EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.899 www.in-academy.uz
TRANSPARENCY INDICATORS OF GRAIN VARIETIES OF SHADED RYE UNDER ALLUVIAL SOILS OF THE MEADOWS
OF KHORAZM REGION
UrSU, q.x.f.f.d. (PhD)., Sapaeva Gulmira Abdullayevna UrSU, Magistr., Ibadullayeva Maftuna Umirbek qizi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14539046
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 15th December 2024 Accepted: 20th December 2024 Online: 21th December 2024
KEYWORDS Rye, meadow-alluvial soil, grain transparency, fertilizer rate.
The article presents information on the transparency indices of autumn rye varieties in the alluvial soils of the meadows of the Khorezm region.
ПОКАЗАТЕЛИ ПРОЗРАЧНОСТИ ЗЕРНА СОРТОВ ОЗЕНЕННОИ РЖИ ПОД АЛЛЮВИАЛЬНЫМИ ПОЧВАМИ ЛУГА ХОРАЗМСКОЙ ОБЛАСТИ
УрГУ, q.x.f.f.d. (PhD)., Сапаева Гульмира Абдуллаевна УрГУ, Магистр., Ибадуллаева Мафтуна Умирбек кизи
https://doi.org/10.5281/zenodo.14539046
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 15th December 2024 Accepted: 20th December 2024 Online: 21th December 2024 KEYWORDS
Рожь, лугово-аллювиальная почва, прозрачность зерна, норма удобрений.
В статье представлены сведения о показателях прозрачности зерна сортов осенней ржи в условиях аллювиальных почв луга Хорезмской области.
XORAZM VILOYATI OTLOQI ALLYUVIAL TUPROQLARI SHAROITIDA KUZGI JAVDAR NAVLARINING DON SHAFFOFLIK KORSATKICHLARI
UrDU, q.x.f.f.d. (PhD)., Sapaeva Gulmira Abdullayevna UrDU, Magistr., Ibadullayeva Maftuna Umirbek qizi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14539046
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 15th December 2024 Accepted: 20th December 2024 Online: 21th December 2024
KEYWORDS Javdar, o^tloqi allyuvial tuproq, don shaffofligi, o^g^it me^yori.
Ushbu maqolada Xorazm viloyati o^tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida kuzgi javdar navlarining don shaffoflik ko^rsatkichlari haqida ma^lumotlar berilgan.
Qishloq xo'jaligini rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirish mamlakat aholisining 60 foizidan ortiq qismi yashayotgan qishloqlarning farovonlik darajasini
é
Ws,
yuksaltirishda muhim omil bo'lmoqda. Shu munosabat bilan so'nggi yillarda qishloq xo'jaligini boshqarish tizimida institutsional islohotlar amalga oshirildi, paxta xom ashyosi va boshoqli don mahsulotlarining davlat tomonidan kafolatlangan xarid narxlarini sezilarli darajada ko'paytirish hisobiga qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligi oshirildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3574-son "Paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga muayyan darajada xizmat qiladi. Qishloq xo'jalik ekinlaridan yuqori xosil yetishtirish uchun bir qator muhim tashkiliy iqtisodiy chora tadbirlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishning moddiy texnika bazasini ancha mustaxkamlash, o'g'itlardan keng foydalanish, tuproqning unumdorligini, meliorativ va ekologik holatlarini yaxshilash, yangi intensiv navlarni yaratish kabi ishlarni amalga oshirish lozim. Respublikamiz Prezidentning 1994 yil 22-apreldagi "O'zdonmahsulot" davlat konsernini "O'zdonmahsulot" davlat aksiyadorlik korportsiyasiga aylantirish to'g'risidagi Farmoni, unda belgilab berilgan maqsad va vazifalar tarmoqda misli ko'rilmagan o'zgarish va yuksalishlarga turtki bo'ldi. Eng avvalo, tizim tasarrufidagi korxonalarning mulkchilik shakli o'zgarib, aksariyat korxonalar aksiyadorlik jamiyatlari sifatida faoliyat yurita boshladi. Donni saqlash, qayta ishlash, mahsulot ishlab chiqarish borasidagi jarayonlarga zamonaviy xorijiy texnologiyalar kirib keldi. Bu esa respublikada non mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va sifatining keskin oshishiga, non mahsulotlari sortimentining tubdan yaxshilanishiga sabab bo'ldi.
Xorazm vohasi O'zbekiston Respublikasining eng shimoliy mintaqasi hisoblanib, yerlari sho'rlangan, qishloq xo'jalik ekinlaridan rejalashtirilgan hosilni olish ko'p mehnat va harajat sarf bo'ladigan mintaqadir. Xorazm mintaqasiga mos, ertapishar , serhosil va yuqori sifatli don beradigan kuzgi javdar navlarini tanlash, ekishga tavsiya berish muhim ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqib, qishloq xo'jaligida ekinlardan mo'l hosil olishning istiqbolli texnologiyalarini yaratish va joriy etish orqali hosildorlikni oshirish, jumladan, javdarni Xorazm vohasi tuproq- iqlim sharoitiga mos yangi va istiqbolli navlarni tanlash va yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish va fermerlarga tavsiya qilish, shu orqali respublika iqtisodiyotida importni kamaytitib eksport hajmini oshirib, qishloq xo'jalik mahsulotlarining ulushini ko'paytirish va aholini kuzgi javdar unidan tayyorlanadigan mahsulotlarga bo'lgan talabini qondirish mumkin.
Tadqiqotlar davomida kuzgi javdar navlarining don sifatini belgilovchi shaffoflik darajasi o'rganildi.
Kuzgi javdar navlarining shaffoflik darajasi (%)
é
Ws,
Rasmda keltirilgan 5 ta kuzgi javdar navlarining to'la shaffofligi va umumiy shaffoflik darajasi o'g'it berish me'yorlarining turli darajalarida qiyoslab o'rganildi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko'ra javdarning eng yuqori don yaltiroqligi 1-nazorat variantida o'g'it berish me'yorining N0, P0 va K0 kg/ga qilib berilganida Shalola navida o'rtacha 15,4 % ni, xuddi shu nav 2-variantda o'g'it berish me'yorining N150, P90 va K90kg/ga qilib berilganida 21,5 % ni va 3-varianda o'g'it berish me'yorining N200, P120 va K120kg/ga qilib berilganida 26,5 % ni tashkil etadi.
Tajribalarimiz davomida Dubinskaya navida 1-nazorat variantida o'g'it berish me'yorining N0, P0 va K0 kg/ga qilib berilganida o'rtacha 16 % ni, xuddi shu nav 2-variantda o'g'it berish me'yorining N150, P90 va K90 kg/ga qilib berilganida 18 % ni va 3-varianda o'g'it berish me'yorining N200, P120 va K120 kg/ga qilib berilganida 28 % ni tashkil etganini kuzatdik.
Kuzatishlarimiz natijasida yana bitta nav ya'ni, Vaxsh navida 1-nazorat variantida o'g'it berish me'yorining N0, P0 va K0 kg/ga qilib berilganida o'rtacha 19 % ni, xuddi shu nav 2-variantda o'g'it berish me'yorining N150, P90 va K90 kg/ga qilib berilganida 30 % ni va 3-varianda o'g'it berish me'yorining N200, P120 va K120 kg/ga qilib berilganida 37 % ni tashkil etishini ko'rdik.
Tadqiqotlarimiz davomida Pomirskaya navida 1-nazorat variantida o'g'it berish me'yorining N0, P0 va K0 kg/ga qilib berilganida o'rtacha 28 % ni, xuddi shu nav 2-variantda o'g'it berish me'yorining N150, P90 va K90 kg/ga qilib berilganida 38 % ni va 3-varianda o'g'it berish me'yorining N200, P120 va K120 kg/ga qilib berilganida 42,5 % ni tashkil etishini, Saratovskaya navida 1-nazorat variantida o'g'it berish me'yorining N0, P0 va K0 kg/ga qilib berilganida o'rtacha 18,5 % ni, xuddi shu nav 2-variantda o'g'it berish me'yorining N150, P90 va K90kg/ga qilib berilganida 29,1 % ni va 3-varianda o'g'it berish me'yorining N200, P120 va K120 kg/ga qilib berilganida o^git berish meyorining N200, P120 va K120 kg/ga qilib berilganida 32,5 % ni tashkil etishini kuzatdik.
Tadqiqotlarimiz natijasi shuni ko'rsatadiki, javdarning eng yuqori don yaltiroqligi 1-nazorat variantida o'g'it berish me'yorining N0, P0 va K0kg/ga qilib berilganida o'rtacha 15,4
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.899 www.in-academy.uz
% dan 28% ni, 2-variantda o'g'it berish me'yorining N150, P90 va K90 kg/ga qilib berilganida o'rtacha 18 % dan 38 % ni, va 3-varianda o'g'it berish me'yorining N200, P120 va K120 kg/ga qilib berilganida o'rtacha 23 % dan 42,5 % ni tashkil etishini kuzatdik. Demak o'g'it berish me'yorining N200, P120 va K120kg/ga qilib berilganida javdarning don yaltiroqligi eng yuqori ekanligi kuzatildi.
Tadqiqot natijasida eng kam don yaltiroqligi javdarning Dubinskaya navida 1- nazorat variantida o'g'it berish me'yorining N0, P0 va K0 kg/ga qilib berilganida 16% ni tashkil qilgan bo'lsa, shu navdagi bu ko'rsatkich 2-varianta yahni o'g'it berish me'yorining N150, P90 va K90 kg/ga qilib berilganida 18% va 3-varianta yahni yahni o'g'it berish me'yorining N200, P120 va K120 kg/ga qilib berilganda 23 % shishasimonlik ko'rsatkichlari teng bo'ldi.
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan ko'rishimiz mumkinki, 1-nazorat variantida o'g'it berish me'yorining N0, P0 va K0 kg/ga qilib berilganida barcha navlarning don umumiy shaffoflik 15,4 % dan 28 % gacha, 2-variantda o'g'it berish me'yorining N150, P90 va K90 kg/ga qilib berilganida 18 % dan 30% gacha, 3-variantda o'g'it berish me'yorining N200, P120 va K120 kg/ga qilib berilganida 23 % dan 42,5 % gacha bo'lganini ko'rishimiz mumkin.
References:
1. Qurbonov F.Q. Donli ekinlar urug'shunosligi. - Toshkent: O'qituvchi, 1980.
2. Qurbonov G., Egamberdiev S. Sifatli va hosildor urug'lik zarur. //J.: O'zbekiston qishloq xo'jaligi. - 1993. - №3. - B.405.
3. CepreeHKoB С.Н., 4^TKoBa Л.И. Озимaя рoж Вoсхoд 1// 3epHoBoe хoзяйствo, 1985.-№7.
4. Tojiev M., Xo'jmonov О. Kuzgi bug"doy hosildorligi urug" ekish me"yorlari va o'g'itlar miqdoriga bog"liqmi // O'zbekiston qishloq xo'jaligi. - Toshkent, 1998. - №3.
5. Holiqov А. Javdar va suli. - Toshkent: O'zbekiston, 1973.
6. Зиганшин А.А., Шapифуллин Л.Р. Не^торие вoпpoси aгpoтeхники oзимoй ржи в лeсoстeпи пoвoлжя //Селекция, сeмeнoвoдствo и aгpoтeхникa oзимoй ржи. - М. Кoлoс, 1971.0