Научная статья на тему '«YASHIL IQTISODIYOT»GA O‘TISH, UNING ASOSI BO’LGAN QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYADAN FOYDALANISH KO’RSATKICHLARINI KESKIN OSHIRISH (NAVOIY VILOYATI KESIMIDA)'

«YASHIL IQTISODIYOT»GA O‘TISH, UNING ASOSI BO’LGAN QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYADAN FOYDALANISH KO’RSATKICHLARINI KESKIN OSHIRISH (NAVOIY VILOYATI KESIMIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
37
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
erkin va farovon / ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish / ekologik monitoring / ko‘chatchilik / kuchli iqtisodiyot.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Djurayeva Perdegul Saidovna

Xalqimizning erkin va farovon, qudratli yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, qulay ekologik sharoitlarni yaratish, Navoiy viloyatidagi mavjud yuvish shahobchalarida ekologik nazoratni kuchaytirish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему ««YASHIL IQTISODIYOT»GA O‘TISH, UNING ASOSI BO’LGAN QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYADAN FOYDALANISH KO’RSATKICHLARINI KESKIN OSHIRISH (NAVOIY VILOYATI KESIMIDA)»

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

«YASHIL IQTISODIYOT»GA O'TISH, UNING ASOSI BO'LGAN QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYADAN FOYDALANISH KO'RSATKICHLARINI KESKIN

OSHIRISH (NAVOIY VILOYATI KESIMIDA) Djurayeva Perdegul Saidovna

Navoiy viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi dots.v/b

https://doi.org/10.5281/zenodo.10139201

Annotatsiya. Xalqimizning erkin va farovon, qudratli yangi O'zbekistonni barpo etish bo'yicha xohish-irodasini ro'yobga chiqarish, qulay ekologik sharoitlarni yaratish, Navoiy viloyatidagi mavjudyuvish shahobchalarida ekologik nazoratni kuchaytirish.

Kalit so'zlar: erkin va farovon, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik monitoring, ko'chatchilik, kuchli iqtisodiyot.

Abstract. To realize the desire of our people to build a free and prosperous, powerful new Uzbekistan, to create favorable environmental conditions, to strengthen environmental control in the existing washing stations in the Navoi region.

Keywords: free and prosperous, ecology and environment protection, ecological monitoring, plantation, strong economy.

Аннотация. реализовать стремление нашего народа построить свободный и процветающий, мощный новый Узбекистан, создать благоприятную экологическую обстановку, усилить экологический контроль на действующих моечных станциях в Навоийской области.

Ключевые слова: свободный и процветающий, экология и защита окружающей среды, экологический мониторинг, плантации, сильная экономика.

Kirish

2023-yil 11-sentyabr, PF-158-son O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O/zbekiston — 2030» strategiyasi to'g'risida Farmoni xalqimizning erkin va farovon, qudratli yangi O'zbekistonni barpo etish bo'yicha xohish-irodasini ro'yobga chiqarish, har bir fuqaroga o'z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog'lom, bilimli va ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo'g'iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta'minlash maqsadida: 1-ilovasida aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish; 2030-yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko'rsatkichlarida II. Barqaror iqtisodiy o'sish orqali aholi farovonligini ta'minlash yo'nalishida 51-maqsad «Yashil iqtisodiyot»ga o'tish, uning asosi bo'lgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish ko'rsatkichlarini keskin oshirish haqida qayd etilgan.

Izlanish materiallari va metodologiyasi.

Farmonni ijrosini ta'minlashda Navoiyda OAV vakillari ham "yashil makon" umummilliy loyihasiga o'z hissasini qo'shmoqdalar: BAAning "Masdar" kompaniyasi viloyatida 500 megavatt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurishi haqida xabar berildi. Bu "Masdar"ning viloyatdagi ikkinchi loyihasi bo'lib, o'tgan yili Karmanada quyosh fotoelektr stansiyasini ishga tushirgandi. Hozirda mazkur kompaniya tomonidan Tomdi tumanida shamol elektr stansiyasini qurish ishlari olib borilmoqda, ushbu yirik loyihaning umumiy qiymati $600 mln.ni tashkil etib, 100% xorijiy insevtitsiya hisobiga amalga oshiriladi. 2024-yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan mazkur elektr stansiya orqali yiliga 1 mlrd 800 mln kvt.soat elektr energiya ishlab chiqariladi.

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Buning natijasida yiliga 540 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi hamda atmosferaga 720 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi. Elektr stansiyasi qurilishi davomida 800 nafargacha va ishga tushirilgandan so'ng 30 nafar yangi ish o'rni yaratiladi.

III. Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish 61-maqsadiga muvofiq Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo'yicha inspeksiya yo'nalishida so'nggi yillarda viloyatimizda Davlat ekologik nazorati doirasida 3950 mingdan ortiq reydlar o'tkazildi, 5510 mingdan ortiq profilaktika tadbirlari olib borilib, unda 3200 nafar fuqarolar ishtirok etishdi. Qonunchilik hujjatlari talablarini buzgan 1888 nafar shaxslar aniqlanib, lmlrd 435582 ming. so'm ma'muriy jarima hamda 639 mln 621 ming.200 so'm tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi. 81 ta holat bo'yicha jarima va tabiatga yetkazilgan zararlarni undirish yuzasidan materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga kiritildi. 30 m3 saksovullarni noqonuniy kesgan 40 nafar huquqbuzarlarga 62 mln. 850 ming so'm jarima va 46 mln 650 ming so'm zararlar belgilandi. Daraxt va butalarni noqonuniy kesgan 233 ta shaxslarga 444 mln 150 ming. so'm ma'muriy jarima va 419 mln 014 ming. So'm zarar belgilandi. Xo'jalik yurituvchi subyektlarda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga oid qonunlar ijrosini ta'minlanishi yuzasidan "Xavfni tahlil qilish Nizomi"ga asosan tahlil o'tkazish natijalari bo'yicha, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish qonunlarini buzilish holatlari yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq, zaruratga qarab vakolatli organ bilan kelishuv asosida jami 104 ta tekshirishlar amalga oshirilgan.

Izlanish natijalari.

"Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda ilmiy salohiyat hamda amaliy faoliyat uyg'unligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-may PQ-246-son Qarori mazmuni 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini jadal amalga oshirish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi ko'rsatkichlarini yaxshilashga yo'naltirilgan islohotlarni amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga mamlakat ilmiy salohiyatini keng jalb etish va loyihaviy boshqaruvning xalqaro standartlaridan foydalanish, davlat xizmatchilarining sohadagi bilim va ko'nikmalarini oshirish maqsadida: ustuvor xalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikatorlari doirasida muntazam past baholanib kelinayotgan soha va tarmoqlarni jadal rivojlantirish bo'yicha o'rta va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqish rejasida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va Inson kamoloti indeksida mamlakatimiz o'rnini yaxshilash strategiyasi yo'nalishida barqaror va ishonchli energiya ta'minoti manbalarini kengaytirish, quruqlikdagi ekotizimlarini asrash haqida qayd etilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida turizm va madaniyat maskanlari imkoniyatini to'liq ishga solish va "yashil makon" kuzgi mavsumini tashkil etish bo'yicha yig'ilishda ikkinchi masala sifatida "yashil makon" umummilliy loyihasining amalga oshirilishi ko'rib chiqildi. Ushbu loyiha boshlanganidan o'tgan 2 yilda uy-joy massivlarida 1 ming 200 gektardan ortiq yashil bog' va jamoat parklari, 1 million gektardan ziyod yashil hudud va qoplamalar barpo etilganligini, 25 oktyabrdan 1 dekabrgacha, "kuzgi daraxt ekish mavsumi" e'lon qilinishini, uning doirasida 85 million tup ko'chat ekish rejalashtirilganligini, bunda barcha darajadagi rahbarlar, vazirlar, hokimlar, mahalla faollari, jamoat arboblari, nuroniylar, san'atkor va sportchilar, mashhur blogerlar o'rnak ko'rsatishlari muhimligi ta'kidlandi. Buning uchun respublika shtabi tashkil qilinadi. Fanlar akademiyasi, tuproqshunoslik, o'rmonchilik institutlari, o'rmon xo'jaliklari rahbarlari ham shtabga a'zo bo'ladi. Shtab tuproq tahlili, iqlim sharoiti asosida qayerga, qachon,

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

qaysi ko'chat turini qancha ekishni belgilab beradi. Mutasaddilarga barcha tuman va mahallalarda bir oy davomida ko'chat yarmarkalarini tashkil qilish va kuz mavsumida 30 million tup ko'chat yetkazib berish topshirildi. Tayyorgarlik ishlari, ko'chat tarqatish, ekish jarayonlarini tumanma-tuman televideniye va radio orqali yoritib borish muhimligi qayd etildi. Davlatimiz rahbari kuzgi mavsumida o'tgan yillardagi xatolarni takrorlamaslik shart ekaniga e'tibor qaratdi. Jumladan, ko'chat ekishda manfaatdorlikni oshirish lozim. Bu boradagi vaziyatni o'zgartirish uchun endilikda avtomobil, temir yo'l, daryo, kanallar yoqalari aholi va tadbirkorlarga shartnoma bilan yer toifasi o'zgartirmasdan bo'lib berilishi belgilandi. Yig'ilishda aholining daraxt ekishga bo'lgan qiziqishini oshirish va rag'batlantirish ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Munozaralar.

Atmosfera havosini muhofaza qilish yo'nalishida: Joriy yilning 9 oyi davomida atrof-muhit ifloslanishini monitoring dasturi bo'yicha va monitoring dasturidan tashqari 151 ta korxonaning 945 ta ifloslantiruvchi manbalaridan namunalar olinib, 4 986ta kimyoviy tahlil ishlari olib borildi. Atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarda davlat ekologik monitoringi amalga oshirilishini tashkil etish to'g'risidagi buyrug'iga asosan 46 ta manbalaridan namunalar olinib, kimyoviy tahlil ishlari olib borildi. Shuningdek jami 151 ta tekshirilgan korxonalarning 95 ta manbasida shundan me'yoridan ortiq holatlar aniqlandi. Bunda: atrof-muhit ifloslanishini monitoring dasturi bo'yicha tekshirilgan 46 ta korxonalarning 70 ta manbasidan,shundan me'yoridan yuqori holatlar aniqlandi. Monitoring dasturidan tashqari tekshirilgan 107 ta korxonaning 25 ta manbasida me'yoridan ortiq holatlar aniqlandi. Shundan (atmosfera havosini muhofaza qilish bo'yicha 12 ta manbasida) me'yoridan ortiq holatlar aniqlandi. 2022-yil va 2023- yillar mobaynida navoiy viloyatida 19 ta korxonaning 21 ta chgtu yangi o'rnatish va 18 ta chgtu modernizatsiya qilish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan bo'lib, 2022-2023 yillar mobaynida 19 ta korxonada 31 ta chgtu yangi o'rnatildi va 11 ta chgtu modernizatsiya qilindi.

Suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish yo'nalishida: 7 ta korxonada lokal tozalash inshootlarini yangidan qurish va qayta qurish ishlari amalga oshirilishi bo'yicha korxona rahbarlari bilan chora-tadbirlar kelishildi hamda 2023 yilning oxirigacha qurilish ishlari yakuniga yetkazilishi rejalashtirildi. Viloyatdagi mavjud hamda ish faoliyatidagi 116 ta avtomobil yuvish shahobchalarida ekologik qonun talablariga rioya etilishi qat'iy nazoratga olingan.

Navoiy viloyatidagi mavjud 116ta avtomobillarni yuvish shahobchalarida ekologik nazoratni kuchaytirish, atrof-muhit ifloslanishini oldini olish yuzasidan monitoring ishlari o'tkazilib kelinmoqda. Daryo-soy o'zani tozalash jarayonida qum-shag'al materiallarini qazib olish bo'yicha nazorat ishlari olib borildi. Olib borilgan nazorat ishlari bo'yicha viloyatdagi mavjud 16ta (2022 yilda 11ta) uchastkada ish faoliyatini olib boruvchi tadbirkorlik subyektlariga tegishli ko'rsatmalar berildi. Ushbu tadbirkorlik subyektlari tomonidan daryo va soylarda qirg'oq yuvilishiga hamda yaqin hududlarni suv bosishiga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan va suv oqimlariga to'sqinlik qilayotgan o'zanda yig'ilib qum-shag'al materiallaridan tozalanib kelinmoqda. Doimiy ravishda joylarga chiqqan holda daryo o'zanlarini tozalash ishlari olib borilayotgan uchastkalardagi holatini o'rganish maqsadida xavfsiz daryo boshqarmasi navoiy viloyati bo'linmasi, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, tog'-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi shimoliy-g'arbiy mintaqaviy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda ishlar tashkil etilib kelinmoqda.

Chiqindilar bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish yo'nalishida: Joriy yilning 9 oyi davomida aholidan jami 254 178 ming tonna maishiy chiqindilar hosil bo'lgan bo'lsa, shundan 56858,6 tonnasi qayta ishlanib, qayta ishlash darajasi 34,1 foizni tashkil qilmoqda. 2023-yilda

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Navoiy viloyati hududida joylashgan xalq ta'limi massalarida 184 dona hamda maktabgacha ta'lim muassasalariga 114 dona jami 298 dona chiqindi konteynerlari o'rnatilishi bo'yicha ogohlantirish xatlari tarqatilib, joriy yilning 9 oyi davomida viloyat hududidagi mtm larda 54 dona, maktablarda 118 dona, jami 172 dona chiqindi konteynerlari o'rnatildi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktyabridagi "maishiy chiqindilar bilan bog'liq ishlarni amalga oshirilish sohasidagi ishlar samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 787-son qarori ijrosini ta'minlash bo'yicha Navoiy viloyati hududida 2023-yil 9 oyligi holatiga yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan 3415 dona chiqindi qutilari o'rnatildi. Viloyatdagi mavjud 84 ta chiqindi yig'ish shaxobchalaridan, 36 ta maishiy chiqindi yig'ish shoxobchalari uchun ajratilgan yer uchastkalari va unga tegishli bino va inshootlar tegishli tartibda davlat kadastri ro'yxatidan o'tkazilib, kadastr yig'ma jildlari shakllantirildi hamda 48 ta maishiy chiqindi yig'ish shoxobchalarining kadastr hujjatlari belgilangan tartibda davlat xizmatlari markaziga taqdim etildi. Bundan tashqari, Uchquduq, Karmana, Nurota, Navbahor, Xatirchi tumanlarida joylashgan maishiy chiqindi poligonlarida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tashabbusi hamda sanitar tozalash korxonalari tomonidan ko'mish ishlari amalga oshirildi. Qolgan shahar va tumanlarda joylashgan maishiy chiqindi poligonlarida ham chiqindilarni kunlik ko'mish ishlari doimiy yo'lga qo'yilgan.

O'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish yo'nalishida: Joriy yil bahor mavsumida viloyat hududida 8 mln 841 ming dona ko'chatlar ekish rejalashtirilgan bo'lib, amalda 8 mln 737 ming dona nisbatan 99 foiz ko'chatlar ekilishi tashkil etilib, parvarish qilish uchun mas'ullarga biriktirildi. Ko'chatlar narxining asossiz oshib ketmasligi uchun joylarda 11 (11) dan ortiq ko'chat yarmarkalari va savdo nuqtalari tashkil etildi. Viloyatimiz iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, suvsizlikka va kasalliklarga chidamli ekiladigan ko'chatlarning (gujum, qayrag'och, katalpa, akatsiya, zarang, shumtol, tut, jiyda, yong'oq, yapon saforasi, terak) mos turlari belgilab olindi. Navoiy viloyatida ko'chatchilik bilan shug'ullanuvchi 11 ta subyektlar tomonidan jami 166,2 gektar yer maydonida 4,2 mln donadan ortiq manzarali, mevali, buta va gul ko'chatlari yetishtirildi.

Atrof-muhit monitoringi, iqlim o'zgarishi va cho'llanishga qarshi kurashish yo'nalishida: 2023-yil 9 oyi davomida atrof-muhit ifloslanishini monitoring dasturi bo'yicha va monitoring dasturidan tashqari 151 ta korxonaning 945 ta ifloslantiruvchi manbalaridan namunalar olinib, 4 986 ta kimyoviy tahlil ishlari olib borildi. Atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarda davlat ekologik monitoringi amalga oshirilishini tashkil etish to'g'risidagi buyrug'iga asosan 46 ta korxonaning 329 ta manbalaridan namunalar olinib, kimyoviy tahlil ishlari olib borildi. 9 oy davomida monitoring dasturidan tashqaritekshirilgan 107 ta korxonaning 616 ta manbalaridan shundan ifloslantiruvchi manbalaridan namunalar olinib, kimyoviy tahlil ishlari olib borildi. Monitoring dasturidan tashqari tekshirilgan 107 ta korxonaning 25 ta manbasida me'yoridan ortiq holatlar aniqlandi. Shundan me'yoridan ortiq holatlar aniqlandi. Aniqlangan me'yoridan ortiq holatlar bo'yicha atmosfera havosini muhofaza qilish bo'yicha, suv bo'yicha, tuproq bo'yicha, qo'shimcha kompensatsiya to'lovlari undirildi.

Xulosalash.

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 19-sentabr kuni Nyu-York shahridagi BMT bosh qarorgohida Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so'zladi. O'z nutqida mamlakatimiz global tahdidlarga qaramasdan, barqaror o'sish sur'atlarini namoyon etayotganini ta'kidlab, so'nggi olti yilda yalpi ichki mahsulot hajmi bir yarim martadan ortiq ko'payganini qayd etdi. Bosh maqsadi - 2030 yilga qadar bu ko'rsatkichni yana 2 barobarga oshirishdir deya

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

ta'kidladi. Iqtisodiyotimizni liberallashtirish yo'lidagi yana bir ustuvor vazifa - yaqin orada jahon savdo tashkilotiga to'laqonli a'zo bo'lishga harakat qilinayotganini, hozirgi vaqtda dunyoda keskin ekologik vaziyat kuzatilib, sayyoramiz miqyosida uchta inqiroz, ya'ni iqlim o'zgarishi, bioxilma-xillik yo'qolishi va atrof-muhit ifloslanishi kuchayib borayotganini qayd etib, Prezidentimiz Markaziy Osiyo iqlim o'zgarishlari oldida eng zaif mintaqalardan biriga aylanayotganini ko'rsatib o'tdi.

O'zbekiston tomonidan Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish yo'lida ko'rilayotgan choralar, mintaqamizdagi iqlim o'zgarishining salbiy ta'siri va suv bilan ta'minlanganlik darajasining kamayish tendensiyalari to'g'risidagi ma'lumotlar keltirildi. Bu vaziyatdan kelib chiqqan holda, BMT bosh kotibining suv resurslari bo'yicha maxsus vakili lavozimi ta'sis etilishi, Markaziy Osiyo suvni tejaydigan texnologiyalar platformasi yaratilishi va mintaqamizda qabul qilingan yashil taraqqiyot dasturi doirasida tizimli hamkorlik yo'lga qo'yilishi qo'llab-quvvatlandi. Bu borada "Markaziy Osiyo iqlim muloqoti"ni joriy etishni maqsadga muvofiq, deb hisoblashini, Biz bosh assambleyaning "Markaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarshisida: umumiy farovonlik yo'lida hamjihatlik" rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusini ilgari surdi. Uning asosiy mazmunini kelgusi yil Samarqandda bo'lib o'tadigan Xalqaro iqlim forumida muhokama qilishni taklif etdi. O'zbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarini iqlim o'zgarishlariga moslashtirish, uglerod neytralligiga erishish va "yashil" energetika ulushini keskin oshirish strategik vazifa bo'lib qolishi ta'kidlandi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston — 2030» strategiyasi to'g'risida Farmoni. 2023-yil 11-sentyabr, PF-158-son

2. "Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda ilmiy salohiyat hamda amaliy faoliyat uyg'unligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-may PQ-246-son.

3. Navoiy viloyati Axborot xizmati.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.