Научная статья на тему 'YASUNARI KAVABATA HIKOYALARIDA INSON VA TABIAT MUNOSABATLARI TASVIRI'

YASUNARI KAVABATA HIKOYALARIDA INSON VA TABIAT MUNOSABATLARI TASVIRI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
341
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
inson / tabiat / inson taqdiri / inson ruhiyati / badiiy mahorat / o‘ziga xoslik / человек / природа / человеческая судьба / человеческая психика / художественное мастерство / оригинальность.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xakimova, Feruzaxon

Maqolada Yasunari Kavabataning “Bambuk sadosi. Shaftoli guli”, “Mehrqush”, “Qizil olxo‘ri” hikoyalarida inson va tabiat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar tasviri tahlil qilingan. Yozuvchining ta’sirchan ifoda uslubi, bayon etishdagi o‘ziga xos jihatlari tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ИЗОБРАЖЕНИЕ ОТНОШЕНИЙ ЧЕЛОВЕКА И ПРИРОДЫ В ИСТОРИЯХ ЯСУНАРИ КАВАБАТА

В статье анализируются взаимоотношения человека и природы в рассказах Ясунари Кавабата «Шум бамбука», «Цветок персика», «Мехркуш», «Красная слива». Исследуется впечатляющий стиль писателя, уникальные аспекты повествования.

Текст научной работы на тему «YASUNARI KAVABATA HIKOYALARIDA INSON VA TABIAT MUNOSABATLARI TASVIRI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

YASUNARI KAVABATA HIKOYALARIDA INSON VA TABIAT MUNOSABATLARI TASVIRI

Feruzaxon Xakimova

O'rta Osiyo Tibbiyot Universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada Yasunari Kavabataning "Bambuk sadosi. Shaftoli guli", "Mehrqush ", "Qizil olxo 'ri " hikoyalarida inson va tabiat o 'rtasidagi o 'zaro munosabatlar tasviri tahlil qilingan. Yozuvchining ta'sirchan ifoda uslubi, bayon etishdagi o 'ziga xos jihatlari tadqiq etilgan.

Kalit so'z va iboralar: inson, tabiat, inson taqdiri, inson ruhiyati, badiiy mahorat, o 'ziga xoslik

В статье анализируются взаимоотношения человека и природы в рассказах Ясунари Кавабата «Шум бамбука», «Цветок персика», «Мехркуш», «Красная слива». Исследуется впечатляющий стиль писателя, уникальные аспекты повествования.

Ключевые слова и фразы: человек, природа, человеческая судьба, человеческая психика, художественное мастерство, оригинальность.

Adabiyotda inson va tabiat o'rtasidagi uzviy aloqadorlik masalalari uzoq o'tmishdan buyon muhim mavzular sirasida o'rganilib kelinadi. Inson yaratilgandan buyon hamisha tabiat bilan hamnafas umr kechirishi bu mavzu bilan bog'liq bo'lgan jamiyki tadqiqotlarning dolzarbligini belgilaydi. Biz quyida yapon adabiyoti vakili Yasunari Kavabata hikoyalari misolida inson va tabiat o'rtasidagi uzviy aloqadorlik masalalarini ko'rib chiqamiz.

Kavabataning "Bambuk sadosi, shaftoli guli" hikoyasida keksa Miyakava va uning butun taqdiri tabiat bilan chambarchas bog'liq holda kechgani aks ettiriladi.[1.32] Hikoya "Qachondan beri u bambuk sadosi bilan shaftoli gulini o'z vujudida his qila boshladi?" degan savol bilan boshlanadi. Yoshi bir joyga borib qolganda Miyakavani ana shunday hissiyot chulg'ab oladi. Asli inson keksaygach yosh vaqtida e'tibor qilmagan olam go'zalliklariga oshufta bo'la boshlaydi. "Vujudida his qildi" iborasi ayni bu o'rinda ifodaning biroz g'ayritabiiyligini bildirsa-da, bu asar qahramonining butun ruhiyati atrof-muhit bilan hamohanglikni his qilayotganidan dalolat beradi. Ayni mana shunday tasvir tamoyili Kavabataning alohida o'ziga xos uslubini namoyon qiladi. Hikoya davomida bu uslub saqlanib

750

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qoladi. Miyakavaning uyi ortida qad rostlab turgan qarag'ayning "xonadonni baloyu ofatlardan asramoqchidek" bo'lib turishi tasvirlanadi. Butun qishloq ahlining safardan qaytayotib birinchi navbatda bu daraxtga qarab olishni odat qilishlari, uning baland va viqorli turishini barchaning tinchligini ta'minlab turgan bir tirik jonzotdek ko'rishlari yapon xalqining tabiatga nisbatan o'ziga xos munosabatga egaligini ko'rsatadi. Miyakava tomonidan qarag'ayga: inson umrining haddan ziyod qisqa va o'tkinchi ekanini eslatmaydi, balki, aksincha, bunday og'ir xayollardan xalos qiladi, deya ta'rif beriladi. Keksa chol o'z jismi, ruhi bilan tuproqning teran qatlamlariga qadar qo'shilib, singib borayotganligini his qiladi, qarag'ay yuragining aziz parchasiga aylanganini seza boshlaydi. Juda qattiq bo'ron va yomg'ir kelgan vaqtlarda ham daraxtning qilt etmay turishi, mayda daraxtlar parchalanib sinib ketganida ham uning shoxlariga zarra ziyon yetmasligi cholni hayratga soladi va unga termulgan ko'yi xuddiki undan kuch oladi. Tabiatning turli sinovlarida toblangan bu daraxt ana shu keksa insonning butun bir taqdiri va unutilmas voqealari bilan birgalikda umr kechiradi. Yozuvchi mana shu qarag'ay misolida ongli va ongsiz yaratiliqning yashash qonuniyati o'rtasidagi mushtaraklikni belgilaganday tuyiladi. Qachonki, sen mayda va kuchsizsan, tashqi kuch seni yakson qiladi. Sen zabardast va kuchlisan, sening hatto bir parcha ignangga ham ziyon yetmaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Qarag'ay vaqti kelib quriy boshlaganda Miyakava qattiq iztirobga tushib, uni saqlab qolish chorasini qidiradi. Keksayib qolgan daraxtni hech bir amal qutqarib qololmaydi. Yozuvchi yana bir karra bizga olam qonunini yodga soladi. O'zi kuchli qilib yaratgan yaratiqni, O'zi muddati kelganda yakson qiladi.

Yozuvchining tilidan aks etgan soddagina hikoyada butun bir umr xulosasi yashirin. Aslida insonning dunyoga kelishi va ketishi u darajada murakkablik kasb etmaydi deydi, u ham oddiy o'simliklar kabi paydo bo'ladi, yashaydi, oxiri rad etib bo'lmas qonunga bo'ysinib qazo qiladi. Eng muhimi ana shu davr mobaynida u umrini qanday o'tkaza olishida degan ma'no-mazmun anglashiladi.

Hikoya yakunida butunlay qurib bitgan qarag'ayga termulib o'tirgan Miyakava uning shoxiga burgut kelib qo'nganini ko'radi. Yozuvchi qahramon tilidan bundan ham bir hikmat izlashga undaydi. Garchi qarag'ay qurib, yolg'iz so'xtasi qolgan bo'lsa-da, eng yirik qushning favqulodda aynan shu daraxtga qo'nishini atrofdagi mayda daraxtlardan ko'ra balandligi va qulayligi bilan ustunligida deb biladi.

Odagiri Xideo "Inson va adabiyot" maqolasida yapon yozuvchilari asar yaratishda uning syujeti, strukturasi va voqealar rivojidan ko'ra inson ruhiyatidagi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

kechinmalar, ong mohiyati, "qalb surati"ni berishda qisqalik bilan katta narsa "chizish"ni mohirona aks ettirganlari haqida yozadi.[2.76] Fikrlar isbotini biz yuqoridagi hikoya tahlilida ham ko'rib o'tdik. Unda Miyakava bilan bog'liq hayotiy voqeilik deyarli tasvirlanmaydi, uning turmushi haqida ortiqcha izoh berilmaydi, faqatgina keksayib qolgan insonning qurib qolgan qarag'ay daraxti bilan o'tmish voqealari haqida xayoliy xotirlashuvi aks etadi. Shuning uchu ham adabiyotshunos, tanqidchi olim A.Mesharikov XX asr yapon adabiyotini o'rganar ekan, adabiyotda eng murakkab bo'lgan inson ruhiyatini tasvirlashni yapon yozuvchilari mahorat bilan uddalaganlarini alohida ta'kidlaydi. [3.8]

Adibning "Mehrqush" hikoyasi inson, uning kechmishi va ona qush haqida. Bolasi inidan tushib ketgach, mehrqush tinmay chirqirab Yosikolar uyini tinchitmaydi. Ko'zlari yaxshi ko'rmaydigan buvisi bu qushning nolasidan u bolasini izlayotgani va yordam ilinjida sayrayotganini aytadi. Aslida bu oiladagi ikki nabira: Yosiko va uning ukasi onasi tomonidan tashlab ketilgan bo'lib, otasi ikkinchi ayolga uylangan, hozirda ular alohida yashayotgan bo'ladi. Yaqin orada to'yi kutilayotgan Yosiko mehrqushga bolasini olib berarkan, jonivordagi fidoyilik va jonkuyarlik uni o'yga toldiradi. Qushlarga ham berilgan onalik mehr-muhabbatidan nima uchun ongli mavjudotlar bebahra ekani haqida o'ylaydi. Onasi juda yosh vaqtida ketib qolgani uchun hech narsaga tushunmay qolgani, otasi esa ukasi tomonidan o'gay onaga qilingan qo'pol muomaladan alohida yashashni afzal bilgani haqida o'ylaydi. Bo'lajak yangi turmush haqidagi o'ylar o'z oilaviy muhiti tufayli uni qattiq tashvishga soladi. Hikoya so'nggida polaponiga mehribonlik bilan ozuqa tutayotgan mehrqushni ko'rgan Yosiko ayni shu holatni otasi va o'gay onasi ham ko'rishlarini istaydi.

Ona degan ulug' bir maqom insoniyatga, shu qatori jonzotlarga ham ato qilingan. Barcha jonzotdanda mukammal va imkoniyati beqiyos yaratilgan odamiyzod ba'zida ona degan nomga ana shu qanotlari bilan bolasini olishga qudrati yetmay yordam olishga uringan, ozuqani tumshug'ida saqlab olib kelib yediradigan qushchalik ham loyiq bo'lolmaydi. Yozuvchi hikoyada inson va jonivorlarning yashash prinsipini qarama-qarshi qo'yadi. Birgina Yosikolar oilasi misolida dunyodagi ko'plab yetim qolgan bolalarning siniq ruhiyatini tasvirlar ekan, ularning aynan onasi nima sababdan butun bir oilani barbod qilib ketishi sababini aynan izohlamaydi. Chunki odamlarning aksariyati aytishga arzimaydigan darajadagi vaziyatlar natijasida butun bir oila taqdirini hal qilishdan toyishmaydi. Bunday oila muhitida ulg'aygan farzandlar Yosiko kabi o'z turmushining baxtli yakun topishiga bo'lgan ishonchini

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yo'qotadi, ukasi kabi atrof-muhitga, jonzotlarga nisbatan rahm-shafqat tuyg'usidan bebahra ulg'ayadi.

"Qizil olxo'ri" hikoyasida keksayib qolgan chol va kampirning o'zaro baxslashuviga olxo'ri daraxtining gullashi sabab bo'ladi. Har yilgi odatiga ko'ra ostki shoxlaridan gullaydigan bu daraxt qahramonlarning yoshlik chog'idan buyon sira ham o'zgarmagan, uni yashab o'tilgan umrga qiyoslanganda, inson hayotining bir zumda o'tib ketishi haqidagi mulohazaga olib boradi. Yozuvchi olxo'ri daraxti har yili bir xil holatda gullashni unutmaganini, ammo ikki keksa qahramon o'tmishdagi voqealarni to'la eslay olmasdan tortishib qolganliklarini tasvirlaydi. Ularning hayotlari barcha qatori tekis va notekis kunlardan iborat bo'lganligi, turmush mashaqqatlari ta'sirida keksalik alomatlari yengib borayotgani aks ettiriladi. Biroq shu bilan bir qatorda, ayni vaqtda gullagan daraxtga qarab suhbat qurib o'tirishlari va bularni kuzatayotgan qizlarining miyig'ida kulib qo'yishi oilaning baxtli damlaridan nishona sifatida ko'rsatiladi.

Hikoya so'nggida qizi har yili aynan olxo'ri gullagan vaqtida marhum otasining onasi bilan bo'lgan shirin tortishuvlarini yodiga olishi aytiladi. Tabiat insonni o'z bag'rida ulg'aytiradi, yaxshi va yomon kunlariga guvoh bo'ladi, xotiralarini yodiga soladi. Kun kelib yorug' dunyoni tark etib ketganidan keyin esa o'sha insonni kimgadur eslatguvchi vosita bo'lib xizmat qiladi. Yozuvchi tabiatning inson hayotidagi o'rnini juda go'zal dalillar bilan yoritadiki, kitobxon bu oddiy haqiqatlarga hech qachon e'tibor qaratmaganidan hayratlanadi.

Tabiatning buyukligini his qilish, oddiy odamlar ko'rmaganini ko'ra olish, nur va soyalarni dadil va hatto qo'rqmay ta'sirini aks ettirish Kavabata ijodiga xos. Mavsumning turli davrlarida shuni ilg'ash, shu ilg'agan ranglar, tabiat sirlari, tuyg'ular orqali inson qalbini kashf qiladi. Shuning uchun Kavabata ijodida tabiat hodisalari, uning manzaralari va ko'rinishlari yashirin, ko'p planli matn osti ma'no hosil qiladi. Kavabata qalbi ulug', tushunchasi keng, hissiyotga boy inson. U tabiatning naqadar buyukligini his qilib qolmay, balki tabiatni sevadi, odamlar sezmagan narsani ko'ra biladi, bu - uning baxti, bu - uning aqidasi, bu - uning betakrorligi, - deya fikr bildiradi mohir tarjimon Olim Otaxon.[1.248] Yozuvchi butun bir vujudini junbushga keltirgan tabiiy hodisalarni, avvalo, o'zi his qiladi va buni mahorat bilan so'z vositasida har qanday kitobxonga yuqtira oladi, u esa "yozuvchi bilan birga hayot hodisasini tafsil-batafsil tahlil etib boradi, xuddi yozuvchining o'zi bilan bir qatorda, o'sha yozuvchi kashf etgan haqiqatning kashfiyotchisi bo'lib qoladi".[4.219]

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA

Kavabata hikoyalari asosan kundalik turmushdagi oddiy voqeiliklarga asoslansada, asosiy e'tibor ko'proq uning ruhiyati bilan tabiat o'rtasidagi dillashuv, uyg'unlashuv masalalariga qaratiladi. Ularda ruh bilan tana, jonli va jonsiz narsalar, insonlar va jonivorlar o'rtasidagi munosabatlar aks etadi. Hikoyalarda gullar, daraxtlar, tabiat hodisalarini shunchaki tasvirlash, ularni ulug'lash, asrab-avlaylashga undash emas, ularning vujudini tinglashga, ong ostidagi tushunib bo'lmas chambarchaslikni his qilishga urinish oldi o'ringa chiqadi. Bu esa yozuvchining o'ziga xos uslubini namoyon qiladi.

REFERENCES

1. Kavabata Y. Oq gullar: hikoyalar. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2019, 32-bet.

2. Nosirova Z. XX asr yapon nasri tendensiyalari // "Til va adabiyot" ta'limi. 2020-yil, 2-son, 76-bet.

3. Мещеряков А. Жизн и сметръ с видом на Фудзияму. - Санк-Петербург, 2002.

4. И.Султон. Адабиёт спецсификатсияси // "Шарк юлдузи", 1977, 219-бет.

C. 8.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.