Научная статья на тему 'YEVROPA UYG’ONISH DAVRI VA UNDA MUSIQA SAN’ATINING RIVOJLANISHI'

YEVROPA UYG’ONISH DAVRI VA UNDA MUSIQA SAN’ATINING RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1462
224
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
renessans / manizm / barokka / madaniyat / uyg’onish / opera / orkestr / balet

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Azizbek Ismonjon O’g’li Ibrohimov

Ushbu maqolada Yevropa uyg’onish davri va unda musiqa san’atining rivojlanishi xususan, Yevropa uyg’onish madaniyati o’chog’i bo’lgan Italiyada opera san’atining vujudga kelishi omillari yozma manbalar asosida tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YEVROPA UYG’ONISH DAVRI VA UNDA MUSIQA SAN’ATINING RIVOJLANISHI»

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 1 / February 2023

YEVROPA UYG'ONISH DAVRI VA UNDA MUSIQA SAN'ATINING

RIVOJLANISHI

Azizbek Ismonjon o'g'li Ibrohimov Namangan davlat universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada Yevropa uyg'onish davri va unda musiqa san'atining rivojlanishi xususan, Yevropa uyg'onish madaniyati o'chog'i bo'lgan Italiyada opera san'atining vujudga kelishi omillari yozma manbalar asosida tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: renessans, manizm, barokka, madaniyat, uyg'onish, opera, orkestr, balet

THE EUROPEAN RENAISSANCE PERIOD AND THE DEVELOPMENT OF

THE ART OF MUSIC IN IT

Azizbek Ismonjon oglu Ibrahimov Namangan State University

Abstract: This article analyzes the European renaissance period and the development of musical art in it, especially the factors of the emergence of opera art in Italy, which is the center of European renaissance culture, based on written sources.

Keywords: renaissance, humanism, baroque, culture, renaissance, opera, orchestra, ballet

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi xalqi katta ma'naviy yangilanish davrini boshdan kechirmoqda. Bunda zamonaviy ilg'or tajriba bilan bir qatorda, buyuk ma'naviy merosga ham tayanilib, yangi O'zbekistonda ulkan islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, -"biz Uchinchi renessans masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qo'yib, uni milliy g'oya darajasiga ko'tarmoqdamiz. Biz maktabgacha ta'lim va maktab ta'limi, oliy va o'rta ta'lim maxsus ta'lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni belgisi Renessansning to'rt uzviy halqasi deb bilamiz. Bog'cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor - o'qituvchilar va ilimiy- ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uyg'onish davrining to'rt tayanch ustuni deb hisoblaymiz. Men ishonaman hurmatli ota- onalar bu tashabbusni albatta qo'llab- quvvatlab, yangi Renessans beshinchi xalqasi, beshinchi ustuni bo'ladilar. Bu ma'naviy - ma'rifiy

729

http://oac.dsmi-qf.uz

hayotimizdagi eng mustahkam ustun bo'ladi, o'ylaymanki, sizlar to'la qo'llab-quwatlaysizlar. [2.]

Yuqoridagi vazifadan kelib chiqib, bugungi uchinchi renessans davrida musiqa va san'atga bo'lgan e'tibor ham kuchaydi. Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishda besh muhim tashabbusning mazmunini ham san'at va madaniyat qamrab oldi. Renessans davrida prezidentimiz Sh.Mirziyoyev musiqaga bergan fikrlarida "Musiqa " hech narsa bilan o'lchab, solishtirib bo'lmaydigan beqiyos ilohiy ta'sir kuchiga egadir deb fikrlarini yakunladilar. Lekin avvalgi renessanslarning zamirida ham musiqa juda yetakchi o'rinlarni egallagan.Shu jumladan Yevropa renessans davrida ham. Yevropa Uyg'onish davri bu ya'ni "Renessans". Avvalo Uyg'onish deganda o'rta asrda jamiyatni mudrab yotgab ongi uyg'onishi va antik davr san'ati va ijtimoiy hayotning qayta jonlanib tiklanishi, kuch - quvvatga to'lib o'rta asr zulmatidan ozod bo'lgan yangi davr kelishi namoyon etgan. Uyg'onish davri buyuk jug'rofiy kashfiyotlari bilan dunyo haqida inson tasavvurlarini butkul o'zgartirdi. Qadimdan qolib ketgan diniy qoidalardan voz kechish, o'z navbatida, ilm sohasining dadil rivojlanishi va gullashga, jamiyatda shakllangan yangi erkin samarali iqtisodiy munosabatlar yangicha ko'rinishda siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy qadryatlarni rivoj topishiga turtki bera oldi. Ko'rib turganimizdek uyg'onish davri o'zi bilan turli sohalarni o'zi bilan olib kirdi. Asta - sekin "gumanizm" bu ibora lotinchadan olingan bo'lib insoniylik nomi bilan ataluvchi yangi insoniyat tafakkuri shakllandi. Shunday sharoitda tasviriy san'at, adabiyot va musiqa san'ati ham gurkirab rivoj topdi. Agar o'rta asr musiqa san'atida muallifning shaxsiy uslubi imkon qadar bostirilib, yo'qqa chiqarilgan bo'lsa, bu davrda aksincha, uning timsoli birinchi darajada ko'tarilib iqtidorini yangicha nazar bilan baholanadi. Oldingi davrlarda jamiyatda "rassom", "kampazitor" kabi tushunchalar katta ahamiyat kasb etmagan. Uyg'onish davri bu davrning o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu davrlarda milliy musiqa maktablari shakllandi. Bular qatorida (Frank - flamand maktabi nomi bilan ham e'tirof etiladi). Palifonik maktabi G.Dyufayi, I.Okegem, Ya.Obrext, J.Depre, O.Lasso nomi bilan, italyan milliy maktabi - X.L.Xasler, L.Zenfl, ispan maktabi - K.Morales va T.de Viktoriya, ingliz maktabi - U.Byord va T.Talis, nemis maktabi - X.L.Xasler, L.Zenfi, polyak maktabi-Shamotulli Vatslav, Lvovli Marsin, M.Zelenskiy; chex maktabi -Y.Turnovskiy, K.Garant kabi kampazitorlar nomi bilan mashhur. Bu borada fikr yuritishimiz mumkinki yevropada uyg'onish davridagi maktablar nomlari kampazitorlarning ismlariga qo'yilgan. Ushbu kampazitorlar ijodida cherkov va dunyoviy musiqiy janrlar, jumladan, messa, motet, madrigal, qo'shiq va turli xil raqslar (pavana) keng rivoj topdi. Dunyoviy va cherkov musiqasida ko'p ovozlikning eng yuqori yuksak ko'rinishi palifoniya yuqori cho'qqilarga qadr ko'tarildi. Bu davrda yana bir usul paydo bo'ldi bu usul "Barokko" usulidir. Barokko davri musiqa madaniyati XVII-asr va XVIII asr boshlari musiqa tarixida katta ziddiyatlar va

I îhSi^^Bl 730 http://oac.dsmi-qf.uz

o'zgarishlar ro'y berishi bilan belgilanadi. Fransuz 'Quyosh" qiroli Lyudovik XVII ning hukmronlik davri. Angliyada Oliver Kromvel boshchiligidagi burjua inqilobi kapitalizm davrida yangi yangi bosqichlarni namoyon etdi. Bu bosqichlar barcha sohalarga teng ta'sirini ko'rsatdi. Ayniqsa adabiyot va san'atda barokko usuli saroy axlining o'zini yorqin dabdabadorlik bilan burkab, o'zining kuch-qudrati, noziktabligini baralla ovoza qilishda iborat bo'lgan. Bu borada katolik va pratestant cherkov namoyondalari qo'shgan hissalari katta. Shu boisdan bu davr ajoyib ijodkorlarning dunyoga kelishiga sabab bo'ldi. Ular ijodiy erkinligini maksimal darajada ko'rkamlik bilan namoyon eta oldilar, hatto odatiy san'at doirasidan ham o'tib, Benazir ixtirochilarga aylandilar. Insoniyat qorong'u asrlarda yashashi kerak bo'lgan barcha baxtsizliklar tufayli yevropada katolik cherkovi o'sha davr qirolligi tomonidan yo'qolgan va yoqib yuborilgan musodara qilingan qimmatli adabiyotlar mavjud edi. Buni ko'rgan mualliflar mavzulariga qaytishga va o'z ijodiga qadimiy va zamonaviy tus berib, o'tgan asrlarning eng yaxshi asarlaridan ilhom sifatida foydalanishga qaror qildilar. Klassik san'atga yana qiziqish bilan klassik kanonning 3 ta asosiy jihatiga bo'lgan ishtiyoq yana paydo bo'ldi. Bular Simmetriya, muvozanat va mutanosiblikdir. Ko'rib turganimizdek uyg'onish davrida musiqa san'atiga katta e'tibor berilgan. Ammo tashqi ko'r-ko'ronalikdagida ilg'or san'at namoyondalari jamiyatda aks etgan hayajon, noilojsizlik haqqoniy va ifodaviy yoritib bera olganlar. Hayotiy idrokning yorqin dramatizmi adabiyot, musiqa, tasviriy san'at asarlarida fojiyaviy mavzularga murojaat qilinishida yaqqol namoyoni bo'la oladi. Aynan XVII asr va XVIII asrning birinchi yarmida yangi davr san'atida muhim ro'l o'ynagan yangi janr "Opera janri "rivojlanishi yevropa mamlakatlarining madaniyatida alohida voqelikka aylandi. Opera san'ati birinchi bo'lib Italiyada paydo bo'lgan. XVII asrga kelib Italiya Ispaniya va Avstiyaning siyosiy qaramligidan iztirob chekib, parchalangan davlatga aylangan. Shunga qaramay opera san'ati o'zida jo'shqin hayotbaxsh kuchni mujassam etgan. Appenin orolida boshqalarga nisbatan erta gullagan Renessans davri Flarensiya shahrida dunyoga keldi. Dante Aligyeri, Mikelandjelo Buonarotti Chellini kabi mashhur Renessans davri san'at ustalari o'z paytida ijodiy yo'llarini Flarensiyadan boshlaganlar. Yana Flarensiyada uyg'onish davri namoyondalaridan biri " Bakachcho" Bokachcho (Bocaccio) Jovanni (1313 Parij -1375.21.12, Chertaldo Flarensiya yaqinida ) - italyan yozuvchisi, Yevropa Uyg'onish davri adabiyotining yirik vakili. Neapolda huquq fanlarini o'rgangan B.Flarensiya siyosiy hayotida faol qatnashgan. dastlabki asarlari "Filokolo" -1336, "Filostrato" - 1338 da ishqiy sarguzashlar tasvirlangan. Bakachchoning antik mifalogiya syujetlari asosida yaratilgan "Ameto" (1341), "Fyezolan parilari" (1345),pastorallari "Fyametta" (1343) qissasi hamda sonetlari bor. Uyg'onish davri musiqa san'atida diniy musiqa janrlari (messa motet ) isloh qilindi.[4] Notalar chop etilishi joriy etildi. Jonli musiqa amaliyotni umumlashtiruvchi musiqa nazariyasi

I [ccñ^^BI 731 http://oac.dsmi-qf.uz

(Tinktoris, J.sarlino )rivoj topdi. Aynan shu davrda muyyan xalqlarda yangi milliy va mahalliy kompozitorlik maktablari paydo bo'ldi. Yevropa Uyg'onish davrining pirovardida Yevropa kampazitorlik ijodiyotida sharq mavzu va obrazlariga kuchayib ingliz G.Pereyem va fransuz, J.Ramo umumsharqona ekzotikani ifodalashgan.[3] Mana ko'rib turganimizdek, Yevropa uyg'onish davri musiqa san'atida katta o'zgarishlar paydo bo'lib yana yangi qirralarni ochib berdi.

Dunyoda qarama-qarshilik va ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi o'ta murakkab zamonda millati, tili va dini turlicha bo'lgan millionlab odamlarni hech qanday tarjimonsiz do'st qiladigan, ular o'rtasida hamkorlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlaydigan musiqa san'atining o'rni va ta'siri tobora ortib bormoqda.[1.]

Xulosa qilib ayganda bu Yevropa renessans davrida musiqaning cheksiz imkoniyatlaridan keng foydalanildi va o'z navbatida san'atning bu turini rivojlanish shart-sharoitlari yuzaga keldi. Shu tufayli san'at namoyondalari tomonidan nufuzli musiqaning ilmiy maktablari ochilishiga sabab bo'ldi. Bu esa o'z navbatida musiqa san'atining bugungi taraqqiyotiga asos bo'ldi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoyev SH. "Sharq taronalari" o'n birinchi xalqaro musiqa festivalining ochilishiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so'zi.// Xalq so'zi gazetasi 2017 yil 29 avgust

2. Erkayev A. Uchinchi renessans- milliy g'oya sifatida. // Xalq so'zi gazetasi 2020 yil 8 sentyabr

3. Madrimov Bahrom (chet el musiqasi tarixi). Oliy ta'lim muassasalarining 5111100-Musiqa ta'limi talabalari uchun o'quv qo'llanma.-Toshkent:Noshir, 2019. -B. 45.

4. Tursunova R., Tursunova G. Jahon musiqa tarixi.-Toshkent, 2017. -B. 78.

732

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.