Научная статья на тему 'YALPI MILLIY JAMGʻARMALARNING IQTISODIY RIVOJLANISHDAGI AHAMIYATI'

YALPI MILLIY JAMGʻARMALARNING IQTISODIY RIVOJLANISHDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
11
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
pul-kredit siyosati / yalpi milliy jamgʻarmalar / jamg‘armalar taqchilligi / fiskal / monetary operatsiyalar / inflyatsiya.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Jabbarov Eliboy, Doniyorbek Qo‘shboqov

Ushbu maqolada 2023-yilda iqtisodiy oʻsishning tezlashishiga asosiy unsurlar, jahon iqtisodiyotidagi qatʼiy moliyaviy sharoitlar, savdo hamkorlardagi joriy iqtisodiy tendensiyalar va kutilmalar, yangilangan prognozlar, joriy yilda makroiqtisodiy rivojlanishning qanday ssenariy shartlari asosida kechishi, asosiy tashqi xatarlar, global fragmentatsiyaning kuchayishi va yuqori global inflyatsion jarayonlarning uzoqroq muddat saqlanib qolishi bilan bogʻliq jarayonlar, yalpi ichki mahsulotning real oʻsishi, Markaziy bank asosiy stavka boʻyicha kelgusi qarorlari, tashqi iqtisodiy sharoitlar, ehtimoliy energiya resurslari qimmatlashishi inflyatsiyaning yangi toʻlqinini paydo boʻlish xatari, qolaversa yalpi milliy jamgʻarmalarning iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati hamda, milliy jamg‘armalarni pasaytiruvchi omillar haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YALPI MILLIY JAMGʻARMALARNING IQTISODIY RIVOJLANISHDAGI AHAMIYATI»

YALPI MILLIY JAMGARMALARNING IQTISODIY RIVOJLANISHDAGIAHAMIYATI

1Jabbarov Eliboy, 2Doniyorbek Qo'shboqov

1Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti, I.f.d, professor, 2Toshkent iqtisodiyot va

pedagogika instituti, o'qituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.11207815

Annotatsiya. Ushbu maqolada 2023-yilda iqtisodiy o'sishning tezlashishiga asosiy unsurlar, jahon iqtisodiyotidagi qat'iy moliyaviy sharoitlar, savdo hamkorlardagi joriy iqtisodiy tendensiyalar va kutilmalar, yangilangan prognozlar, joriy yilda makroiqtisodiy rivojlanishning qanday ssenariy shartlari asosida kechishi, asosiy tashqi xatarlar, global fragmentatsiyaning kuchayishi va yuqori global inflyatsion jarayonlarning uzoqroq muddat saqlanib qolishi bilan bog'liq jarayonlar, yalpi ichki mahsulotning real o'sishi, Markaziy bank asosiy stavka bo'yicha kelgusi qarorlari, tashqi iqtisodiy sharoitlar, ehtimoliy energiya resurslari qimmatlashishi inflyatsiyaning yangi to'lqinini paydo bo'lish xatari, qolaversa yalpi milliy jamg'armalarning iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati hamda, milliy jamg'armalarni pasaytiruvchi omillar haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: pul-kredit siyosati, yalpi milliy jamg'armalar, jamg'armalar taqchilligi, fiskal, monetary operatsiyalar, inflyatsiya.

Markaziy bank boshqaruvi 2024-yil 25-yanvardagi yig'ilishida iqtisodiyotdagi yuqori talab dinamikasi ta'sirida shakllanayotgan kutilmalarni inobatga olib asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o'zgarishsiz qoldirdi. Prognozlarga ko'ra, inflyatsiya yil yakunida 8-9 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Shakllantirilayotgan pul-kredit sharoitlari inflyatsiyani 5 foizlik target darajasigacha barqaror pasayish trayektoriyasini ta'minlashga qaratilgan.

Umumiy inflyatsiya so'nggi oylarda 8,8 foiz darajasida saqlanib qoldi. Iste'mol savatidagi tovarlar guruhida inflyatsiyaning pasayishiga qaramasdan, xizmatlar inflyatsiyasi oxirgi chorakda biroz tezlashdi. Bu esa, kelgusida talab tomonidan umumiy inflyatsiyaga oshiruvchi bosimlarning kuchayishi ehtimoli mavjudligini ko'rsatadi.

Iqtisodiyotda inflyatsion jarayonlarning yuzaga kelishi va saqlanib qolayotganligi yuqori talab sharoitlariga ayrim taklif komponentlarining to'liq moslasha olmayotganligi bilan izohlanadi.

Bundan tashqari, so'nggi so'rovlar natijalariga ko'ra, sezilgan inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar yuqori darajalarda saqlanib qolmoqda.

2023-yilda iqtisodiy o'sishning 6 foizgacha tezlashishiga asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining yuqori sur'atda o'sishi muhim ahamiyat kasb etdi. Iqtisodiyotga ajratilgan kreditlarning ijobiy dinamikasi, fiskal rag'batlantirishlarning yuqori bo'lganligi va pul o'tkazmalari iqtisodiy o'sish sur'atlarini qo'llab-quvvatlovchi omillardan bo'ldi.

Jahon iqtisodiyotidagi qat'iy moliyaviy sharoitlar, mehnat bozorlarining muvozanatlashishi va xomashyo tovarlari narxlarining pasayuvchi dinamikasi ta'sirida global inflyatsiyaning joriy yilda ham sekinlashishda davom etishi kutilmoqda.

Savdo hamkorlardagi joriy iqtisodiy tendensiyalar va kutilmalarni inobatga olib, kelgusi oylarda so'mning real almashuv kursiga nisbatan yuqori bosimlar kuzatilmasligi taxmin qilinmoqda.

Bank tizimida likvidlikdagi tarkibiy profitsitning qisqarib borishi bilan bir qatorda, pul bozorida operatsiyalarning faollashuvi kuzatilmoqda. Pul bozoridagi qisqa muddatli foiz stavkalarining joriy yil davomida ham monetary operatsiyalarni faol qo'llagan holda foiz koridori doirasida shakllanishi uchun sharoit yaratib boriladi.

Milliy valyutadagi depozitlar bo'yicha yuqori ijobiy real foiz stavkalari sharoitida bank depozitlari hajmining o'suvchi dinamikasi saqlanib qolishi kutilmoqda.

Yangilangan prognozlarga ko'ra, asosiy ssenariy bo'yicha 2024-yilda umumiy inflyatsiya 8-9 foiz, bazaviy inflyatsiya darajasi esa 7-8 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.

Joriy yilda makroiqtisodiy rivojlanishning qanday ssenariy shartlari asosida kechishi tashqi iqtisodiy omillar bilan birga makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashning ichki omillari, ya'ni tarkibiy islohotlar sur'atlari, fiskal intizom va pul-kredit siyosati ta'sirchanligiga bog'liq bo'ladi.

Ayni paytda, ayrim tartibga solinadigan narxlarda kutilayotgan o'zgarishlar, aksiz va qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha kiritilgan so'nggi o'zgartirishlar hisobiga keyingi oylarda ichki narxlarga bir martalik ta'sir ehtimollarini pasaytirish choralari ko'rilmoqda.

Asosiy tashqi xatarlar, global fragmentatsiyaning kuchayishi va yuqori global inflyatsion jarayonlarning uzoqroq muddat saqlanib qolishi bilan bog'liq bo'ladi.

Yalpi ichki mahsulotning real o'sishi 5,5-6 foiz atrofida bo'lishi prognoz qilinmoqda. Iqtisodiy o'sishning asosiy omillari bir tomondan, iste'mol talabi bo'lsa, ikkinchi tomondan, tarkibiy islohotlar ta'sirida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy va mahalliy investitsiyalar hajmining oshishi bo'ladi.

Markaziy bank asosiy stavka bo'yicha kelgusi qarorlarini umumiy inflyatsiyaning yangilangan prognozlaridan kelib chiqib qabul qiladi va inflyatsiyaning 5 foizlik target ko'rsatkichiga erishish uchun zarur pul-kredit sharoitlarini ta'minlab boradi.

2023-yil yakunlari bo'yicha iqtisodiyotdagi yalpi talab va taklif darajasi, yuqori fiskal rag'batlantirishlar, hamkor davlatlar iqtisodiyoti bo'yicha prognozlar, asosiy eksport va import tovarlarining jahon narxlari bo'yicha kutilmalarini inobatga olgan holda Markaziy bank tomonidan o'rta muddatli makroiqtisodiy rivojlanish prognozlari qayta ko'rib chiqildi. Yangilangan prognozlarga ko'ra, 2024-yilda iqtisodiy o'sish 5,5-6 foiz atrofida bo'lishi kutilmoqda, bu avvalgi (2023-yil oktyabrdagi) natijalarga nisbatan biroz yuqori hisoblandi.

Jahon banki guruhining 2024-yil yanvardagi "Global iqtisodiy istiqbollar" hisobotida mamlakatimiz 2024-yildagi iqtisodiy o'sishi avvalgi hisob-kitoblarga nisbatan biroz oshib, 5,5 foizni tashkil etdi, real YalM o'sishi 2024-2025-yillarda 5,5 foizni tashkil etishi ko'rsatilgan. etishi prognoz qilingan.

Shuningdek, Xalqaro valyuta jamg'armasining (XVJ) 2023-yil oktyabr oyidagi hisobotida ham O'zbekistonning

2023-yilda kuzatilgan yuqori fiskal rag'batlantirishlar, xususiy investitsiyalar oshishining joriy yilda ham saqlanib qoluvchi ijobiy ta'sirlari, real iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarning davom ettirilishi 2024-yilda iqtisodiy o'sishni qo'llab-quvvatlovchi muhim omillardan bo'ladi.

Xususan, 2024-yilda iqtisodiyotda tarkibiy islohotlar doirasida ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish, qo'shilgan qiymat va mehnat unumdorligini oshirish, xususiylashtirishni jadallashtirish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, eksportni ko'paytirish hamda iqtisodiyot sohalarida yangi imkoniyatlarni ishga solish yo'nalishidagi

choralar muhim ahamiyat kasb etadi. Aholining yalpi iste'mol talabini qo'llab-quvvatlovchi daromad manbalaridan hisoblangan mamlakatimizga kirib keluvchi pul o'tkazmalari hajmi 2023-yilda o'zining uzoq muddatli trendiga qaytdi va 2024-yilda xorijdagi ishchi kuchiga yuqori talab natijasida 6-8 foiz atrofida o'sishi prognoz qilinmoqda.

Shuningdek, uy xo'jaliklari yuqori iste'mol talabi va xarajatlari hisobiga yakuniy iste'mol xarajatlarining nisbatan barqaror o'sishi kutilmoqda va 2024-yilda 5-6 foiz atrofida shakllanishi prognoz qilinmoqda.

2024-yilda pul o'tkazmalarining kirib kelishi bo'yicha ijobiy kutilmalar, iqtisodiyotdagi ish haqi miqdorlarining oshib borishi aholi daromadlarining real o'sishini 5-7 foiz atrofida shakllanishiga xizmat qiladi. Jahonda yuz berayotgan voqealar ta'sirida makroiqtisodiy rivojlanish bo'yicha noaniqlik va xatarlar yuqoriligicha saqlanib qolmoqda. Geosiyosiy ziddiyatlar bo'yicha noaniqliklarning kuchayishi, global inflyatsion jarayonlar, inflyatsiyani jilovlash bo'yicha amalga oshirilayotgan qat'iy moliyaviy sharoitlar, davlatlar o'rtasidagi aloqalarda fragmentatsiya holatlarini avj olishi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga o'zining salbiy ta'sirlarini ko'rsatmoqda. Jahon iqtisodiyotidagi noaniqlik va xatarlarning saqlanib qolishi xomashyo bozorlarida ham narxlar darajasining tez o'zgaruvchan dinamikada shakllanishiga olib kelmoqda.

Shuningdek, asosiy savdo hamkorlarimizdan bo'lgan Rossiya (sanksiyalarning salbiy ta'sirlari ortishi natijasida) va Xitoy iqtisodiyotining sekinlashishi (ko'chmas mulk sektoridagi muammolarning yanada chuqurlashishi oqibatida) bo'yicha prognozlar tashqi talab tomonidan mamlakatimiz eksportiga qo'shimcha bosimlarni yaratishi ehtimollari mavjud.

Qizil dengizdagi (global savdoning 11 foizi ushbu dengiz orqali o'tadi) yuk kemalariga hujumlarning davom etishi tufayli taklif zanjiridagi uzilishlar tovar va xomashyolar narxlarini oshirishi va bu global inflyatsiyani uzoqroq davom etishiga olib kelishi mumkin. 2023-yilda xalqaro savdo hajmi o'sishi Panama kanali va Qizil dengiz orqali yuk tashish kamayishi oqibatida oxirgi 50 yildagi eng past ko'rsatkichga yetdi (0,2 foiz). Ushbu omillar bilan bir qatorda, bugungi kunda global iqlim o'zgarishlari, xususan toshqin va qurg'oqchiliklar soni ortishi jahonda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini o'sishi va oziq-ovqat ta'minoti bo'yicha xatarlarni kuchaytirishi mumkin. Taklif zanjiridagi muammolarning ortishi natijasida bazaviy inflyatsiyaning nisbatan sekin pasayishi bo'yicha xatarlar jahonda foiz stavkalarini pasayishini kechiktirilishiga olib keladi. Global moliyaviy holatning qat'iy qolishi moliyaviy barqarorlik bo'yicha xatarlarni kuchaytiradi va global o'sishga salbiy ta'sir etadi. Joriy yilda ichki iqtisodiyotimizda tarkibiy islohotlarning izchil davom ettirilishi, xususan, fiskal konsolidatsiya boshlanib, umumiy fiskal taqchillik hajmi 2023-yilgi ko'rsatkichlardan kamaytirilishi, iqtisodiyotda davlatulushining qisqarishi, xususiy investitsiyalar va tovarlar eksporti hajmining yuqori sur'atlarda o'sib borishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, 2024-yilda ayrim tovar va xizmatlar uchun aksiz va soliqlar bo'yicha kiritilayotgan o'zgarishlar, texnika tovarlari importiga o'rnatilayotgan notarif cheklovlar hamda meva va sabzavotlar ulgurji savdosi logistikasidagi o'zgarishlar ham narxlar darajasining shakllanishida o'z ta'siriga ega bo'ladi.

Bundan tashqari, 2024-yilda aholi va tadbirkorlik subyektlarini uzluksiz energiya resurslari bilan ta'minlash, sohaga xususiy investitsiyani jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmlarini inklyuziv oshirish maqsadida chakana iste'molchilar uchun tariflarga tegishli o'zgarishlar kiritilgan taqdirda, ularning inflyatsiya va boshqa makroiqtisodiy ko'rsatkichlarga ta'sirlari qayta baholanadi.

Umuman olganda, ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarda yuzaga kelayotgan noaniqlik va xatarlar kuzatib boriladi va yangilangan makroiqtisodiy prognozlar asosida pul-kredit sharoitlariga tegishli o'zgartirishlar kiritiladi.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik muhitini ta'minlash uchun muhim poydevor bo'ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.

Iqtisodiyotda ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o'ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur'atlar bilan o'sishini, inflatsiyani prognoz ko'rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta'minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.

Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o'tgan taraqqiyot yo'lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori konyunkturasi keskin o'zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur'atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro'yobga chiqarishni taqozo etmoqda.

Jahon moliya tizimida yuz berayotgan jiddiy o'zgarishlar, shuningdek mamlakatda milliy iqtisodiyotni keng ko'lamli isloh qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar pul-kredit siyosatini shakllantirish, amalga oshirishda hamda bank tizimini yanada rivojlantirishda yangicha yondashuv va prinsiplar qo'llanilishini taqozo qilmoqda.Xolis tan olish kerakki, bugungi kunda pul-kredit siyosati va banklarni tartibga solishdagi imkoniyatlardan amalda to'laqonli foydalanilmayapti, pul-kredit instrumentlarining lozim darajada ishlashi va samaradorligini ta'minlovchi transmission mexanizmlarning rivojlanmaganligi qo'yilgan maqsadlarga erishishni qiyinlashtiradi.

Uy xo'jaliklarining jamg'arish va iste'mol qilishga bo'lgan moyilliklari o'zgarishi ichki talabga bevosita ta'sir qiladi. Shu sababli, pul-kredit siyosatiga oid qarorlarni qabul qilishda ularning o'rta muddatli dinamikasi muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu bilan birga, jamg'armalar investitsiyalarni barqaror moliyalashtirish manbasi hisoblanadi. Ularning investitsiyalar hajmiga nisbatan yetarli darajada bo'lmasligi, joriy operatsiyalar hisobi taqchilligiga olib keladi.

Oxirgi yillarda mamlakatimizda joriy operatsiyalar hisobi taqchilligi saqlanib qolmoqda (1-rasm). Bu, bir tomondan, so'nggi yillarda iste'mol faolligi ortib borgani yalpi milliy jamg'armalarga kamaytiruvchi ta'siri bilan izohlansa ikkinchi tomondan, tarkibiy islohotlarning faollashishi va iqtisodiyotni bosqichma-bosqich erkinlashtirilishi investitsiyalarga bo'lgan talabni keskin oshirayotganligi bilan bog'liq.

2023-yilning sentyabr holatiga, yalpi milliy jamg'armalar hajmi YalMga nisbatan 24 foizni tashkil etib, so'nggi besh yillik o'rtacha darajasiga nisbatan pasaygan (2019-2023-yillarda o'rtacha 30 foiz atrofida shakllangan).

2023- yil. Joriy operatsiyalar hisobi taqchilligi. YaIMga nisbatan foizda 2023-yil natijalari

Odatda, milliy jamg'armalar hajmi investitsiyalardan past bo'lganida, mamlakatda jamg'armalar taqchilligi kuzatilayotganiniva investitsiyalarni moliyalashtirish chetdan qarz olish yoki oltin-valyuta zaxiralarini qisqartirish orqali amalga oshirilayotganini bildiradi.

Xususan, mamlakatimizda jamg'armalar taqchilligining uzoq yillar saqlanib qolishi natijasida tashqi moliyalashtirishga bo'lgan talab sezilarli darajada oshib bormoqda. Bu o'z navbatida, milliy iqtisodiyotni tashqi shoklarga nisbatan chidamliligini zaiflashishiga olib kelishi mumkin.

Makroiqtisodiy barqarorlikni, tashqi mutanosibliklarni va uzoq muddatii o'sish istiqbollarini ta'minlashda milliy jamg'armalar va investitsiyalarni muvozanatlashtirish muhim ahamiyatga ega.

Tadqiqodchilar tadqiqotlariga ko'ra, rivojlanayotgan mamlakatlarda yalpi milliy jamg'armalarning pasayishiga quyidagi omillar ta'sir qiladi:

1. Rag'batlantiruvchi fiskal siyosat yuritilishi oqibatida davlat jamg'armalarining kamayishi yalpi milliy jamg'armalarga to'g'ridan-to'g'ri kamaytiruvchi ta'sir ko'rsatishi bilan bir qatorda, kelgusida iste'mol faolligini rag'batlantirish orqali yalpi milliy jamg'armalarni pasaytiruvchi ikkilamchi ta'sirlarni ham yuzaga keltirishi mumkin.

Jumladan, iqtisodiyotdagi uzoq yillar davomida qondirilmagan iste'mol va investitsion talab sharoitida ijtimoiy qo'llab-quvvatlash va sohalarni yanada rivojlantirishga yo'naltirilgan byudjet xarajatlarining oshishi o'rganilayotgan davrda fiskal taqchillikka va davlat tashqi qarzi oshishiga olib keladi.

Fiskal va tashqi taqchilliklarning uzoq muddat saqlanib qolishi (bir vaqtda fiskal va tashqi nomutanosiblik) tashqi moliyalashtirishga bog'liqlikni va tashqi shoklar ta'siri kuchayishiga olib kelishi mumkin. So'nggi yillarda Hindiston, Turkiya, Argentina va Braziliya mamlakatlari shu kabi muammolarga duch kelgan.

2. Tashqi qarzga xizmat ko'rsatish o'sib borayotgan mamlakatlarda noqulay tashqi savdo sharoitlari fonida yuqori qarz to'lovlari milliy daromadlarning qisqarishiga olib keladi va natijada yalpi jamg'armalar pasayib boradi.

3. Inflyatsiya darajasi past bo'lgan mamlakatlarda inflyatsiya darajasi yuqori bo'lgan mamlakatlarga nisbatan yalpi jamg'arish hajmi balandroq shakllanadi. Bu holat yuqori inflyatsiya darajasining iqtisodiyotda uzoq muddatli rejalashtirishga to'sqinlik qilishi va aholining vaqt afzalliklarini joriy iste'molga qaratilishi bilan izohlanadi.

4. Rivojlanayotgan davlatlarda iste'mol xarajatlarining asosiy qismi yashash minimumi atrofiga to'g'ri kelib, bunday holat daromadlar notekis taqsimlangan mamlakatlarda ko'proq

kuzatiladi. Shu sababli, bu kabi mamlakatlarda foiz stavkalari oshishiga javoban xususiy jamg'armalarni shakllantirish maqsadida iste'molni kamaytirish imkoni deyarli mavjud bo'lmaydi, bu esa foiz siyosatining ushbu yo'nalishdagi ahamiyati nisbatan pastroq ekanligini anglatadi.

Umuman olganda, joriy yuqori iste'mol yoki kelgusida jamg'armalar hajmini kamaytirib, iqtisodiyotni moliyalashtirishda tashqi resurslarga bo'lgan talabni oshirib boradi. Bunday sharoitda, asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining o'sishi mehnal unumdorligi va yalpi ishlab chiqarish hajmlari oshishini ta'minlashi zarur. Aks holda, joriy operatsiyalar hisobi taqchilligini bartaraf etish uchun yalpi milliy jamg'armalarni investitsiyalar miqdoriga tenglashtirish uchun yalpi iste'mol hajmini qisqartirish orqali ta'minlanishi zaruriyati kuchayib boradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. https: //review.uz/oz/post

2. https: //mf.uz/m

3. Манба: https: //stat.uz/u

4. https: //cb.uz/m

5. https: //lex.uz/M

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.