Научная статья на тему 'YOLG‘IZLIK HODISASINING NAZARIY TAHLILI'

YOLG‘IZLIK HODISASINING NAZARIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
366
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yolg‘izlik / tanholik / begonalashish / destruktiv xulq / dezadaptatsiya / yakkalanish / quvg‘inlik / hissiy holat / desotsializatsiya / loneliness / solitude / alienation / destructive behavior / dezadaptation / isolation / persecution / emotional state / desotsialization

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Saminjonova, Zulayho Ibrohimjon Qizi, Abduvositov, Xumoyun Faxriddin O‘G‘Li

“Ijtimoiy-psixologik yolg‘izlik” tushunchasining tadqiq qilinishi “yolg‘izlik” atamasining mazmun-mohiyatini to‘la ochib berish muhimligini ko‘rsatadi. “Yolg‘izlik” atamasi turlicha talqinga ega. Unga ta’rif berishning murakkabligi shundaki, u ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida aniq ifodalanadigan mezoniy chegaralarga ega emasligi va individual aks ettiriladigan kechinma sifatidagi psixik omillarni murakkablashtirishidadir. Yolg‘izlik muammosi sotsiologiya, falsafa, psixologiya, madaniyatshunoslik, pedagogika, tibbiyot va dinshunoslik kabi insoniya taraqqiyotini ifodalaydigan fanlarning o‘rganish obyektiga kiradi. Ularning har biri yolg‘izlik fenomenini o‘z fanining tadqiqot doirasidan kelib chiqqan holda tahlil qiladi va yangidan-yangi konseptual jihatlar bilan boyitishga urinadi. Shu bilan bir qatorda ta’kidlash joizki, mazkur muammoning nazariy hamda amaliy tomondan ishlab chiqilishi ijtimoiy psixologiya doirasida dolzarblilikni kasb etadi, chunki yolg‘izlik fenomeni insonlar o‘rtasidagi shaxslararo munosabatlarga bevosita taalluqli. Ushbu maqolada yolg‘izlik hissining ifodalanishiga oid turli qarashlarning nazariy tahlili bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORETICAL ANALYSIS OF THE PHENOMENON OF LONELINESS

The study of the concept of “socio-psychological loneliness” shows the importance of full disclosure of the content of the term “loneliness”. The term “Loneliness” has a different interpretation. The complexity of its definition lies in the fact that it does not have clearly defined criteria as a socio-psychological phenomenon and complicates mental factors as individually reflected experiences. The problem of loneliness is included in the object of study of such sciences representing the development of mankind as sociology, philosophy, psychology, cultural studies, pedagogy, medicine and religious studies. Each of them analyzes the phenomenon of loneliness, based on the research framework of their science, and tries to enrich it with new conceptual aspects. At the same time, it should be noted that the development of this problem from both the theoretical and practical sides is becoming relevant in the framework of social psychology, since the phenomenon of loneliness directly concerns interpersonal relationships between people. This article presents a theoretical analysis of loneliness in various views.

Текст научной работы на тему «YOLG‘IZLIK HODISASINING NAZARIY TAHLILI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

YOLG'IZLIK HODISASINING NAZARIY TAHLILI

Saminjonova Zulayho Ibrohimjon qizi

Farg'ona davlat universiteti Amaliy psixologiya yo'nalishi talabasi Abduvositov Xumoyun Faxriddin o'g'li

Kasb ta'limi (AKT) yo'nalishi talabasi TATU Farg'ona filiali

ANNOTATSIYA

"Ijtimoiy-psixologik yolg'izlik" tushunchasining tadqiq qilinishi "yolg'izlik" atamasining mazmun-mohiyatini to'la ochib berish muhimligini ko'rsatadi. "Yolg'izlik" atamasi turlicha talqinga ega. Unga ta'rif berishning murakkabligi shundaki, u ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida aniq ifodalanadigan mezoniy chegaralarga ega emasligi va individual aks ettiriladigan kechinma sifatidagi psixik omillarni murakkablashtirishidadir. Yolg'izlik muammosi sotsiologiya, falsafa, psixologiya, madaniyatshunoslik, pedagogika, tibbiyot va dinshunoslik kabi insoniya taraqqiyotini ifodalaydigan fanlarning o'rganish obyektiga kiradi. Ularning har biri yolg'izlik fenomenini o'z fanining tadqiqot doirasidan kelib chiqqan holda tahlil qiladi va yangidan-yangi konseptual jihatlar bilan boyitishga urinadi. Shu bilan bir qatorda ta'kidlash joizki, mazkur muammoning nazariy hamda amaliy tomondan ishlab chiqilishi ijtimoiy psixologiya doirasida dolzarblilikni kasb etadi, chunki yolg'izlik fenomeni insonlar o'rtasidagi shaxslararo munosabatlarga bevosita taalluqli. Ushbu maqolada yolg'izlik hissining ifodalanishiga oid turli qarashlarning nazariy tahlili bayon qilingan.

Kalit so'zlar: yolg'izlik, tanholik, begonalashish, destruktiv xulq, dezadaptatsiya, yakkalanish, quvg'inlik, hissiy holat, desotsializatsiya

ТЕОРЕТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ФЕНОМЕНА ОДИНОЧЕСТВА

АННОТАЦИЯ

Изучение понятия "социально-психологическое одиночество" показывает важность полного раскрытия содержания термина "одиночество". Термин "Одиночество" имеет различное толкование. Сложность его определения заключается в том, что он не имеет четко выраженных критерий как социально-психологическое явление и усложняет психические факторы в качестве индивидуально-отражаемых переживаний. Проблема одиночества входит в объект изучения таких наук, представляющих развитие человечества,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

как социология, философия, психология, культурология, педагогика, медицина и религиоведение. Каждый из них анализирует феномен одиночества, исходя из исследовательских рамок своей науки, и пытается обогатить его новыми концептуальными аспектами. В то же время следует отметить, что разработка данной проблемы как с теоретической, так и с практической стороны приобретает актуальность в рамках социальной психологии, поскольку феномен одиночества напрямую касается межличностных отношений между людьми. В данной статье изложен теоретический анализ одиночества в различных взглядов.

Ключевые слова: одиночество, уединение, отчуждение, деструктивное поведение, дезадаптация, изоляция, преследование, эмоциональное состояние, десоциализация

THEORETICAL ANALYSIS OF THE PHENOMENON OF LONELINESS

The study of the concept of "socio-psychological loneliness" shows the importance of full disclosure of the content of the term "loneliness". The term "Loneliness " has a different interpretation. The complexity of its definition lies in the fact that it does not have clearly defined criteria as a socio-psychological phenomenon and complicates mental factors as individually reflected experiences. The problem of loneliness is included in the object of study of such sciences representing the development of mankind as sociology, philosophy, psychology, cultural studies, pedagogy, medicine and religious studies. Each of them analyzes the phenomenon of loneliness, based on the research framework of their science, and tries to enrich it with new conceptual aspects. At the same time, it should be noted that the development of this problem from both the theoretical and practical sides is becoming relevant in the framework of social psychology, since the phenomenon of loneliness directly concerns interpersonal relationships between people. This article presents a theoretical analysis of loneliness in various views.

Keywords: loneliness, solitude, alienation, destructive behavior, dezadaptation, isolation, persecution, emotional state, desotsialization

Yolg'izlik muammosining nazariy jihatdan asoslanishi qadimiy ildizlarga ega. Yolg'izlik mavzusi barcha davrda har bir insoniyat vakilining diqqat markazida bo'lgan. Bundan qadimgi dunyo miflari, diniy matnlar, teologlarning yozma

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

manbalari dalolat beradi. Qadim davrlarda insoniyatning jamoaviy yashash tarzida eng qattiq jazo sifatida quvg'inlik (surgun qilish) belgilanar edi. Ya'ni yolg'izlik insonni o'z yaqinlaridan uzoqlashtirgan holda dezadaptatsiya va desotsializatsiyaning yorqin ko'rinishi sifatida maydonga chiqardi. Mazkur an'ana bizning zamonamizda ham saqlanib qolgan. Surgun qilish tushunchasinin zamonaviy tahlili har doim individning jamiyatdan jismoniy yakkalanishini anglatmaydi. Jamiyatda psixologik yakkalash usullaridan muloqotdan chetlashtirish, mensimaslik, befarq munosabatda bo'lish kabilar ham keng tarqalgan. Amerikalik yozuvchi Tomas Vulfning ta'kidlashicha, yolg'izlik - insoniyat jamiyatining universal holati bo'lib, har bir individ hayotidagi sinov hisoblanadi [4].

O'zbek tilining izohli lug'atida qisqa ifodalangan ta'rif berilgan: " yolg'izlik -birorta ham sherigi yo'q, bir o'zi, yakka, tanho"[6, 256-b.]. Psixologik lug'atda kengroq tavsifni uchratishimiz mumkin: "Yolg'izlik - psixogen omillardan biri bo'lib, insonning o'zgalardan yakkalangan vaziyatidaga noodatiy sharoitda namoyon bo'ladigan emotsional holatidir" [1, 248-249 b.]. Mazkur ta'riflar yolg'izlik fenomenini ijtimoiy psixologiya nuqtai nazaridan ko'rib chiqishga, insonning emotsional holatlarining turlicha yuzaga kelishining sabablari va mohiyatini anglashga, yolg'izlik fenomenini ijobiy va salbiy ko'rinishlarda tahlil qilish an'anasini ajratib ko'rsatish imkonini beradi. Bundan tashqari keltirilgan ta'rif "yolg'izlik" so'zi bilan bir qatorda "tanholik" va "yakkalanish" so'zlarining ham qo'llanilishi lozimligini e'tirof etadi. Ular o'rtasidagi mazmuniy chegaralarni yanada aniqlashtirish uchun ushbu so'zlarning kelib chiqishiga (etimologiyasiga) e'tiborni qaratib tahlil qilish lozim.

MUHOKAMA

Yolg'izlik "yolg'iz inson" ma'nosida "yolg'iz yashaydigan odam" tushunchasi bilan korrelyatsiya qilinadi. Ye. N. Klimentyeva bu atamaga quyidagicha ta'rif beradi: "Yolg'iz odam ijtimoiy kategoriya sifatida nafaqat shaxslararo muloqotning yetishmasligidan aziyat chekadi, balki past darajadagi ijtimoiy identiklik va shaxslararo ishonch xos, jamiyatdagi shart-sharoitlarga moslashishi past bo'lgan, o'z shaxsiy hayotidan qoniqmaydigan, internal lokus-nazoratdagi inson"[2]. Ushbu ta'rifni tahlil qilar ekanmiz, undagi davlatdan ijtimoiy himoya borasida foylana olmaslik ta'biri ijtimoiy boshqarish sohasiga taalluqli ekanligini ko'rsatadi

"Yakkalanish" so'zi fransuz tilidagi "isolation", "isoler" fe'lidan, yakkalash, italyan tilidan "isolato" "alohida, yakka", isola "orol", lotin tilidan insula orol ma'nolarini beradi. Bundan yaqqol ko'rinib turibdiki, yakkalanish mazmunan kelib chiqish jihatidan yolg'izlik va tanholik so'zlari bilan aynan [3]. Yolg'izlikni ijtimoiy

370

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

va psixologik fenomen sifatida talqin qilish borasida ba'zi tadqiqotchilar uning tanholik va yakkalanish tushunchalaridan farqli tomonini Yolg'izlik maxsus ichki ma'noni anglatuvchi ekanligini, ba'zi tadqiqotchilar esa bu tushunchalarni sinonim sifatida qo'llanilishini ta'kidlaydilar. Yolg'izlik tanholik va yakkalanish tushunchalari sinonim emas, deb hisoblaydi Trubnikova. U shunday izohlaydi: "Yakkalanish insonning ijtimoiy borliqqa nisbatan munosabatidagi jismoniy, fazoviy va davomli joylashuviga bog'liq" [4], tashqi namoyon bo'ladigan hodisa, ichki psixik kechinma emas". U.Sadler va T. Djonslar ta'kidlashlaricha: jismoniy yakkalanishni aniqlash uchun ko'z bilan ko'rish kifoya, lekin yolg'izlikni anglash uchun uni his qilib ko'rish lozim" [3]. Yakkalanish haqida so'z ketar ekan, "insonning jamiyatdan, oilasidan yakkalanishi" iborasini qo'llashimiz mumkin, lekin yolg'izlik atamasini izohlashda bunday deyish noo'rin. Yolg'izlik bilan doimo ijtimoiy yakkalanish hamnafas emas. Yolg'izlikni his qilish odamlar ichida bo'lib ham ro'y berishi mumkin. Tashqi ijtimoiy yakkalanish yolg'izlikni anglatmaydi, balki mazkur hisning paydo bo'lishi uchun zamin yaratishi yoki uning alomatlarini chuqurlashtirish mumkin. Yolg'izlik tashqi yakkalanishdan farqli ravishda insonning jamiyat bilan, o'z-o'zi bilan ichki munosabatlarini aks ettiradi va stress, qoniqmaslik, azoblanish, inqiroz kabi salbiy emotsiyalar bilan birgalikda namoyon bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, yolg'izlik va yakkalanish aynan, o'xshash tushuncha emas.

Zamonaviy tadqiqotchilardan G. M. Tixonov "yolg'izlik-tanholik" juft tushunchalarini fenomenologik tarzda, qutbiy mazmunda tahlil qilgan. "Yolg'izlik" atamasi tahqirlangan, tashlab ketilgan, bir-biridan ajralgan, kommunikativ ojizlikni bildiradi, ya'ni jamiyatdan istisno qilingan sharoitda subyektiv kechinmalar belgisidir. Tanholik atamasini subyektiv his-tuyg'u sifatida insonning obyektiv tarzdagi o'zgalardan jismonan uzoqlashishi deb urg'u beradi, muallif [2].

D. A. Mateyev ikki juftlik tushunchalar "yakkalanish-yolg'izlik" va "tanholik-yolg'izlik" tushunchalarini to'g'ri deb qabul qilingan ikki holat o'rtasidagi ziddiyat va qarama-qarshilik deb ataydi [3]. Olimning yozishicha, yakkalanish subyektning atrofdagi qurshovdan majburan uzilish, o'zgalardan jismoniy uzoqlashish. Agar yakkalanish tashqi tomondan namoyon bo'ladigan majburiyat bo'lsa, yolg'izlik -ichki subyektiv kechinma. Tanholik esa vaqtinchalik yuzaga keladigan kommunikatsiyaning uzilishi va u jamiyatning bir qismi sifatidagi individning muayyan maqsadlarini amalga oshirishdagi muvaffaqiyatini belgilaydi. Yolg'izlik -doimiy muloqotning buzilishi, insonning atrof-muhitdan og'riqli uzilishi, o'z olamga o'xshamasligini anglashdir. Mazkur tahlil fanga G.I.Kolesnikova tomonidan kiritilgan bo'lib, u yolg'izlikni ekzistensial mazmun-mohiyatdan yiroq bo'lgan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

og'riqli holat, deb ataydi [4], ya'ni olim yolg'izlik tushunchasiga semantik jihatdan ta'rif bergan.

Yolg'izlik tushunchasiga yana bir yaqin bo'lgan tushuncha begonalashish bo'lib, u mutaxassislar tomonidan jamiyatdagi qadriyatlar, meyorlarning qabul qilmaslik kabi shaxsning ma'naviy oriyentirlari qatoriga kiritiladi va individning ichki ruhiy olamidagi erkinlikning chegaralanishi deb qaraladi. Tadqiqotchilar yolg'izlik fenomenini tahlil qilishda ikkita tendensiyani; biri salbiy yo'nalishdagi, ikkinchisi ijobiy yo'nalishdagi yolg'izlikni ajratishadi. Inson turmush tarziga yolg'izlik hissining ta'siri masalasini aniqlashtirish yolg'izlikni antinomik ko'rinishda tahlil qilishga imkon beradi, bir tomondan shaxsning destruktiv bosqichi sifatida, ikkinchi tomondan yaratuvchanlik sifatidagi o'z-o'zini anglash bosqichini namoyon qiladi. Qarashlardagi turli-tumanlik esa hozirgi kunda yolg'izlik fenomenologiyasi va psixologik mexanizmlarining yetarli darajada o'rganilmaganligidan dalolat beradi.

Tanholik tushunchasiga ko'plab tadqiqotchilar yolg'izlik tushunchasiga ham taalluqli bo'lgan tavsiflarni kiritishadi. Ixtiyoriy yoki majburiy yolg'izlik mavqelari mutlaqo ijtimoiy yo'nalishga ega va tuzilish jihatidan antinomik. Ixtiyoriy yolg'izlik ijobiy yo'nalishga ega bo'lgan holda tanholik atamasini ifodalaydi. Tanholik tushunchasi tuzilishining tipologiyasini Golman [5] 1) ijtimoiy ahamiyatli insonlar toifasining majburiy jismoniy yoki ijtimoiy yakkalanishi; 2) tashqi aloqalarning ma'naviy takomillashuv maqsadidagi ongli chegarasi; 3) g'am-g'ussa muloqotdagi ehtiyojning qoniqmasligi, tushunilmasligi, ruhiy va ma'naviy yakkalanishning mashaqqatli kechinmasining his qilinishi, deb ataydi.

Shunday qilib, tanholik inson tomonidan ongli ravishda o'z-o'zini takomillashtirish maqsadida kommunikativ aloqalarning chegaralanishi, ya'ni bunyodkor yolg'izlik deb atasak bo'ladi. Kam miqdorda istisno tariqasida tanholik muloqotdan qoniqmaslik va rad etilganlik hissi deb ham baholanadi.

Yolg'izlik hissi yoshlar tasavvurida jamiyat bilan bog'liq ravishda tarkibiy qismlarga ajratiladigan, yoshlar tomonidan destruktiv mazmunda va psixologik disgarmoniya sifatida qaralmaydigan hodisadir. Ushbu hodisa zamonaviy jamiyatda ro'y berayotgan ijtimoiy-madaniy, texnologik xarakterdagi global o'zgarishlar sharoitida yangi hodisa deb baholanmoqda. Boshqa tomondan, insonning jamoaviy tabiati shaxsning o'zini o'zi takomillashtirishning ekzistensial asoslarini amalga oshirish imkoniyatlarining chegaralanganligidan salbiy kechinma ko'rinishida ifodalanmoqda. Bunday vaziyatda yolg'izlikni tabiiy emotsional ehtiyojining yetishmasligi natijasida individual ravishda vujudga keladigan turli qit'adan iborat

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

kechinma sifatida tavsiflash mumkin. Uning turliligi ifodalanish kuchi, chuqurligining farqlanishi bilan tushuniladi.

Xulosa qilib aytganda, birinchidan, yolg'izlik mazmun-mohiyat jihatidan serqirra hodisa bo'lib, u ekzistensial, ijtimoiy va shaxsiy determinantlar bilan izohlanadi. Mazkur fenomenni talqin qilishning murakkabligi insonning binar, qarama-qarshi (individual va ijtimoiy) mohiyati, yolg'izlik refleksiyasi va shakllarining turli-tumanligi taqaladi. Fikrlarning tarqoqligi hozirgi kunda yolg'izlik fenomenologiyasi, ijtimoiy va psixologik mexanizmlari yetarli darajada o'rganilmaganligidandir. Yolg'izlik fenomenini tahlil qilishda ikkita asosiy yo'nalish farqlanadi, ya'ni salbiy va ijobiy. Bu esa yolg'izlikni antinomik tarzda ko'rib chiqilishini taqozo etadi. Buni yaratuvchanlik va vayronkorlik sifatida talqin qilish maqsadga muvofiq. Yolg'izlik "tanholik" va "yakkalanish" atamalari bilan korrelyatsiya qilinadiki, bu ushbu tushunchalarning kelib chiqishi aynan, o'xshash, lekin mazmunan har xilligidan dalolat beradi. Ikkinchidan, ijtimoiy-psixologik yolg'izlik - kichik guruhlarda shaxslararo ta'sirlarning xususiyatlarini aks ettiradigan murakkab fenomen bo'lib, u muloqot subyektida ijobiy va salbiy kechinmalarni yuzaga keltiradi.

REFERENCES

1. Психология общения. Энциклопедический словарь. //под ред. А.А.Бодалева. - М.: Когито-центр. 2011. С. 267

2. Эргашова З. Этимология термина «одиночество» в рамках социальной психологии. Актуальные вопросы современной психологии, 2021. С. 354-360

3. Юлдашева М. Б. Изучение проблемы одиночества современной молодежи //Вестник науки и образования. - 2019. - №. 24-3 (78). - С. 66-68

4. Юлдашева М., Эргашева Г. Понятие внутриличностного конфликта в социальном психоанализе. talqinvatadqiqotlar.uz

5. Yuldasheva M. B. et al. Semantic Analysis of Feeling Loneliness among Students //Annals of the Romanian Society for Cell Biology. - 2021. - С. 1455214558.

6. O'zbek tilining izohli lug'ati: 2 tomli./S.F.Akabirov, T.A.Aliqulov, S.I.Ibragimov va boshq.; Z.M.Magrufov tahriri ostida.- M.:Rus.yaz.,1981. 1 tom. A-

XULOSA

R.632 b.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

7. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

8. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

9. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(6), 8894-8903.

10. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.

11. Barchinoy, K. (2019). Problems of Improving Artistic Perception of Future Art Teachers. Cross-Cultural Communication, 15(4), 79-82.

12. Qurbonova, B. (2021). The history of visual art and it's importance in people life. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 1558-1561.

13. Kakharovna, A. M., Tadjimatovich, Y. M., Rakhmatovich, S. O., & Mirzahamdamovna, Q. B. (2021). Modern Approaches to the Teaching of Fine Arts. Solid State Technology, 64(2), 4250-4254.

14. Nodirjon, M., Abdusalom, M., & Ozodbek, S. (2021). TECHNOLOGIES OF TEACHING FINE ARTS WITH MODERN METHODS.

15. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.

16. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF FINE ARTS.

17. Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.

18. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

19. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

20. Mannopov, S. (2004). Uzbek folk music culture.(Study guide) Tashkent. New

Age Generation.

21. Маннопов, С. (2018). Навобахш охднглар. Т.: IJOD-PRESS нашриети.

22. Маннопов, С. У. Л. Т. О. Н. А. Л. И. (2004). Узбек халк мусика маданияти. Янги аср авлоди.

23. Маннопов, С. (1852). Ходжи Абдулазиз Абдурасулов (1852-1936).

24. Abdusattorov, A. About Makom Melodies Adapted for Orchestra of Uzbek Folk Instruments. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 2(11), 28-30.

25. Kurbanova, B., Khurshid, M., & Tokhirjon, S. (2022, May). THE ROLE AND IMPORTANCE OF A SYSTEMATIC APPROACH TO TEACHING IN THE FINE ARTS. In Archive of Conferences (pp. 105-107)

26. Мамазияев, Х. А. У. (2022). МА^ОМ САНЪАТИДА МУСИКД ЧОЛГУЛАРИНИНГ ТАДРИЖИ. Science and innovation, 1(C3),

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.