Научная статья на тему 'YANGI O'ZBEKISTONDA IJTIMOIY BARQARORLIK TENDENSIYALARI'

YANGI O'ZBEKISTONDA IJTIMOIY BARQARORLIK TENDENSIYALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
14
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
taraqqiyot / ijtimoiy barqarorlik / Harakatlar strategiyasi / virtual qabulxona / globallashuv / Uchinchi Renessans / ijtimoiy siyosat. / development / social stability / Action Strategy / virtual lobby / globalization / Third Renaissance / social policy.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Mustafoyeva Feruza Xurshid Qizi

ushbu maqolada mamlakatimizda barpo etilayotgan Yangi O’zbekiston sharoitida jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashning yangi tendensiyalari haqida ma’lumotlar, fikr-mulohazalar, xulosalar va amaliy takliflar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRENDS OF SOCIAL STABILITY IN NEW UZBEKISTAN

this article contains information, opinions, conclusions and practical suggestions about the new trends of ensuring social stability in our society in the conditions of New Uzbekistan, which is being established in our country.

Текст научной работы на тему «YANGI O'ZBEKISTONDA IJTIMOIY BARQARORLIK TENDENSIYALARI»

YANGI O'ZBEKISTONDA IJTIMOIY BARQARORLIK TENDEN SIYALARI

Mustafoyeva Feruza Xurshid qizi

O'zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10541287

Annotatsiya: ushbu maqolada mamlakatimizda barpo etilayotgan Yangi O'zbekiston sharoitida jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashning yangi tendensiyalari haqida ma'lumotlar, fikr-mulohazalar, xulosalar va amaliy takliflar keltirilgan.

Kalit so'zlar: taraqqiyot, ijtimoiy barqarorlik, Harakatlar strategiyasi, virtual qabulxona, globallashuv, Uchinchi Renessans, ijtimoiy siyosat.

TRENDS OF SOCIAL STABILITY IN NEW UZBEKISTAN

Abstract: this article contains information, opinions, conclusions and practical suggestions about the new trends of ensuring social stability in our society in the conditions of New Uzbekistan, which is being established in our country.

Key words: development, social stability, Action Strategy, virtual lobby, globalization, Third Renaissance, social policy.

ТЕНДЕНЦИИ СОЦИАЛЬНОЙ СТАБИЛЬНОСТИ В НОВОМ УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация: данная статья содержит информацию, мнения, выводы и практические предложения о новых тенденциях обеспечения социальной стабильности в нашем обществе в условиях складывающегося в нашей стране Нового Узбекистана.

Ключевые слова: развитие, социальная стабильность, Стратегия действий, виртуальное лобби, глобализация, Третье Возрождение, социальная политика.

KIRISH

Mamlakatimizda bugungi kunda o'zgarishlar, yangilanishlar jarayonlari kechmoqda. Biz buni barcha sohalarda ko'rishimiz mumkin. Amalga oshirilayotgan bu kabi yangilanishlar jarayonlari davlatimizdagi ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb e tadi.

Har bir davlat taraqqiyotida, hech shubhasiz, ijtimoiy barqarorlik muhim o'rin egallaydi. Har bitta mamlakat shu barqarorlikni ta'min etish uchun zarur islohotlarni, chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Zero, ijtimoiy barqarorlikka erishmay turib taraqqiyot va rivojlanish haqida gapirib bo'lmaydi.

ASOSIY QISM

Jannatmakon diyorimiz mustaqillikka erishgan kundanoq o'z yo'lini tanlab, shu yo'ldan harakatlana boshlagan edi. Yurtimiz mustaqillikka erishganidan to bugungi kungacha qancha yo'llarni bosib o'tdi, qancha islohotlarni amalga oshirdi. Albatta, bu ishlarning bari vatanimiznimg taraqqiyotiga, yuksalishiga, jahonda boshqa mamlakatlar bilan bir safda turishiga sabab bo'ldi. Shu bilan birga, yurtimizda ijtimoiy barqarorlikka ham erishildi. Obod diyorimizda olib borilgan yoki olib borilayotgan barcha sa'y-harakatlar ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. U xoh ta'lim, xoh ma'naviy-ma'rifiy ishlar, xoh sog'liqni saqlash sohasi bo'lsin.

Har bir davlat ijtimoiy barqarorlikka erishish va shu orqali dunyo hamjamiyatida o'z o'rniga ega bo'lishga intiladi. Shuning uchun ham har bitta mamlakat hayotning barcha sohalarida taraqqiyotning sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarilishi uchun harakat qiladi. Albatta, barcha sohalarda qat'iyat va g'ayrat bilan ish ko'rgan mamlakatlar ijtimoiy barqarorlikka erisha oladilar.

O'zbekistonimizning 32 yillik taraqqiyot davrida qanday ishlarni amalga oshirgani hammamizga ma'lum. Ko'p uzoqqa bormasdan yaqin o'tmishimizga nazar tashlaylik. Yurtboshimiz tomonidan respublikamizni yanada rivojlantirish, yurtimiz salohiyatini oshirish uchun 2017-2021 -yillarda amalga oshirilgan "Harakatlar strategiyasi" dasturi, 2017- yilning "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili", deb e'ion qilinishi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy va virtual qabulxonalarining ochilganligi, xalq bilan muloqotning yaqindan yo'lga qo'yilganligi va boshqalar fikrimizning isbotidir.

Inson har doim tarixdan saboq olib, o'tmishga nazar solib yashashi kerak. Tarixdan to'g'ri saboq ola bilish kelajakni mukammal qurishga yordam beradi.

Bugun yurtimizda 130dan ortiq millat va elat vakillari o'zaro totuv, ahil, bag'rikenglikda yashamoqdalar. Davlatimizda olib borilayotgan islohotlarning har biri shu millat vakillariga ta'sir etadi. Ya'ni ko'p millatli davlatlarda ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash oson bo'lmaydi. Qilinayotgan har bir islohot, sa'y-harakatlarning natijasi shunday bo'lishi kerakki, toki hech qaysi millat vakili bundan norozi bo'lmasin. Aksincha bu chora-tadbirlar ularni yanada bir-biriga yaqinlashtirsin, o'zaro do'stlik tuyg'ularini kuchaytirsin. Ko'p millatli mamlakatning fuqarolari tinch-totuv, o'zaro do'stlik va hamkorlikda, bag'rikenikda yashasa, bu davlat ijtimoiy barqarorlikka erisha oladi. Shularni inobatga olgan holda, yurtimizda ruslarning "Maslennitsa", tatarlarning "Sabanto'y", uyg'urlarning "Sayil" bayramlari, xitoylarning "Chunuze" yangi yili, koreyslarning "Soller" va "Ovol - tano" bayramlari nishonlanmoqda. Har yili respublikamiz miqyosida "Biz yagona oila farzandlarimiz", "Vatan yagonadir, Vatan bittadir", "O'zbekiston -umumiy uyimiz" shiori ostidagi festivallar o'tkazilmoqda. Qolaversa, yuqorida ta'kidlab o'tganimiz - Harakatlar strategiyasida ham millatlararo totuvlikni ta'minlash masalasiga alohida e'tibor qaratilgan edi. Bu ishlarning samarasi o'laroq, yurtimizda ijtimoiy barqarorlik yanada mustahkamlandi.

Bugun glabollashuv jarayonlari shiddat bilan kechayotgan, har xil tahdidlarning bosimini avvalgidan ham kuchliroq sezayotgan davrda yashar ekanmiz, ijtimoi y barqarorlikni ta'minlash masalasi har qachongidan-da muhimdir. Chunki bunday tahdidli sharoitdan ijtimoiy barqarorlikni ta'min etgan davlatlargina chiqa oladi.

Barchamizga yaxshi ma'lumki, muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan "Yangi O'zbekiston" barpo etish g'oyasi ilgari surilgan edi va bugungi kunda bu g'oya amalga oshirilmoqda ham. "Yangi O'zbekiston -Uchinchi Renessans sari" degan shior asosida yangi hayot qurayotgan ekanmiz, bu jarayonda ijtimoiy barqarorlikka erishish ham bag'oyat muhimdir. Prezidentimiz "Yangi O'zbekiston strategiyasi" asarlarida milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, adolatli ijtimoiy siyosat, ma'naviy taraqqiyot, xavfsizlik va tashqi siyosat shuningdek, boshqa masalalar haqida ham gapirib o'tganlar. Davlatimiz rahbari ushbu asarlarining "Kuchli ijtimoiy siyosat: mohiyat va imkoniyatlar" bo'limida quyidagi fikrlarini aytib o'tganlar: "Biz ushbu jabhadagi ezgu ishlarimizni davom ettirib, ijtimoiy adolat tamoyili asosida aholining yordamga muhtoj qatlamlarini qo'llab-quvvatlash, kambag'allikni bartaraf etishni davlat siyosati darajasiga ko'tardik. O'zbekiston tarixida ijtimoiy soha bo'yicha bunday keng ko'lamli ishlar ilgari hech qachon bo'lmagan''^]. Mamlakatimiz tarixida bu kabi ishlarning oldin bo'lmaganligi tan olingan holda, kelgusida bunday ishlarning keng ko'lamda amalga oshirilishi maqsad qilinyapti. Hech mubolag'asiz, bu maqsadlarning amalga oshirilishi kelajak hayotimizni yangi bosqichga ko'tarishi bilan bir qatorda, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

1 Sh.Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston strategiyasi. Toshkent: O'zbekiston. 2021. 199-bet.

2022-yilda qabul qilingan, Harakatlar strategiyasining mantiqiy davomi bo'lgan Taraqqiyot strategiyasi asosida yurtimizda keng miqyosli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizni 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o'tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilingan edi. Ushbu davr mobaynida inson huquqlarini ta'minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta'minlash bo'yicha ta'sirchan choralar ko'rildi. Ushbu islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O'zbekistonni barpo etishning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma'rifiy asoslari yaratildi. Bu islohotlarning uzviy davomi sifatida Taraqqiyot strategiyasi qabul qilindi. Ushbu dasturdagi quyidagi ustuvor yo'nalishlar:

- inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;

-mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;

-milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash; -adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish; -ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish; -milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish; -mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish orqali Yangi O'zbekiston barpo etish maqsadiga erisha olamiz. Bu esa o'z navbatida jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta'min etishda muhim ahamiyatga ega.

O'zbek xalqi uchun oilalarda, mahallalarda va butun jamiyatda ijtimoiy va ma'naviy hayotni yanada rivojlantirish, sog'lom muhitni mustahkamlash, yoshlarni tarbiyalash vazifasi, tinch va osoyishta turmushni ta'minlash hamda muqaddas dinning sofligini saqlash bugungi kunlarda har qachongidan ham katta ahamiyat kasb etayotgani ayni haqiqatdir. Ushbu vazifalarni amalga oshirish natijasida Vatanimizda ijtimoiy barqarorlik yanada mustahkamlanadi.

Mustaqil diyorimizda qilinayotgan ishlar, chora-tadbirlar, qabul qilinayotgan qonunlarning ijrosi — barchasi jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni ta'min etishga qaratilgan. 2023 -yil 11-sentabrda qabul qilingan, butun o'zbek xalqi uchun ulkan ahamiyat kasb etgan "O'zbekiston -2030" strategiyasi ham yuqoridagi fikrlarimizga isbotdir. Ushbu strategiyada belgilab qo'y ilgan 5ta ustuvor yo'nalishlar va 100ta maqsadlar davlatimizdagi ijtimoiy barqarorlikni ta'min etishda katta rol o'ynaydi. Yurtimizda olib borilayotgan har bitta islohot shu maqsadga yo'naltirilgan.

XULOSA

Xulosa o'rnida aytganda, shu va shu kabi islohotlarning bosh maqsadi - ijtimoiy-ma'naviy sohani yanada rivojlantirish, oila, mahalla va umuman butun jamiyatimizda sog'lom muhitni mustahkamlash, yoshlar tarbiyasi, tinch va farovon hayotimizni, muqaddas dinimiz pokligini asrashdir. Aynan shu masalalar bizning bugungi va ertangi kunimizni, kelgusi avlodlarimizning taqdiri va kelajagini, bir so'z bilan aytganda, hayot -mamotimizni hal qilishi bilan bir qatorda, jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni ham ta'minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sh.Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston strategiyasi. Toshkent: O'zbekiston. 2021

2. www.lex.uz

3. https://daryo.uz

4. www.uzbekistan-geneva.ch

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.