YASHIL PUL-KREDIT SIYOSATI YURITISHNING
ISTIQBOLLARI
1Doniyorbek Qo'shboqov Maxramqulovich, 2Botirov Asatbek Husniddin o'g'li
1Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti, "Iqtisodiyot" fakulteti o'qituvchisi 2Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti, "Iqtisodiyot" fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11207594
Annotatsiya. Ushbu maqola yalpi milliy jamg'armalarning iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati hamda, milliy jamg'armalarni pasaytiruvchi omillar haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: pul-kredit siyosati, yalpi milliy jamg'armalar, jamg'armalar taqchilligi, fiskal, inflyatsiya.
O'zbekistonda yashil iqtisodiyotning o'rni haqida gap borar ekan. Bugungi kunga kelib nafaqat O'zbekistonda balki butun dunyo bo'yicha yashil iqtisodiyotning o'rni juda katta ahamiyatga ega bo'lib bormoqda. Shu jumladan hususan ekalogiyaning buzilishining oldini olish va iqlim o'zgarishi oqibatlarini yumshatish bo'yicha loyihalarni amalga oshirishda xususiy sektorni jalb qilishning o'rni va afzalliklari hamda yurtimizning yashil iqtisodiyotga o'tishi va xususiy sektorni iqlimni yaxshilashga yo'naltirilgan loyihalarini amalga oshirish hamda ustuvor sohalarni dekarbonizatsiya qilish. Hususan O'zekiston hududida sanoat, ishlab chiqarish, koxonalar va texnikalarning modenizatsiyalashda yashil iqtisodiyotning o'rni juda katta hioblanadi
Iqlim o'zgarishi yoki global isish iqtisodiyotga turli kanallar orqali salbiy ta'sir ko'rsatadi. Xususan, iqlim o'zgarishi tufayli asosan ikki turdagi xatarlarga duch kelinadi: fizik xatarlar (suv toshqini, qurg'oqchilik, o'rmon yong'inlari va h.k.) va o'tish davri xatarlari (iqlim o'zgarishi oqibatlarini kamaytirish uchun qo'llaniladigan choralar natijasida iqtisodiyotda yuzaga keladigan xatarlar).
Fizik xatarlar, ya'ni ekstremal ob-havo sharoitlari iqtisodiyotdagi ta'minot zanjiriga zarar yetkazib, iqtisodiy subyektlar faoliyatining sustlashishiga olib kelishi mumkin.
Ushbu xatarlar asosan rivojlanayotgan davlatlarda ko'proq ta'sirli bo'lib, iqlim o'zgarishining salbiy oqibatlarini oldini olishga qaratilgan choralarni qo'llash zaruratini oshiradPs. Biroq, mamlakat iqlim o'zgarishi oqibatlariga qarshi kurashishga kechikib, keskin choralarni qo'llash ortidan iqtisodiy siyosatda bo'ladigan o'zgarishlar o'tish davri xatarlarini yuzaga keltirishi mumkin. Bu ham ta'minot tizimiga va natijada, moliyaviy tizim barqarorligiga salbiy ta'sir ko'rsatishi ehtimollari mavjud.
Iqlim o'zgarishining salbiy oqibatlarini oldini olishga qaratilgan choralarning oldindan qo'llanilishi o'tish davrida yuzaga keladigan xatarlarni kamaytirishga xizmat qiladi. Bunda. iqlim o'zgarishiga qarshi kurashishda muammo manbasini aniqlash, uning darajasini o'lchash (baholash)16 va mos makroiqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, umuman olganda yashil iqtisodiyotni qurish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yashil iqtisodiyotga o'tishda tarkibiy islohotlar, fiskal va pul-kredit siyosatlaridan ham foydalanish mumkin. Fiskal siyosatdagi choralar uglerod solig'i, yashil subsidiyalar va transfertlarni joriy etishni o'z ichiga olsa, pul-kredit siyosatini yuritishda ekologik toza iqtisodiy faoliyatni qo'llab-quvvatlash uchun markaziy bank instrumentlaridan foydalaniladi. Shu bilan birga, tarkibiy islohotlar qonunchilik orqali energiya sarflanishini tartibga solish (energiya
samaradorligi standartlarini kiritish) va institutlarni "uglerodsizlashtirish"ni (uglerod bozorlari yaratilishini) nazarda tutadi.
Xalqaro tajribada markaziy banklar tomonidan pul-kredit siyosatini yuritishda iqlim o'zgarishi, atrof-muhit masalalariga ham ustuvorlik berilishi "yashil pul-kredit siyosati" deb ataladi.
Bunda, markaziy banklar ekologik barqaror iqtisodiyotga o'tishni rag'batlantirish maqsadida o'z instrumentlaridan (yashil qayta moliyalashtirish kreditlari, yashil garovlar va boshqalardan) foydalanishi uchun quyidagi shartlar bajarilishini talab etadi:
asoslanishdan chetlashtiradi va bozor narxlarining signal beruvchi funksiyasini ishdan chiqaradi.
Qolaversa, kredit berishdagi bunday selektiv yondashuvga ustunlik berish markaziy bank mustaqilligiga shubha yaratib, unga bo'lgan ishonchning yo'qotilishiga olib kelishi mumkin. Yashil pul-kredit siyosatini yuritishda markaziy bankka bo'lgan ishonchni saqlab qolish uchun iqlim o'zgarishini inobatga olish bilan bir qatorda bozor mexanizmlarini ta'minlash ham muhim ahamiyatga ega.
Xalqaro tajriba shuni ko'rsatadiki 2019-yilda Yevropa Ittifoqi Kengashi iqlim o'zgarishi masalasida bir xulosaga kelib, 2050-yilgacha ekologik barqarorlikka erishish maqsadini belgilab oldi. Yevropa Markaziy Banki (YeMB) o'zining asosiy maqsadidan tashqari, Yevropa Ittifoqining umumiy iqtisodiy siyosatlarini ham qo'llab-quvvatlashi belgilab qo'yilgan. Bu YeMB uchun yashil pul-kredit siyosatini yuritish uchun huquqiy asos bo'lib xizmat qiladi. Bu borada, YeMB 2020-yildan boshlab yashil qimmatli qog'ozlarni kredit operatsiyalari uchun garov sifatida ishlatilishi mumkinligini e'lon qildi. 2021-yilda pul-kredit siyosati strategiyasiga iqlim o'zgarishi masalalarini kiritish bo'yicha yo'l xaritasini ishlab chiqdi.
YeMB yashil pul-kredit siyosatini yuritishda ayrim qiyinchiliklarga duch kelgan. "Corporate Sector Purchase Program" (CSPP) dasturi doirasida ekologik toza aktivlarni markaziy bank tomonidan sotib olish amaliyotining ta'siri kichik bo'lib, uzoq muddatda ular iqlim o'zgarishini yumshatmasligi aniqlangan.
Bundan tashqari, yashil pul-kredit siyosati Yevropa Ittifoqining uglerod bozoridan (the Emissions Trading System) keladigan samarani yo'qqa chiqarish ehtimoli borligi o'rganib chiqilgan. Biroq, YeMB tomonidan garovga qo'yiladigan aktivlar uchun iqlim talablarini qo'yilishi uglerod-intensiv korxonalarning yashil obligatsiyalarini chiqarishga va umuman yashil investitsiyalarini oshirishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.
Shuningdek, tabiiy ofatlar so'nggi yillarda Yevropa Ittifoqidagi inflyatsiyaga ko'proq bosim yaratuvchi omil bo'lib, YeMBning ba'zi yashil vositalardan foydalanish imkoniyatini (yashil moliyaviy aktivlarni markaziy bank tomonidan sotib olinishi) cheklamoqda.
Iqlim o'zgarishi yomonlashishda davom etsa, bu markaziy banklarning inflyatsion targetlariga erishishida to'sqinlik qiluvchi asosiy omilga aylanishi mumkin. Aynan mana shu bog'liqlik iqlim muammosiga befarq bo'lmaslik ahamiyatini yanada oshiradi.
Uglerod emissiyasining eng katta ulushi Xitoy davlatiga to'g'ri kelib, 2018-yildan yashil pul-kredit siyosatini yuritishni boshladi. Birinchi qadam o'rta muddatli kredit operatsiyalarida yashil obligatsiyalarning garov sifatida foydalanilishiga ruxsat etilishi bo'ldi. Xitoy tajribasiga asoslangan tadqiqotlarda ushbu choralar bozorni ekologik barqarorlikka erishishida sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkinligi aniqlandi
O'zbekiston sharoitida yashil pul-kredit siyosati: O'zbekistonda ham iqlim muammolari kun tartibidagi muhim masalaga aylanmoqda. Sodir bo'layotgan chang bo'ronlari, suv toshqinlari,
anomal sovuq va issiq haroratlar mamlakatdagi ishlab chiqarish va qishloq xo'jaligi faoliyatiga, shaharlar infratuzilmasiga zarar yetkazib, iqtisodiyotga salbiy ta'sir qilmoqda. Bu makroiqtisodiy siyosatni yuritishda ekologik xatarlarni ham inobatga olishni talab etadi. Bunda, Markaziy bank pul-kredit siyosatini takomillashtirishda xalqaro tajribani kuzatib, muvaffaqiyatli qo'llangan choralarni tatbiq etish istiqbollarini o'rganib boradi.
Xulosa qilib aytganda, O„zbekiston so„nggi yillarda yashil iqtisodiyot va ekologiya sohasida ajoyib yutuqlarni ko„rsatdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimizda barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishish, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan tashabbuslar, strategiyalar, siyosatlar qabul qilindi. Parij bitimining ratifikatsiya qilinishi mamlakatning issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish bo„yicha majburiyatlaridagi muhim qadamdir. Kam uglerodli rivojlanish, samarali texnologiyalar, barqaror iste'mol va ishlab chiqarish tamoyillarini joriy etish orqali O'zbekiston ekologik toza iqtisodiy rivojlanish bo'yicha yetakchiga aylanish yo'lidan bormoqda. Milliy maqsadlar va innovatsiyalarni doimiy ravishda qo'llab-quvvatlash mamlakatning ekologik barqarorligini ta'minlashning yakuniy maqsadiga erishishda yanada muhim yutuqlarni ta'minlaydi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 04.10.2019 yildagi PQ-4477-son
2. World Economic and Social Survey 2011: The Great Green Technological Transformation / Department of Economic and Social Affairs of the United Nations Secretariat (DESA). - New York: United Nations, 2011. - E/2011/50/Rev. 1 ST/ESA/333.
3. Sindarovich, U. A., Dilnoza, Q., & Fayzullo o'g'li, B. A. (2023). National Traditions of Interior Architecture of Buildings of Wedding Houses. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN, 4(3), 1-7.
4. Порфиръв Б.П «Зеленая» экономики: реалии перспективы и переделы роста.-М.;Карнеги,,,2013