sifat mezonlari natijasi

-1-1-1-1-1-1-1-1-1-1-1-1-r~

00 02 04 06 08 10 12 14 16 18 20

Forecast: LNYF Actual: LNY

Forecast sample: 2000 2021 Included observations: 22

Root Mean Squared Error 0.253258

Mean Absolute Error 0.180328

Mean Abs. Percent Error 10.50163

Theil Inequality Coefficient 0.065664

Bias Proportion 0.000000

Variance Proportion 0.077436

Covariance Proportion 0.922564

Theil U2 Coefficient 1 .056735

Symmetric MAPE 9.768674

3.5

0.5

± 2 S.E.

2-rasmda keltirilgan ma'lumotlarga asosan ta'kidlash mumkinki, MAPE=10,5 bo'lib, bu o'z navbatida MAPE=10,5<20% prognoz aniqligi yuqori va TIC=0,07<1

koeffitsient shunchalik nolga intilishidan regressiya tenglamasi parametrlarining barchasini ahamiyatliligi kelib chiqadi. Logorifm qoidalariga va hisob-kitob jarayonlarini osonlashtirish hamda natijalar aniqligiga erishish uchun yuqorida hosil qilingan regressiya tenglamasini potensirlab olinadi va unga ko'ra quyidagi tenglama

hosil qilinadi: Y = X3ii^.X4:o5.X6o±± (1*) Hosil qilingan 1*-regressiya tenglamasini

haqiqatdan ahamiyatliligini a=0,05 va k1=17; k2=4 bo'lganda FJad=0,33730 ga tengligini e'tiborga olgan holda hisoblangan Fisher qiymati Fhis=11.68 tengligidan FJad<Fhis shartga binoan 1*-regressiya tenglamasining ahamiyatliligi hamda DW=1,88 teng bo'lganligi bois, avtokorrelyatsiya mavjud yemasligidan tenglamaning ishonchli va adekvatligi kelib chiqadi.

Aniqlangan 1*-regressiya tenglamasiga iqtisodiy izoh beradigan bo'lsak, korxonalar sonini, aholi jon boshiga real daromadlarni va o'rtacha nominal hisoblangan oylik ish haqini 1,0 foizga oshirilsa, Toshkent viloyatidagi ishsizlik darajasi mos ravishda 0,1 foizga, 0,02 foiz va 0,01 foizga qo'shimcha qisqartirish mumkinligi aniqlandi. Bundan ko'rinadiki viloyatda birinchi masala sifatida yangi ishlab chiqarish ob'ektlarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

Ishsizlik darajasining yuqori bo'lishi viloyat mehnat bozorining samarali faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shu ma'noda biz ishsizlik darajasining ko'p omilli

ekonometrik tahlilini ham o'tkazganmiz. Yuqorida aniqlangan Y = X3ii^.X4o5.X6o±±

(1*)-regressiya tenglamasidan foydalanib qolgan omillarni vaqt (t=24) bo'yicha quyidagi tenglamalaridan:

Korxonalar soni - X?=2784,8+2159,6*t; Aholi jon boshiga real daromadlar X4=-1086,8+717,1*t; O'rtacha nominal hisoblangan oylik ish haqi -X5=26,4+119,8*t; Iqtisodiyotda band aholi jon boshiga YaHM - X=-3559,4+3217,2*t. foydalangan holda Toshkent viloyatining ishsizlik darajasi o'zgarishining ko'p omilli prognoz natijalari aniqlanadi (4-jadval).

4-jadval

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Toshkenti viloyatining ishsizlik darajasi o'zgarishining ko'p omilli prognoz

natijalari9

Aholi jon O'rtacha oylik Band aholining

Yillar Ishsizlik Korxonalar boshiga real nominal jon boshiga

darajasi, % soni, birlikda daromadlar, ming so'm hisoblangan ish haqi, ming so'm YaHM, ming so'm

9 Muallif ilmiy tadqiqot natijalari

2023 8,2 54615 16123,6 2901,6 73653,4

2024 7,9 56775 16840,7 3021,4 76870,6

2025 7,6 58934 17557,8 3141,2 80087,8

2026 7,3 61094 18274,9 3261 83305

2027 7,0 63254 18992 3380,8 86522,2

Jadvalda keltirilgan Toshkent viloyatining ishsizlik darajasi o'zgarishining ko'p omilli prognoz natijalariga e'tibor qaratadigan bo'lsak, bunda avvalambor, nafaqat viloyatlarda balki, rivojlangan davlatlarda ham ishsizlik darajasini to'laligicha bartaraf etib bo'lmasligi balki, kamaytirish mumkinligini ilmiy tadqiqotlar tasdiqlagan. Bizning tadqiqotimizda ishsizlikning natijaviy omil sifatida olinishi bevosita mehnat bozorida uning ahamiyatligini aniqlashdan iborat bo'lib, bu o'z navbatida viloyatda 2028 yilga borib, ishsizlik darajasi 2023 yilga nisbatan 1,5 foizga kamayishi kutilmoqda, bu esa o'z navbatida Toshkent viloyatida korxonalar sonini 2023 yilga nisbatan olganda 13,7 foizga, aholi jon boshiga real daromadlarni 15,7 foiz va viloyatda band aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmining 14,9 foizga oshib, mos ravishda korxonalar soni 63254 taga yetganda, aholi jon boshiga real daromadlarni 18992,0 ming so'mga va band aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmining 86522,2 ming so'mga yetishi bilan kuzatiladi.

XULOSA VA NATIJALAR

Xulosa qilib aytganda, Toshkent viloyati mehnat bozori ishsizlikning sezilarli darajada saqlanib qolishi, yashirin ishsizlik bilan tavsiflanadi, bu uzoq vaqt ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning murakkablashishi davomida hal etilmagan ko'plab muammolar va qarama-qarshiliklar natijasidir. Umuman olganda, Toshkent viloyati mehnat bozorining zamonaviy modeli quyidagi kamchiliklar bilan tavsiflanadi:

- mehnat munosabatlarini haddan tashqari tartibga solishdan kelib chiqqan bandlik sohasining qattiqligi;

- bandlik siyosati va mehnatga haq to'lashni davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, tarmoq, hududiy, investitsiya, kredit siyosatiga mos kelmasligi;

- bandlik sohasini tartibga solishda faol yondashuvning yo'qligi, bu allaqachon shakllangan muammolar va mavjud tahdidlarga ko'pincha o'z vaqtida javob bermaslikda, ularning oldini olishga qaratilgan tegishli choralar ko'rilmaganda namoyon bo'ladi;

- mehnat bozorining ta'lim xizmatlari bozoriga nomuvofiqligi, bu esa ishchi kuchiga talab va taklifning miqdoriy hamda kasbiy-malakaviy nomutanosibligining kuchayishiga va yoshlarning ishsizligi muammosining keskinlashuviga olib keladi;

- yangi sifatli ish o'rinlarini yaratish hamda yoshlar va yuqori malakali ishchi kuchini jalb etishga ko'maklashuvchi iqtisodiy mexanizmlardan past darajada foydalanish;

- samarali bandlikni ta'minlash uchun samarali rag'batlantirish mavjud bo'lmaganda, ishsizlarning qaram munosabatlarini qo'llab-quvvatlashga davlat siyosatining e'tibori;

- ixtisoslashtirilgan davlat dasturlari samaradorligining pastligi, me'yoriy-huquqiy hujjatlarning eskirganligi va nomuvofiqligi, qoidalarining xalqaro standartlarga yetarli darajada moslashtirilmaganligi, mehnat munosabatlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlashning samarali mexanizmining mavjud emasligidan iborat bo'lgan mehnat qonunchiligining nomukammalligi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi 2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida PF-60-son farmoni. https://president.uz/uz

2. Xolmuminov Sh.R., Arabov N.U. Mexnat bozori infratuzilmasi. O'quv qo'llanma. -T.: "Fan va texnologiyalar", 2016. 150-155 b

3. Котляр А. Е. О понимании рынка труда // Ж. Вопросы экономики. -Москва, 2008. - № 1. - С 34-35.

4. Павленков В.А. Рынок труда. -Москва: Общество Анкил, 2012 - С.34.

5. Abdurahmonov K. X. Mehnat iqtisodiyoti. - T.: Mehnat, 2009. - 122-b.

6. Abduraxmonov Q.X., Shoyusupova N.T. Aholini ish bilan bandligi. O'quv qo'llanma. - T.: 2011. - 291 b.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rasmiy sayti. https://Stat.uz.

8. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Toshkent viloyat boshqamasi rasmiy sayti. https://Toshvilstat.uz.

9. O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rasmiy sayti va yillik to'plamlari. https : //mehnat/uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.