Open access journal
www.in-academy.uz
YASHIL IQTISODIYOTNING REALLIKLARI VA ISTIQBOLLARI
Ishankulova K.K.
Guliston davlat universiteti Ekologiya va geografiya kafedrasi,
katta o'qituvchi, Karshibayeva L.K. Guliston davlat universiteti Ekologiya va geografiya kafedrasi, g.f.n.,
dotsent, Madraximova Z.N. Guliston davlat universiteti Ekologiya va geografiya kafedrasi, katta
o'qituvchi, Jurayev X.N.
Guliston davlat universiteti Ekologiya va geografiya kafedrasi,
1-bosqich magistr.
ARTICLE INFO
Received: 26th January 2024 Accepted: 04th February 2024 Online: 05th February 2024
KEY WORDS Pavlovniya, introduksiya, ildiz qalamchalari, sifatli yog'och, plantatsiya.
ABSTRACT
Ekstremal iqlim sharoitiuga mos manzarali daraxt turlaridan foydalanish istiqbollariniyo'lga qo'yish. Buning ijobiy echimi sifatida Sirdaryo viloyatining sho'rlangan tuproq sharoitida Pavlovniya o'simligining biologik xususiyatini o'rganish va ko'paytirishning jadal usullarini ishlab chiqish.
2021 yilning 2 noyabr kuni Prezidentimiz ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirishga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo'yicha «dolzarb 40 kunlik» e'lon qilinishini ma'lum qilgan edi.
Ma'lumki ko'kalamzorlashtirish ishlarida turli xil hil muommolar ham uchrab turadi.
Mamlakatimizning ayrim viloyatlarida yer osti sizot suvlarining yaqinligi, ekin maydonlarining sho'rlanganligi holatlari kuzatiladi. Bu holat, manzarali daraxt ko'chatlarining rivojlanishiga salbiy ta'sir etadi. Shu bilan birga o'z navbatida viloyatimizning shahar va tumanlarida olib borilayotgan ko'kalamzorlashtirish ishlarida jiddiy qiyinchiliklar yuzaga kelishiga sabab bo'lmoqda. Bunga ko'kalamzorlashtirish uchun ekilayotgan keng va ninabargli manzarali daraxtlarni viloyatimiz tabiiy iqlim sharoitiga moslashmaganligi sabab bo'lmoqda. Buning natijasida ayrim joylarda bunday manzarali daraxtlarni qayta-qayta ekishga to'g'ri kelayotganligini aytishimiz mumkin. Ushbu masalaning ijobiy echimi sifatida, Pavlovniya o'simligi, uning stress sharoitga, jumladan, issiqqa, sho'rga chidamliligi, ko'kalamzorlashtirishda manzarali daraxt hamda sifatli yog'och berish imkoniyatiga ega bo'lgan o'simlik sifatida e'tiborni jalb etdi. Ushbu daraxt O'zbekiston iqlim sharoiti uchun mos va istiqbolli, manzarali o'simliklardan bo'lib issiqqa, sho'rga chidamliligi bilan etiborni tortmoqda.
Mazkur o'simlik Respublikamizga introduktsiya qilingan bo'lib, sho'rlangan tuproq sharoitida yaxshi moslasha oladi.
Open access journal
www.in-academy.uz
Pavlovniya o'simligi atmosfera havosiga boshqa daraxtlarga nisbatan 10 marta ko'p O2 chiqaradi, havoning ifloslanishini oldini oladi. Barglari yirik, yaxshi salqin beradi. Tanasi va barglariga xar xil xashoratlar tushmaydi. Shohlari va barglari kuzda yoqilganda o'zidan zaxarli gazlarni boshqa daraxtlarga nisbatan 10 barobar kam chiqaradi. Yiliga 3-5 metrgacha o'sadi. 100 yil atrofida yashaydi. Undan ozuqabop o'simlik sifatida foydalanish mumkin.
Ayni paytda yog'och mahsulotlarining 90 foizini xorijdan import qilayotgan bir davrda, O'zbekistonda yog'och olish maqsadida Pavlovniya daraxtini ko'paytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 27 avgustdagi "Respublikada tez o'suvchi va sanoatbop Pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori asosida mamlakatimiz tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, suv tanqis, yer osti suvlari 30 metrdan pastda joylashgan foydalanilmayotgan zaxira maydonlarida, hamda o'rmon fondining suv tanqis yoki tuprog'i sho'r bo'lgan yerlarida Pavlovniya plantatsiyalarini tashkil etish ko'zda tutilgan.
Ma'lumki, bizning sharoitimizda undan manzarali, ixota, fitomeliorant, sanitar-gigienik, parnik gazlarni kamaytiruvchi o'simliklarni yetishtirish va yog'och olish hamda agroo'rmonchilikda foydalanish yaxshi yo'lga qo'yilmagan.
Sirdaryo viloyatining 90 % yerlari sho'rlangan va iqlimi keskin kontinentalligi bilan boshqa viloyatlardan ajralib turadi. Xususan, viloyatimizda har xil turdagi manzarali daraxtlar shahar va tumanlarda obodonlashtirish maqsadida har yili ekilmoqda. Olib borilayotgan ko'kalamzorlashtirish ishlariga qaramasdan, yer osti sizot suvlarinning yaqinligi, tuproq sho'rlanganligi, ekilayotgan manzarali daraxt ko'chatlarining rivojlanishiga salbiy ta'sir etmoqda. Natijada, tuproq -iqlim sharoiti juda yaxshi bo'lgan tumanlardan keltirilgan ko'chatlarni ekib barpo qilingan bog' va xiyobonlarda har yili ekilgan daraxtlarning ko'karmasligi, ortiqcha xarajat va vaqtni sarflanishiga sabab bo'lmoqda.
Bunday holatda viloyatimiz tabiiy iqlim sharoitiga mos daraxtlarni ekish maqsadga muvofiqdir. Pavlovniya manzarali daraxt stress sharoitga yaxshi moslasha oladigan, tuproq sho'rlanish darajasiga chidamli, ko'kalamlashtirish ishlarini olib borayotgan O'rmon ho'jaliklari, xususiy firmalar va mahalliy aholi uchun yuqori sifatli yog'och olishda ham ahamiyat kasb etadi. Pavlovniya daraxti bahorda avval gullab so'ng barg yozishi bilan, go'zalligi, juda tez o'sishi bilan xam, boshqa manzarali daraxtlardan farq qiladi. Insonlarga estetik zavq beradigan va o'ziga xos infratuzilma hosil qiluvchi dorivor o'simliklardan hisoblanadi.
Sirdaryo viloyati sharoitida Pavlovniya daraxti ko'chatzorlarini tashkil etish, ko'kalamzorlashtirish maqsadida viloyatning iqlim sharoitida yetishtirilgan sifatli ko'chat yetishtirishni yo'lga qo'yish, dolzarb muommolardan sanaladi.
Vaholanki viloyatimizda ko'kalamlashtirish va o'rmonchilik ishlarini rivojlantirish uchun, aynan muayyan tuproq -iqlim sharoitida Pavlovniya daraxti navlarini tanlash va ko'chatzorlarini barpo etish maqsadga muvofiq. Uni ko'paytirishning eng samarali usuliga, o'simlikni oddiy ildiz qalamchalari yordamida ko'paytirish ma'qul deb topildi. O'simlikning ildiz qalamchalarini hudud tuprog'idan olingan tuproq va biogumus aralashmasidan iborat tuvaklarda o'stirib uni keng maydonlarga ekib ko'paytirish uning jadal sur'atlar bilan ko'paytirish imkonini berdi.
«
Open access journal
www.in-academy.uz
Yuqorida keltirilgan masalarning yechimini topish uchun quyidagi maqsad va vazifalar belgilab olindi.
1. Sirdaryo viloyatining sharoitiga mos Pavlovniya daraxti navini tanlash
2. Pavlovniya daraxti ko'chatlarini ildiz qalamchalaridan ko'paytirishni tashkil etish va yetishtirish;
3. Pavlovniya o'simligini jadal ko'paytirish usulini ishlab chiqish;
4. Pavlovniya daraxti ko'chatlaridan ko'kalamzorlashtirishda foydalanishni yo'lga qo'yish;
5. Pavlovniya daraxti ko'chatlarini yetishtirish bo'yicha agrotexnik tadbirlar ishlab chiqish;
6. Pavlovniya daraxti ko'chatlariii yetishtirish va ko'kalamzorlashtirishda foydalanish bo'uyicha tavsiyalar berish.
7. Pavlovniya daraxti ko'chatiniyetishtirish bo'yicha servisxizmatini tashkil etish.
Ushbu manzarali o'simlikdan Sirdaryo viloyati hududini ko'kalamzorlashtirishda foydalanish yo'lga qo'yildi. Ilk bor Sirdaryo viloyatining sho'rlangan tuproq sharoitida pavlovniya daraxti ko'chati yetishtirildi; Pavlovniyani Sirdaryo viloyati iqlim sharoitida ko'paytirishning maqbul usuli aniqlandi; Pavlovniya o'simligini jadal ko'paytirish usuli ishlab chiqildi;
Keyingi rejalar jumladan: Olingan ma'lumotlar va natijalar asosida -Pavlovniya ko'chatini yetishtirish bo'ycha serviz xizmati tashkil etiladi, -noqulay iqlim sharoitida Pavlovniyani ko'paytirish bo'yicha tavsiyanomalar ishlab chiqiladi.
References:
1. Komilova, N. K., Ravshanov, A. K., Karshibaeva, L. K., Ishankulova, K. Q., & Madrahimova, Z. N. (2020). Some theoretical and practical issues of medical geographical research. Indian Journal of Forensic Medicine & Toxicology, 14(3), 2111-2117.
2. Nigmatov, A., Madrakhimova, Z., & Ishankulova, K. (2020). Geotourism: Problems and Solutions on the Example of Uzbekistan. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 21(1), 14-21.
3. Madraximova, Z. N., Ishankulova, K. K., & Turdiqulova, J. S. (2022). Sirdaryo viloyati hududidagi sho'rlangan tuproqlarda Steviy dorivor o'simligini yetishtirish agrotexnikasini ishlab chiqish. Ekologiya monitoring, 1(1), 41-43.
4. Khodzhaeva, N. D., Urazbayev, I. U., & Ishankulova, K. K. (2021, December). Study on some features of water exchange of local varieties of hard wheat. In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science (Vol. 939, No. 1, p. 012061). IOP Publishing.
5. Egamkulov, K. E., & Karshibayeva, L. K. (2021). SIRDARYO VILOYATI AHOLISINING MILLIY TARKIBI UNING GEOKRIMINOGEN HOLATGA TA'SIRI. Экономика и социум, (1-1 (80)), 62-64.
6. Karshibayeva, L., & Egamqulov, H. (2023). SIRDARYO VILOYATINING DEMOGRAFIK VAZIYATI VA UNING GEOGRAFIK JIHATLARI. Scientific journal of the Fergana State University, (4), 98-98.
7. Karshibayeva, L. K., Ishankulova, K. K., & Toymbayeva, D. A. (2023). MIRZACHO 'L TIBBIY GEOGRAFIK RAYONIDAGI SOG 'LOMLASHTIRISH MASKANLARINING DAVOLOVCHI TABIIY RESURSLAR BILAN TA'MINLANGANLIGI. Экономика и социум, (1-2 (104)), 42-51.
Open access journal
www.in-academy.uz
8. Komilova, N. Q., & Karshibayeva, L. K. (2023). JIZZAX VA SIRDARYO VILOYATLARIDA AHOLI SALOMATLIGINI YAXSHILASHNING GEOGRAFIK JIXATLARI. Экономика и социум, (41 (107)), 141-150.
9. Kilichevna, K. L., Ishankulova, K. K., Madraximova, Z. N., & Maidanovich, K. N. (2022). The Growing of Pavlovnia Plant in Syrdarya Region. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 9(12), 446-451.
10. Karshiboeva, L., Adham, J., Sobidkhon, S., Komila, I., Madrahimova, Z., Altiboeva, M., & Kurolova, R. (2021). Regularities of Regulations on Impacting Irrigated Water Land. Ilkogretim Online, 20(3).
11. Rakhmatov, O., Rakhmatov, F., Kurbanov, E., Rakhmatullaev, R., Kasimov, A., & Musayeva, N. (2023). The methodological foundations of the thermal efficiency in a convective drying unit of the chamber type. In E3S Web of Conferences (Vol. 390). EDP Sciences.
12. Rakhmatov, O., Rakhmatov, F. O., Nuriev, K. K., & Nuriev, M. K. (2022, August). Development and justification of the thermal parameters of a mechanized rotary blancher. In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science (Vol. 1076, No. 1, p. 012068). IOP Publishing.
13. Raxmatov, F. O., Raxmatov, O., Nuriev, K. K., & Nuriev, M. K. (2021, October). Combined dryer with high efficiency for drying high-moist agricultural products. In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science (Vol. 868, No. 1, p. 012076). IOP Publishing.
14. Рахматов, Ф. О., & Нуриев, К. К. (2022). ИССЛЕДОВАНИЕ ПЛОДОВ ДЫНИ КАК ОБЪЕКТА ТЕХНИЧЕСКОЙ ПЕРЕРАБОТКИ. ИЛМИЙ МАЦОЛАЛАР ТУПЛАМИ, 330.
15. Artikov, A., Masharipova, Z., & Rakhmatov, F. (2020). AN INTELLECTUAL METHOD TO OPTIMALLY CONTROL THE PROCESS OF MICROWAVE DRYING OF THERMOLABILE PRODUCTS. Chemical Technology, Control and Management, 2020(5), 213-217.
16. Рахматов, О. О., Рахматов, Ф. О., Тухтамишев, С., & Равшанов, Ж. Н. (2017). ПРОИЗВОДСТВО ВЫСОКОКАЛОРИЙНЫХ ПИЩЕВЫХ ПРОДУКТОВ ИЗ УЗБЕКСКИХ СОРТОВ ДЫНЬ. In Научно-практические пути повышения экологической устойчивости и социально-экономическое обеспечение сельскохозяйственного производства (pp. 1312-1316).
17. Altibayeva, M. B., Karshibayeva, L. Q., & Madrakhimova, Z. N. (2022). Geodemographic status of syrdarya region and its role in the territorial location of service networks. Journal of Geography and Natural Resources, 2(03), 34-38.
18. Миршарипова, Г. К., Мустафакулов, Д. М., Царшибоева, Л. Ц., & Мадрах,имова, З. Н. (2020). Сирдарё вилояти шароитида судан ути ва мошни соф х,олда х,амда аралаш экилганда усиш ва ривожлантиришга экиш меъёрининг таъсири. Узбекистон аграр фани хабарномаси, 3(81), 97-101.
19. Egamkulov, K. E., & Karshibayeva, L. K. (2021). SIRDARYO VILOYATI AHOLISINING MILLIY TARKIBI UNING GEOKRIMINOGEN HOLATGA TA'SIRI. Экономика и социум, (1-1 (80)), 62-64.
20. Рахматов, О. (2019). Совершенствование технологии и технических средств для сушки и очистки ягод винограда. Автореф. доктор.(DSc) дисс. Ташкент.