Научная статья на тему 'YANGI VA ISTIQBOLLI KUZGI JAVDAR NAVLARINING XALQ XO’JALIKIDAGI AXAMIYATI'

YANGI VA ISTIQBOLLI KUZGI JAVDAR NAVLARINING XALQ XO’JALIKIDAGI AXAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jаvdаr / yаngi vа istiqbоlli jаvdаr nаvlаr / аgrоtexnоlоgiyа / impоrt / ekspоrt / mоliyаviy bаrqаrоrlik / nоn mаxsulоtlаri. / Rye / new and promising varieties of rye / agricultural technology / import / export / financial stability / bakery products

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Sаtipоv Gаipnаzаr Mаtvаpаyevich, Sаpаevа Gulmirа Аbdullаyevnа, Bаbаdjаnоvа Mаdinа Murаdоvnа

Xоrаzm vоhаsi tuprоq-iqlim shаrоitigа mоs yаngi vа istiqbоlli jаvdаr nаvlаrni tаnlаsh vа yetishtirish аgrоtexnоlоgiyаsini ishlаb chiqish vа fermerlаrgа tаvsiyа qilish, shu оrqаli respublikа iqtisоdiyоtidа impоrtni kаmаytitib ekspоrt hаjmini оshirib, qishlоq xо’jаlik mаhsulоtlаrining ulushini kо’pаytirish vа аhоlini dоimiy jаvdаr unidаn tаyyоrlаnаdigаn mаhsulоtlаrgа bо’lgаn tаlаbini qоndirish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF NEW AND PROMISING AUTUMN RYE VARIETIES IN THE NATIONAL ECONOMY

Develоpment аnd recоmmendаtiоn tо fаrmers оf аgrоtechnоlоgy fоr selectiоn аnd cultivаtiоn оf new аnd prоmising rye vаrieties suitаble fоr sоil аnd climаtic cоnditiоns оf the Khоrezm оаsis, thereby reducing impоrts in the republic's ecоnоmy, increаsing expоrts, increаsing the shаre оf аgriculturаl prоducts аnd prоviding the pоpulаtiоn with permаnent rye flоur. It is pоssible tо meet the demаnd

Текст научной работы на тему «YANGI VA ISTIQBOLLI KUZGI JAVDAR NAVLARINING XALQ XO’JALIKIDAGI AXAMIYATI»

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center IF = 7.899 www.in-academy.uz

ARTICLE INFO

THE IMPORTANCE OF NEW AND PROMISING AUTUMN RYE VARIETIES IN THE NATIONAL ECONOMY

UrSU, q.x.f.d. prof., Sаtipоv Gаipnаzаr Mаtvаpаyevich UrSU, q.x.f.f.d. (PhD)., Sаpаevа Gulmira Аbdullаyevnа UrSU, Magistr., Bаbаdjаnоvа Mаdinа Murаdоvnа

https://doi.org/10.5281/zenodo.14539036

ABSTRACT

Received: 15th December 2024 Accepted: 20th December 2024 Online: 21th December 2024

KEYWORDS Rye, new and promising varieties of rye, agricultural technology, import, export, financial stability, bakery products.

Devehpment аnd recоmmendаtiоn W fаrmers оf аgrоtechnоlоgy for selectwn аnd cultivаtiоn оf new аnd prоmising rye vаrieties suable for sоil аnd climаtic cоnditiоns оf the K^rezm оаsis, thereby reducing impоrts in the republic's emmmy, increаsing expоrts, increаsing the shаre оf аgriculturаl pmducts аnd pmviding the pоpulаtiоn with permаnent rye flоur It is pоssible W meet the demаnd.

ЗНАЧЕНИЕ НОВЫХ И ПЕРСПЕКТИВНЫХ ОСЕННИХ СОРТОВ РЖИ В

НАЦИОНАЛЬНОМ ХОЗЯЙСТВЕ

УрГУ, кл.ф.д. проф., Сатипов Гайпназар Матвапаевич УрГУ, кл.ф.д. (PhD)., Сапаева Гульмира Абдуллаевна УрГУ, Магистр., Бабаджанова Мадина Мурадовна

https://doi.org/10.5281/zenodo.14539036

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 15th December 2024 Accepted: 20th December 2024 Online: 21th December 2024

KEYWORDS Рожь, новые и

перспективные сорта ржи, агротехника, импорт,

экспорт, финансовая

устойчивость, хлебобулочные изделия.

Разработка и рекомендации фермерам агротехнологии для селекции и выращивания новых и перспективных сортов ржи, подходящих к почвенно-климатическим условиям Хорезмского оазиса, тем самым сокращая импорт в экономику республики, увеличивая экспорт, увеличивая долю сельхозпродукции и обеспечивая население мука ржаная постоянная, есть возможность удовлетворить спрос.

YANGI VA ISTIQBOLLI KUZGI JAVDAR NAVLARINING XALQ XO'JALIKIDAGI

AXAMIYATI

UrDU, q.x.f.d. prof., Sаtipоv Gаipnаzаr Mаtvаpаyevich UrDU, q.x.f.f.d. (PhD)., Sаpаevа Gulmira Аbdullаyevnа UrDU, Mаgistr., Bаbаdjаnоvа Mаdinа Murаdоvnа https://doi.org/10.5281/zenodo.14539036 ARTICLE INFO ABSTRACT

é

Ws,

Received: 15th December 2024 Accepted: 20th December 2024 Online: 21th December 2024

KEYWORDS Jаvdаr, yаngi vа istiqbоlli jаvdаr nаvlаr,

аgrоtexnоlоgiyа, impоrt,

ekspоrt, mоliyаviy bаrqаrоrlik, nоn mаxsulоtlаri.

Xоrаzm vоhаsi tupwq-iqlim shаrоitigа mоs yаngi vа istiqbоlli jаvdаr nаvlаrni tаnlаsh vа yetishtirish аgrоtexnоlоgiyаsini ishhb chiqish vа fermerlаrgа tаvsiyа qilish, shu оrqаli respublikа iqtisоdiyоtidа impоrtni kаmаytitib ekspоrt hаjmini оshirib, qishhq xоjаlik mаhsulоtlаrining ulushini kо'pаytirish vа аhоlini dоimiy jаvdаr unidаn tаyyоrlаnаdigаn mаhsulоtlаrgа bо'lgаn tаlаbini qоndirish mumkin.

Respublikamiz iqtisodiyotining asosini tashkil qiluvchi qishloq xo'jaligini boshqarishda ishlab chiqarish imkoniyatlarian samarali foydalanish muammosi juda murakkab va ko'p qirrali maqsadlardan biridir. Bu muammoni ijobiy xal qilish uchun qishloq xo'jalik ilg'orlarining qo'lga kiritgan xamda ilm-fan yutuqlarini chuqur o'rganish ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish maxalliy sharoitini xisobga olgan xolda ilmiy asoslarini tajribalar o'tkazish asosida yangi agrotexnologiyalarni ishlab chiqish iqtisodiy samaradorlikni oshirish talab qilinadi. Shunungdek, qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish imkoniyatlarini shakllantirish va undan samarali foydalanish xar bir anq maqsad uchun ilmiy asoslab berilgan murakkab iqtisodiy -ijtimoiy omillarga ya'ni murakkab agrotexnologiya tashkiliy va boshqa jarayonlarga bog'liqdir.

Xorazm vohasi O'zbekiston Respublikasining eng shimoliy mintaqasi xisoblanib yerlari sho'rlangan, qishloq xo'jalik ekinlaridan rejalashtirilgan xosilni olish ko'p mehnat va xarajat sarf bo'ladigan mintaqadir. Xoraazm mintaqasiga mos ertapishar serhosil va yuqori sifatli don beradigan kuzgi javdar navlarini tanlash , ekinga tavsiya berish muhim ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqib qishloq xo'jaligida ekinlardan mo'l hosil olishning istiqbolli texnologiyalarini yaratish va joriy etish orqali xosildorlikni oshirish jumladan,javdarni Xorazm vohasi tuproq-iqlim sharoitiga mos yangi va istiqbolli navlarini yetishtirish va tanlash ekishga tavsiya berish muhim axamiyat kasb etdi. Shundan kelib chiqib ,qishloq xo'jaligida ekinlardan mo'l hosil olishning istiqbolli texnologiyalarini yratish va joriy etish orqali respublika iqtisodiyotida importni kamaytrib eksport hajmini oshirib qishloq xo'jalik maxsulotlarining ulushini ko'paytirish va axolini kuzgi javdar unidan tayyorlanadigan maxsulotlariga bo'lgan talabini qondirish mumkin.

O'zbekistonda kuzgi javdar oraliq ekini sifatida va doni uchun ekiladi. Ko'p mamlakatlarda bug'doydan keyin ikkinchi non ekini sifatida ekiladi. Xozirgi kunga kelib O'zbekistonda xam javdar nonini tayyorlash uchun ekila boshlandi. Kuzgi javdar noni yuqori kaloriyag ega to'yimli va mazali. Donida almashtirilmaydigan aminokislotalar ayniqsa lizinga boy oqsil A C E va B guruxga kiruvchi vitaminlar mavjud. Shuning uchun shifokorlar qandli diabet bilan kasallangan bemorlarga javdar unidan tayyorlangan non va ovqatlarni tavsiya etishadi. Javdar doni tarkibida o'rtacha 8.0-18.7 %oqsil, 51.8 %-69% kraxmal, 1.6-2.6 % yog' mavjud. Oqsil tarkibida lizin ko'pligi tufayli kuzgi javdar donining biologic qiymati yuqoridir.

Kuzgi javdar noni -to'yimli oziq-ovqat maxsuloti bo'lib yuqori kaloriyaliligi va maxsus ta'm xamda aromatga egaligi bilan ajralib turadi. Kuzgi javdar uni tarkibida to'yinmagan yog' kislotalari bo'lib inson organizmidagi xolestrinni eritish xususiyatiga ega[1]. Shuning uchun

é

Ws,

uni yoshi katta va qandli diabet bilab og'rigan kasallarga tavsiya etiladi. Javdar unidan xar xil navdagi nonlar tayyorlanadi. Shuningdek, javdar va bug'doy uni aralshmasidan xam non yopiladi. Kuzgi javdar uni yuqori kaloriyaliligi va oqsilning biologik ko'rstakichi bug'doynikidan ustunligi bilan xarakterlanadi. Javdar oqsili bug'doynikiga nisbatan almashinmaydigan aminokislotalar xususan lizinni ko'p tutadi.

Kuzgi javdar doni texnik maqsadlar uchun xam foydalaniladi undan spirt, kraxmal va boshqa maxsulotlar olinadi. Somonidan uksus kislotasi, liginin, selluloza, qog'oz va boshqalar tayyorlanadi. Bundan tashqari javdar donidan qoramollarga yem tayyorlashda lizininga boy qo'shimcha sifatida foydalaniladi. Kuzgi javdar doni yormasi va uni yuqori konsentrlangan yem hisoblanadi. Ko'k massasining yem- xashaklik sifati ko'p yillik o'tlardan qolishmaydi. Javdar ko'k massasida oqsil miqdori 14% kuzgi bug'doy va makkajo'xorinikidan yuqori. Javdar somoni dag'al yem-xashak sifatida foydalaniladi[1].

Kuzgi javdar Rossiyada, Markaziy Osiyoda va Kavkazatorda doni uchun xamda dukkakli ekinlar baxori arpa, bug'doy va bohqa ekinlar bilan qo'shib ozuqa uchun ekiladi.

Respublikamiz sharoitida kuzgi javdarni ekish muddatlari va meyorlarini o'rganish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar asosan, lalmi tuproqlarda keng ko'lamda olib borilgan. Ammo respublikaning shimoliy mintaqalari xisoblanadigan Xorazm vohasi tuproq iqlim sharoitida sug'oriladigan -o'tloqi ,o'tloq -botqoq tuproqlarida kuzgi javdarni ekish muddatlari va me'yorlarini don sifat ko'rsatkichlariga xususan kleykovina miqdori,oqsil va boshqa xususiyatlariga ta'siri atroflicha o'rganilmagandi[2].

Shu boisdan biz oldimizga Xorazm viloyatining sug;oriladigan o'tloqi alyuvial tuproqlarida yetishtirilayotgan kuzgi javdarning "Дубинская", "Саратовская", "Памирская" navlarini ilmiy asoslangan tizimda ishlab chiqilgan agrotexnologiyasini kuzgi javdar xosildorligiga va don sifat ko'rsatkichlariga ko'chat qalinligi o'g'it me'yori suv borish tizimining ta'sirini oqsil va boshqa xususiyatlariga ta'sirini o'rganishni maqsad qilib, Urdu tajriba uchastkasida javdar biologiyasi va agrotexnologiyasini o'rganish boshlandi.

Mamlakatimizning turli tuproq va iqlim sharoitlarida kuzgi javdar o'simligini yetishtirish va tanlash va ulardan yuqori va sifatli hosil olish borasida maqbul ekish muddatlari va me'yorlarini ishlab chiqish muxim axamiyat kasb etadi. Xorazm vohasi tuproq -iqlim sharoitiga mos javdar navlarini tanlash uni maxalliylashitirish va javdardan sug'oriladigan sharoitda yuqori xosil olish sifatli va don olish bo'yicha yuqori ko'rsatkichlarga erishishda maxalliy sharoitda yetishtirish va ilmiy asoslangan agrotexnologiyalarni ishlab chiqish muxim axamiyat kasb etadi.

Respublikamizning yetuk olimlarini olib borgan ilmiy izlanishlaridan ma'lum bo'lishicha kuzgi javdar, asosan kislotali va neytral muxitga ega bo'lgan tuproq sharoitlarida yetishtirilgan jadval ma'lumotlariga ko'ra bizning tajriba maydonining tuprog'i o'rtacha sho'rlangan. Tajriba qo'yishdan oldin dastlabki tuproq muhiti va sho'rlanish darajasi aniqladik. Boshoqli don ekinlaridan yuqori hosil va sifatli don yetishtirish uchun tuproq-iqlim sharoitlarini xisobga olgan xolda ilmiy asoslangan nav agrotexnologiyasini ishlab chiqish zarur. Yangi navni hosildorligini oshirish uchun barcha agrotexnologiya komplekslarni ko'rib chiqishni taqozo etadi shu jumladan ekish muddati me'yori va ozqilanish maydoni kabi elementlarni o'z ichiga oladi. Xozirgi kunning dolzarb va muxim vazifalaridan biri ekilgan

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center IF = 7.899 www.in-academy.uz

o'simlikning ozuqaga bo'lgan talabini urug'ini optimal ekish me'yorini suvga bo'lgan talabi ko'chat qalinligini aniqlab fermerlarga tavsiya qilishdir.

References:

1. Holiqov A. Javdar va suli. Toshkent, "O'zbekiston", 1973

2. Qurbanov G'.Q. Donli ekinlar urug'shunosligi. Toshkent, "O'qituvchi", 1980

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.