Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YER QONUNCHILIGINI BUZGANLIK UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YER QONUNCHILIGINI BUZGANLIK UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
355
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yer / tabiiy resurs / jinoiy javobgarlik / atrof tabiiy muhit / yerlarni muhofaza qilish / yuridik javobgarlik / huquqiy munosabat / ekologik jinoyatlar / yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olish. / Land / natural resource / criminal responsibility / natural environment / land protection / legal responsibility / legal attitude / environmental crimes / arbitrary occupation of land.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Shoxnazar Boboqulov, Munojot Abduvaliyeva

Maqolada yerlarni muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlari, bu jarayonda jinoiy javobgarlikni qo‘llash xususiyatlari ko‘rib chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining ushbu sohadagi tajribasi tahlil etilgan. Shuningdek, mazkur sohaga oid milliy qonunchilikni takomillashtirishga oid fikr mulohazalar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CRIMINAL RESPONSIBILITY FOR VIOLATION OF LAND LAW IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

The article examines the legal measures of land protection, features of applying criminal liability in this process, and analyzes the experience of the Republic of Uzbekistan in this field. Opinions on improving the national legislation in this field were also expressed.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YER QONUNCHILIGINI BUZGANLIK UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YER QONUNCHILIGINI BUZGANLIK

UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK

Shoxnazar Boboqulov

«Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti»

Milliy tadqiqot universiteti «Yer resurslarini boshqarish» kafedrasi dotsenti bobokulov2504@gmail.com

Munojot Abduvaliyeva

«Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti magistranti Abduvaliyeva123 @gmail .com

ANNOTATSIYA

Maqolada yerlarni muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlari, bu jarayonda jinoiy javobgarlikni qo'llash xususiyatlari ko'rib chiqilgan hamda O'zbekiston Respublikasining ushbu sohadagi tajribasi tahlil etilgan.

Shuningdek, mazkur sohaga oid milliy qonunchilikni takomillashtirishga oid fikr mulohazalar bildirilgan.

Kalit so'zlar - Yer, tabiiy resurs, jinoiy javobgarlik, atrof tabiiy muhit, yerlarni muhofaza qilish, yuridik javobgarlik, huquqiy munosabat, ekologik jinoyatlar, yerni o'zboshimchalik bilan egallab olish.

CRIMINAL RESPONSIBILITY FOR VIOLATION OF LAND LAW IN THE

REPUBLIC OF UZBEKISTAN

ABSTRACT

The article examines the legal measures of land protection, features of applying criminal liability in this process, and analyzes the experience of the Republic of Uzbekistan in this field.

Opinions on improving the national legislation in this field were also expressed.

Keywords - Land, natural resource, criminal responsibility, natural environment, land protection, legal responsibility, legal attitude, environmental crimes, arbitrary occupation of land.

Kirish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida, agrar-industrial davlat hisoblangan respublikamizda yer resurslaridan foydalanish bilan bog'liq masalalarni, ya'ni yerga oid huquqiy munosabatlar me'yorlarini ishlab chiqish, yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni huquqiy tartibga solish jamiyat hayotidagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi [1-3].

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Respublikamizda yer resurslaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bog'liq bir qator qonunchilik hujjatlari qabul qilingan. Davlatning ekologik funksiyasini amalga oshirish jarayonida tegishli davlat organlari mazkur qonun hujjatlarini belgilangan tartibda amalga oshiradilar. Ma'lumki, yer resurslari-ishlab chiqarish jarayonining asosiy manbai, farovonlikni ta'minlashning moddiy negizi hisoblanadi [4-6].

Yerlarni huquqiy muhofaza qilishga qaratilgan samarali qonunchilik va uni tatbiq etuvchi muayyan mexanizm mavjud bo'lishiga qaramasdan, so'nggi yillarda turli xil xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan qonunbuzarliklar bo'layotganligini ham ta'kidlab o'tish joiz [7-9].

Yer qonunchiligini buzganlik uchun yuridik javobgarlik yerlarni huquqiy muhofaza qilishning asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Yuridik javobgarlik o'zida yer huquqi sub'ekti sifatida yuridik va jismoniy shaxslarning huquqqa xilof harakatlariga nisbatan qo'llanadigan majburlov choralari tizimini namoyon etadi. Majburlov choralari ogohlantirish, sub'ektlarning huquqqa xilof harakatlarining oldini olish yoki ularning bunday harakatlarni sodir etganligi uchun jazolash xarakteriga ega bo'lishi mumkin. Huquqqa xilof harakatlarni sodir etuvchi shaxs huquqbuzar hisoblanadi, huquqqa xilof harakatlarning o'zi esa, huquqbuzarlik hisoblanadi. Huquqbuzarlarga nisbatan qo'llanadigan choralar huquqiy sanksiyalar hisoblanadi. Huquqbuzarlik mazmuni sifatidagi, huquq me'yorlari talablariga zid harakat, shuningdek, huquqbuzarlarga nisbatan davlat ta'sir chorasi sifatidagi sanksiyalar mazmuni qonunda qayd etilishi lozim [10-12].

Yer qonunchiligi bo'yicha huquqbuzarlik ham huquqbuzarlikning shakllaridan biri bo'lib, u yer huquqi normalariga zid bo'lgan aybli harakat yoki harakatsizlik shaklida namoyon bo'ladi. Yer qonunchiligi huquqbuzarligi va bunday huquqbuzarliklarga belgilanadigan javobgarlik masalalari har doim ham huquqshunoslik fanining diqqat markazida bo'lib kelgan. Keyingi yillarda ushbu muammolarni o'rganish, tahlil qilish va bu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish bilan bog'liq huquqshunos olimlarning faoliyati ancha jonlandi. Zero, bozor iqtisodiyoti sharoitida xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning, umuman yer munosabatlari qatnashchilarining tabiat resurslaridan foydalanishda ko'proq manfaat va daromadlarga e'tibor berishligi va bunda ekologik talablarga ko'p hollarda amal qilmaslik holatlari ko'p uchrayotganligini e'tiborga oladigan bo'lsak, yer resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish masalasiga alohida e'tibor qaratilishi hayotiy zarurat ekanligini anglaymiz [13-15].

Bunday muhofazaning zaruriyati yana shu bilan izohlanadiki, ilmiy, tashkiliy va texnik tavsiyalarning roli qanchalik katta bo'lmasin, ular huquqiy norma ko'rinishida qonunda mustahkamlab qo'yilganidan keyingina davlat organlari, mansabdor shaxslar,

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

xo'jalik yurituvchi sub'ektlar va fuqarolar tomonidan majburiy ravishda bajariladi. Aks holda bunday tavsiyalar bajarilmay, e'tibordan chetda qolib ketishi mumkin [16-18].

Mazkur normalar yer boyliklariga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga, yer hosildorligini uzluksiz oshirib borish qoidalariga rioya qilishga, yerdan foydalanish qoidalari buzilganda tegishli choralar ko'rishga imkon yaratadi.

Yer resurslarini muhofaza qilishga yo'naltirilgan huquqiy choralar xususidagi fikr-mulohazalar yerni muhofaza qilish va undan foydalanishni huquqiy targibga solishda muammolar mavjudligidan dalolat beradi. Yer barcha moddiy boyliklarimiz asosidir. Demak, yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish qoidalariga panja orasidan qaragan, bu qoidalarni buzgan jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan samarali jazo choralarini qo'llash hozirgi paytda muhim ahamiyatga egadir [19-21].

Yer huquqbuzarliklari uchun belgilanadigan jinoiy-huquqiy javobgarlik javobgarlikning boshqa turlaridan (intizomiy, ma'muriy, fuqaroviy) o'zining og'irligi va qat'iyligi bilan farq qiladi. Bu javobgarlik faqat sud tomonidan va jinoyat kodeksida qat'iy ko'rsatilgan ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori bo'lgan qilmishlarga nisbatangina qo'llaniladi. Shuning uchun ham yer huquqbuzarliklarining umumiy hajmida mamlakatimizda o'rnatilgan ekologik-huquqiy tartibotga qarshi qaratilgan bu ijtimoiy xavfli qilmish alohida ajralib turadi. O'zbekiston Respublikasi "Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida"gi qonunning 47-moddasida, Yer kodeksining 90-moddasida va O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 16-moddasida belgilangan asoslar hamda ushbu kodeksning maxsus qismi tegishli moddalarida ko'rsatilgan tarkiblar mavjud bo'lgan taqdirda aybdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladilar.

Jinoyat kodeksida yerdan foydalanish to'g'risidagi qonunni buzganlik uchun javobgarlik "Ekologiya sohasidagi jinoyatlar" bo'limining XIV bobi - Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar bobida, shuningdek "Hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar" bo'limining XV bobi - Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar bobida nazarda tutilgan [22].

Bir qator jinoyatlar sodir etilishida, masalan Ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzishda (193-m.); Atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi to'g'risidagi ma'lumotlarni qasddan yashirish yoki buzib ko'rsatishda (194-m.); atrof tabiiy muhitni ifloslanishi oqibatlarini bartaraf qilish choralarini ko'rmaslikda (195-m.); Atrof tabiiy muhitni ifloslantirish (196-modda); Yer, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish (197-modda); Sug'oriladigan yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olishga yo'l qo'ymaslik bo'yicha choralar ko'rmaslik (1971-modda); Zararli kimyoviy moddalar bilan muomalada bo'lish qoidalarini buzishda (201-m.); Yer uchastkalarini o'zboshimchalik bilan egallab olish (2291-modda); Belgilangan taqiqlarni (cheklovlarni) buzgan holda binolarni, inshootlarni yoki

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

"5

boshqa ob'ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash (229 -modda); Yer berish tartibini buzish (2294-modda); Yer uchastkasini noqonuniy olib qo'yish (2295-modda); Sug'oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo'lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o'zga shaxsga berish (2296-modda) jinoyatlarini sodir etishda to'g'ridan to'g'ri yer bilan bog'liq jinoyatlar, ba'zan esa boshqa tabiiy resurslarning holati buzilishi yoki hokimiyat boshqaruvi tartibining buzilishi bilan ham bog'liq jinoyatlar sodir etilishini ko'rish mumkin [23].

Ayrim mualliflar yer bilan bog'liq jinoyatlar tarkibini to'rtta guruhga bo'lib ko'rsatadilar:

1) ekologik tavsifga ega bo'lgan jinoyatlar;

2) iqtisodiy tavsifga ega bo'lgan jinoyatlar;

3) yerga davlat boshqaruvining ob'ekti sifatida tajovuzlar;

4) yer bilan bog'liq jinoyatlar [24].

Umuman olganda, yuridik javobgarlikning bu turini quyidagi asosiy xususiyatlarini ko'rsatib o'tish mumkin:

- javobgarlikning yuzaga kelishi uchun asoslarning cheklanganligi;

- javobgarlikni o'rnatishning maxsus tartibining mavjudligi (shaxsga nisbatan jinoiy javobgarlik faqat Jinoyat protsessual kodeksida ko'rsatilgan talablarga qat'iy rioya qilgan holda sud tomonidan chiqarilgan ayblov hukmi asosidagina o'rnatilishi mumkin);

- jinoiy javobgarlik shaxsiy xarakterga ega.

Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, huquqbuzarlik qachonki jinoyat kodeksida bu huquqbuzarlik uchun yuridik javobgarlik belgilab qo'yilgan bo'lsagina jinoyat hisoblanadi [25].

Shu bilan birga amaliyotda Jinoyat kodeksining yuqorida ko'rsatib o'tilgan moddalarini qo'llash kam uchraydi. Ko'pincha bunday jinoyatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ro'yxatga olinmaydi.

Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, an'anaviy yuridik javobgarliklardan tashqari yer qonunchiligini buzganlik uchun alohida normativ aktlarda ko'zda tutilgan maxsus yuridik javobgarlik turlari ham mavjud. Yer qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik an'anaviy yuridik javobgarliklar ko'zda tutilgan [26]. Mehnat, Jinoyat, Fuqarolik, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodekslardan tashqari O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksi, "Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida"gi qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda ham belgilab berilgan. Bunda bu qonunchilik hujjatlarida atrof tabiiy muhitga, shu jumladan, yer resurslariga yetkazilgan zarar uchun to'liq moddiy javobgarlik tegishli xo'jalik sub'ektlari va fuqarolarga nisbatan o'rnatilishi belgilab qo'yilgan. Yer qonunchiligini buzganlik uchun maxsus javobgarlikning mavjudligi quyidagi holatlar bilan izohlanadi:

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

- yer ekotizim unsuri, tabiatning ob'ekti sifatida moddiy dunyoning boshqa ob'ektlaridan farqli o'laroq, o'ziga xos xususiyatga ega. Unga yetkazilgan zarar uchun belgilanadigan an'anaviy javobgarlik turlarining o'zi bu sohadagi huquq tartibotni ta'minlash uchun yetarli emas;

- yer tabiatning bir qismi sifatida tabiatning boshqa ob'ektlari bilan ham uzviy bog'liqlikda bo'ladi, chunki yer huquqbuzarligi natijasida tabiatning qonunchilik bilan qo'riqlanadigan boshqa ob'ektlariga ham zarar yetkaziladi. Tabiatning bu ob'ektlari "Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida"gi, "Suv va suvdan foydalanish to'g'risida"gi, "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida"gi, "Er osti boyliklari to'g'risida"gi, "Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risida"gi, "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida"gi, "O'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida"gi, "O'rmon to'g'risida"gi qonunlar bilan muhofaza etiladi. Yer huquqbuzarliklariga nisbatan bu qonunlarda ko'zda tutilgan javobgarlik ham qo'llanilishi mumkin.

2019 yil 4 martda qabul qilingan O'RQ-526-son qonun yer berish tartibini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik o'rnatilgann. Mazkur qonunga ko'ra, sug'oriladigan yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olishga yo'l qo'ymaslik bo'yicha choralar ko'rmaganlik uchun ham ma'muriy va jinoiy sanksiyalar joriy etiladi. Buning uchun yer egalari, yerdan foydalanuvchilar yoki ijarachilar javobgarlikka tortiladi [27].

Shuningdek, yer uchastkalarini o'zboshimchalik bilan egallab olganlik uchun jarimalar ikki baravar oshiriladi. 15 sutkagacha ma'muriy qamoqqa olish tarzidagi muqobil variant ham saqlanib qoldi.

O'zbekiston qonunchiligiga yer to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytiruvchi normalar kiritildi. Jumladan, jinoyat kodeksining «1971-moddasiga ko'ra, sug'oriladigan yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olishga yo'l qo'ymaslik bo'yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko'rmaslik, shunday qilmish uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, —

eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O'sha qilmish:

a) takroran;

b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa, — eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u o'zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta'minlasa hamda o'zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf qilsa, javobgarlikdan ozod etiladi»;

2) quyidagi mazmundagi 2294-modda bilan to'ldirilsin:

«2294-moddasiga ko'ra, yer berish tartibini buzish, shunday harakat uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, —

eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O'sha harakat:

a) takroran sodir etilgan bo'lsa;

b) sug'oriladigan yerlarning qishloq xo'jaligi oborotidan chiqishiga sabab bo'lsa, —

eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi» [28].

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, asosiy boyligimiz bo'lgan yer resurslarini muhofaza qilish, undan tejab-tergab foydalanishni ta'minlash uchun birinchi navbatda, qonunchiligimizni hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish hamda qonunchiligimizda ko'rsatilgan yer huquqbuzarliklariga nisbatan belgilangan javobgarliklarni o'rnatish borasida sud va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mas'uliyatini yanada oshirish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

[1] Valixon K. et al. QISHLOQ XO 'JALIGI YER EGALIKLARI VA YERDAN FOYDALANISHLARINI TASHKIL ETISH VA TARTIBGA SOLISH //IQRO JURNALI. - 2023. - Т. 2. - №. 1. - С. 765-770.

[2] Aлтиев A. и др. Ердан ижара хукуки асосида фойдаланишда шартномавий-хукукий муносабатлар //Общество и инновации. - 2023. - Т. 4. - №. 2. - С. 57-66.

[3] Кароматов В. Урмон хужалиги тасаруфидаги кишлок хужалиги яйлов ерларини деградацияга учрашининг асосий омиллари //Основные направления стратегии земельной реформы: проблемы и решения. - 2022. - Т. 1. - №. 1. - С. 263-268.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

[4] Кароматов В. O'rmon fondi yerlari infrastrukturasining ob'ektlarini (omillarini) baholash.(Rossiya federatsiyasi misolida) //Основные направления стратегии земельной реформы: проблемы и решения. - 2022. - Т. 1. - №. 1. - С. 254-262.

[5] Sultanovich A. A. STAGES OF THE FORMATION OF THE LAND MARKET, THE MAIN DIRECTIONS OF ITS DEVELOPMENT AND SOCIO-ECONOMIC IMPORTANCE //Ann. For. Res. - 2022. - Т. 65. - №. 1. - С. 9151-9163.

[6] A.P, B., & S.B., R. (2021). The Current State Of The Use Of Lalmi Crop Land And The Main Directions Of Their Improvement. The American Journal of Agriculture and Biomedical Engineering, 3(03), 39-45. https://doi.org/10.37547/tajabe/Volume03Issue03-07

[7] Muratovich, MukumovAbdugani and Alikulovich, Usmanov Yusuf and Sobir, Ruziboyev. (2020). The ways to increase the efficiency of dekhan and household plots. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(03).

[8] АР Бабажанов, СР Шарипов, БМ Успанкулов. ЗЕМЛИ ЛЕСНОГО ФОНДА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН И АНАЛИЗ ИХ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ. Вестник Казахского гуманитарно-юридического инновационного университета. 2017. № 1 (33). С. 198-201.

[9] AR Babajanov, MD Mahsudov. Diversification of land fund in the district. Monograph. LAP Lambert Academic Publishing, 77-78

[10] АР Бабажанов, СБ Рузибоев, БМ Успанкулов. Классификация зданий и сооружений Узбекистана для их оценки. Вестник Казахского гуманитарно-юридического инновационного университета. 2020. № 4 (48). С. 97-102.

[11] Avezbayev S. et al. Determination of rational areas of irrigated plots in saline and subjected lands to irrigation erosion //IOP Conference Series: Materials Science and Engineering. - IOP Publishing, 2020. - Т. 883. - №. 1. - С. 012059.

[12] Samosa R. C. et al. Methodology for Determining the Costs of Environmental Protection Measures in Land Management //European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630). - 2021. - Т. 10. - С. 39-45.

[13] Bangayan-Manera A. et al. Problems of Cadastral Evaluation of Land Intended for Non-Agricultural Purposes //European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630). -2021. - Т. 10. - С. 34-38.

[14] Хафизова З., Мукумов А. ЕР УЧАСТКАСИ (ДАЛА) ПАСПОРТИ (ТАРИХ ВА КЕЛАЖАК) //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 2. - С. 300-307

[15] Хафизова З. МЕТОДИКА ОПРЕДЕЛЕНИЯ ЗАТРАТ НА ПРИРОДООХРАННЫЕ МЕРОПРИЯТИЯ ПРИ ЗЕМЛЕУСТРОЙСТВЕ //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 2. - С. 1106-1115.

[16] Мажитов Б. ^ИШЛОК ХУЖАЛИГИДА ЕР МОНИТОРИНГИНИ ЮРИТИШДА ЗАМОНАВИЙ ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ ^УЛЛАШ //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 2. - С. 761-768.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

[17] Хафизова З. Х., Мукумов А. М. ЕР ТУЗИШ АСОСИДА ЭЛЕКТР УЗАТИШ ТАРМОКЛАРИНИ ЖОЙЛАШТИРИШ //Эффективность применения инновационных технологий и техники в сельском и водном хозяйстве. - 2020. - С. 309-312.

[18] Авезбаев С., Шарипов С. БУЗИЛГАН ЕРЛАРНИ РЕКУЛЬТИВАЦИЯ КИЛИШ БУЙИЧА ИШЧИ ЛОЙИХДЛАР--ЕРЛАРНИ МУ^ОФАЗА КИЛИШ УСУЛИ СИФАТИДА //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 2. - С. 1529-1536.

[19] Sayfuddin S., Muhammadbek M. Working Projects of Disturbed Land Recovery-As a Method of Land Protection //Academic Journal of Digital Economics and Stability. - 2021. - Т. 9. - С. 80-84.

[20] Икрамов Р., Бобокулов Ш. ЕРЛАРНИ МУХ,ОФАЗА КДЛИШГА ОИД ^УКУКИЙ АСОСЛАРНИНГ ТАКОМИЛЛАШУВИ //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 5. - С. 1233-1239.

[21] Abdurashid A., Muhammadbek M. Regulation of the Diversification of the Use of the District Land Fund through the General Scheme //Design Engineering. - 2021. - С. 25652581.

[22] Altiev, A., & Mahsudov, M. (2020). Improvement of the regulation mechanisms of the land use diversification. International Journal of Pharmaceutical Research. ISSN, 9752366.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

[23] Sultanovich, A. A., & Ugli, M. M. D. (2019). Methods of forecasting and management of land fund diversification in local areas. International Journal of Recent Technology and Engineering, 8(3), 403-411.

[24] Altiev, A. S., & Mahsudov, M. D. (2019). REPRODUCTION CYCLE OF LAND. Central Asian Problems of Modern Science and Education, 3(4), 96-102.

[25] Alikulovich, U. Y. (2020). Mechanisms Of Establishing The Use Of Irrigated Land In The Degradation State In The Conditions Of Land Use Diversification. The American Journal of Agriculture and Biomedical Engineering, 2(09), 7784. https://doi.org/10.37547/tajabe/Volume02Issue09-13

[26] Авезбаев, Садулла. (1992). Экономические и социальные основе организации рационального использования земельных и водных ресурсов в районах экологического бедствия (на примере низовья Амударьи).

[27] Алтиев, А. С. (2019). ДИВЕРСИФИКАЦИЯ ЗЕМЛЕПОЛЬЗОВАНИЯ В УСЛОВИЯХ УГЛУБЛЕНИЯ РЫНОЧНЫХ РЕФОРМ. In ПРОФЕССИОНАЛ ГОДА 2019 (pp. 92-96).

[28] Abdurshid, A., & Muhammadbek, M. (2020). IMPROVING THE REGULATION OF THE DIVERSIFICATION OF LAND USE IN THE TERRITORY.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.