Научная статья на тему 'YER ISHLAB CHIQARISH MANBAI'

YER ISHLAB CHIQARISH MANBAI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
481
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
DEGRADATSIYA / MADANLI / QISHLOQ XO`JALIGI / O`RMON XO`JALIGI / INTENSIV YERDAN FOYDALANISH / ADAPTIV / MELIORATSIYALASH / UNUMDORLIK / FORMALISM

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Axmedov M.I.

Ushbu ma`qolada yerning jamiyat hayotidagi misilsiz o`rni, insonlarning yerga bo`lgan munosabatlari, yerning agro imkoniyatlari va uni saqlab turish masalalari haqida so`z berilgan. Shuningdek jamiyatning barcha boyliklarining zamirida yer resursi turgani va yer fondi chegaralangan resurs ekanligi, shuning uchun yerdan iloji boricha intensiv usullar orqali foydalanib ko`proq natijaga erishishimiz mumkinligi, lekin aksincha yerdan sovuqqonlik bilan foydalanilsa uning strukturasi yomonlashib hatto bir necha o`n yilliklar davomida foydalanishga yaroqsiz holga qolishi mumkinligi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YER ISHLAB CHIQARISH MANBAI»

H

A

y

K H

O 3EM^E

M.I. Axmedov

YER ISHLAB CHIQARISH MANBAI

Ushbu ma qolada yerning jamiyat hayotidagi misilsiz o 'rni, insonlarn-ing yerga bo Igan munosabatlari, yerning agro imkoniyatlari va uni saqlab tu-rish masalalari haqida so z berilgan. Shuningdek jamiyatning barcha boylikla-rining zamirida yer resursi turgani va yerfondi chegaralangan resurs ekanligi, shuning uchun yerdan iloji boricha intensiv usullar orqali foydalanib ko proq natijaga erishishimiz mumkinligi, lekin aksincha yerdan sovuqqonlik bilan foy-dalanilsa uning strukturasi yomonlashib hatto bir necha o n yilliklar davomida foydalanishga yaroqsiz holga qolishi mumkinligi yoritilgan.

Katit so^zlar: Degradatsiya, madanli, qishloq xojaligi, o rmon xojaligi, Intensiv yerdan foydalanish, adaptiv, melioratsiyalash, unumdorlik, formalism.

Kirish. Insoniyat yaralibdiki yerdan o'z extiyojlarini qondirish uchun foydalanib uning ustida umir guza-ronlik qilmoqda. Ko'p asrlar mobaynida insonlar yerga turli maqsadlarda ishlov berib bir maromda foydalanib kelmoqda, lekin asrimizga kelib jamiyatning extiyojlari kundan-kun, soatma-soat oshib bormoqda. Bu extiyojlarni qondirish tabiiyki yer resurslariga kundan-kunga yuklamani oshiradi. Buning natijasida yerlarning agrostrukturasi yomonlashib sifat esa pasayib ketadi. Bundan kelib chiqadiki har bir jamiyat cheklangan yer fondini quyidagi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida intensiv va ilm-fan taraqqiyoti yutuqlaridan oqilona foydalanib yerdan extiyotkorlik bilan foydalanilsa kelajakdagi jamiyat extiyojlarini qondirish uchun poydevor qo'yilgan bo'ladi.

Asosiy qisim. Ijtimoiy ishlab chiqarish, tarixan, inson mehnatining yer va boshqa tabiiy resurslar bilan o'zaro ta'siri natijasida yuzaga keldi. "Mehnat boylikning otasi va faol tamoyili, yer esa uning onasidir", degan edi klassik iqtisodiy nazariya asoschisi, XVII asrdagi ingliz iqtisodchisi V Petti.[1] Sivilizatsiyaning boshlang'ich bosqichlarida odamning yashash vositalarini olishida yerning ahamiyati har tomonlama katta edi; hozir ham 75 % atrofidagi iste'mol mahsulotlari agrar sohada etishtiriladi. Yer oldingidek odam hayotida yetakchi rol o'ynaydi. Insoniyat sivilizatsiyasi yerga ta'sir etadigan asosiy omildir. Bir avlod hayoti davridagi tabiiy-tarixiy jarayonlar yerning ahvoliga doimiy o'sib boruvchi texnogen (ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bog'liq) ta'sirlarga qara-ganda kam ta'sir ko'rsatadi. Oziq-ovqat mahsulotlariga va xomashyoga bo'lgan talabning o'sishi, ularni qondirish usullaridagi, texnika va texnologiyalardagi o'zgarishlar bir vaqtning o'zida ularning unumdorlik sifatlarini qayta tiklash uchun o'sib boruvchi potensial imkoniyatlarda yerlarning degradatsiyasiga (buzilishiga) olib keladi va olib kelishi mumkin. Ijtimoiy ishlab chiqarishda yerning qatnashishi mehnat jarayoni asosida sodir bo'ladi. Mehnat jarayoni quyidagi elementlami o'z ichiga oladi: inson mehnati, mehnat predmeti va mehnat vositasi. Qishloq xo'jaligida odam yerga boshqa mehnat vositalari yordamida ta'sir etib, to'g'ridan-to'g'ri iste'mol qilish va keyin-chalik qayta ishlash uchun mahsulot etishtiradi.[2]

Sanoatning qazib oladigan va qayta ishlaydigan tarmoqlarida yerdan olinadigan mahsulot (ma'danli xo-mashyo) ishlab chiqarish vositalariga moslashtiriladi va aylantiriladi, bu odamlarning yerga ta'sir etishdagi va iste'mol mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi. Yerning hamma uchun umumiy ishlab chiqarish vositasi deb atalishi bejiz emas, sababi, u ishchiga u turadigan o 'rinni, mehnat jarayoniga esa harakat doirasini beradi. Yer keng ma'noda bu jarayon sodir bo'lishi uchun zarur barcha moddiy sharoitlarni o'zida mujassamlashtiradi. Yer har qanday faoliyatning birlamchi asosi hisoblanadi. Yer uning paydo bo'lishining

© M.I. Axmedov, 2022.

moddiy sharoiti, uni amalga oshirishning kenglik asosi (bazisi), odam ishlab chiqarish masalalarini yechishda ta'sir etadigan jism (predmet) hisoblanadi. Yana, yer mehnat quroli yoki vositasi, madaniy o'simliklarga ta'sir etib dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirishda mehnat quroli hisoblanadi. Bu esa unga hamma uchun umumiy ishlab chiqarish vositasi xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari uchun mehnat predmeti, qishloq va o'rmon xo'jaliklarida mehnat quroli sifatida qarash uchun asos bo'ladi. Agrar hamda industrial sohalar faoliyatida, shu jumladan, qayta ishlovchi va qazib oluvchi sanoatda, yerning roli hamma vaqt faoldir. Sanoat korxonalarini joylashtirish va ularn-ing me'yorida ishlashi yer qatlamlari sifatiga, xomashyo olish va iste'mol qilish hamda tayyor mahsulotlarni top-shirish joylariga nisbatan o'rniga, tuproq unumdorligi va yerning boshqa xususiyatlariga, bunda yerning biologik salohiyatidan qisman foydalanilsa yoki umuman foydalanilmasa ham, bog'liq bo'ladi.[3] Yerning jamiyat uchun foydaliligining eng to'la namayon bo'lishi qishloq xo'jaligida ko'rinadi, bu yerda ishlab chiqarish jarayoni bevosita uning unumdorligi va mahsuldorligi bilan bog'liq. Odam biologik, kimyoviy, texnik vositalar bilan qurollanib o'simliklarni o'stiradi, hayvonlarni parvarishlaydi, bunda u yer va u bilan bog'liq boshqa tabiiy resurs-lardan ham mehnat predmeti, ham ishlab chiqarish quroli sifatida foydalanadi.

Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida (hamda o'rmon xo'jaligida) yerning o'ziga xos o'rni uning bu tar-moqlarda asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida vazifalarini belgilaydi. Yerning amaliy ahamiyati xalq xo'jaligining hamma tarmoqlarida bir xil bo'lmaganligi sababli, u yoki bu ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun yerning bajaradigan asosiy vazifalari va zarur sifatlarini ko'rib chiqamiz (Jadval).

Yerdan unumli foydalanish uchun yer massivlarining sifati va joylashgan o'rni katta ahamiyatga ega. Un-umdor, lekin uzoqda, noqulay joylashgan yerlar, odatda, judayam zarur bo'lganda, xo'jalikda foydalanishga jalb etiladi.

Qazib oluvchi (kon) sanoatida yerdan qazilma boyliklarni ishlash va xomashyo olish uchun foydalaniladi. Yer qatlamlarida ma'danli xomashyo va yonilg'i zaxiralari mavjudligi tog'-kon korxonalarini joylashtirishni belgilaydi. Izlab topilgan foydali qazilmalarning joylashgan o 'rni ham katta ahamiyatga ega. Birinchi navbatda sanoat va madaniy markazlarga nisbatan qulay joylashgan boy konlar o'zlashtiriladi. Keyingi o'n yilliklarda uzoq va kam aholilik mintaqalarda ma'danli xomashyo va yonilg'i qazib olish hajmi keskin oshdi. Qayta ishlovchi sanoatda yerdan hududiy asos sifatida foydalaniladi. Bu yerda yerning binolar va inshootlarni qurish uchun geologik sha-roitlari yaroqliligi, mehnat resurslari jamlangan aholi yashash joylariga, xomashyo manbalariga va mahsulotlarni sotish joylariga yaqinligi ahamiyatga ega.[3]

Yerdan ishlab chiqarishda foydalanishning xohlagan turini aniqlashda tuproq qatlami sifatini hisobga olish kerak. Qishloq xo'jaligining yerdan foydalanishdagi ustivorligi qonuniy tan olingan, ammo amalda, sanoat tarmoqlari yer uchastkalarini tanlashda tez-tez ustunlikka ega bo'lib kelishdi. Ishlanadigan yerlarning yaxshi texnologik xususiyatlari kapital xarajatlar sarfining kamayishini ta'minlaydi, ammo bu qishloq xo'jaligiga va bu-tun iqtisodiyotga sezilarli zarar keltiradi.

Jadval

Xalq xo'jaligi tarmoqlarida foydalaniladigan yerlarning

ishlab chiqarish bo'yicha asosiy vazifalari va sifati_

Tarmoqlar Ishlab chiqarish bo'yicha vazifalari Ishlab chiqarish faoliyatini aniqlovchi yerning asosiy sifati

Qishloq va o'rmon xo'jaligi Ishlab chiqarishning moddiy sharoiti Aholini ishlab chiqarishni, inshootlarni joylashtirish uchun orin (kenglik asos) Mehnat predmeti Mehnat quroli Tuproqlar unumdorligi O'simliklar Suvlar

Qazib oluvchi (kon) sanoati Asosiy ishlab chiqarish vositasi Ishlab chiqarishning moddiy sharoiti Ishlab chiqarishni va yer osti xazinalarini joylashtirish uchun o'rin (kenglik asos) Mehnat predmeti Kenglik xususiyatlari Yer qatlamlarida ma'danli xo- mashyolar va yonilg'i zaxiralari mavjudligi Kenglik xususiyatlari

Qayta ishlovchi sanoati Ishlab chiqarish vositasi Ishlab chiqarishning moddiy sharoiti Ishlab chiqarishni joylashlirish o'rni (ishlab chiqarish asosi) Ishlab chiqarish vositalari Kenglik xususiyailari Qatlamlarning qurilish xususiyatlari Suv manbalari

Hozirgi sharoitda sanoat korxonalariga qimmatbaho yerlarni ajratish qattiq cheklashlar va ularni ajratish uchun katta to'lovlar bilan bog'liq. Yer tuzish bo'yicha mutaxassislarga shuning uchun yerlarni tarmoqlar emas, balki xalq xo'jaligi samaradorligi nuqtai nazaridan, bozor iqtisodiyoti tamoyillaridan kelib chiqib tarmoqlar orasida taqsimlashni tashkil etish bo'yicha murakkab masalalarni yechishga to'g'ri keladi.

Yer fondida asosiy o'rinni hosildor, yuqori unumli yerlar egallaydi. Ular qishloq xo'jaligining yer resurslari asosini tashkil etadi va ulardan foydalanish darajasi ko'pchilik hollarda davlatdagi oziq-ovqat vaziyatini bel-gilaydi.

Ilmiy-texnik progressning rivojlanishi jarayonida oldin kam unumli hisoblangan yerlar qishloq xo'jaligida foydalanishga jalb etiladi. Yangi yerlarni o'zlashtirish Mirzacho'lda, Qarshi cho'lida va boshqa janubiy-sharqiy mintaqalarda dehqonchilik hajmini ancha kengaytirish imkonini berdi. [4]

Intensiv yerdan foydalanish - qishloq aholisi kamayayotgan va shahar aholisi mutlaq va nisbiy o'sayotgan, sanoat yetakchi rol o 'ynaydigan iqtisodiy rivojlangan davlatlarda agrosanoat ishlab chiqarishining umumiy qoidasi va obektiv zaruratidir. G'arbiy Yevropaning industrial rivojlangan davlatlarida qishloq xo 'jaligi ishlab chiqarishining tashkil topishini tarixiy tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, qishloq xo'jaligi u yerda qadimdan ishlov beriladigan yerlar maydonini kengaytirish hisobiga emas, balki, ishlov berish sifatini yaxshilash, oldingi yer maydoniga to'g'ri keladigan moddiy texnik vositalarni ko'paytirish yo'li bilan, ya'ni intensiv rivojlangan. Aynan shu jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy o'sishining eng samarali va tabiatdan oqilona foydalanishga qaratilgan yo'li hisoblanadi. Yer-lardan intensiv usullarda foydalanish, shu bilan bir qatorda qishloq xo'jaligi yer resurslari bazasini kengaytirish uchun, yo'qotilgan qishloq xo'jalik yerlari o'rnini to'ldirish uchun yangi maydonlami iqtisodiy asoslangan, aqlga mos miqdorlarda o'zlashtirishni ko'zda tutadi. Asosan, kam unumli yerlarni o'zlashtirishga to'g'ri keladi. Tarixan quyidagi vaziyat tarkib topgan: tuproqning yuqori unumdorligi undan darrov va yuqori intensivlikda foydalanish imkoniyatiga mos keladi. Jamiyat uchun nafaqat yaxshi yerlarning unumdorlik darajasi, balki, qishloq xo'jaligida foydalanilayotgan unumdor yer turlarining ishlab chiqarish imkoniyatlarining yig'ma (umumiy) ko'rsatkichi ahamiyatga ega. Bu qishloq xo'jalik yerlari unumdorligining "umumiy hajmi" - mamlakatimiz oziq-ovqat salo-hiyatining judayam ahamiyatli ko'rsatkichidir.

Yerlar unumdorligi - ularning qishloq xo'jaligiga mo'ljallanganligini ko'rsatuvchi asosiy belgidir. Unga yerlarning ishlab chiqarishda haydalma yerlar, bog'lar, yaylovlar, pichanzorlar sifatida foydalanishga yaroqliligi bog'liq.

Odatda tuproqlarning tabiiy va samarali (iqtisodiy) unumdorligi ajratiladi. Tuproqlarning tabiiy unumdorligi ularning buzilmagan holatida barcha tabiiy sharoitlar majmuasiga bog'liq. U tabiiy tuproq paydo bo'lish jarayoni natijasi bo'lib, mintaqalar bo'yicha bir-biridan keskin farq qiladi. Lekin dehqonchilik uchun o'zlashtiri-lishi natijasida tuproqlar keskin o'zgaradi, ularning sifat tavsiflarida asosiy o'rinni ularga berilgan sun'iy xususiyatlar egallaydi. Masalan, O'zbekistonning tabiiy unumdorligi nisbiy past bo'lgan o'tloqi tuproqlarida hozir qora tuproqli Ukrainaning va Rossiyaning qator viloyatlariga nisbatan yuqori hosil olinmoqda. [4]

Tuproqning samarali unumdorligi - bu yerning o'simliklarni zarur biologik hosilni olish uchun ular hayo-tining barcha omillariga bo'lgan talabini qondirish qobiliyatining inson tomonidan o'zgartirilishidir. Tuproqlarning qishloq xo 'jalik ekinlarining talablariga va adaptiv salohiyatiga, mehnat va moddiy-texnik vositalar xarajatlari bilan moslashishining boshlang'ich xususiyatlari qanchalik yaxshi bo'lsa, ularning hosildorligi shuncha yuqori va mahsulot birligini ishlab chiqarish xarajatlari past bo'ladi. Tuproqlarning tabiiy unumdorligidan samarali unum-dorlikka o'tish, odamning ish quroli yordamida ishlab chiqarish vositasi sifatidagi yerga ta'sir etadigan ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishini nazarda tutadi.

Tuproqlarning samarali unumdorligi agrar tarmoqlar rivojlanishining ilmiy-texnik darajasi. Ilg'or texnik vositalar va texnologiyalarni qo'llash, xo'jalik yuritishning iqtisodiy mexanizmi bilan aniqlanadi.

O'zbekistonning ilmiy tashkilotlari tomonidan mamlakatimizning barcha mintaqalarida tuproqlar unum-dorligini oshirishning kelajak uchun modellari ishlab chiqilgan. Ularni amalga oshirish yer tuzish o'tkazishni va melioratsiyalashni, ilmiy asoslangan dehqonchilik tizimlarini o'zlashtirishni, boshqa tadbirlami talab etadi. Tuproqlarning samarali unumdorligi qishloq xo'jaligida yer va inson omillari orasidagi bog'lovchi bo'g'in hisoblanadi.

Sobiq Ittifoq davrida O'zbekistonda yerdan foydalanish uzoq davrlargacha resurslarni tejash va ekologik xavfsizlikning elementar talablariga ham javob bermas edi. Natijada mahsulot tannarxi to'xtovsiz o'sib bordi. Masalan 80- yillarda agrar sektorga mablag' qo'yish 40 % oshgan bo'lishiga qaramasdan dehqonchilikning ko'p mahsulotlarini etishtirish kamaydi.

Yerlarning samarali unumdorligini oshirish hozirgi davrgacha lokal xarakterga ega: ularning degradatsiyasi kuzatilmoqda. Bu salbiy jarayonning oldini olish uchun yerdan oqilona foydalanishning iqtisodiy mexanizmini ishlab chiqish, iqtisodiyotning agrar sektoriga kapital qo'yilmalar tarkibini o'zgartirish, uning yerni muhofazalashga qaratilgan qismini ko'paytirib, barcha dehqonchilik mintaqalarida tuproqlarning unumdorlik xususiyatlarini kengaytirilgan qayta tiklashga erishish kerak.

1. Yer boshqa ishlab chiqarish vositalariga o 'xshab inson mehnati mahsuloti emas, u - tabiat mahsulotidir. Yer tabiiy jism bo'lib, ma'lum tarixiy bosqichda inson hayoti va uning mehnat faoliyati doirasi, jamiyatning texnik arsenaliga kiradigan barcha ishlab chiqarish vositalari manbasiga aylanadi. Inson mehnati asta-sekin yerni qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi vositasiga aylantiradi. Yer va mehnatning o'zaro bog'liqligi doimiy xarakterga ega.[5]

Yer ishlab chiqarish vositasi sifatida boshqa tabiiy resurslar - suv, quyosh energiyasi, havo va h.k, bilan o'zaro chambarchas bog'liq holda foydalaniladi. Tabiiy muhit elementlarining barchasidan qanchalik to'la foyda-lanilsa, yerning unumdorligi darajasi shunchalik yuqori, sarflangan mehnat va kapitalning foydasi ko'p bo'ladi. Yer almashtirib bo'lmaydigan ishlab chiqarish vositasidir. Ilmiy-texnik rivojlanish boshqa ishlab chiqarish vositalarining soni jihatdan cheklanmagan o'sishini va sifati yaxshilanishini ta'minlaydi, yerning kengligi esa yer sharining quruqligi bilan cheklangandir. Uning unumdorlik xususiyati esa cheklanmagan; dehqonchilik mintaqal-arida qishloq xo'jaligining yer resurslari imkoniyatlari hali tugagan emas. Quyosh energiyasi, issiqlik, namlik, tabiiy biogeotsenozlar zaxiralaridan o'zlashtirilgan maydonlarda to'laroq foydalanish kerak.

2. Yer joylashgan o'rnining doimiyligi (qo'zg^almasligi) bilan tavsiflanadi, shuning uchun uning kenglik shakllari va ko plab xususiyatlari o 'zgarmasdir. Boshqa ishlab chiqarish vositalarini (masalan, traktorlar, kom-baynlar, qishloq xo'jalik mashinalari) odam yerning ustida ishlab chiqarishda foydalanish jarayonida qo'zg'atadi, o'rnini o'zgartiradi, binolar va inshootlar ham qismlarga ajratilishi mumkin va h.k. Bularning hammasi ishlab chiqarishning ko'p yoki kam harakatchan elementlari yer massivlarining hududiy xususiyatlariga moslangan bo'lishi kerak.

3. Yer boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqli o 'laroq jismonan va ma 'naviy eskirishga kamroq uchraydi. Yerning unumdorligi ko'proq o'ziga yarasha hayot qobig'i hisoblanadigan tuproqlarning organik qismi bilan aniqlanadi. Tuproqqa qanchalik ko'p organik modda qo'shilsa, yer shunchalik unumdor bo'ladi. Shu bilan bir qatorda nooqilona (shu jumladan haddan tashqari intensiv) foydalanilganida u "abadiy" ishlab chiqarish vositasi sifatini yo'qotadi va tezlik bilan o'zining unumdorlik qobiliyatini pasaytiradi.

4. Yer - planetamizda barcha tirik mavjudotlarning saqlanishi asosidir, shu jumladan, odamlarning, uning ishlab chiqarish vositalari sifatida faoliyat ko'rsatishini ta'minlaydigan barcha tabiiy resurslar va iqtisodiy muhit elementlarining ham. Shunday qilib yerdan oqilona foydalanish masalasi tabiiy holda uni muhofaza qilish talablari bilan qo'shiladi.[6] Yerning undan qishloq xo'jaligida foydalanishda ko'rinadigan xususiyatlari, yer bilan ajralmas bog'liq, boshqacha aytganda "unga ildiz otgan" ishlab chiqarish vositalarining maxsus toifasini ajratishga olib keladi. Ular qo'zg'almas xarakterga ega va insonga mehnat quroli sifatida uning ta'sirini yerga o'tkazuvchi sifatida xizmat qiladi. Ular joylashish xarakteri bo'yicha ikki turga bo'linishlari mumkin: cheklangan hududlar uchast-kalarida joylashgan obektlar va katta uzunlikka ega chiziqli obektlar.

Yer bilan ajralmas bog 'langan ishlab chiqarish vositalariga quyidagilar kiradi:

-ishlab chiqarish binolari - chorvachilik fermalari, ustaxonalar, omborxonalar, eleklr stansiyalari, mahsulotlarni qayta ishlovchi korxonalar va h.k;

- suv xo jaligi va melioratsiya inshootlari - sug 'orish va zax qochirish kanallari. hovuzlar va suv ombor-lari, quduqlar, suv ta 'minoti tarmoqlari, bosimli suv minoralari;

- eroziyaga qarshi inshootlar;

-transport qurilmalari - yo " llar, ko priklar va boshqa yo 'l inshootlari;

-daraxtzorlar - bog 'lar, uzumzorlar, rezavorzorlar, daraxtlar va butalardan iborat ihota daraxtzorlari;

-boshqa xo jalik qurilmalari - devorlar, elektr ta 'minoti va aloqa tarmoqlari va h.k.

Bunday ishlab chiqarish vositalaridan ular qayerda qurilgan bo'lsa o'sha yerda, ular joylashgan yer uchast-kasi bilan birgalikda foydalaniladi. Ular yaratilganlaridan keyin, ularni o'rnidan qo'zg'atish, ularning foyda-lanishga yaroqliligini to'la yoki qisman yo'qotmasdan mumkin emas, ularni yetarlik darajada asoslamasdan joy-lashtirish esa katta iqtisodiy zararlarga olib kelishi mumkin. Yer bilan ajralmas bog'liq ishlab chiqarish vositalarini jamlash aksariyat hollarda qishloq xo'jaligining intensivlik darajasini aniqlaydi. Injenerlik jihatdan hudud qancha-lik yaxshi jihozlangan va ta'minlagan bo'lsa, dehqonchilikda mehnat unumdorligi shunchalik yuqori va qishloq xo'jalik mahsulotlari isrofgarchiligi kam bo'ladi. Keyingi vaqtlarda yerning asosiy ishlab chiqarish vositasi va hududiy kenglik asosi sifatidagi vazifalarining tezkor integratsiyalashishi ro'y bermoqda, dehqonchilik va chorvachilikning har xil shakllardagi kooperatsiyalari qayta ishlovchi korxonalar bilan birgalikda rivojlanmoqda. Yer butun agrosanoat majmuasining faoliyat ko'rsatishi uchun hududiy va ishlab chiqarish asosiga aylanadi. Bunda yerning sifatiga, mahsuldorligiga, unumdorligiga, ishlab chiqarishning texnik va texnologik ta'minlangan-ligiga, ekologik xavfsizligiga bo'lgan talab keskin o'sadi.

Ishlab chiqarish va jamoatchilik faoliyatlari jarayonida yer ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning ahamiyatli obekti sifatida xizmat qiladi. Uning mahsuldorlik darajasiga mamlakatimizni oziq-ovqat bilan ta'minlash bog'liq. Yerning sifati va tabiiy muhit birgalikda hududning aholi yashashi uchun qulayligi darajasini aniqlaydi. Yerning jamiyat hayotidagi o'ziga xos o'rni yer munosabatlarini odamlar orasidagi o'ziga xos iqtisodiy va huquqiy aloqalar sifatida ajratishga olib keladi. Bu ijtimoiy munosabatlarning, avvalo, mulkchilik, egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlarini amalga oshirish bilan bog'liq murakkab doirasidir. Qishloq xo'jaligida yerning asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida bir xil emasligi; boshqa tarmoqlarda foydalaniladigan uchastkalarning sifati har xilligi, mulkchilik va xo 'j alik yuritish shakllarining ko 'pligi yerga egalik qilish va yerdan foydalanishning dinamik xarakteriga olib keladi. O'zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy hayotidagi islohotlar yerdan foydalanish tizimini ham qamrab oldi. O'nlab yillar davomida yuzaga kelgan yer munosabatlaridagi formalizm tugatilmoqda, yerga

bo'lgan davlat mulkchiligining yakka hokimligiga barham berilmoqda, xususiy yerga egalik qilish doirasi to'xtovsiz kengaymoqda, dehqonlarning yerni saqlash, uning sifatini yaxshilashdan manfaatdorliklari oshmoqda. Bularning hammasi yer tuzish xizmati oldiga yaqin yillarda yechilishi kerak bo'lgan ko'plab yangi masalalarni qo'yadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yer bu insoniyat boyligining onasi bu boylikka faqatgina boylikning otasi bo'lmish mexnat bilan to' laqonli erishish mumkin. Shunday ekan biz bu boylikka erishishimiz uchun avvalo mex-natni to'g'ri tashkillay bilishimiz kerak. Hozirda ko'pgina davlatlarda yer mexnatini to'g'ri va intensiv tashkil-lanmaganligi sababli yerlarning holati yomonlashib yerlarning samaradorlik koffitsenti tobora kamaymoqda, lekin jahonda koplab mamlakatlarda yerga extiyotkorlik bilan samarali munosabatda bo' ladilar. Bunday yerga extiyot-korlik bilan munosabatda bo' ladigan davlatlarning tarxiga nazar soladigan bo' lsak, ular har doim ham yerga bun-day munosabatda bo'lmaganliklarini ko'ramiz. Ular bunday yerga extiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishlariga sabab, avval ekalogik inqirozga uchraganliklari, buning natijasida yerga extiyotkorona munosabatda bo'lish kerakligini tushunib yetganliklaridadir. Demak bizlar yerning holati inqirozga ketmasdan avval jamiyat tarixidan o'rnak olgan holda yerga extiyotkorona munosabatda bo'lishimiz kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Vilyam Petti (nerm B. eKOHOMHHecKHe u cTamcraHecKHe paôora. - M.: Co^Krm, 1940 - 55 c.).

2. G'afurova L., Maxsudov X., Namozov X. O'zbekiston tuproqlari va ulardan samarali foydalanish. T., 2003.

3. N.H Sagatov.Kon ishlari asoslari. Cho'lpon nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi. Toshkent 2007 y

4. A.Nurmuhammedov "Atrof-muhit muhofazasi" Tafakkur-2009-y

5. Birlashgan Millatlar Tashkiloti.Asosiy omillar, -T:.2001 yil,224-247 betlar.

6. "BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun, Xalqaro Ona Yer kuni munosabati bilan 2010-y 22-aprelda yo'llagan maktubi.

AXMEDOV MURODJONINOMJON OG 'LI - Qo'qon davlat pedagogika institute, Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta'lim yo'nalishi talabasi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.