Scientific Journal Impact Factor
О
BUXORO VILOYATI KOGON TUMANIDA YER RESURSLARIDAN FOYDALANISH VA BOSHQARISH HOLATINI YORITISH
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti buxoro filiali Yer tuzish va Yerdan foydalanish kafedrasi o'qituvchisi
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti buxoro filiali Yer tuzish va Yerdan foydalanish kafedrasi o'qituvchisi
Buxoro viloyati Kogon tumanida yer resurslaridan foydalanish yer resurslarini tasarruf etish, egalik qilish va foydalanish hamda boshqarish huquqlari amalga oshiriladi.Shuning uchun ham yerdan foydalanish tizimining samaradorligi va ekologik xavfsizligi muammolarining hal etilishi aksariyat jihatdan mulkchilik huquqlarining qanday darajada amalga oshirilishiga bog 'liq.
Kalit so'zlar: yer resurslaridan foydalanuvchilar, yer egaliklari, yer munosabatlari
ОХВАТ ЗЕМЛЕПОЛЬЗОВАНИЯ И ЗЕМЛЕУСТРОЙСТВА В КАГАНСКОМ РАЙОНЕ БУХАРСКОЙ ОБЛАСТИ
Азимова Сабинабона Джахонгировна
Ташкент ирригации и сельского хозяйства Бухарский филиал института инженеров механизации Преподавател кафедры землеустройства и
землепользования Асатова Манзура Ахатовна Ташкент ирригации и сельского хозяйства Бухарский филиал института инженеров механизации Преподавател кафедры землеустройства и
землепользования
В Казанском районе Бухарской области использование земельных ресурсов - это право на управление, владение, пользование и управление земельными ресурсами. Таким образом, решение проблем эффективности землепользования и экологической безопасности во многом зависит от степени реализации прав собственности.
Ключевые слова: землепользователи, землепользование, земельные отношения
Azimova Sabinabonu Jahongirovna
Asatova Manzura Axatovna
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
Scientific Journal Impact Factor
O
COVERAGE OF LAND USE AND MANAGEMENT IN KAGAN DISTRICT OF BUKHARA REGION
Azimova Sabinabonu Jahongirovna
Tashkent Irrigation and Agriculture Bukhara branch of the Institute of Mechanization Engineers Teacher of the Department of Land Management and Land
Management Asatova Manzura Axatovna Tashkent Irrigation and Agriculture Bukhara branch of the Institute of Mechanization Engineers Teacher of the Department of Land Management and Land
Management
In Kagan district of Bukhara region, the use of land resources is the right to manage, own and use and manage land resources. Therefore, the solution of problems of land use efficiency and environmental safety largely depends on the extent to which property rights are exercised
Keywords: land users, land tenure, land relations
Yer resurslaridan foydalanish tizimining iqtisodiy mexanizmi yerni tasarruf qilish, unga egalik qilish va undan foydalanish jarayonlarida vujudga keladigan yer resurslaridan foydalanishni boshqarish, tashkil qilish, rejalashtirish va rag'batlantirishni tartibga solishga qaratilgan davlat va yerdan foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy-iqtisodiy chora-tadbirlar majmuidir.
Muammoni qo'yilishi. Yerning hududiy va moddiy cheklanganligi, turli toifalarga bo'linishi va darajadagi unumdorligi undan intensiv, biroq oqilona foydalanish zarurligini taqozo etadi.
> Yer resurslaridan foydalanishni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi mohiyati nazariy jihatdan alohida yo'naltirilgan kategoriya sifatida yoritib berilgan.
> Yer resurslaridan foydalanishni boshqarishning jahon tajribasi o'rganib chiqilgan va mamlakatimizdagi boshqaruv mexanizmi bilan taqqoslangan.
> Yer resurslaridan foydalanishni boshqarishda zamonaviy geoaxborot tizimlarini qo'llash afzalliklari asoslab berilgan.
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
TAHLIL VA NATIJALAR
So'ngi yillar amaliyoti shuni ko'rsatmoqdaki, yer resurslarini soliqqa tortishning amaldagi tizimi takomillashtirishni talab qilmoqda: yer solig'ining miqdori juda ham kam va u yerdan foydalanuvchilaming aniq sharoitlarini, jumladan tabiiy unumdorligi, ekiladigan ekin turlari, joylashishi, zarur vositalar bilan ta'minlanganlik darajasi va boshqa omillarni hisobga olgan holda sust tabaqalashtirilgan, o'zining yer resurslari egalari va undan foydalanuvchilarning o'zaro manfaatlariga mos keladigan rag'batlantiruvchi funksiyasini to'liq bajarmayapti. Bundan tashqari yer solig'i tizimi yer unumdorligini oshirishga, yerdan foydalanuvchilar tomonidan uni asrab-avaylashga yordamlashadigan soliq imtiyozlariga ega emas.Yerdan foydalanishning ijara sharoitlarida yer uchastkasi unumdorligi, joylashgan joyi va boshqa tavsiflarni hisobga olgan asoslangan yer ijarasi haqini o'rnatish muhim masalalardan hisoblanadi.Yer munosabatlarini tartibga solish iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim shakli sifatida davlatning yer siyosatini amalga oshirishga yo'naltirilishi lozim.Uni isloh etishning asosiy bo'g'ini va maqsadi esa bu -
Scientific Journal Impact Factor
0
yer unumdorligini saqlagan va oshirgan holda ishlab chiqarish samaradorligini ta'minlaydigan yerga egalik qilish va yerdan foydalanish shakllarini rivojlantirishdir.Shu bilan birga ko'p yillik amaliyot shuni ko'rsatmoqdaki, yer munosabatlarini isloh qilish hali ko'zda tutilgan natija va samaraga olib kelmayapti: intensiv foydalaniladigan, ayniqsa sug'oriladigan yer maydonlari qisqarib bormoqda, ularning sifati yomonlashmoqda va binobarin mazkur yerlarda ishlab chiqarishning o'sish sur'atlari pasayib ketmoqda. Bunday sharoitda ushbu muammoni yechishning eng muhim yo'nalishlaridan biri, bizningcha, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishini ta'minlaydigan yer resurslaridan foydalanish yuzasidan iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga soluvchi tizimni shakllantirishdir. Bu esa o'z navbatida turli xil shakl va uslublar yordamida amalga oshiriladigan iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy tavsifdagi kompleks tadbirlarni o'z ichiga oladi. Davlat tomonidan tartibga solishning har xil shakllari orasida yerlardan oqilona foydalanish muammosini yechishda asosiy rol iqtisodiy tartiblashga berilishi lozim. Bizningcha, yer resurslaridan foydalanishni iqtisodiy tartibga solish yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va rag'batlantirishga qaratilgan iqtisodiy mexanizm tarkibi va bosqichlari yig'indisini o'z ichiga oladi. Demak, yer resurslaridan foydalanish tizimining iqtisodiy mexanizmi nazariy jihatdan yerning o'ziga xos xususiyatlari, yerga bo'lgan mulkchilik munosabatlarining o'zgarishi, yerning qiymati, yer solig'i, yer ijarasi va yer rentasi kabi jarayonlarning o'zaro yaxlitligini nazarda tutadi. Ularning har birini o'zaro bog'liqlikda tahlil qilish yer resurslaridan foydalanish tizimining iqtisodiy mexanizmini asoslashda muhim omil bo'lib xizmat qilishi bilan birgalikda yer resurslaridan foydalanish tizimini erkinlashtirishda qaysi iqtisodiy usullardan qanday foydalanish yuqori samaradorlikni ta'minlashda ustuvor ahamiyatga egaligini belgilashda ham yordam beradi.
Bugungi kunda olib borilayotgan islohotlar shuni ko'rsatadiki, yer egaligi va yerdan foydalanuvchilar, mulkdorlar har bir yer maydoni uchun electron axborot bazasi ya'ni GAT tizimidan foydalanish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar ishlab chiqish va yer axborotlari bilan tanishtirishdir. Yer resurslaridan foydalanishda Kogon tumani misolida ko'rib chiqadigan bo'lsak yer resurslarini electron reestr o'tqazish va muammolarini yer kadastri hujjatlarini, yer monitoring va yer tuzish ishlarini mantiqiy tahlil qilshdan iborat.
XULOSA
Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatimiz qishloq xo'jaligining asosini tashkil etuvchi yer resurslarini samarali boshqarish, boshqaruvning yangi
zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, bu boradagi jahon tajribasini tahlil qilish va
505
Scientific Journal Impact Factor
0
uning afzal tomonlarini sohada qo'llash va chet el yetuk mutahasislari bilan tajriba almashish, yer tuzish, yer monitoring, yer kadastr yo'nalishlari bo'yicha internet ma'lumotlardan foydalangan holda ilmiy asoslangan tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish eng dolzarb masalalardandir. Chet el tajribasidan foydalangan holda yer resurslarini boshqarishda har bir yer tuzish loyihalash ishlarida va ro'yhatga olishda internet ma'lumotlari va dasturlaridan unumli foydalanish va sohaga oid matematik modellashtirish va dasturlarni yaratishni mukammallashtirishdir. Chet el soha mutaxassislari bilan tajriba almashinish va yer resurslarini foydalanishga oid zamonaviy texnologiyalaridan foydalanishni joriy etishni ta'minlashdir.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami. Toshkent, O'zbekiston, 2014 yil.
2. Qishloq xo'jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qonun va me'yoriy hujjatlari to'plami. I va II qismlar. Toshkent, Sharq, 1998.
3. O'zbekiston Respublikasining Qonuni "Davlat yer kadastri to'g'risida". Toshkent, 1998 yil.
4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.04.2019 yildagi 357-sonli «Qishloq xo'jaligi korxonalari tomonidan yetishtirilgan boshoqli don ekinlari hosildorligi va yalpi hosilini aniqlash tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori.
5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 fevraldagi 5209- son «O'zbekiston Respublikasida kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoyishi.
6. O'zbekiston Respublikasining yer resurslarining holati to'g'risida Milliy hisobot. «Davergeodezkadastr» Davlat qo'mitasi. T.: 2020.
7. O'zbekiston Respublikasi Statistika qo'mitasining ob'ekt to'g'risidagi ma'lumotlari
8. "O'ZDAVERLOYIHA" instituti Buxvilerloyihaning ob'ekt to'g'risidagi ma'lumotlari
9. Buxoro viloyati Kogon tumani Yer resurslari va davlat kadastri bo'limining ma'lumotlari,(tumanning 2018 yil 1-yanvar holatidagi yer balansi)
Internet manbalari
10. www.ZiyoNet.uz - Milliy elektron kutubxona
11. www.gov.uz - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining rasmiy veb sayti