Научная статья на тему 'YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI TUSHUNCHASI'

YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI TUSHUNCHASI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
2050
135
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yo‘l harakati / xavfsizlik / mexanik / transport / yo‘l harakati qatnashchilari. / Traffic / safety / mechanics / transportation / traffic participants

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Allayarov, N.U.

Mazkur maqolada yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad ham avvalo yo‘l harakati qatnashchilarining hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishning qonuniy kafolatlarini mustahkamlashdir. Bu borada yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning yangicha va zamoviy mexanizmlarni ishlab chiqish, ushbu faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, muammolarni tadqiq etish va bartaraf etish bo‘yicha samarali metodlarini ishlab chiqish muhim ahamiyati haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONCEPT OF TRAFFIC SAFETY

The main purpose of the reforms in the field of road safety in this article is to strengthen the legal guarantees for the protection of life and health of road users. In this regard, the importance of developing new and modern mechanisms for road safety, conducting research in these areas, the development of effective methods for research and elimination of problems was discussed.

Текст научной работы на тему «YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI TUSHUNCHASI»

YO'L HARAKATI XAVFSIZLIGI TUSHUNCHASI

N.U. Allayarov

O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi O'quv-saf qismi otryad komandiri,

podpolkovnik

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan ko 'zlangan asosiy maqsad ham avvalo yo 'l harakati qatnashchilarining hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilishning qonuniy kafolatlarini mustahkamlashdir. Bu boradayo'l harakati xavfsizligini ta'minlashningyangicha va zamoviy mexanizmlarni ishlab chiqish, ushbu faoliyat yo 'nalishlari bo 'yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, muammolarni tadqiq etish va bartaraf etish bo 'yicha samarali metodlarini ishlab chiqish muhim ahamiyati haqida so 'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: Yo'l harakati, xavfsizlik, mexanik, transport, yo'l harakati qatnashchilari.

ABSTRACT

The main purpose of the reforms in the field of road safety in this article is to strengthen the legal guarantees for the protection of life and health of road users. In this regard, the importance of developing new and modern mechanisms for road safety, conducting research in these areas, the development of effective methods for research and elimination of problems was discussed.

Keywords: Traffic, safety, mechanics, transportation, traffic participants.

АННОТАЦИЯ

Основной целью реформы безопасности дорожного движения в данной статье является усиление правовых гарантий защиты жизни и здоровья участников дорожного движения. В связи с этим обсуждалась важность разработки новых и современных механизмов обеспечения безопасности дорожного движения, проведения научных исследований в этих областях, разработки эффективных методов исследования и устранения проблем.

Ключевые слова: Дорожное движение, безопасность, механика, транспорт, участники дорожного движения.

KIRISH

Yo'l harakati havfsizligini ta'minlashni nazariy o'rganish ob'ektlari qatorida "yo'l harakati xavfsizligi" tushunchasini o'rganish markaziy o'rinni egallaydi. "Yo'l harakati xavfsizligi" tushunchasining turli xil ta'riflari borligiga uning mazmunida bo'ladigan doimiy o'zgarishlar bilan izohlanadi. Bu har qanday hodisaning tabiiy

1083

holatidir. Yo'l harakati xavfsizligining mazmuni davlat rivojlanishining o'ziga xos tarixiy shart-sharoitlari, uning nazariy tushunchasi va qonunchilikni tartibga solish holati bilan ham belgilanadi. Shunday qilib, 90-yillarda siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar oqibatida XX asrning oxirlarida shakllangan ushbu kategoriyaning izohi, sovet davridagi tushunchadan mutlaqo farq qiladi. Shu nuqtai nazardan ta'kidlashimiz lozimki, ushbu tushunchaning tadqiqi ikkita asosiy "yo'l harakati" va "xavfsizlik" tushunchalarning tahliliga tayanib, ularning mazmun va mohiyatini alohida-alohida o'rganish maqsadga muvofiqdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yo'l harakatini tasavvur etgan xolda G.I. Klinkovshteyn va M.B. Afanasevlar buning tagida piyodalar va har xil turdagi va mexanik bo'lmagan transport vositalarining umumiy harakatini o'zida mujassam etgan mavjud murakkb dinamik tizimni tushunishgan1. I.K. Shaxrimanyan tomonidan bildirilgan fikr ham e'tiborga molik bo'lib, unda yo'l harakatining ijtimoiy-huquqiy tomoni o'z aksini topgan: "Yo'l harakati -bu odamlar va yuklarning transport vositalari yordamida shuningdek, odamlarning yo'llarda transport vositalarsiz, davlat organlari tomonidan tartibga solingan va maxsus huquqiy normalar bilan chegaralangan yo'l harakati jarayoniga to'sqinlik qiluvchi real holatda xavfli vaziyat sharoiti vujudga kelishi mumkin bo'lgan harakatlanish hisoblanadi"2. Muallif ushbu ta'rifida eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai nazarlarni ajratib ko'rsatgan. Ko'rinib, turibdiki, bu ta'riflarning bitta kamchiligi - ular yo'l harakatining faqat tashqi ijtimoiy va texnik taraflarini aks ettirib, yo'l-transport xodisasi sabablari qilib ko'rsata oladigan mavjud omillarni asoslab bermaydi. Shu sababli, R.I. Denisov tomonidan berilgan yo'l harakati ta'rifi, ya'ni insonning yo'l harakatidagi roli, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashga bo'lgan munosabati o'rinlidir. U yo'l harakatini huquqiy tartibga solish ob'ekti sifatida o'rganib, yo'llarda transport vositalari yoki vositalarsiz, shuningdek, bu harakatlashining boshqaruv sharoitlari jarayonida, yo'lovchi va yuklarni tashish bilan bog'liq bo'lgan zaruriyatni ijtimoiy munosabatlar yig'indisi sifatida ko'rilishini taklif etdi3. Biroq, oqibatda bunday yondashuv o'z rivojiga ega bo'lmadi, chunki yo'l harakatini piyodalar va avtotransport vositalari egalarini hisobga olmagan xolda faqatgina transport vositalarining o'zini tadqiq etishga qaratilgan edi.

Yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashda barcha yo'l harakati qatnashchilarining intizomiy xatti-harakatlarini ta'minlovchi yo'l harakati normalari va qoidalarini

1Лукьянов В.В. Безопасность дорожного движения. - М.. 1983. - С. 12.

2Шахриманьян И.К. Указ. соч. - С. 36.

3Денисов Р.И. Административный надзор в сфере дорожного движения.- М.,1981.-С. 7.

1084

buzganlik uchun ma'muriy majburlov chorasi, intizomiy, fuqaroviy va jinoiy javobgarlik kabi davlatning majburlov choralarini huquqiy tartibga solish muhim ahamiyat kasb etadi4.

Yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash muammosini hal etish "yo'l harakati xavfsizligi", "jamoat tartibi", "jamoat xavfsizligi" tushunchalarni talqin qilishga qaratilgan ko'plab ilmiy yondashuvlar bilan bog'liq.

Yo'l harakati davlat iqtisodiyotining o'sishi, tarmoqlarining, avtotransport turargohlarining texnik jihozlanganligi huquqiy tartibot holatiga sezilarli ta'sir ko'rsatadigan ijtimoiy omillardan biri sifatida o'zini namoyon etadi. Shu munosabat bilan ushbu munosabatlarni ma'muriy-huquqiy tartibga solish mexanizmlarini tahlil etish zarur. Shu maqsadda I. I. Veremeenko tartibga solishning paydo bo'lish o'rni, mohiyati va maqsadlari kabi sifatlardan foydalanish zaruriyatini asoslab berdi5. V.V. Lukyanov tomonidan ma'muriy-huquqiy adabiyotda "yo'l harakati xavfsizligini ta'minlamoq" to'g'risidagi nuqtai nazari - bu avtomobillashtirishni rivojlantirish sharoitida yo'l-transport hodisalarning, vafot etganlarning va jarohat olganlarning umumi sonini kamaytirishga erishishdir6. Bu esa o'z navbatida "yo'l harakati xavfsizligi" tushunchasining mohiyatini insonlar hayoti va sog'lig'i, mulklariga zarar yetkazish natijasining asosiy ob'ekti sifatida aniqlash zaruriyati borligini ko'rsatib berdi7. Shunday qilib, yo'l harakati qatnashchilariga nisbatan xavfsizlik tushunchasi ularning konstitusion huquqlari, sog'liqni saqlash va xavfsiz mehnat sharoitlari bilan bog'liq. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, yo'l harakati - bu insonlar, shuningdek, predmetlari, vositalari va mehnat mahsulotlarining harakatlanishga bo'lgan ijtimoiy ehtiyojini qondirish usullaridan biridir. Aks holda, haydovchi o'ziing transport ehtiyojlarini qondira olmaydi va harakatlanish manfaatlarini amalga oshira olmaydi. Binobarin, xavfsizlik tushunchasining mohiyatida muhim hayotiy manfaatlarning himoyalanganlik holati sifatida faqat o'z hayoti va sog'lig'i saqlashnigina emas, balki harakatlanishda o'zining ehtiyojlarini amalga oshirishni ham nazarda tutadi. Yo'l harakati masshtablarini hisobga olgan xolda ushbu manfaatlar himoyasi ijtimoiy va davlat ahamiyatiga molik masaladir.

4 Амбарцумян В.В. Проблемы обеспечения безопасности дорожного движения: дис.... д-ра юрид. наук.- Ереван, 1980; Игнатов Л.И Организационные основы деятельности органов внутренних дел по обеспечению безопасности дорожного движения: учебное пособие. - М., 1991; Бабкое В.Ф. Дорожные условия и безопасность движения. - М., 1982; Ротенберг В.В. Основа надежности системы «водитель-автомобиль-дорога — среда». - М., 1986.

5 Веремеенко И.И. Механизм административно-правового регулирования в сфере охраны общественного порядка: в 2 ч. — М., 1981 . — Ч. 1. - С. 13.

6 Лукьянов В.В. Безопасность дорожного движения. — С. 16.

7 Лукьянов В.В. Состав и квалификация дорожно-транспортных преступлений и административных правонарушений. — С. 6.

Ushbu xususiyatlardan foydalanish xavfsizlik darajasi bo'yicha baholash mezonlarini o'zgartirish zarurligini ko'rsatadi. Transport vositasi boshqaruvida nosozliklarga olib keluvchi xolatlarni, shuningdek, transport vositalari, yo'lovchi va manbalarning harakatlanishi uchun texnologik zarur tezlik, moddiy resurslarning sarflanishini kamaytirish kabi unsurlarni hisobga olish zarur.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 11 dekabrdagi 472-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Yo'l harakati qoidalari"ning 2-bandida tahlil qilinayotgan tushunchaga "yo 'l harakati xavfsizligi -yo 'l harakati qatnashchilarining yo 'l-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo 'l harakati holati " deb ta'rif berilgan8. Shuninglek, 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan "Yo'l harakati qoidalari"ning 6-bandida ham "yo'l harakati xavfsizligi" tushunchasiga yuqoridagi ta'rif aynan bayon etilgan. Ya'ni unga ko'ra "yo 'l harakati xavfsizligi - yo 'l harakati qatnashchilarining yo 'l-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo 'l harakati holati "9 hisoblanadi.

Ko'rinib turibdiki, "yo'l harakati xavfsizligi" hamda "yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash" tushunchalarining huquqiy ta'riflari turli davrlarda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda o'zgarishsiz bayon etilgan. Biz buning sababini mazkur tushunchalarning mukammal ta'rifi ishlab chiqilganligi emas, aksincha ushbu tushunchalari umumiy mazmun bilan ifodalanganligi bilan izohlaymiz. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2021 yil 29 noyabrdagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasida "yo'l harakati xavfsizligi" tushunchasining mazmuniga ta'sir qiluvchi bir qator normalar joy oldi. Xususan, "yo'l harakati xavfsizligi" tushunchasi "jamoat xavfsizligi" tushunchasining tarkibiy qismi sifatida tushunila boshlandi. Xususan, "jamoat xavfsizligi" tushunchasiga "jamiyatning qonunga xilof tajovuzlar, ijtimoiy va millatlararo nizolar, favqulodda vaziyatlar va boshqa tahdidlardan himoyalanganlik holati bo'lib, u jamiyatning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi hamda insonning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ro'yobga chiqarilishini ta'minlaydi" deb ta'rif berilgan. Endilikda "jamoat xavfsizligi" tushunchasi "jamoat tartibini saqlash", "huquqbuzarliklar

8 Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacH Ba3Hp^ap MaxKaMacuHHHr 2000 hhïï 11 geKa6pgaru "Hyn ^apaKara KOHgarapHHH TacgHK^am TyrpucHga" 472-coh Kapopu // https://www.lex.uz/acts/393128.

9 y36eKHCTOH Pecny6^HKacH Ba3Hp^ap MaxKaMacuHHHr 2015 hhïï 24 geKa6pgaru "Hyn xapaKara KOHgarapuHH TacgHK^am TyrpucHga" 370-coh Kapopu // https://www.lex.uz/acts/2850459.

1086

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

profilaktikasi", "yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash" va "probatsiya faoliyati" tushunchalari uyg'unligida tushunila boshlandi. Bu bilan "yo'l harakati xavfsizligi" tushunchasi mustaqil bo'lmagan tushuncha bo'lib qolmaydi. Aksincha uning mazmuni yanada aniqlashdi. Zero "yo'l harakati xavfsizligi" albatta "jamoat xavfsizligi"ni ta'minlashga xizmat qiladi. Shunday ekan bu tushunchani "jamoat xavfsizligi"dan ayro tushunish mumkin emas. Bundan tashqari, "yo'l harakati xavfsizligi" tushunchasi "jamoat tartibi", "huquqbuzarliklar profilaktikasi", va "probatsiya" tushunchalari bilan bir-birini to'ldiradi hamda butunning qismlari hisoblanadi.

Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, "yo'l harakati xavfsizligi" tushunchasini bugungi kun talablaridan kelib chiqib qayta ishlash talab etiladi. O'zbekiston Respublikasida yo'l-transport hodisalarining yuqori ko'rsatkichlariga yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash sohasida davlat boshqaruvi tizimidagi muammolarni, davlat siyosati, moliyalashtirish, rag'batlantirish, xududiy darajadagi yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashni yanada takomillashtirish sohasida tartibga solish va nazorat qilish mexanizmlarining samarasi yetarli darajada emasligini keltirish mumkin. Shunday qilib, yuqoridagi tahlillar asosida "yo'l harakati xavfsizligi" tushunchasiga quyidagicha mualliflik ta'rifini berish mumkin: "Yo'l harakati xavfsizligi - yo'l harakati xavfsizligi - jamoat xavfsizligini tarkibiy qismi bo'lib yo'l harakati bilan bog'liq bo'lgan xavflardan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo'l harakati holati".

REFERENCES

1. Амбарцумян В.В. Проблемы обеспечения безопасности дорожного движения: дис.... д-ра юрид. наук.- Ереван, 1980;

2. Игнатов Л.И. Организационные основы деятельности органов внутренних дел по обеспечению безопасности дорожного движения: учебное пособие. - М.,

3. Ротенберг В.В. Основа надежности системы «водитель-автомобиль-дорога — среда». - М., 1986.

4. Веремеенко И.И. Механизм административно-правового регулирования в сфере охраны общественного порядка: в 2 ч. — М., 1981 . — Ч. 1. - С. 13.

5. Лукьянов В.В. Безопасность дорожного движения. — С. 16.

6. Лукьянов В.В. Состав и квалификация дорожно-транспортных преступлений и административных правонарушений. — С. 6.

XULOSA

1991;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.