Научная статья на тему 'YANGI O’ZBEKISTONDA “ZAMONAVIY BUYUK IPAK YO’LI” SAYYOHLIK DASTURIDA FARG’ONA VILOYATIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR'

YANGI O’ZBEKISTONDA “ZAMONAVIY BUYUK IPAK YO’LI” SAYYOHLIK DASTURIDA FARG’ONA VILOYATIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turkiy dunyo turizimi / Zamonaviy buyuk ipak yo’li dasturi / Oltin vodiy sayyohlik halqasi / Qo’qon / Marg’ilon / Rishton.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Mirzakhamdamova Dildora Zafarovna

Ushbu maqolа O’zbekistonda jumladan Farg’ona viloyatida ichki va tashqi turizmni rivojlantirishda barcha imkoniyatlardan unumli foydalanilayotganligi, viloyatning qadimiy shahar va tumanlarida yildan yilga turizmning rivojlanib borayotgani statistik ma’lumotlar asosida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O’ZBEKISTONDA “ZAMONAVIY BUYUK IPAK YO’LI” SAYYOHLIK DASTURIDA FARG’ONA VILOYATIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR»

YANGI O'ZBEKISTONDA "ZAMONAVIY BUYUKIPAK YO'LI" SAYYOHLIK DASTURIDA FARG'ONA VILOYATIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR

Mirzakhamdamova Dildora Zafarovna

Qo'qon DPI "Tarix" kafedrasi o'qituvchisi ORCID: 0009-0008-3765-0118 https://doi.org/10.5281/zenodo.13901588

Annotatsiya. Ushbu maqoH O'zbekistonda jumladan Farg'ona viloyatida ichki va tashqi turizmni rivojlantirishda barcha imkoniyatlardan unumli foydalanilayotganligi, viloyatning qadimiy shahar va tumanlarida yildan yilga turizmning rivojlanib borayotgani statistik ma'lumotlar asosida yoritilgan.

Kalit so'zlar: turkiy dunyo turizimi, Zamonaviy buyuk ipak yo'li dasturi, Oltin vodiy sayyohlikhalqasi, Qo'qon, Marg'ilon, Rishton.

Аннотация. В данной статье на основе статистических данных подчеркивается тот факт, что в развитии внутреннего и внешнего туризма в Узбекистане, в том числе в Ферганской области, эффективно используются все возможности, а также то, что туризм с каждым годом развивается в древних городах и районах региона.

Ключевые слова: туризм Тюркского мира, Современная программа «Великий шелковый путь», Туристическое кольцо «Золотая долина», Кокан, Маргилон, Риштон.

Abstract: This article, based on statistical data, emphasizes the fact that all opportunities are effectively used in the development of domestic and foreign tourism in Uzbekistan, including in the Fergana region, and that tourism is developing every year in the ancient cities and regions of the region

Keywords: tourism of the Turkic world, Modern program "Great Silk Road", Tourist ring "Golden Valley", Kokan, Margilon, Rishton.

O'zbekiston - turizm salohiyati ulkan yurt, undan oqilona foydalanish esa har qachongidan ham dolzarbdir. Mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim o'rin tutadigan bu tarmoqni yanada rivojlantirish uchun barcha sharoit va imkoniyat mavjud.

2022 yil noyabr oyida Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammitida davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev BMT bilan hamkorlikda Turkiy mamlakatlarning atrof-muhit muhofazasi bo'yicha tuzilmasini tashkil etish, "aqlli" shaharlar yaratish bo'yicha tajriba almashish va innovatsiyani transfer qilish hamda a'zo davlatlarning tarixiy, ilmiy va madaniy merosini o'rganish tadqiqot markazini ochish to'grisida ma'ruza qilib o'tgan edi.

Prezidentimiz mazkur sammitda mamlakatlararo turizmni rivojlantirish masalasiga alohida to'xtalib, "Turkiy dunyo turizmi" va "Tabarruk ziyorat" loyihalarini amalga oshirish, hunarmandlik ko'rgazmalari, etnosport musobaqalari o'tkazish, madaniy meros obektlarini saqlash va tiklash bilan bog'liq ishlar dolzarb ekanini bildirdi. Qozog'iston, Qirg'iziston va Turkiya Respublikalari O'zbekistonning turizm sohasidagi top beshlik hamkor mamlakatlari qatoridan o'rin olgan.

2022 yil iyul holatiga ko'ra, diyorimizga kelgan jami 540 ming nafar sayyohning 57 foizi Kengashga a'zo shu uch mamlakat ulushiga to'g'ri keladi. "Zamonaviy buyuk ipak yo'li" sayyohlik dasturida faol ishtirok etish va Xiva shahriga turkiy dunyo madaniy markazi maqomini berish taklifini hamda 2021 yil 24 iyunda Qo'qon shahri Turkiy kengashning turizm poytaxti

sifatida e'lon qilinishini mazkur tashkilot doirasida turizm sohasini yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyat ochilgani bilan izohlash mumkin. 2022 yil 29 iyul kuni O'zbekiston Prezidentining "Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilinishi turizm rivojini yangi bosqichga olib chiqish uchun amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlarni belgilab berdi. Xususan, Kengashga a'zo mamlakatlar ahlini mamlakatimizning tarixiy madaniy merosiga jalb qilish hamda umumiy madaniy merosimizni barcha a'zo va kuzatuvchi davlatlar tillarida targ'ib qilish, turistik mahsulot va xizmat turlarini diversifikatsiya qilish, ziyorat turizmi uchun qulay muhit yaratish respublikamizning ushbu yurtlar bilan turizm hamkorligini mustahkamlash barobarida, mintaqaning turistik jozibadorligini ham oshiradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2022 yilning 19 sentyabr kuni mamlakatimizning ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida aniq vazifalar belgilab berildi. Farg'ona viloyatida 5 ta tuman va 3 ta shaharni qamrab olgan "Oltin vodiy sayyohlik halqasi"ni tashkil etish borasidagi ishlar ham bu borada muhim ahamiyatga ega. Davlatimiz rahbari bunday loyihalarni boshqa hududlarda ham amalga oshirish, tashabbuskorlarni moliyaviy va tashkiliy qo'llab-quvvatlash zarurligini ta'kidladi.

Farg'ona viloyatiga bugungi kunda kelayotgan chet elliklarning aksariyati 50 va undan yuqori yoshdagi sayyohlardir. Xorijlik turistning ikki kunlik sarf-xarajati o'rtacha 182 dollar. Shu sababli, birinchi navbatda turizm xizmatlari jozibadorligini oshirish hisobiga sayyohlar uchun besh kunlik dasturlar ishlab chiqish belgilandi. Hisob-kitoblarga qaraganda, bir nafar chet ellik sayyoh besh kunda viloyatda o'rtacha 330-350 dollar xarajat qiladi. Farg'ona viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi axborot xizmati ma'lum qilishicha, joriy yilda viloyatda umumiy qiymati 1 trln 117 mlrd 245 mln so'mlik 66 ta loyihani amalga oshirish hisobiga turizm sohasida 1,5 mingdan ortiq yangi ish o'rinlari yaratish ko'zda tutilmoqda. 2023 yili viloyatda turizm va unga yondosh sohalarda 18 mingta doimiy ish o'rni tashkil etish maqsadida shahar-tumanlar kesimida aniq reja ishlab chiqildi. Shu tariqa viloyatda turistik ob'yektlar soni 370 taga yetkazilib, sayyohlarga 100 ga yaqin turoperatorlar xizmat ko'rsatishi ta'minlanadi. Umuman olganda, joriy yilda turizm axborot markazlari, Wi-Fi zonalari, transport va gidlar faoliyatini kengaytirilishi hisobiga sohaning xizmat ko'rsatish ko'lamini kamida 30 foizga oshirish rejalashtirilmoqda. 2023 yili "O'zbekiston bo'ylab sayyohat qil!" dasturi doirasida 1 mln 500 ming, shu bilan birga 300 ming nafar xorijlik sayyohlarni Farg'onaga jalb etish maqsad qilingan. Ma'lum bo'lishicha, bugungi kunda viloyatning Qo'qon, Marg'ilon va Farg'ona shaharlari, Rishton tumanida boshqa hududlarga qaraganda turizm yaxshi rivojlangan. 2022 yili viloyatda 15 ta turistik xizmatlar ko'rsatilib, turizm eksporti hajmi 46,5 mln dollarni tashkil etdi. Mutaxassislar joriy yilda viloyatda qo'shimcha xizmat turlarini kengaytirish orqali turizm eksporti hajmini 100 mln dollarga yetkazish mumkinligini hisob-kitob qilishdi. Viloyatda turizmni drayver sohalardan biriga aylantirish maqsadida har bir shahar-tuman kesimida alohida "yo'l xaritasi" ishlab chiqildi,- Xususan, Dang'ara tumanida safari turizmi, Oltiariqda agroturizm va tibbiyot turizmi, Yozyovonda gastronomik va Beshariq tumanida ov turizmi bo'yicha turistik marshrutlarni ko'paytirish, xizmat sifati va salmog'ini oshirish vazifasi belgilandi.

Prezidentimizning "Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga asosan, Qo'qon shahrida 12 ta moddiy-ma'naviy meros ob'yektlarni restavrasiya qilish va mukammal ta'mirlashga kirishildi. Latif shaharda tashkil etilgan yangi turizm ko'chalari yoritish tizimini yaxshilashga 2 mlrd so'mdan

ortiq mablag' ajratildi. Landshaft arxitekturasi bo'yicha barpo etilayotgan so'lim xiyobonlar bo'ylab 500 ta dekorativ soyabonli o'rindiqlar o'rnatish ko'zda tutilgan bo'lib, bugungacha 100 dan ortiq o'rindiqlar o'rnatildi. Jahon hunarmandlari shahri sifatida ham endilikda Qo'qonning dovrug'i yetti iqlimda mashhur bo'lmoqda. Bu borada Turizm sohasida ekspert - O'zbekistonning Buyuk Britaniyadagi turizm brendi elchisi Sofi Ibbatson bu qadimiy kentning ko'hna qit'adagi "tashrif qog'ozi" bo'lib xizmat qilayotir. Xo'qandi latifning turkiy davlatlar, Osiyo, Amerika qit'asi mamlakatlaridagi turizm elchilari ham shaharga butun dunyo sayyohlarini chorlash uchun astoydil harakat qilmoqdalar. Yaqinda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki delegasiyasi Qo'qonda bo'lib, bu yerda amalga oshirilayotgan turizm loyihalarini qo'llab-quvvatlashga katta qiziqish bildirdi. Delegasiya rahbari Piter Nizette va shahar hokimi Ma'rufjon Usmonov ishtirokida o'tkazilgan muloqotda madaniy-tarixiy meros ob'yektlarini rekonstruksiya qilish, infratuzilma va transport sohasini rivojlantirish masalalari bo'yicha bir qator kelishuvlarga erishildi.

Turizmni rivojlantirishda bu kabi o'ziga xos jihatlardan samarali foydalanish zarur. 2023 fevral oyining dastlabki kunlari viloyatga tashrif buyurgan davlatimiz rahbari barcha sohalar rivoji yo'lidagi dadil qadamlar, bevosita turizm ravnaqi yo'lida hayotga tatbiq etilayotgan ezgu tashabbuslarni yuksak e'tirof etdi.

2024yil mart oyida Qo'qon aeraporti ham yangidan ochilgan edi. 2024 yil 11 iyul kuni O'zbekiston Prezidentining samolyoti ilk bor bu yerga qo'ndi. Aeraportda 100 nafar yo'lovchiga mo'ljallangan yangi terminal qurilgan, uchish-qo'nish yo'lagi qoplamasi ta'mirlangan. Zamonaviy aeronavigasiya uskunalari o'rnstilgan. Bu ishlar natijasida aeroport A 320-200 va ATR 72-600 rusumli samalyotlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo'ldi. Ichki turizm imkoniyatlaridan foydalanish yaxshi samara berishi, xalqaro reyslarni ham yo'lga qo'yish mumkunligi qayd etildi. Qo'qonga tashrifi chog'ida Shavkat Mirziyoyevga Farg'ona turizm halqasini tashkil etish konsepsiyasi taqdimot qilindi. O'tgan 2023 yili Farg'onaga 430 ming xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Taqdimotda viloyatning boy tarixi va go'zal tabiati hisobga olinsa, buning o'zi yetarli emasligi ta'kidlandi. Farg'ona turizm halqasidan maqsad xorijiy va mahalliy turistlarning viloyatda qolish muddatini 3 kundan 7 kungacha uzaytirish, tashrif obyektlari sonini 2 barobar oshirishdan iborat. Shu maqsadda Farg'ona, Oltiariq, Quva, Uchko'prik tumanlaridagi diqqatga sazovor joylar turizm yo'nalishlariga kiritiladi. Halqada 577 ta maskan bo'ladi, 50 dan ortiq savdo-xizmat turlari taqdim etiladi. Prezident Vazirlar Mahkamasining 2019-yildagi qarori bilan tashkil etilgan Qo'qon universiteti bilan tanishdi, universitet yonida joylashgan Tepaqo'rg'on arxeologik yodgorligini ham ko'zdan kechirdi. Ushbu yodgorlik 2019-yilda moddiy-madaniy meros obyektlari milliy ro'yxatiga kiritilgan. 2022-yilda olib borilgan arxeologik qazuv ishlari natijasida yodgorlik arkining tuzilishi aniqlangan. Prezident mazkur arxeologik yodgorlikni rekonstruksiya va konservatsiya qilib, ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirish tashabbusini bildirdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida O'zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha: Tojikiston-536,5 ming nafar, Qirg'iz Respublikasi-442 ming nafar, Qozog'iston-262,6 ming nafar, Rossiya-134,2 ming nafar, Turkmaniston-31 ming nafar, Turkiya -21,5 ming nafar, Hindiston-11,6 ming nafar, Xitoy-10 ming nafar, Janubiy Koreya -7,6 ming nafar, Germaniya-3,8 ming nafar, boshqa davlatlar-58,5 ming nafar.

Ayni paytda Farg'onaga tashrif buyurayotgan mehmonlar uchun Marg'ilon, Qo'qon, Rishton va Farg'ona shaharlari hamda Quva tumani bo'ylab sayyohlik yo'naluishlari tashkil

etilgan. Ayngi sayyohlik yo'nalishlari bo'ylab uyushtirilgan ekskursiyalar sayyohlarda kata ta'surot qildirmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.