Научная статья на тему 'KUZGI JAVDAR (SECALE CEREALE L.) AGROTEXNIKASI VA UNING ASOSIY XUSUSIYATLARI'

KUZGI JAVDAR (SECALE CEREALE L.) AGROTEXNIKASI VA UNING ASOSIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

5
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KUZGI JAVDAR (SECALE CEREALE L.) AGROTEXNIKASI VA UNING ASOSIY XUSUSIYATLARI»

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

KUZGI JAVDAR (SECALE CEREALE L.) AGROTEXNIKASI VA UNING ASOSIY XUSUSIYATLARI

M. Sh. Maxramova, S. X. O'roqov

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, maxramovamarhabo@gmail .com O'zbekiston.

Hozirgi vaqtda dunyo aholisining jadal sur'atlarda oshishi natijasida ularning global oziq-ovqatga bo'lgan talabining ham oshishiga sabab bo'lmoqda. Yildan yilga kuzatilayotgan iqlim o'zgarishlari va yerdan samarali foydalanishning hozirgi kungi holati oziq-ovqat xavfsizligi uchun katta muammolardan biri hisoblanadi. Bunday sharoitda aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash uchun dunyo bo'ylab oziq-ovqat ishlab chiqarishni yuqori ko'rsatkichga o'sishini ta'minlash kerak, buning uchun ekin maydoni hududlarini kengaytirish emas, balki madaniy o'simliklarning hosildorlik darajasini oshirish orqali erishish mumkin. Bugungi kunda shu kabi muammolarni ilmiy asoslashga katta e'tibor qaratilib, mazkur yo'nalishda amalga oshirilayotgan tadqiqotlarga eng muhim ustuvor vazifalarning yechimi sifatida qaralmoqda. Bunga ko'ra, qishloq xo'jaligida sifatli va kam xarajatli, ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Jahonda global iqlim o'zgarishi natijasida yuzaga kelgan abiotik omillar qishloq xo'jaligi o'simliklari jumladan, donli o'simliklarni yetishtirish tizimlariga salbiy ta'siri, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu borada, jumladan, suv tanqisligi va qurg'oqchilik sharoitida o'simliklar morfologiyasi, fiziologiyasi va biokimyosidagi o'zgarishlar mexanizmini o'rganish va ochib berish nazariy va ilmiy muammolardan biri bo'lib, bunday sharoitda esa ularning o'sishi, rivojlanishi, morfoxo'jalik va mahsuldorlik ko'rsatkichlari hamda fiziologik jarayonlarning faollashish mexanizmiga ijobiy ta'sir etuvchi biofiziologik moddalarni ishlatish hisobiga hujayra, to'qima, organ va genotip darajasidagi moslashuvchanlik samaradorligini oshirishga katta e'tibor berilmoqda [5].

Bugungi kunga kelib donli ekinlar orasida javdarning ahamiyati ham beqiyos hisoblanadi. Jumladan keyingi yillarda javdar unidan tayyorlanadigan mahsulotlarga bo'lgan talab ortmoqda. Chunki javdar unidan tayyorlangan non o'zining to'yimliligi hamda ta'mining yaxshiligi bilan alohida ajralib turadi. Shuning uchun ham hozirda javdar yetishtirish texnologiyasini keng yo'lga qo'yish hamda qurg'oqchilikka

366

May 15, 2024

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

chidamli bo'lgan javdar navlarini yetishtirib, ulardan yuqori hosil olish choralari olib borilmoqda [1;2].

Keyingi yillarda donli o'simliklardan hisoblangan javdarning foydali xususiyatlarini hisobga olgan holda uning morfofiziologik xususiyatlarini chuqur o'rganib, mahalliy sharoitga har tomonlama mos keluvchi javdar navlarini yetishtirish ustida har xil tadqiqotlar olib borilmoqda.

Kuzgi javdar (Secale cereale L.) asosan markaziy va sharqiy Yevropa mintaqalarida yetishtiriladi. Dunyoda bo'yicha javdar yetishtirish 2020-yilda 15,02 million tonnani tashkil qildi. Javdar yetishtirish bo'yicha Rossiya, Polsha, Ukraina, Daniya, Finlyandiya, Belorussiya, Germaniya va Estoniya mamlakatlari yetakchilik qilmoqda [9].

Javdar ozuqaviy va biologik faol moddalarning eng yaxshi manbalaridan biri bo'lib, qora non ishlab chiqarish uchun ikkinchi eng muhim xom ashyo hisoblanadi. U ko'plab oshpazlik mahsulotlarida ham qo'llaniladi. Fiziologik jihatdan javdar doni bug'doy doniga juda o'xshaydi, ammo javdar boshqa don o'simliklariga nisbatan bir qancha afzalliklarga egadir. Qayta ishlashdan so'ng javdar bug'doyga qaraganga ko'proq vitamin va minerallarni saqlaydi. Qora nonning kaloriyasi nisbatan kamroq miqdorda bo'lib, uni muntazam iste'mol qilish salomatlik uchun foyda keltiradi hamda ko'plab onkologik kasalliklarning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi.

Kuzgi javdarni yetishtirish uchun avallo uni eng yaxshi o'tmishdosh ekinlardan keyin joylashtirish, intensiv navdagi javdar navlarini ekish, tuproqni yetarli miqdordagi oziqa moddalar boyitish hamda kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashni o'z vaqtida o'tkazishni ta'minlash zarurdir.

Javdar urug'larini ekish uchun belgilangan davlat andozalari talabiga javob beruvchi bir xil kattalikda va tekis, sog'lom, begona o'tlar urug'idan toza va unuvchanligi 92-95% va unib chiqish kuchi 80% dan kam bo'lmagan urug'lardan foydalanish hosildorlikni 2-3 barobar oshiradi. Ekiladigan donlarni birinchi navbatda turli xil zamburug' kasalliklaridan zararsizlantirish kerak. [1].

Javdar urug'larini ekish har bir mintaqada tuproq iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda maqbul muddatlarda o'tkazilish choralari urug'larni tekis undirib olish, kuzgi o'sish davrida qishgi tinim davriga kirishi uchun tayyorgarlik holatini o'tash, normal qishlash va yuqori hosil berishni ta'minlaydi[2; 8].

Kuzgi javdar qatorlab (qator oralari 15 sm), tor qatorlab (qator oralari 7,5 sm), ikki tomonlama qatorlar kelishtirilgan usullarda ekiladi. Hozirgi vaqtda tor qatorlab ekish eng keng tarqalgan usul hisoblanadi. Chunki bunda o'simliklar dalada bir tekis taqsimlanadi. Tuproqda yetarli namlik va oziqa moddalar bo'lsa ular yaxshi o'sadi va

May 15, 2024

367

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

rivojlanadi, yorug'likni, namlikni hamda oziqa moddalarni yaxshi o'zlashtiradi. Natijada tuplanish va mahsuldorligi yuqori bo'ladi. Bunda o'simliklar begona o'tlar tomonidan kam zararlanadi, tuproqda namlikning kam bug'lanishiga sababchi bo'ladi. Urug'larni ekishda uning chuqurligiga ham kata e'tibor berish lozim. Chunki unib chiqayotgan maysaga tuproqning qarshiligi uning mexanik tarkibiga albatta chambarchas bog'liqdir. Maysalarning unishiga ayniqsa, og'ir loy tuproqlar ko'proq qarshilik ko'rsatadi. Shu sababli bunday tuproqlarda urug'lar 4-5 sm chuqurlikda ekiladi, o'rtacha qumoq tuproqlarda urug'lar 5-6 sm, yengil tuproqlarda esa 7-8 sm chuqurlikda ekiladi. [3].

Kuzgi ekinzorlarda turli xil zararkunandalarni uchratish mumkin. Ular har yili hosilni juda katta zararlanishiga olib keladi. Javdar ekilgan dalalarda ham shilliqurt, xumkalla, tripe, hasvalar, shiralar va shunga o'xshash ko'plab zararkunandalar tarqalgan. Ular javdar urug'larining unib chiqishidan pishishigacha zarar keltiradi hamda don hosili va sifatini kamaytiradi. Shuning uchun ekinzorlarni zararsizlantirishda ular keltiradigan zararni boshlanishini aniqlash muhim hisoblanadi[3;4].

Xulosa qilib aytganda dala ekinlarining o'sishi va rivojlanishi, qishlashda va o'suv davrida saqlanishi, ularni ekishdan hosilni yig'ishtirishgacha saqlanishi albatta birinchi navbatda ekinzor parvarishiga bog'liq hisoblanadi. Shuning uchun javdar yetishtirishda agrotexnologik chora tadbirlarni to'g'ri amalga oshirish, javdar hosildorligining yuqori ko'rsatkichda oshishiga olib keladi.

REFERENCES

1. Atabayeva H., Qodirxo'jayev O. O'simlikshunoslik. «Mehnat». 2000. 272 b.

2. Boboxo'jayev I., Uzoqov P. Tuproqshunoslik. Toshkent. «Mehnat» 1995. 512 b.

3. Omonov A. va boshqalar. Qashqadaryo viloyatida don ekinlaridan mo'l hosil yetishtirish omillari. Qarshi. Nasaf. 2001. 4-7 b.

4. Ochilov R. O., Xo'jayev Sh. T. O'simliklarni zararkunandalardan himoya qilishda ilg'or tajribalar. Toshkent. «Talqin». 2008. 21-27 b.

5. Yormatova D., Dala ekinlar biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi, T., 2000.

6. R.Artikova, S.Murodova. "Qishloq xo'jalik biotexnologiyasi:" Toshkent-2010-y

7. H.Xushvaqtova. D.Yormatova. O'simlikshunoslik. Toshkent-Ilm-Ziyo-2016-y 48-55-b

8. Жогин А.Ф. О принципах моделирования карликовых сортов озимой мягкой пшеницы // С.-х. биология.- 1999.- № 3.- С. 33-39.

9. Schwingshackl, L.; Knüppel, S.; Michels, N.; Schwedhelm, C.; Hoffmann, G.; Iqbal,

May 15, 2024

368

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

K.; . . . De Henauw, S.; Boeing, H.; Devleesschauwer, B. Intake of 12 Food Groups and Disability-Adjusted Life Years from Coronary Heart Disease, Stroke, Type 2 Diabetes, and Colorectal Cancer in 16 European Countries. Eur. j. epidemiol. 2019, 34(8), 765-775. DOI: 10.1007/s10654-019-00523-4

369

May 15, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.