Научная статья на тему 'YER TUZISH LOYIHALARINI ISHLASHDA HUDUDNING IQTISODIY VA IJTIMOIY SHAROITLARINI HISOBGA OLISH'

YER TUZISH LOYIHALARINI ISHLASHDA HUDUDNING IQTISODIY VA IJTIMOIY SHAROITLARINI HISOBGA OLISH Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
630
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yer tuzish / loyiha / qishloq xo‘jaligi / yerdan foydalanish / iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlar / yer tuzish tadbirlari. / land management / project / agriculture / land use / economic and social conditions / land management activities

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Sayfuddin Raximovich Sharipov

Maqolada yer tuzish loyihalarini ishlashda hududning iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarini hisobga olish zarurati, tartibi hamda yerdan samarali foydalanishdagi ahamiyati yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONSIDERATION OF THE ECONOMIC AND SOCIAL CONDITIONS OF THE TERRITORY IN THE DEVELOPMENT OF LAND MANAGEMENT PROJECTS

The article highlights the importance of taking into account the economic and social conditions of the territory, as well as the importance of effective land use in the work on land management projects.

Текст научной работы на тему «YER TUZISH LOYIHALARINI ISHLASHDA HUDUDNING IQTISODIY VA IJTIMOIY SHAROITLARINI HISOBGA OLISH»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

YER TUZISH LOYIHALARINI ISHLASHDA HUDUDNING IQTISODIY VA IJTIMOIY SHAROITLARINI HISOBGA OLISH

Sayfuddin Raximovich Sharipov

«Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Yer resurslarini boshqarish» kafedrasi katta o'qituvchisi

s .sharipov@tiiame.uz

ANNOTATSIYA

Maqolada yer tuzish loyihalarini ishlashda hududning iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarini hisobga olish zarurati, tartibi hamda yerdan samarali foydalanishdagi ahamiyati yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: yer tuzish, loyiha, qishloq xo'jaligi, yerdan foydalanish, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlar, yer tuzish tadbirlari.

CONSIDERATION OF THE ECONOMIC AND SOCIAL CONDITIONS OF THE TERRITORY IN THE DEVELOPMENT OF LAND MANAGEMENT

PROJECTS

ABSTRACT

The article highlights the importance of taking into account the economic and social conditions of the territory, as well as the importance of effective land use in the work on land management projects.

Key words: land management, project, agriculture, land use, economic and social conditions, land management activities

Kirish. Yer tuzish butun iqtisodiyot sohalarining, eng avvalo agrosanoat majmuasining dinamik va samarali rivojlanishini tashkiliy-hududiy jihatdan ta'minlashni o'z oldiga asosiy maqsad qilib qo'yadi. Bunda qator muhim iqtisodiy va ijtimoiy masalalar - mehnat unumdorligining o'sishi, tuproq unumdorligining qayta tiklanishi, yerlarni muhofaza qilish, yerdan foydalanishlar shakllarini takomillashtirish masalalari ko'zda tutiladi. Ularni yechish yer tuzish qamrab olgan, yer tuzish loyihalari ishlanayotgan qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtiruvchilar faoliyatining iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarini hisobga olishni talab etadi [1-3].

Yer tuzish tadbirlari hamma vaqt aniq iqtisodiy vaziyatda amalga oshiriladi. Bu vaziyat avvalo ob'ektiv iqtisodiy qonunlar hamda jamiyat i^lab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasidan kelib chiqadi. Masalan, qiymat qonuni tovar-pul munosabatlarining xarakterini, renta to'lovlari dinamikasini, yer solig'i va yer uchun

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

ijara haqi miqdorlarini aniqlaydi. Yer tuzish jarayonida tuzilayotgan loyihalarni yaxshi asoslash va tez o'zlashtirish, maksimal iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik samaraga erishish uchun bu qonuniyatlarni hisobga judayam zarur [4-6].

Tadqiqot uslublari: Yer tuzish ob'ektlari bo'lib, asosan davlat tuzumi bilan o'zaro tashkiliy, texnologik, iqtisodiy munosabatlar orqali u yoki bu darajada bog'langan, har xil texnik jihozlangan, yer va mehnat resurslari, asosiy va aylanma fondlar bilan ta'minlangan, qishloq xo'jaligi va boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar hisoblanadi [7-9].

Qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtiruvchilar xududlarida olib boriladigan yer tuzishda hisobga olinadigan iqtisodiy sharoitlar ichida quyidagilar katta ahamiyatga ega:

- yer turlarining tarkibi, maydoni va sifati, ularni transformatsiyalash va yaxshilash, hamda yerlarni qishloq xo'jaligi uchun o'zlashtirish imkoniyati;

- yerlarning yalpi mahsulot, xarajatlar qoplanishi va shartli-natural yoki qiymat ko'rinishidagi differensial daromad bo'yicha baholanadigan iqtisodiy tavsifi;

- qishloq xo'jaligini yuritishning qabul qilingan tizimi va uning iqtisodiy samaradorligi (tarmoqlar tarkibi va o'lchamlari, dehqonchilik tizimi, ekin maydonlari tarkibi, almashlab ekishlar, urug'chilik tizimi, ozuqa yetishtirish va chorvachilik, qishloq xo'jalik ekinlari hosildorligi va yer turlari mahsuldorligi, yalpi va tovar mahsulotlar, yalpi va sof daromad, foyda va ishlab chiqarishning rentabelligi);

- korxonalarning tashkiliy-ishlab chiqarish tuzilishi, mehnatni tashkil etish tizimi; xo'jaliklarning mehnat resurlari, qishloq xo'jalik texnikasi, asosiy va aylanma

fondlari bilan ta'minlanishi, ularning energiya bilan qurollanganligi;

- korxonalarning moliyaviy ahvoli, kreditlarni jalb etish imkoniyati, bo'sh pul mablag'larining mavjudligi [10-12].

Yer turlarining tarkibi va maydoni ko'pchilik hollarda xo'jaliklarning ixtisosligini, paxta, don, yem-xashak, boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishning mumkin bo'lgan hajmlarini, chorvachilik tarmoqlarining joylashishini aniqlaydi.

Masalan, haydalma yerlarning nisbati yuqori bo'lsa, paxtachilik va g'allachilik ishlab chiqarishlarini rivojlantirish uchun eng qulay sharoit yaratiladi; bunda birinchi navbatda e'tibor dalalarni to'g'ri tashkil etishga qaratiladi. Yaylov va pichanzorlarning katta maydonlarida birinchi qatorga ular yerlarini yaxshilash, mahsuldorligini oshirish, hududni yaylov va pichanzor almashishlarini, poda, otar uchastkalarini, navbat bilan mollar boqiladigan uchastkalarni, mollar haydaladigan yo'llarni joylashtirish hisoblanadi. Barcha vaziyatlarda boshqa qimmatbaho turdagi yerlarga transformatsiyalanadigan yerlar izlab topiladi, xo'jaliklarning o'zida yetarlik pul, mehnat va texnik resurslar mavjud bo'lsa, o'zlashtirilishi yoki yaxshilanishi mumkin bo'lgan yerlarni ichiga oluvchi meliorativ yer fondi aniqlanadi [13-15].

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Bunda xo'jalikka biriktirilgan yerlarni iqtisodiy baholash materiallaridan foydalaniladi. Iqtisodiy baholashda nafaqat tuproqlar sifati, balki, xo'jaliklarning mahsulotlarni sotish bozoridan va moddiy-texnik ta'minot punktlaridan, yer uchastkalarining - aholi yashash joylari va xo'jalik markazlaridan uzoqligi, uchastkalarning texnologik xususiyatlari va boshqa dehqonchilik va chorvachilikning samaradorligini aniqlovchi sharoitlar hisobga olinadi [16-18]. Yer tuzish loyihalarini ishlashda bu ma'lumotlardan quyidagi masalalarni yechish uchun foydalaniladi:

S xo'jaliklarning optimal ixtisosligini, ekin maydonlari tarkibini belgilash;

S almashlab ekishlar(navbatlab ekishlar)ni va ayrim ekinlar maydonlarini ular uchun yaroqli yerlarda joylashtirish;

S dalalar, ishchi (sug'orish) va texnologik uchastkalarni agrotexnik jihatdan bir xil yer massivlarida joylashtirish;

S qishloq xo'jalik ishlab chiqarishiga barcha qimmatbaho yerlarni jalb etish va aksincha, sanoat, transport va boshqa noqishloq xo'jalik maqsadlari uchun kam qimmatli yerlarni ajratish;

S xo'jaliklarning ishlab chiqarish dasturlarini tuzish, yer tuzish loyihalarini agroiqtisodiy asoslash bo'yicha hisob-kitoblarni bajarish.

Tadqiqot natijalari: Yuqoridagilarni hisobga olgan holda yer tuzish loyihalarni ishlashda yerlardan mavjud foydalanish tartibga keltiriladi, yer turlarining joylashishiga aniqlik kiritiladi, keraksiz marzalar, yerdan foydalanuvchilar yer uchastkasidagi kamchiliklar tugatiladi va shu vaqtning o'zida ishlab chiqarishning kelajakdagi rivojlanish yo'nalishlari unga jalb etilgan yerlar xususiyatlarini hisobga olib ixtisosliklariga o'zgartirish kiritilishi hamda meliorativ ishlar hajmi, hududni injenerlik jihozlashning turlari, hajmi, navbati va amalga oshirish muddatlari aniqlanadi [19-21].

Masalan paxtachilik va g'allachilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklarida yerlar tarkibida asosiy qismni haydalma yerlar tashkil etsa, qorako'lchilik xo'jaliklarida yaylovlar tashkil etadi. Shahar atrofidagi, mehnat resurslari bilan yaxshi ta'minlangan sabzavotchilik xo'jaliklari ko'proq intensiv ekinlar: kartoshka, sabzavot va boshq. maydonlariga ega bo'lishadi [22-24]. O'z yem-xashaklari hisobiga chorvachilikni rivojlantirayotgan korxonalarning ekin maydonlari tarkibida ozuqa ekinlari (ko'p yillik va bir yillik o'tlar, silosboplar)ni joylashtirish ko'zda tutiladi. Bog'dorchilik va uzumchilik yo'nalishidagi fermer xo'jaliklarida katta maydonlarni daraxtzorlar egallaydi. Shuning uchun yer tuzishda birinchi navbatda xo'jaliklar ixtisosliklari o'rganiladi, ularning yerlardan samarali foydalanish talablariga mosligi tekshiriladi. Keyin loyiha tuzishda ixtisoslik aniqlanadi, yerlar tarkibi va maydoni, almashlab ekishlarni tashkil etish moslashtiriladi. Shunday qilib yerdan foydalanish samaradorligi oshiriladi, uning mahsuldorligi o'sishi va muhozafasi ta'minlanadi [25-27].

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Erkin pul mablag'lari va boshqa moliyaviy resurslarning (kredit, dotatsiya) mavjudligi fermer xo'jaliklarining melioratsiya ishlarini o'tkazish, ishlab chiqarish qurilishi, hududni injenerlik jihozlash bo'yicha imkoniyatlari aniqlanadi. Bu vaziyat bilan ko'pchilik hollarda yer tuzish yechimlarining, ayniqsa, loyihani hayotga tadbiq etishning birinchi yillarida hamda butun xo'jalikning kelajakdagi rivojlanishi xarakteri aniqlanadi [28].

Iqtisodiy sharoitlar ikki davr uchun taxlil qilinadi: yer tuzish yilida haqiqatdan mavjud bo'lgan va loyihaning to'la amalga oshirilgan yili uchun hisoblangan.

Yer tuzish loyihalarini yechish yer tuzish qamrab olgan, ayniqsa qishloq xo'jalik korxonalari va tashkilotlari jamoalari faoliyatining ijtimoiy sharoitlarini hisobga olishni talab etadi.

O'z navbatida yer tuzish loyihalarni ishlashda quyidagi ijtimoiy sharoitlarini hisobga olish talab etiladi:

* mavjud aholi yashash tizimi, aholi zichligi, uning tarkibi, migratsiya jarayonlari dinamikasi;

* aholi yashash joylari soni, o'lchamlari, joylashishi, mo'ljallangan maqsadi va obodonlashtirilish darajasi, mazkur hududda ijtimoiy infratizimning rivojlanishi;

* korxonalarda qo'llaniladigan mehnatga haq to'lash va moddiy rag'batlantirish, uni tashkil etish shakllari hamda yerni biriktirish usullari (foydalanish,mulk qilib, ijaraga va sh.o'.);

* yo'l tarmog'ining ahvoli, aholiga transport xizmatini ko'rsatish darajasi;

* suv manbaalarining mavjudligi, aholi yashash joylarini, markazlarini, dalalarni va yaylovlarni suv bilan ta'minlashni tashkil etish;

* fermer xo'jaliklari kengaytirish va sanoat ishlab chiqarishi bilan kooperatsiyalash imkoniyatini rivojlantirish, qishloq aholisi turmush tarzini yaxshilash.

O'zbekistonda mavjud qishloq aholi tizimi bir xil emas. Masalan, Quyi Amudaryo mintaqasi uchun mayda qishloqlar xarakterli bo'lsa, boshqa mintaqalarda qishloqlar ancha yirik.

XX asrdan boshlab aholining qishloq joylardan shaharlarga ko'chishi davom etmoqda, bu qishloq xo'jalik korxonalarining mehnat resurslari bilan ta'minlanishiga, mehnatni tashkil etish tarziga sezilarli darajada ta'sirini ko'rishimiz mumkin. Yer tuzishda bu omilni hisobga olish juda ahamiyatli hisoblanadi.

Amaliyot ko'rsatadiki, yer maydoni birligiga aholi zichligi va qishloqlar soni katta bo'lgan xo'jaliklar ko'p mahsulot yetishtiradi, mehnatni ko'p talab qiladigan ekinlarni yetishtirish uchun, ayniqsa ish qistov(yig'im terim) davrlarda, yaxshi sharoitlarga ega bo'ladi, yerdan intensivroq foydalaniladi.

Aholi tarqoq joylashgan, mehnat resurslari yetishmaydigan fermer xo'jaliklarda, mehnatni tashkil etishning yangi shakllarini joriy etishga, mehnat unumdorligini

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

oshirishga, qishloqlarda yashovchilarni mustahkamlash uchun ular qanday miqdorda bo'lishidan qat'iy nazar sharoitlar yaratishga qaratilishi kerak.

Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, tarixiy tarkib topgan qishloq aholi tizimi murakkab masala hisoblanadi, uni yechish uchun vaqt va resurslar talab etiladi; shuning uchun aniq choralarni ishlashda xo'jaliklarning, qishloq tumanlarining hududiy sharoitlari, qishloq hayot tarzining xususiyatlari, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishini yuritishning o'ziga xos xususiyatlari, unga tabiiy, iqtisodiy omillarning, odatlar va an'analarning ta'siri hisobga olinadi.

Yer tuzish uchun ahamiyatli iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni o'rganish, loyihani tuzishga tayyorgarlik bosqichida amalga oshiriladi. Bunda, albatta, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar istaklari hisobga olinadi. Izlanishlar natijalari yer tuzish tayyorgarligi materiallarida, hududda dala yer tuzish o'rganishlari dalolatnomalari va chizmalarida aks ettiriladi, loyihalash uchun topshiriq ishlashda hisobga olinadi. Bu materiallarning ruyxati va mazmuni yer tuzish ishlarining turlari va hajmiga qarab farq qilishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda yer tuzishda iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni hisobga olish hamda uni loyiha yechimlarida asoslash yer munosabatlarini rivojlantirish, ishlovchilarning moddiy talablarini qondirish, mehnat, turmush, aholiga madaniy-maishiy xizmat ko'rsatish sharoitlarini yaxshilash masalalarini o'zida mujassamlashtiradi. Yer tuzish loyihalarini ijtimoiy-iqtisodiy asoslash orqali butun yer tuzishning samaradorligini oshirish hozirgi yer islohoti sharoitida agrosanoat majmuasini muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun katta ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

[1] Valixon K. et al. QISHLOQ XO 'JALIGI YER EGALIKLARI VA YERDAN FOYDALANISHLARINI TASHKIL ETISH VA TARTIBGA SOLISH //IQRO JURNALI. - 2023. - Т. 2. - №. 1. - С. 765-770.

[2] ArrneB A. и др. Ердан ижара хукуки асосида фойдаланишда шартномавий-хукукий муносабатлар //Общество и инновации. - 2023. - Т. 4. - №. 2. - С. 57-66.

[3] Кароматов В. Урмон хужалиги тасаруфидаги кишлок хужалиги яйлов ерларини деградацияга учрашининг асосий омиллари //Основные направления стратегии земельной реформы: проблемы и решения. - 2022. - Т. 1. - №. 1. - С. 263-268.

[4] Кароматов В. O'rmon fondi yerlari infrastrukturasining ob'ektlarini (omillarini) baholash.(Rossiya federatsiyasi misolida) //Основные направления стратегии земельной реформы: проблемы и решения. - 2022. - Т. 1. - №. 1. - С. 254-262.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

[5] Sultanovich A. A. STAGES OF THE FORMATION OF THE LAND MARKET, THE MAIN DIRECTIONS OF ITS DEVELOPMENT AND SOCIO-ECONOMIC IMPORTANCE //Ann. For. Res. - 2022. - Т. 65. - №. 1. - С. 9151-9163.

[6] A.P, B., & S.B., R. (2021). The Current State Of The Use Of Lalmi Crop Land And The Main Directions Of Their Improvement. The American Journal of Agriculture and Biomedical Engineering, 3(03), 3945. https://doi.org/10.37547/taiabe/Volume03Issue03-07

[7] Muratovich, MukumovAbdugani and Alikulovich, Usmanov Yusuf and Sobir, Ruziboyev. (2020). The ways to increase the efficiency of dekhan and household plots. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(03).

[8] АР Бабажанов, СР Шарипов, БМ Успанкулов. ЗЕМЛИ ЛЕСНОГО ФОНДА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН И АНАЛИЗ ИХ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ. Вестник Казахского гуманитарно-юридического инновационного университета. 2017. № 1 (33). С. 198-201.

[9] AR Babajanov, MD Mahsudov. Diversification of land fund in the district. Monograph. LAP Lambert Academic Publishing, 77-78

[10] АР Бабажанов, СБ Рузибоев, БМ Успанкулов. Классификация зданий и сооружений Узбекистана для их оценки. Вестник Казахского гуманитарно-юридического инновационного университета. 2020. № 4 (48). С. 97-102.

[11] Avezbayev S. et al. Determination of rational areas of irrigated plots in saline and subjected lands to irrigation erosion //IOP Conference Series: Materials Science and Engineering. - IOP Publishing, 2020. - Т. 883. - №. 1. - С. 012059.

[12] Samosa R. C. et al. Methodology for Determining the Costs of Environmental Protection Measures in Land Management //European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630). - 2021. - Т. 10. - С. 39-45.

[13] Bangayan-Manera A. et al. Problems of Cadastral Evaluation of Land Intended for Non-Agricultural Purposes //European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630). - 2021. - Т. 10. - С. 34-38.

[14] Хафизова З., Мукумов А. ЕР УЧАСТКАСИ (ДАЛА) ПАСПОРТИ (ТАРИХ ВА КЕЛАЖАК) //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 2. - С. 300-307

[15] Хафизова З. МЕТОДИКА ОПРЕДЕЛЕНИЯ ЗАТРАТ НА ПРИРОДООХРАННЫЕ МЕРОПРИЯТИЯ ПРИ ЗЕМЛЕУСТРОЙСТВЕ //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 2. - С. 1106-1115.

[16] Мажитов Б. КДШЛОК ХУЖАЛИГИДА ЕР МОНИТОРИНГИНИ ЮРИТИШДА ЗАМОНАВИЙ ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ КУЛЛАШ //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 2. - С. 761-768.

[17] Хафизова З. Х., Мукумов А. М. ЕР ТУЗИШ АСОСИДА ЭЛЕКТР УЗАТИШ ТАРМОКЛАРИНИ ЖОЙЛАШТИРИШ //Эффективность применения

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

инновационных технологий и техники в сельском и водном хозяйстве. - 2020. - С. 309-312.

[18] Авезбаев С., Шарипов С. БУЗИЛГАН ЕРЛАРНИ РЕКУЛЬТИВАЦИЯ КИЛИШ БУЙИЧА ИШЧИ ЛОЙИДАЛАР--ЕРЛАРНИ МУДОФАЗА КИЛИШ УСУЛИ СИФАТИДА //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 2. - С. 1529-1536.

[19] Sayfuddin S., Muhammadbek M. Working Projects of Disturbed Land Recovery-As a Method of Land Protection //Academic Journal of Digital Economics and Stability. - 2021. - Т. 9. - С. 80-84.

[20] Икрамов Р., Бобокулов Ш. ЕРЛАРНИ МУДОФАЗА КДЯИШГА ОИД ДУКУКИЙ АСОСЛАРНИНГ ТАКОМИЛЛАШУВИ //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 5. - С. 1233-1239.

[21] Abdurashid A., Muhammadbek M. Regulation of the Diversification of the Use of the District Land Fund through the General Scheme //Design Engineering. - 2021. - С. 2565-2581.

[22] Altiev, A., & Mahsudov, M. (2020). Improvement of the regulation mechanisms of the land use diversification. International Journal of Pharmaceutical Research. ISSN, 9752366.

[23] Sultanovich, A. A., & Ugli, M. M. D. (2019). Methods of forecasting and management of land fund diversification in local areas. International Journal of Recent Technology and Engineering, 8(3), 403-411.

[24] Altiev, A. S., & Mahsudov, M. D. (2019). REPRODUCTION CYCLE OF LAND. Central Asian Problems of Modern Science and Education, 3(4), 96-102.

[25] Alikulovich, U. Y. (2020). Mechanisms Of Establishing The Use Of Irrigated Land In The Degradation State In The Conditions Of Land Use Diversification. The American Journal of Agriculture and Biomedical Engineering, 2(09), 7784. https://doi.org/10.37547/taiabe/Volume02Issue09-13

[26] Авезбаев, Садулла. (1992). Экономические и социальные основе организации рационального использования земельных и водных ресурсов в районах экологического бедствия (на примере низовья Амударьи).

[27] Алтиев, А. С. (2019). ДИВЕРСИФИКАЦИЯ ЗЕМЛЕПОЛЬЗОВАНИЯ В УСЛОВИЯХ УГЛУБЛЕНИЯ РЫНОЧНЫХ РЕФОРМ. In ПРОФЕССИОНАЛ ГОДА 2019 (pp. 92-96).

[28] Abdurshid, A., & Muhammadbek, M. (2020). IMPROVING THE REGULATION OF THE DIVERSIFICATION OF LAND USE IN THE TERRITORY.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.