Научная статья на тему 'BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA YER VA SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI OSHIRISH YOʻLLARI (SURXONDARYO VILOYATIHU MISOLIDA)'

BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA YER VA SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI OSHIRISH YOʻLLARI (SURXONDARYO VILOYATIHU MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

1302
105
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yer / kapital / usul / foyda / resurs / jamlanma

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Bozor Iqtisodiyoti Sharoitida Yer Va Suv Resurslaridan Foydalanishning Iqtisodiy Samaradorligi Oshirish Yoʻllari Surxondaryo Viloyatihu Misolida

Mazkur maqolada yerdan foydalanishning barqaror rivojlanishi, iqtisodiy tamoyillari, mexanizmi va ko„p maqsadlilik xarakteri, takror ishlab chiqarish sikli va yer rentasi, yerni baholash va xususiylashtirish, yer bozori, yerning investitsiya ob‟ekti sifatidagi, yer ijarasi, yer solig„i xususiyatlari va boshqa shu kabi yo„nalishlar yuzasidan muammolarni aniqlash, shuningdek ularning уechimlari yuzasidan muayyan fundamental, tizimli, metodologik va amaliy asoslari bilan bog„liq masalalar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA YER VA SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI OSHIRISH YOʻLLARI (SURXONDARYO VILOYATIHU MISOLIDA)»

BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA YER VA SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI OSHIRISH YO'LLARI (SURXONDARYO VILOYATIHU MISOLIDA)

Mazkur maqolada yerdan foydalanishning barqaror rivojlanishi, iqtisodiy tamoyillari, mexanizmi va ko'p maqsadlilik xarakteri, takror ishlab chiqarish sikli va yer rentasi, yerni baholash va xususiylashtirish, yer bozori, yerning investitsiya ob'ekti sifatidagi, yer ijarasi, yer solig'i xususiyatlari va boshqa shu kabi yo'nalishlar yuzasidan muammolarni aniqlash, shuningdek ularning yechimlari yuzasidan muayyan fundamental, tizimli, metodologik va amaliy asoslari bilan bog'liq masalalar yoritilgan.

Kalit so'zlar: yer, kapital, usul, foyda,resurs, jamlanma

Jamiyat va iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uning muvaffaqiyatini belgilaydigan muhim ob'ektiv muammolarni hal etishga bog'liqdir. SHu nuqtai nazardan, qishloq va o'rmon xo'jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi, jamiyat va iqtisodiyotning boshqa soha va tarmoqlarida esa, eng muhim ishlab chiqarish vositasi, takror ishlab chiqarilmaydigan va o'rni almashtirilmaydigan yer resurslaridan foydalanish - har qanday milliy iqtisodiyot yaxlit tizimining ajralmas tarkibiy qismi bo'lib, mamlakatni rivojlantirish, ayniqsa muayyan islohotlarni amalga oshirish orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash o'z navbatida yerdan foydalanish iqtisodiyotining o'ziga xos masalalarini o'rganish va bilishga ob'ektiv bog'liqdir. Ayniqsa, yer resurslaridan iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq tarzda, oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, hududlarni kompleks rivojlantirish va ishlab chiqaruvchi kuchlarni optimal joylashtirishni ta'minlash imkonini beradigan davlat va bozor mexanizmlarini joriy qilish orqali iqtisodiyotda yer munosabatlarini tizimli va kompleks tashkil etish nafaqat rivojlanishning izchilligi va samaradorligini ta'minlashga, balki yer resurslarining mamlakat barqaror iqtisodiy o'sish sur'atlarini ta'minlashdagi ishtirokini ham mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu esa, yerdan foydalanishni jamiyat va iqtisodiyotning turli

Qobilbek Nasriddinov

Termiz davlat universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

KIRISH

darajalari, tarmoqlari, sohalari va hududlarida samarali tashkil

February, 2022

etishda iqtisodiy tadbirlarga ayniqsa ustuvor ahamiyat qaratilishini taqozo qiladi, chunki aynan ushbu tadbirlar so'ngi yillarda kuzatilayotgan yer resurslaridan maqsadli, oqilona va samarali foydalanmaslik, yer resurslarini tarmoqlar, hududlararo taqsimlash va qayta taqsimlashning samarasizligi, yerlarni noqishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun o'tkazilishining iqtisodiy va texnologik asoslanmasligi, meliorativ tizimlar holatini yaxshilash borasida keskin choralar ko'rmaslik, tuproqlarning buzilishi va boshqa salbiy ekologik omillar natijasida yerlar unumdorligining pasayib ketishi, ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishdagi noqulayliklar kabi muammolarning oldini olish va ularni bartaraf qilishga xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

So'ngi yillarda mamlakatimizda yer munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan bir qator qonun hujjatlari va me'yoriy aktlar qabul qilindi. Ularning asosiy jihatlaridan biri bu - yerning qiymati, yer solig'i va yer ijarasi haqi shakllarida namoyon bo'ladigan yerdan foydalanish uchun tabaqalashtirilgan haqning joriy etilishi, yerlarni xususiylashtirish va yer bozorining shakllanishi hamda bu sohada iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish va tartibga solish kabi ustuvor yo'nalishlarning ishlab chiqilishidir. Shunga qaramasdan hozirgi kunda yer munosabatlarini isloh etishning asosiy maqsadi - iqtisodiyot tarmoqlarida, ayniqsa qishloq va o'rmon xo'jaligida, hududlarida yerdan foydalanish samaradorligini oshirishga yerishib bo'lmayapti. Bunda eng muhim ahamiyatga ega bo'lgan yerdan foydalanish sohasidagi munosabatlarning zamonaviy jamiyat va iqtisodiyot ehtiyojlariga mos keladigan samarali iqtisodiy mexanizmni ishlab chiqishdir. Lekin, bu borada olib borilgan tadqiqodlarning natijalari soliq solinadigan bazani yaratadigan, yer mulkchiliga va yer ijarasini rivojlantiradigan, yer bilan bog'liq turli xil bitimlarni tuzishga sharoit tug'diradigan muayyan yer uchastkasini har tomonlama baholash, yerlarni xususiylashtirish va yer bozorini shakllantirish, yerlarning investitsiya jarayonlaridagi ishtirokini samarali ta'minlash kabi eng muhim yo'nalishlarning nazariy, uslubiy-amaliy mexanizmlarini yaratish va yanada takomillashtirish imkoniyatlarini hali bermayapti.

Bundan tashqari, mavjud iqtisodiy mexanizm yerdan samarali foydalanishni yetarli darajada rag'batlantirmayapti, uning unumdorligi oshishini ta'minlamayapti hamda unumdor yerlarning yer oborotidan chiqib ketishining oldini olmayapti. Holbuki, mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish jarayonlarini ta'minlash maqsadida yer resurslaridan foydalanish

tizimida innovatsion tarkibiy, institutsional va investitsiyaviy

February, 2022

o'zgarishlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari, sohalari va hududlari o'rtasida yer resurslarini samarali va balanslashgan taqsimlash va qayta taqsimlash orqali ishlab chiqarishni izchil rivojlantirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari, qayta ishlash sanoatini esa, xomashyo ashyo bilan uzluksiz ta'minlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish, barqaror va samarali ish joylari-ni tashkil qilish istiqbolda amalga oshirilishi ko'zda tutilgan eng muhim strategik ustuvor vazifalardan sanaladi. Shu nuqtai nazardan, ushbu vazifalarni amalga oshirish yer resurslaridan foydalanish tizimini rivojlantirishning innovatsion ilmiynazariy asoslarini yaratishga qaratilgan kompleks va tizimli choralarning iqtisodiy mexanizmi va "yo'l xaritalar"ini ishlab chiqishni taqozo qiladi. Bularning barchasi bo'lg'usi kadr va mutaxassislarda yerdan foydalanishning iqtisodiy masalalari bo'yicha tegishli bilimlarni shakllanishini taqozo qiladi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Xususan, fanning predmeti mazmunini, yerdan foydalanishni o'rganadigan boshqa fanlar bilan bog'liqligini va ushbu fanlar tizimida "Yerdan foydalanish iqtisodiyoti" fanining o'rnini, yerdan foydalanishga ob'ektiv iqtisodiy qonunlarning ta'sirini bilish juda muhimdir. Aynan ushbu bilimlar yerdan foydalanish iqtisodiy asoslari va mexanizmining yer munosabatlarini boshqarishni tashkil qilish va uni tartibga solishdagi, yerlardan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilishdagi ahamiyatini aniqlaydi. "Yerdan foydalanish iqtisodiyoti" tushunchasi ma'lum bir tamoyillar va qoidalar talablari doirasida yerni tasarruf qilish, unga egalik qilish va undan foydalanish jarayonida ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish yuzasidan yerda ijtimoiy-iqtisodiy, xo'jalik faoliyatini yuritish natijasida jamiyat va iqtisodiyot uchun zarur ne'matlarga bo'lgan ehtiyojlarni ta'minlash bilan bog'liq munosabatlarni ifodalaydi. Zamonaviy sharoitda "yerdan foydalanish iqtisodiyoti" ikki xil, ya'ni: aniq bir mamlakat (mamlakatlar guruhi, jahon)ning alohida tarmoqlar majmuasi (ishlab chiqarish iqtisodiyoti, qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti va h.k.)ni o'z ichiga olgan iqtisodiyot ma'nosida; kishilarning xo'jalik faoliyati, uning qonuniyatlari, aniq shart-sharoitlari, ishlab chiqarishning tarkibiy qismlari (aholi joylashuvi, mehnat, boshqarish)ni o'rganuvchi fan ma'nosida qo'llanadi. "Yerdan foydalanish iqtisodiyoti" tushunchasi tashkiliy-huquqiy, ijtimoiyiqtisodiy, ekologik, texnologik va hududiy munosabatlar va mexanizmlarning murakkab tizimini anglatib, yer resurslaridan

foydalanish jarayonining moddiy va abstrakt yo'nalishlarini o'z

February, 2022

ichiga oladi. Yerdan foydalanish iqtisodiyoti asoslari jamiyat va iqtisodiyotda yerni tasarruf qilish, yerga egalik qilish, yerdan foydalanish shakllari, yerni takror ishlab chiqarish sikli va uning davrlari, yer munosabatlarini tartibga solishda iqtisodiy jihatlarning ustuvorligi, yerdan foydalanishning iqtisodiy tamoyillari, tarmoqlar, sohalar, hududlar bo'yicha yerlarning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi, qishloq xo'jaligi yer turlari, yer ijarasi munosabatlari, yer rentasi, yerning narx ko'rinishidagi bahosini belgilash, yer resurslari uchun to'lovlar (yer solig'i va yer ijarasi haqi), ipoteka kreditlari, yerdan foydalanishni boshqarishning iqtisodiy vazifalari, yerni xususiylashtirish, yer bozori, yerning investitsiyaviy xususiyatlari, yer resurslaridan foydalanish samaradorligi kabi ko'plab muhim iqtisodiy kategoriyalardan tarkib topgan.

Yerdan foydalanish iqtisodiyoti "barqaror rivojlanish", "barqaror foydalanish" kabi tushunchalar bilan uzviy bog'liq. Yerdan "barqaror foydalanish" deyilganda, yerdan foydalanishning nafaqat hozirgi zamon ehtiyojlarini qondiruvchi shakllari va turlari, balki kelajak avlodlarning ham o'z ehtiyojlarini qondira olish imkoniyatlari nazarda tutiladi. Shu bilan bir qatorda, hozirgi bosqichda va kelajakda jamiyatning barcha tabaqalari hayot kechirishi va iqtisodiyotning "barqaror rivojlanishi" uchun zarur ehtiyojlarni qondirishi asnosida yerdan "barqaror foydalanish" jarayoni atrof muhitni muhofaza qilish maqsadida jamiyat va iqtisodiyot tomonidan ayrim cheklashlarni ham o'z ichiga oladi. Yerdan foydalanish iqtisodiyoti rivojlanishining darajasi - yerdan barqaror foydalanishning pirovard natijasi bo'lib, bunda yer o'zining tabiiy va iqtisodiy resurs, xo'jalik yuritish va ko'chmas mulk ob'ekti sifatidagi asoslarini saqlab qoladi. Hozirgi bosqichdagi yerdan foydalanish tizimining darajasining samarasiz bo'lishiga sabab, u nafaqat jamiyat va iqtisodiyot manfaatlariga, balki tabiat qonunlari talablariga ham to'liq ja vob bermayotganligi bo'lib, amaliyot ko'rsatishicha, yer resurslarining degradatsiyasi (tanazzuli)ga olib kelmoqda. Holbuki, manbalarni tahlil qilish hozirgi vaqtda nazariy va amaliy jihatdan yerdan foydalanish tizimi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy jarayon sifatida yetarli o'rganilmaganligini, uning mohiyati to'liq ochib berilmaganligini va ushbu tushunchaning aniq ta'rifi keltirilmaganligini ko'rsatmoqda. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksida yerdan foydalanish tizimi tushunchasi berilmagan. Ensiklopedik lug'atlarda u o'rnatilgan tartibda yerni ishlatish, ekspluatatsiya qilish tarzida talqin qilingan, ya'ni uning iqtisodiy-huquqiy jihatiga urg'u berilgan. Ayrim hollarda yerdan foydalanish joyda aniq chegaralarga ega va muayyan sub'ektlarga foydalanish uchun berilgan yer uchastkasi

sifatida talqin qilinadi, yer kadastrida esa, yerdan foydalanish

February, 2022

deganda asosiy yer-kadastr birligi tushuniladi. Boshqa hollarda yerdan foydalanish tizimini yerni xo'jalik maqsadida ishlatishning texnologik jarayoni sifatida tushuniladi. Mazkur tushunchalar yerdan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy jarayon, uning muayyan tizimga ega ekanligini nazarda tutmagan cheklangan tushunchalar, yerning tabiatda, jamiyat va iqtisodiyotdagi keng qamrovli roliga javob bermaydi, deyish mumkin. Yerdan foydalanishning aniqroq tushunchasini S.Tkachuk "Yerdan foydalanish bu - tabiat qonunlari bilan hamohang tarzda iqtisodiy qonunlardan ongli asosda foydalanish bilan ob'ektiv rivojlanadigan yer resurslardan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy shakllari va ishlab chiqarish usullarining yig'indisidir" 1 deb ifodalaydi. Lekin hozirgi kunda ushbu ta'rif yetarli emas: yerdan foydalanishning tizimli jarayon ekanligi chetlab o'tilgan bo'lib, yerdan foydalanishning faqat ishlab chiqarish usullari aks etgan. A.Chertovitskiy va A.Bazarovlar esa, yerdan foydalanish tizimiga yanada kengroq ta'rif berishga harakat qilishgan. Ularning ta'kidlashicha yerdan foydalanish tizimi bu - "jamiyat va tabiat rivojlanishi qonunlaridan ongli ravishda foydalanish asosida rivojlanadigan jamiyat tomonidan yer resurslaridan to'xtovsiz, siklli, ko'pmaqsadli foydalanish uslublari va ushbu jarayonni boshqarishning bozor usullari yig'indisidir" 2 deyilgan. Biroq, yerdan foydalanish tizimi tushunchasiga berilgan mazkur ta'rifda ayrim qarama-qarshi talqinlar mavjud. U hozirgi zamon yerdan foydalanish mazmunining barcha jihatlarini qamrab olmagan, ya'ni yerdan foydalanish tizimi muayyan munosabatlar ta'sirida bo'ladi, uslub va usullar tegishli munosabatlarni taqozo va ifoda qiladi.

Shuning uchun ham ushbu ta'rifni muayyan munosabatlar orqali ifoda qilish zarur. Qolaversa, ushbu ta'rifda faqat bozor usullari orqali boshqarish haqida aytilgan, lekin bozor sharoitida jarayonlarni boshqarish emas, balki ularni tartibga solish munosabatlari amal qilishini, bunda esa davlat usullarini nazarda tutish lozim. Boshqacha aytganda, yerdan foydalanishning tizimlilik xarakteri va uning mazmun-mohiyati jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa munosabatlar orqali namoyon

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 1992 yil 8 dekabr // T.: Adolat. -1999. - 152 b.

2. O'zbekiston Respublikasining Yer kodeksi: (2017 yil 1

XULOSA

bo'ladi.

iyulgacha bo'lgan o'zgartish va qo'shimchalar bilan) Rasmiy

February, 2022

nashr - O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. - T.: Adolat, 2017 y. - 160 b.

3. O'zbekiston Respublikasining Solik kodeksi: Rasmiy nashr - O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. - T.: "Adolat", 2008 y. - 692 b.

4. «Davlat yer kadastri to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining Qonu ni. 1998 yil 28 avgust, Qishloq xo'jaligiga oid qonun xujjatlari // T.: «Adolat». - 1999. - 448b.

5. «Fermer xo'jaligi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni. 1998 yil 30 aprel, Qishloq xo'jaligiga oid qonun hujjatlari // T.: «Adolat» - 1999. - 448b.

6. «Dehqon xo'jaligi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni. 1998 yil 30 aprel, Qishloq xo'jaligiga oid qonun xujjatlari // T.: «Adolat» - 1999. - 448 b.

February, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.