Научная статья на тему 'YO‘L HARAKATI QOIDALARINING AXLOQIY ME’YORLARI'

YO‘L HARAKATI QOIDALARINING AXLOQIY ME’YORLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
yo‘l harakati xavfsizligi / axloq / axloqiy tarbiya / etika / faol fuqarolik pozisiyasi.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sidikov Sardor Nematullayevich

Mazkur maqolada yo‘l harakati qoidalariga fuqarolarning axloqiy munosabatlari shakllantirish masalalari yoritilgan. Axloq kishilarning fe’l-atvori va ijtimoiy hayotdagi o‘zaro munosabatlarini tartibga solib turuvchi vositadir. Bugungi kunda yo‘llarda sodir bo‘layotgan ba’zi salbiy holatlarning oldini olishda axloqiy munosabatlarning o‘rni beqiyosdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YO‘L HARAKATI QOIDALARINING AXLOQIY ME’YORLARI»

YO'L HARAKATI QOIDALARINING AXLOQIY ME'YORLARI Sidikov Sardor Nematullayevich

YHXB xodimi sidikov_s@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.10827410

Annotatsiya. Mazkur maqolada yo'l harakati qoidalariga fuqarolarning axloqiy munosabatlari shakllantirish masalalari yoritilgan. Axloq kishilarning fe 'l-atvori va ijtimoiy hayotdagi o'zaro munosabatlarini tartibga solib turuvchi vositadir. Bugungi kunda yo'llarda sodir bo'layotgan ba'zi salbiy holatlarning oldini olishda axloqiy munosabatlarning o'rni beqiyosdir.

Kalit so'zlar: yo'l harakati xavfsizligi, axloq, axloqiy tarbiya, etika, faol fuqarolik pozisiyasi.

Bugungi jamiyat taraqqiyotining mahsuli inson bo'lib, barcha islohotlar va innovatsiyalar inson manfaatlari uchun xizmat qilar ekan, insonning ham mavjud resurslarga oqilona munosabatda bo'lishi yoki o'zaro munosabatlarda Vatan oldidagi burchini vijdonan ado etishi hamda ma'naviy tarbiyasini yuksaltirib borishi insonparvarona axloqiy tamoyillarning asosidir.

Jamiyatda odamlarning ijtimoiy-falsafiy qarashlari kengayib borishi jahonda insonlarning turmush tarzi, yashashi, zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishiga olib kelmoqda. Shunday bir sharoitda xalqning shart-sharoitlarini yaxshilash, joylarda yo'llarning infratuzilmasini zamonaviylashtirib borish davrning talabiga aylandi. Bu boradagi islohotlar negizida inson manfaatlarining barcha narsadan ustun turishi o'zining mohiyatini aks ettirmoqda. Davlatimiz rahbari ta'biri bilan aytganda, joylarda "infratuzilmani boshqarishda raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali transport logistikasi, shahar infratuzilmasi, shahar muhitining sifati, shahar rivojlanishini boshqarish samaradorligi, jamoat, biznes va yashash joylari bilan bog'liq muammolarni hal qilish uchun "aqlli" va "xavfsiz" shahar loyihalarini izchil amalga oshirish bu borada kutilgan natijani berishi mumkin" [1]. Bugun davlatimiz tomonidan izchil amalga oshirilayotgan yo'llar va infrastruktura bilan bog'liq masalalar kattayu-kichikning turmush tarzini yangilashga, xalqning farovon hayotini ta'minlashga qaratilmoqda. Mazkur faoliyatni amalga oshirishda qishloq va shaharlarning obod bo'lishi, yo'llardan aholining foydalanish imkoniyatlarini kengayishi barchaning quvonchiga olib kelmoqda. Lekin, joylarda yaratilgan keng shart-sharoit va imkoniyatlarning qulayligi ayrim yoshlarimiz uchun ko'ngilxushlik yoki qonunlarga itoat etmaslik kayfiyatlarini ham paydo qilayotganligi namoyon bo'lmoqda. Mana shunday noxush holatlarning oldini olish uchun yoshlarning yo'l harakati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish, ularning ongida vatanparvarlik tuyg'usini yuksaltirish o'zining alohida o'rniga egadir. Mana shu jarayonlarni ilmiy tadqiq etish barcha uchun foydali, inson umri uchun kurashish mexanizmini yaratish muhim ijtimoiy masalaga aylanib ulgurdi.

Mamlakatimizda davlatimiz rahbarining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son farmoni bevosita yoshlarning ertangi kelajagi uchun qaratilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Uning "Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish" deb nomlangan birinchi bobining "Jamoat xavfsizligini ta'minlash, huquqbuzarliklarning sodir etilishiga sabab bo'lgan shart-sharoitlarni o'z vaqtida aniqlash va bartaraf etishning samarali tizimini yaratish" nomli 16-maqsadining o'ziyoq joylarda jamoatchilik

nazoratiga tayanish muhim ekanligini ko'rsatib beradi. Bu maqsadda "Yo'l infratuzilmasini takomillashtirish va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish orqali yo'llarda yo'l transport hodisalari va o'lim holatlarini qisqartirish, shu jumladan harakatni boshqarish tizimini to'liq raqamlashtirish va jamoatchilikning ushbu sohadagi ishlarda keng ishtirokini ta'minlash" ning aks etishi barchamiz uchun huquqiy asos vazifasini bajaradi [2]. Uning mohiyatini chuqur ilmiy tadqiq etish esa har bir fuqaroning yo'l harakati xavfsizligi madaniyatiga rioya etishi naqadar muhimligini ko'rsatib beradi. Keyingi yillarda yo'l harakati xavfsizligi bilan bog'liq qaror va farmonlarning chiqishi bevosita har bir fuqarodan ogohlik bilan jamoat transportidan foydalanishni, joylardan belgilarga amal qilish orqali yo'llardan o'tish zarurligini ko'rsatib beradi. Yoshlarning ongida yo'l harakati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish, uning falsafiy mexanizmlarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga egadir.

Yo'l harakati xavfsizligi bo'yicha ijobiy natijalarga erishish uchun avvalambor, barcha hududlarda, yo'llarda harakatlanish xavfsizligi yuzasidan yoshlarda, barcha vatandoshlarimizda yo'l harakati xavfsizligi madaniyatini yuksaltirish, ularning axloqiy tafakkuriga yo'l harakati xavsizligi xodimlariga nisbatan ijobiy axloqiy munosabatlarni milliy ruhda singdirish, shuningdek, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni yanada rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan izchil faoliyatlarning davomi sifatida joylarda yo'l harakati xavfsizligi xodimlarining namunaviy hatti-harakatlarining targ'ibotini olib borish maqsadga muvofiqdir. Bugun yo'llarda sodir bo'layotgan ayrim salbiy hodisalarning oldini olishda mazkur axloqiy munosabatlar farzandlarning kamol topishida ijobiy bo'lishi bilan birga, ularning ongida, yo'lda harakatlanish bo'yicha yangi tushunchalar va qarashlarning shakllanishga olib keladi. Bu esa, o'z navbatida baxtsiz hodisalar sonining kamayishiga, jamiyatda yo'l harakati xavfsizligi madaniyatining o'sishiga xizmat qiladi. Bugun yangi O'zbekistonning barcha hududlarida, yo'llarda harakatlanish yuzasidan avvalo ota-onalarning yo'l harakati xavfsizligi madaniyatini yuksaltirish, ularning axloqiy ongida milliy ruhda rivojlanishi uchun islohotlarni yanada jadallashtirish bo'yicha izchil ishlar qilinmoqda. Har bir ota-ona o'z farzandining hayotini barcha narsalardan ustun ekanligini anglagan holda ularga axloqiy tarbiyani milliy qadriyatlarimiz ruhida singdirib borishi maqsadga muvofiqdir. Yoshlar oila muhitida faoliyat olib borar ekanlar, ularning ongida yo'llardagi harakatlanishga doir axloqiy tushunchalarni shakllantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki, biz yoshlarning ongida shakllanadigan axloqiy tushunchalarning jamiyat uchun ijobiy samara berishiga e'tibor qaratishimiz, ularning ongida ma'naviy bo'shliqqa yo'l qo'ymasligimiz kerak. Barcha ota-onalar o'z farzandlarining yo'llarda turli axloqsiz illatlar orqali haydovchilarning ongini chalg'itadigan hatti harakatlarni qilishlari yo'l harakati xavfsizligi madaniyatiga to'g'ri kelmaydigan holatlar ekanligini tushuntirib borishi, bu boradagi targ'ibotlarni uzluksizligini ta'minlash muhimligini o'rgatib borishimiz darkor.

Xulosa qilib aytganda, yoshlarning jamiyatda o'z fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lishi asosida yo'l harakati xavfsizligi madaniyatiga doir bilimlarini boyitib borishlarida joylardagi targ'ibot ishlarining natijasi katta bo'ladi. Ularning ongida Vatanga sadoqat ruhini yuksaltirishda bag'rikenglikka e'tibor qaratish lozim. Chunki, o'zbek xalqi ko'p millatli bo'lib, bu yurtda yashayotgan fuqarolarning barchasi uchun bir xil amalda bo'lgan yo'l harakati xavfsizligi madaniyatini ta'minlash asosiy masala hisoblanadi. Biz yoshlarga ta'lim-tarbiya berar ekanmiz, ularning yo'llar bilan bog'liq bo'lgan bag'rikenglik madaniyatini oshirib borishimiz, jamiyatdagi islohotlarda faol targ'ibotchiligini mustahkamlashimiz kerak. Zero, axloqiy madaniyati yuksak inson Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalanib, o'zida umuminsoniy bag'rikenglik sifatlarini

qolaversa, ko'p millatli o'zbek xalqining barcha fuqarolari orasida yakdillikni ta'minlanishiga ko'maklashib, o'ziga xos bag'rikenglik madaniyatini shakllantira oladigan o'z vataniga sadoqatli komil insonga aylanadi.

REFERENCES

1. MHp3HëeB ffl.M. ^HrH Y36eKHCTOH crpaTerHacH. -TomKeHT: O'zbekiston, 2021. -E. 184.

2. Y3ÔeKHCTOH Pecnyö^HKacH npe3HgeHTHHHHr "2022-2026 HH.n.napra My^^a^^aHraH ^HrH Y3ÔeKHCTOHHHHr Taparç^HëT crpaTerHACH TyrpHCHga"rH nO-60-coH ^apMOHH // https://lex.uz/docs/-5841063.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.