Научная статья на тему 'YAPON MANBASHUNOSLIGIDA TARIXIY-GEOGRAFIK ASARLAR (FUDOKI)NING O‘RNI VA AHAMIYATI'

YAPON MANBASHUNOSLIGIDA TARIXIY-GEOGRAFIK ASARLAR (FUDOKI)NING O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
258
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qadimgi fudoki / Oddiy fudoki / Ban Nobutomo / Syokoku Fudoki itsubunno / Xitati / Xarima / Bungo / Xidzen Fudoki / venyan / Gemmyo farmoni / Aso Isodzi / Nisio Minoru / Takagi Itinosukue / Tokieda Motoki / Hisamatsu Seniti / Nibari / Sukuba / Sida / Ubaraki / Namekata / Karima / Naka / Kudzi / shoyi mato / Iva va Amano xudolari / imperator Okinaga Tarasihime va Otomo Sadehiko / Ancient Fudoki / Simple Fudoki / Ban Nobutomo / Syokoku Fudoki itsubunno / Hitati / Harima / Bungo / Hidzen Fudoki / venyan / Gemmyo decree / Aso Isodzi / Nisio Minoru / Takagi Itinosukue / Tokieda Motoki / Hisamatsu Seniti / Nib Ubaraki / Namekata / Karima / Naka / Kudzi / silk cloth / gods Iva and Amano / Emperor Okinawa Tarasihime and Otomo Sadehiko

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Xudaynazarov, Isobek Boysoatovich

Yaponiya tarixini o‘rganishda Fudokilar ya'ni, tarixiy asarlarning ahamiyati muhim. Sababi, ushbu asarlar to‘plamida ko‘plab tarixiy voqyealar xronologiyasi bilan birga, davlat boshqaruvi, tarixiy lavozimlar (arxontologiya), shaxs tarixi (prosopografiya) hamda o‘rta asarlar Yaponiya provinsiyalari geografiyasiga doir qiziqarli (uezdlar, qishloqlar soni, nomi, onomastik, toponimlar, antroponimlar, polisonimlar, limnonimlar, zoonimlar, gidronim¬lar, oronimlar) ma'lumotlar berilgan. Fudoki 5 kitobdan ya'ni, Idzumo, Hitati, Harima, Bungo va Hidzendan iborat. Ushbu maqola aynan Fudokilar va ularning o‘rganilish, tarkibi va unda kelgan tarixiy ma'lumotlar tahliliga bag‘ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF HISTORICO-GEOGRAPHICAL WORKS (FUDOKI) IN JAPANESE SOURCE STUDY

This scientific article is devoted to history of the Fudokies which are ancient reports on provincial culture, geography, and oral tradition presented to the reigning monarchs of Japan in Medieval century. Fudoki consists of 5 books: Idzumo, Hitati, Harima, Bungo and Hidze. Fudoki refer to the oldest records written in the Nara period which collect and report the following information: names of districts and townships, natural resources and living things, etymology of names for geographic features, such as mountains, plains, and rivers, myths, legends, and folktales told orally by old people.

Текст научной работы на тему «YAPON MANBASHUNOSLIGIDA TARIXIY-GEOGRAFIK ASARLAR (FUDOKI)NING O‘RNI VA AHAMIYATI»

YAPON MANBASHUNOSLIGIDA TARIXIY-GEOGRAFIK ASARLAR (FUDOKI)NING O'RNI VA AHAMIYATI

Xudaynazarov Isobek Boysoatovich

TDSHU, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnologiyasi kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Yaponiya tarixini o'rganishda Fudokilar ya'ni, tarixiy asarlarning ahamiyati muhim. Sababi, ushbu asarlar to 'plamida ko 'plab tarixiy voqyealar xronologiyasi bilan birga, davlat boshqaruvi, tarixiy lavozimlar (arxontologiya), shaxs tarixi (prosopografiya) hamda o 'rta asarlar Yaponiya provinsiyalari geografiyasiga doir qiziqarli (uezdlar, qishloqlar soni, nomi, onomastik, toponimlar, antroponimlar, polisonimlar, limnonimlar, zoonimlar, gidronimlar, oronimlar) ma'lumotlar berilgan. Fudoki 5 kitobdan ya'ni, Idzumo, Hitati, Harima, Bungo va Hidzendan iborat. Ushbu maqola aynan Fudokilar va ularning o'rganilish, tarkibi va unda kelgan tarixiy ma'lumotlar tahliliga bag'ishlangan.

Kalit so'z: Qadimgi fudoki, Oddiy fudoki, Ban Nobutomo, Syokoku Fudoki itsubunno, Xitati, Xarima, Bungo, Xidzen Fudoki, venyan, Gemmyo farmoni, Aso Isodzi, Nisio Minoru, Takagi Itinosukue, Tokieda Motoki, Hisamatsu Seniti, Nibari, Sukuba, Sida, Ubaraki, Namekata, Karima, Naka, Kudzi, shoyi mato, Iva va Amano xudolari, imperator Okinaga Tarasihime va Otomo Sadehiko

THE ROLE AND IMPORTANCE OF HISTORICO-GEOGRAPHICAL WORKS (FUDOKI) IN JAPANESE SOURCE STUDY

Khudaynazarov Isobek Boysoatovich

Teacher of the Department of History and Ethnology of Central Asian Folks, Tashkent State University of Oriental Studies

ABSTRACT

This scientific article is devoted to history of the Fudokies which are ancient reports on provincial culture, geography, and oral tradition presented to the reigning monarchs of Japan in Medieval century. Fudoki consists of 5 books: Idzumo, Hitati, Harima, Bungo and Hidze. Fudoki refer to the oldest records written in the Nara period which collect and report the following information: names of districts and townships, natural resources and living things, etymology of names

Scientific Journal Impact Factor

for geographic features, such as mountains, plains, and rivers, myths, legends, and folktales told orally by old people.

Keywords: Ancient Fudoki, Simple Fudoki, Ban Nobutomo, Syokoku Fudoki itsubunno, Hitati, Harima, Bungo, Hidzen Fudoki, venyan, Gemmyo decree, Aso Isodzi, Nisio Minoru, Takagi Itinosukue, Tokieda Motoki, Hisamatsu Seniti, Nib Ubaraki, Namekata, Karima, Naka, Kudzi, silk cloth, gods Iva and Amano, Emperor Okinawa Tarasihime and Otomo Sadehiko

РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ИСТОРИКО-ГЕОГРАФИЧЕСКИХ РУКОПИСИ (ФУДОКИ) В ЯПОНСКИЕ ИСТОЧНИКОВЕДЕНИЕ

Худайназаров Исобек Бойсоатович

Преподаватель кафедры Истории и этнологии народов Центральной Азии, ТашГУВ

АННОТАЦИЯ

Фудоки как исторические произведение, играют важную роль в изучении истории Японии. Это связано с тем, что данное собрание сочинений, наряду с хронологией многих исторических событий, представляет интерес с точки зрения государственного управления, исторических должностей (архонто-логия), история личности (просопография), а также интересный информации по географии средневековых японских провинций (числа уездов, ономастика, топонимы, антропонимы, полисонимы, лимнонимы, зоонимы, гидронимы, оронимы). Фудоки состоит из 5 книг: Идзумо, Хитати, Харима, Бунго и Хидзе. Данная статья посвящена анализу Фудоки и их изучению, составу и историческим данным.

Ключевые слова: Старые Фудоки, Обыкновенные Фудоки, Бан Нобутомо, Сёкоку Фудоки ицубунно, Хитати, Харима, Бунго, Хидзен Фудоки, веньян, Декрет Гэммё, Асо Исодзи, Нисио Минору, Такаги Итиносукуэ, Токиэда Мотоки, Хисамацу, Сениби, Нибай, Ниб Намэката, Карима, Нака, Кудзи, шелковая ткань, боги Ива и Амано, император Окинава Тарасихимэ и Отомо Садехико.

Yaponiya tarixi o'zining boy tarixiy manbalariga ega bo'lib, "Kodziki", "Nixongi", "Tayxoriyo qonunlari", "Tayxo Ritsuryo", "Tatibano-no Xiromi", "Ray

KIRISH

Dzyo" kabi o'nlab tarixiy asarlar jahon tarixining ham durdona asarlari hisoblanadi. "Fudoki"lar ham shular jumlasidan bo'lib, Yaponiya tarixidagi ilk tarixiy-geografik asarlardir. Asarlarning ahamiyati nafaqat geografik ma'lumotlar berishida, balki ularda VIII asr Yaponiya tarixining muhim jihatlari ham yoritib berilgan. Avvalo, manbada hukmronlik qilgan sulola vakillarining olib borgan ishlari haqida hikoyalar bayon etilgan, yapon davlatchiligi tarixi va hukumdorlarning yurishlari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Fudokilarda Yaponiyada VIII asr Taika islohotlari davridagi mamlakat hududining ma'muriy birliklarga bo'linishi, qishloqlar, uezdlar va provinsiyalar soni, nomi, onomastik ma'lumotlar, toponimlar, antroponimlar, polisonimlar, limnonimlar, zoonimlar, gidronimlar, oronimlar keltirilgan.

Fudokilardan ko'plab rivoyatlar, afsonalar, ertaklar, qo'shiqlar, xalq og'zaki ijodi namunalari ham keng joy egallagan. Voqyealarning tavsifi yarim afsona, yarim real xususiyatga ega.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ushbu mavzuni yoritishda sohaning yetakchi olimlari Akimoto Kitironing "Древние Фудоки", Anders Karlvistning "Plants and Animals in Izumo Fudoki", Ban Nobutomoning "Syokoku Fudoki itsubunno" ("Фрагменты фудоки различных провинций"), asarlarni rus tilida nashr qilgan mualliflar jamoasining "Древние Фудоки (Xitati, Xarima, Bungo, Xidzen)", Takeda Yukitining "Fudoki" asarlaridan unumli foydalanildi. Metodologik jihatdan asarlar to'plamining mazmuni va unda keltirilgan ma'lumotlar tahlili, tarixiylik, voqyealarning tadrijiy berilishi usullaridan foydalanildi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA Fudokilarni o'rganish XIX asrda Ban Nobutomoning "Turli provinsiyalardagi Fudokining qismlari"1 asaridan boshlanib, XX asrda Takeda Yukitining "Fudoki"2, Akimoto Kitironing "Qadimgi fudoki" nomli ilmiy tadqiqotlari nashri bilan davom etgan. Rus olimlaridan K.A.Popovning "Hitatida 8 qo'shiq"3, N.I.Konradning "Qadimgi Fudokiga sharhlar" asarlarini alohida aytib o'tish lozim. VII asrda Yaponiyada ko'plab siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohaga oid islohotlar amalga oshirilgan bo'lib, Taika islohoti (645-646), Tayhoryo qonunlari majmuining tuzilishi, Nara shahrining imperator saroyi sifatida belgilanishi buning isbotidir. Yaponiyada ma'lumotlaga ko'ra VIII asrning I-yarmidan boshlab tarixiy geografik qaydnomalar yozila boshlangan. Yapon tadqiqotchisi Akimoto Kitironing guvohlik berishicha,

1 Бан Нобутомо (1773-1846), Сёкоку Фудоки ицубунно ("Фрагменты фудоки различных провинций")

(http://www.vostlit.info/Texts/Dokumenty/Japan/VIII/700-720/Drevnie_fudoki/pred.phtml)

2Такэда Юкити, "Фудоки", Токио, "Иванами", 1958 -C.198

3 Попов К. А., "Восемь песен Хитати" "Историко-филологические исследования. М., 1967. -С. 268

306

Scientific Journal Impact Factor

"Fudoki'lar uchun ma'lumotlarni yig'ish imperator Temmu (673-687) davrida boshlangan bo'lib, jarayon Nara davri oxirigacha davom etdi. Dastlab, "Fudoki" "Kofudoki" (Qadimgi fudoki) yoki "Oddiy fudoki" deb nomlangan. Birinchi Fudoki 713 yilda imperator ayol Gemmyo farmoniga binoan tuzilgan4. Bu farmon ijrosi barcha provinsiya noiblariga yetkazilgan, (bu davrda 60ga yaqin provinsiya mavjud bo'lgan) ular poytaxt Naraga o'z provinsiyasining aholi yashash joylari, mahalliy hudud rel'efi, kumush va asal, dala va serhosil tuproqlar, o'simlik va hayvonot dunyosi haqidagi ma'lumotlarni keltirishlari kerak bo'lgan. Fudokining birinchi nashri XVII asrga kelib amalga oshirildi. Bu "Syokoku fudoki bassui" (1624-1642) (Fudokidan tanlangan joylar) deb nomlangan. Bu asarda 5 ta provinsiya haqida ma'lumotlar saqlanib qolgan. Bular: Idzumo, Hitati, Harima, Bungo va Hidzen hisoblanadi. Ularning ichida faqat Idzumo Fudokida to'liq ma'lumotlar saqlanib qolgan. Uning parchalari boshqa provinsiyalardan topilib o'rganilgan.

Fudoki xitoycha "venyan" yozuvida yozilgan bo'lishiga qaramasdan, uning tarkibida yapon tiliga oid mahalliy folklor na'munalari, toponim va antroponimlarni uchratamiz5. Fudokini chop etishda ishtirok etgan yapon olimlari va muharrirlari Aso Isodzi, Nisio Minoru, Takagi Itinosukue, Tokieda Motoki, Hisamatsu Sen'itilar ishtirok etishgan. Fudokilar matnlarini yig'ish vaqtida XIII asrga oid 48 ta parchalar topilgan va ularni jamlash davomida Idzumo, Hitati, Harima, Bungo, Hidzen fudokining qismlari to'plangan. Bu parchalar jamlanib, bir necha marta kitob qilib chop etilgan. Bunda Akimoto Kitironing xizmati katta bo'lib, u parchalarni o'rganib chiqib, Fudokining qaysi qismiga tegishli ekanligini aniqlagan.

Qadimgi fudokilar 5 ta qismdan iborat bo'lib, ulardan biri Hitatidir. Bu so'z "kunchiqar" degan ma'noni bildiradi. Sababi, Hitati provinsiyasining xaritadagi joylashuvini kuzatadigan bo'lsangiz Yaponiyaning shimoli-sharqiy qismidagi kunchiqar hudud hisoblanadi6. Uning aniq tuzilgan vaqti va qanchadan buyon saqlangani noma'lum. 1958 yilda chop etilgan Hitati fudokidagi ma'lumotlarga ko'ra, asar 714-718 yillarda tuzilgan, muallifi soqchilar boshlig'i, provinsiyasining taniqli shoiri Fudzivara Umakai bo'lgan. Hitati provinsiyasi katta provinsiya hisoblanib, poytaxtdan uzoq provinsiyalar tarkibiga kirgan. U 11 ta uezdni o'z ichiga olgan bo'lib, asarda 9 ta uezd Nibari, Sukuba, Sida, Ubaraki, Namekata, Karima, Naka, Kudzi, Takalar tasvirlab berilgan, qolgan 2 uezd Sirakabe va Poti haqida ma'lu motlar keltirilmagan. 1871 yilgi islohotlar paytida Yaponiya ma'muriy tizimida Hitati

4 Древние Фудоки (Хитати, Харима, Бунго, Хидзэн). М. Наука. 1969 -С.230

5 Попов К. А. «Восемь песен Хитати», в кн. «Историко-филологические исследования. М., 1967 -С. 268

6 Japan Encyclopedia, Tokyo, 2002. -P.340

provinsiyasi asosida Ibaraki prefekturasi tashkil etildi. Asarda bir qancha diniy marosimlar haqida ham ma'lumotlar keltirilgan. Masalan, gullagan Sunda daraxti marosimi, shuningdek, daraxtlarning nomlanishi, hatto qirg'oq bo'yidagi molyuskalar turi haqida ham ma'lumotlar mavjud. Saroyga va ibodatxonaga qilingan tufhalar soni yozib borilgan. Yaponiyada qadimdan temir qadrlangan, aynan VIII asrdan boshlab temir buyumlar yasalishi ommalashgan. Bu haqida Hitati Fudokida provinsiyaning noibi Kanuti Sibino temirdan qilich yasatgani aytilgan7. Hitati fudokining katta qismi folklor ma'lumotlaridan iborat. Hitati fudokidan 8 xil mavzudagi qo'shiqlar o'rin olgan. Bular: Qizlar haqida qo'shiq (Niibari uezdi), Fudziyama tog'i, ajdodlar va afsonaviy ilohlar haqida (Sukuba uezdi), o'spirinlar haqida qo'shiq, Tahokama sohillari haqida qo'shiq (Ubaraki uezdi), Samutalik o'spirin yigit-qizlar va oqqushlar qo'shig'i, qizlar qo'shig'i (Kasima uezdi) kabilardir. Asarda 7 ta afsona mavjud bo'lib bular: Fudzi va Sukuba tog'lari haqida, yerni bo'ysundirgan Futsuno haqida, yerda tantana qiluvchi Kasima haqida (Kasima uezdi), Adelik qizlar va Samutalik o'spirin yigitlar haqida, Shoyi mato haqida (Kudzi uezdi), Tatihaya va Kabire tog'lari.

Harima Fudoki. Harima Fudoki 713 yilgi imperator farmoniga binoan yozilgan. Harima provinsiyasida qarag'ay va xrizantemalar ko'p bo'lganligi sababli ham uning toponimida bu aks etgan degan qarashlar ham mavjud. Harima Fudoki bizgacha to'liq bo'lmagan ko'rinishda yetib kelgan. Ba'zi qismlari o'qishga yaroqsiz holda o'chib ketgan. Yapon tadqiqotchilari Inoue Mitiyasui va Akimoto Kitirolarning ta'kidlashicha: Harima Fudoki 713-715 yillar oralig'ida tuzilgan. Uning tuzilishida o'sha davr Harima provinsiyasi noibi Kosena Asonodzi (708-714), uning yordamchisi Isikavano Asonkunsi va shoir Sasanomino Kofuti ishtirok etgan. Harima fudokining nusxalari bugungi kunda Tenri Buddizm universitetining kutubxonasida saqlanmoqda. Bu qo'lyozmalardan 1793 yilda Managivara Norimitsu va 1852 yilda esa, Tanimori Yosiumilar nusxalar olishadi va shundan keyin Harima Fudoki haqidagi ma'lumotlar keng tarqaladi8. Ma'lumotlarga ko'ra, Harima katta provinsiya hisoblanib, poytaxtga eng yaqin provinsiya bo'lgan. VIII asrda Harima provinsiyasida 11 ta uezd bo'lgan. Bulardan: Kako, Inami, Sikama, Iibo, Sayo, Sisava, Kamudzaki, Taka, Kamo va Minagi (84 ta qishloqdan iborat) kabilar bo'lib, birgina Akasi uezdi haqida ma'lumot yetib kelmagan. Harima Fudokida Yapon xudosi Iva va koreys xudosi Amano o'rtasidagi urushlar, hukmdor Tarasi Nakasuhikoning Kumaso qabilalari ustiga yurishlari (milodiy 190-200 yillar), afsonaviy hukmdor Yutarasi-hime (Dzingu 201-269)ning yurishlari, hukmdor Homuda (Odzin 270-310) ov qilgani

'Воробьев М. В. Япония. "Всемирная история", М., 1956 -С. 380

8Акимото Китиро, « Древние фудоки», Токио, 1958 -С.290

308

haqida, Oke shahzodalari haqida hikoyalar keltirilgan bo'lib, ularning ko'pchiligi tarixda mavjud real shaxslar hisoblanadi. Bundan tashqari, qo'riq yerlarni o'zlashtirish, sholi ekish, kanop yetishtirish, uy jonzotlarini xonakilashtirish (ot va boshqalar) kabilar haqida ma'lumotlar kiritilgan. Harima provinsiyasi aholisi dengiz va daryo baliqchiligi hamda yovvoyi qushlarni ovlash bilan mashg'ul bo'lgan9. Harima Fudokida etnografik jihatdan qiziqarli bo'lgan ma'lumotlar ham uchraydi, bunda Yaponiyaga ko'chib kelgan koreyslar ya'ni, Silla va Pekche qirolligidan Harima provinsiyasi va undan qo'shni provinsiyalarga kelib joylashgani haqida (Iibo uezdi, Kami oroli va Sirakuni qishlog'i, Sikama uezdi haqida), xitoyliklarning Harimaga ko'chib kelishi (Ayobe qishlog'i, Sikama uezdi, Hirokata qishlog'i, Iibo uezdi) kabilar yoritilgan.

Bungo va Hidzen Fudoki. Bungo Fudoki yaratilishi haqida taxminlar mavjud bo'lib, bu ikki Fudoki birgalikda 732-740 yillarda tuzilgan. Uni tuzishda boshchilik qilgan Kyusyu orolining harbiy boshlig'i, noib Fudzivara Umakai hisoblanadi. Fudokining ko'plab qismlari aynan Kyusyu orolidan topib o'rganilgan. Bungo va Hidzen Fudokilarning parchalari Tikudzen, Tikugo, Budzen, Higo, Hyuga, Osumi va Satsuma provinsiyalaridan ham topib o'rganilgan. Bungo provinsiyasining (qadimgi nomlanishi-Toyokunino Mitinosiri) bo'lib, Kyusyu orolining shimoli-sharqiy qismida joylashgan bo'lib, hozirgi Oita prefekturasi o'rnida bo'lgan. O'sha davr Bungo provinsiyasining 11 ta uezdidan 8 tasi haqida ma'lumotlar mavjud. Bular: Hida, Kusu, Naori, Ono, Ama, Okida, Hayami, Kunisaki hisoblanadi, qolgan 4 ta uezd haqida ma'lumot yetib kelmagan.

Bungo Fudokida bosh obraz buyuk yapon yo'lboshchisi-Yamato hisoblanadi. Uning yapon bo'lmagan qabilalar kumaso va sutikumo qabilalari bilan qilgan janglari bayon etilgan. Bu kabi afsonalardan yana biri, Utisaru yovuz maymun va Kunimaro qishloq yigiti haqidagi ertak hisoblanadi. Fudokida Itsuma oronimi haqida tushuncha, 679 yilgi yer silkinishlari haqida ma'lumotlar keltirilgan10. Bungo provinsiyasining iqtisodiy hayotiga oid bir qancha ma'lumotlar ham mavjud: qishloq xo'jaligi, sholini taqsimlash muhokamasi, tut daraxtlari, batata ekish, dengiz karamlarini terish kabi xo'jalik yumushlari qisqartirilgan shaklda yozib qoldirilgan, hunarmandchillikka oid ma'lumotlar esa uchramaydi. Bungo fudokida folklorga oid ma'lumotlarning 3 turini ko'rishimiz mumkin: suvning paydo bo'lishi (Kutami qishlog'i, Naori uezdi), shimol bug'usi haqida, sholi noni, oqqushga aylanish (Taro oronimi haqida, Hayami uezdi) batafsil ma'umotlar mavjud. Hidzen Fudokining yaratilish davri Bungo Fudoki bilan

9flpeBHHe ®ygoKH (Xmaru, XapuMa, EyHro, XH^H). M. HayKa. 1969. -C.230

10Aston W. G. Nihongi, 1896 -P. 180

bir davrda 732-740 yillarga taalluqli. Hidzen provinsiyasi (qadimgi nomi - Hino Mitinokuti) Kyusyu orolining janubiy sharqiy qismida joylashgan bo'lib hozirgi Saga va Nagasaki prefekturalari o'rniga to'g'ri keladi. Hidzen provinsiyasi ham katta provinsiya hisoblanib, poytaxtdan uzoq provinsiyalar qatoriga kirgan11. U 11 ta uezdga bo'linadi: Ki, Yabu, Mina, Kamudzaki, Saka, Oki, Matsura, Kisima, Fudzitsu, Sonoki, Takaku (70 ta qishloq va 18 ta pochta nuqtasi) kabilardan iborat. Hidzen Fudokida ham tarixiy ma'lumotlar keltirilgan bo'lib bular: imperator ayol Okinaga Tarasihime va podsho Otomo Sadehikolarning Koreyaga qilgan yurishlari, afsonaviy qahramon sarkarda Yamato Takeru haqida voqyealar bayoni shular jumlasidan. Bungo va Hidzen Fudokilar birga yozilishida bu ikkala provinsiyaning Kyusyu orolida bir-biriga yaqin joylashganligi ham sabab bo'lgan desak mubolag'a bo'lmaydi.

Idzumo Fudoki. Idzumo fudoki qolgan 4 ta Fudokilarga nisbatan to'liq saqlanib qolgan manba hisoblanadi. Idzumo fudokida qizqarli folklor namunalari, geografik ma'lumotlar "Kodziki" (Qadimiyat haqida 712 yil), "Nihongi" "Yapon solnomasi" (720 yil), "Manoshyu" (Son sanoqsiz barglar) kabi tarixiy asarlarda uchramaydigan jihat Fudokida yoritilgan. Idzumo Fudokining tanqidiy matnlari 1958 yilda chop etildi, buni tuzishda Takagi Itinanke, Nisio Minoru, Hisamatsu Sen'iti, Aso Isodzi, Tokieda Masaki va Akimoto Kitirolar qatnashishgan12.

Idzumo provinsiyasi Xonsyu orolining g'arbiy qismida, hozirgi kungi Simane prefekturasi hududida joylashgan. Idzumo katta provinsiya hisoblanib, poytaxtga yaqin provinsiyalar tarkibiga kirgan. U 9 ta uezd: Ou, Simane, Aika, Tatenui, Idzumo, Kamudo, Iisi, Nita, Ohara kabilardan iborat. Idzumo Fudokida bir qancha qiziqarli afsonalar mavjud. Bulardan: "Okunibiki" (yer tortishi), "Qiz va timsoh haqida", "Buyuk Saga haqida", "Bir ko'zli iblis haqida" kabilarni alohida sanab o'tishimiz mumkin. Asarda Idzumo provinsiyasida mavjud bo'lgan o'simlik va hayvonlarning 200 dan ortiq turlari haqida ma'lumotlar berilgan.

XULOSA

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, "Fudoki"larning Yaponiya tarixini yoritishdagi o'rni beqiyosdir. Fudokilar o'sha davr imperatorlar farmonlari asosida yaratilgani undagi ma'lumotlarning aniq va qat'iy tartibda yozilishini ta'minlab bergan. Ikkinchidan, Fudokilarda o'rta asrlar yapon davlatchiligi an'analari, mamlakat hayotining barcha jabhalarini qamrab oluvchi qonunlar, Yaponiya tarixi, geografik joylari, ularning nomlari, tarixiy shaxslar, o'simlik va hayvonot dunyosi, xalq og'zaki

"Anders Carlvist, Plants and Animals in Izumo fudoki, Shimane University, Matsue , 2007.

12Такэда Юкити, «Фудоки», Токио, изд-во Иванами, 1958. -C.198

310

Scientific Journal Impact Factor

ijodi va folkloriga doir materiallar, etnografik ma'lumotlar keltirilgan bo'lib, bular o'sha davr tarixini o'rganishda muhim manba bo'lib xizmat qiladi. Uchinchidan, Fudokilar Yaponiya tarixini davriy xronologik va mantiqiy izchillik asosida o'rganishimizga yaqindan yordam bera oladigan tarixiy-geografik asarlar, bundan tashqari ular o'rta asr yapon mifologiyasi, adabiyoti, tabiati, tabobati, urf-odatlari, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, islohotlar, xalqaro aloqalari kabi turfa ma'lumotlarni beradigan fundamental manbalardir.

REFERENCES:

1. Aкимото Китиро, "Древние фудоки", Токио, 1958 -С.290

2. Aston W. G. Nihongi, 1896 -P. 180

3. Anders Carlvist, Plants and Animals in Izumo fudoki, Shimane University, Matsue , 2007.

4. Бан Нобутомо (1773-1846), Сёкоку Фудоки ицубунно ("Фрагменты фудоки различных провинций") (http: //www.vostlit.info/Texts/Dokumenty /Japan/VIII/700-720 /Drevnie fudoki/pred.phtml)

5. Воробьев М. В. Япония. "Всемирная история", М., 1956 -С. 380

6. Древние Фудоки (Хитати, Харима, Бунго, Хидзэн). М. Наука. 1969 -С.230

7. Попов К. А., "Восемь песен Хитати" "Историко-филологические исследования. М., 1967. С. 268

8. Такэда Юкити, "Фудоки", Токио, "Иванами", 1958 -C.198

9. Japan Encyclopedia, Tokyo, 2002. P.340

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.