PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, 0-8 MAv 2004 www.in-academy.uz
TURIZM - QASHQADARYO VILOYATI RIVOJLANISHIDA MUHIM
YO'NALISH
Isroil Allayorov Pardayeva Gulbaxor
Toshkent amaliy fanlar universiteti, Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi, Gavhar ko'chasi 1-uy,
Tashkent 100149, O'zbekiston Toshkent amaliy fanlar universiteti, Sirtqi ta'lim fakul'teti, Iqtisodiyot yo'nalishi 2-bosqich IQ22-S-21(D) guruhi talabasi.
[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13324963 Annotatsiya: Ushbu maqolada respublikamizning turizm imkoniyatlari, xorijlik mehmonlar va xalqaro tashkilotlarning e'tibori, tarixiy shaharlarimiz va undagi markazlar va majmualar, ushbu sohaga hukumatimizning diqqat-e'tibori va amalga oshirilayotgan amaliy islohotlar va uning samarasi, Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyati va imkoniyatlari, vohadagi mavjud turistik manzillar, gastronomik turizmni rivojlantirish va undagi erishilgan yutuqlar, o'tgan yillar davomida mamlakatimizga va viloyatimizga xorijlik sayyohlarning tashrifiga doir statistik ma'lumotlar, hududda qilinayotgan va qilinishi lozim bo'lgan ustuvor vazifalar, xulosa va takliflar ko'rsatib o'tilgan.
Kalit so'zlar: Transkontinental, ekzotik, UNESKO, Butun dunyo me'rosi, Xalqaro turizm tashkiloti, modernizatsiya qilish, mexmonxona infrastrukturasi, rekreatsiyon resurslar, turizm qishloqlari, gastronomik turizm.
KIRISH
Mamlakatimiz o'zining afsonaviy o'tmishi, ko'plab tarixiy-me'moriy yodgorliklari, betakror iqlimi, tabiatning ajoyib manzaralari, avloddan-avlodga o'tib keluvchi mahalliy hunarmandchilik an'analari, xalqimizning mehmondo'stligi va insoniy qadriyatlari, shuningdek turfa xil taomlari bilan sayyohlarni hayratga soladi, mahliyo qiladi, butun dunyo ahli diqqatini o'ziga tortadi. Qolaversa O'zbekiston dunyoning eng xavfsiz davlatlari reytingida 4-o'rinda ekanligi xorijliklarni qiziqishlarini orttiradi.
Asrlar mobaynida vatanimiz shaharlari Buyuk ipak yo'li va qadimiy transkontinental magistral hayotida muhim rol o'ynash bilan birga, xar doim savdogarlar, sayohatchilar, olimu-ulamolar va bosqinchilarning qiziqishlari doirasida bo'lgan. Hozirgi paytda esa, go'zal diyorimiz tashabbuskor, madaniyat, tarix, an'ana va ekzotik mamlakatlarga qiziquvchilar uchun maftunkor sayyohlik markazlaridan biriga aylanmoqda. Buning misolida sifatida 2023 yilning 16-20 oktyabr kunlari Samarqand shahridagi «Silk Road Samarkand» sayyohlik majmuasida BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi bo'lib o'tganligi va ushbu forumda dunyoning barcha qit'alaridan 130 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etganligi so'zimni yaqqol isbotidir.
O'zbek xalqi ajdodlardan bugungi kungacha saqlanib qolgan me'moriy yodgorliklari bilan faxrlanadi. Xivadagi Ichan-Qala majmuasi, Buxorodagi tarixiy markazlar, Shahrisabz va Samarqand shaharlari UNESCO ning "Butun dunyo me'rosi" ning maxsus ro'yxatiga kiritilganligi bunga misol. Bu shaharlardagi takrorlanmas yodgorliklar va me'moriy inshoatlar o'tmish zamonlarni o'zida aks ettirib, mamlakatimiz tarixida katta rol o'ynaydi.
Mamlakatimizda turizm sohasi yangi bo'lsada, u rivojlanishda ko'pgina sohalardan oldinga chiqib oldi. Xalqaro turizmni rivojlantirish uchun bizning diyor juda
katta imkoniyat va salohiyatga ega. Yigirma yillar oldin O'zbekistonni hech kim istiqbolli turizm hududi sifatida bilmagan va e'tirof etmagan edi. 1993 yilda davlatimiz "Xalqaro turizm tashkiloti" ning to'laqonli a'zosi bo'lishi mamlakatimiz turizm taraqqiyotida yangi sahifani ochdi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan to hozirgi kungacha bo'lgan davrda davlatimiz tomonidan turizm sohasida yangi tamoyillar ishlab chiqildi, ushbu sohasini modernizatsiya qilish, hududlarimizda transport va mexmonhona infrastrukturasini yaxshilash, hamda turizmda normativ-huquqiy bazani
mukammallashtirishga alohida e'tibor qaratildi. Jumladan, janubiy mintaqamiz Qashqadaryoni jahon sayyohlik markazlaridan biriga aylantirish, viloyatdagi qadimiy shahar va qishloqlar nomini butun dunyoga tanitish, aholi bandligini ta'minlash, yangi ish o'rinlarni yaratish ustuvor vazifaga aylandi va aylanmoqda.
Qashqadaryo geografik joylashuviga ko'ra Turkiya, Gretsiya, Italiya, Ispaniya va Aqsh mamlakatlarining o'rta qismlari bilan bir xil kenglikda joylashgan bo'lib viloyatning shimoli-sharqi hamda janubi sharqiy qismlari tog'lar bilan o'ralgan. Pomir-Oloy tog'lari etagidagi kontinental (ayrim joylarda esa hatto subtropik) iqlim tufayli bu mintaqa o'zining toza tabiiy landshaftlari, go'zal nabotot va hayvonot olami bilan sayohatchilarni maftun qila oladi. Mintaqa hududida Kitob, Hisor va Qizil-Soy kabi bir necha mashhur qo'riqxonalar mavjud. Aynan mana shu tog'oldi hududlarda tabiatning qimmatbaho mevalari - anor, behi, shaftoli, nok, gilos, limonlar shu bilan birga ko'p turdagi sabzavotlar, quruq mevalardan bodom, pista va yong'oqlar ham yetishtiriladi. Keng o'tloq va dalalardagi yashil o't-o'lanlar chorvachilik hayvonlarini boqishda xizmat qilib kelmoqda. Bu boyliklarning barchasi issiq quyosh ostida, keng dalalar bag'ridajoylashgan. Toza ob-havo va chiroyli tabiat
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, 0-8 MAv 2004 www.in-academy.uz
bilan birga hudud qadimiy shaharlar va arxitektura xarobalari bilan xam boydir.
Viloyatimizda respublikamizdagi jami tarixiy obidalarning 17% dan ortiq qismi joylashgan bo'lib, bulardan 1 ming 468 madaniy meros obyekti ro'yxatga olingan, ularning 1 ming 189 tasi arxeologiya, 208 tasi arxitektura, 43 ta monumental yodgorliklar, 34 tasi diqqatga sazovor joylar hisoblanadi. „O'zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora tadbirlari" to'g'risidagi 2021-yil 9-fevral sanasidagi Pf-6165 son Farmonning 9-bandiga muvofiq Qashqadaryo viloyatida turizmni rivojlantirish va infratuzilmani yaxshilash maqsadida ko'plab amaliy ishlar olib borildi. Jumaladan, "Abul-Muin an-Nasafiy", "Xo'ja Imkonagiy", "Darvesh Muhammad Vaxshivoriy", "Sulton Mirhaydar ota" ziyoratgohlari va unga yondosh hududlarga yo'l ko'rsatkich va axborot belgilarini o'rnatildi, kitoblar va hunarmandchilik savdosi yo'lga qo'yildi, halol turizm talablariga javob beradigan ovqatlanish shoxobchalari va oilaviy mehmon uylari tashkil qilindi.
Viloyatimizda tarixiy obidalar har bir tumanda mavjud bo'lib, ulardan ko'prog'i asosan qadimiy Shaxrisabz, Qarshi shaharlarida va Kitob tumanida joylashgan. Vohamiz o'zining uzoq o'tmishiga ega ekanligi tarixiy obidalar soni va ilmiy yangiligi turfa xillikni tashkil etadi. Viloyatimizda ko'plab dam olish maskanlari va shifobaxsh buloqlar mavjud bo'lib ular asosan tog' oldi va tog'li hududlarda ko'proq joylashgan. Miroqi shaharchasi, Kitob Milliy Tabiat qo'riqxonasi, Hisor davlat qo'riqxonasi, Ko'l, Varganza, Xazora, G'ilon qishloqlari shular jumlasiga kiradi. Ushbu hududlarda xorijliklar va mahalliy turistlar o'z salomatliklarini tiklash va maroqli hordiq chiqarishi uchun qulay sharoitlar mavjud. Miroqi shaharchasi Shahrisabz tumanidagi kurort, rekreatsiyon resurslarga ega bo'lgan shaharcha hisoblanib dengiz sathidan 980 metr balandlikda joylashgan va 1986-yilda shaharcha maqomini olgan. Shaharcha hududida sanatoriya, mahalliy ishlab chiqarish, savdo majmualari, sanoat korxonalari va oromgohlar mavjud. Hozirda viloyatimiz hududida 20 ga yaqin shifobaxsh buloqlar mavjud bo'lib ulardan Zevardi, Maymanoq, Qarliq, O'rta buloq, Muborak, Xo'jaxayron nomli buloqlar xalq xo'jaligida muhim sanaladi. Buloqlarda insonlar salomatligi uchun muhim bo'lgan gidrokarbanat natriy, brom, yod, brom oksidi, sulfat natriy, vodorod sulfit kabi kimyoviy elementlar mavjud.
Viloyatda o'nlab turizm qishloqlari mavjud bo'lib, ular orasida Varganza, Bashir, Ko'l va G'ilon qishloqlari alohida e'tirofga ega.
Qarshi shahridan 120 kilometr uzoqlikda joylashgan Varganza qishlog'i O'zbekistondagi ilk agroturizm qishlog'i hisoblanadi. Qishloq aholisi azaldan anor yetishtirish bilan shug'ullanib, tirikchilikning asosiy manbayi - asosan anorchilikdir. Ayolu erkak, yoshu qari to'rt fasl anor parvarishi bilan band. Fermer xo'jaliklari yer maydonlari va aholi tomorqalarida anorning qorashirin, bedona, achchiqdona, ulfi, qay, tuyatish singari navlari yetishtiriladi. Varganzalik
dehqonlar har yili ming gektardan ziyod maydondan 5, 6 ming tonna hosil terib, qo'shni mamlakatlarga eksport qilishadi.
Kitob tumanida joylashgan "Hazrati Bashir" qishlog'i Qashqadaryo daryosi bo'yida bo'lib, xuddi shu yerda "Hazrati Bashir" ziyoratgohi xam joylashgan. Ziyoratgoh nomi shu joyda yashab o'tgan avliyo Hazrati Sulton Said Ahmad Bashir (1368-1464) nomi bilan bog'liq. Qishloqda ziyorat turizmi, ekoturizm va agroturizm rivojlangan. Ko'plab oilaviy mehmon uylari faoliyat yuritmoqda. Statistik manbalarga ko'ra 2022 yili "Hazrati Bashif' ziyoratgohiga 400 000 nafardan ortiq mahalliy va xorijiy sayyoh tashrif buyurgan bo'lsa 2023 yilda ularning soni 700 ming nafarga yetgan.
Shahrsabz tumanining baland tog' mintaqa hududlarida Ko'l nomli qishloq joylashgan. Qishloq tuman markazidan 84 km olisda joylashgan bo'lib qishloqqa olib boruvchi yo'l qoyatoshlar, chuqur daralar oralab o'tadi. Qishloqda 1500 ga yaqin aholi iste'qomat qilib ko'pchilikning turmush faoliyati dehqonchilik, chorvachilik hamda sayyohlarga xizmat ko'rsatishdan iborat. Ko'l qishlog'iga yog'ingarchilik miqdori yuqori bo'lib, qish juda sovuq va yozga nisbatan salqin bo'ladi. Yil davomida faqatgina 4 oy davomida quyosh nur sochib turadi qolgan vaqtlarda esa yomg'ir va qor yog'adi. Qishloq hududida etnografiya va ekoturizm obyektlari mavjud.
Hisor tog' etaklarida G'ilon qishlog'i joylashgan. Mahalliy aholi chorvachilik va dehqonchilik bilan shug'ullanadi. Qishloq hududida bir qancha ekoturizm obyektlari, rekreatsion shifobaxsh suvlari mavjud bo'lib sayyohlarga xizmat ko'rsatish faoliyati yo'lga qo'yilgan, ko'plab oilaviy mexmonxonalar mavjud. Qishloqda qish nisbatan uzoq davom etishi sabab sayyohlik mavsumiylik xususiyatiga ega.
Viloyatda gastronomik turizmni tanishtirish va rivojlantirishda cheksiz imkoniyat va salohiyat mavjud. G'uzor tandiri va Chiroqchi yaxna go'shtlari ni dong'ini nafaqat Qashqadaryoda balki butun O'zbekistonda juda yaxshi bilishadi. "G'ijduvon shashligi, "Zomin tandir go'shti", "Marg'ilon adrasi" "Qo'qon pichoqlari" va Qashqadaryoda birinchi bo'lib "G'uzor tandir go'shti" geografik ko'rsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat ro'yxatdan o'tkazildi va patentlandi. Geografik ko'rsatkichlar sonining oshishi hududlarda turistik oqimning ko'payishiga, "gastronomik turizm"ni rivojlanishiga va hududlarimizning turistik jozibadorligini oshirishiga yordam beradi.
2 TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tahlil jarayonida tadqiq etishining statistik, guruhlash va qiyosiy usullaridan foydalanildi.
3 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Mavzuga oid materiallar prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda O'zbekiston yoshlari forumida sozlagan nutqi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining "Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 198-son va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, o-8 may 2004 www.in~academy.uz
"Qashqadaryo viloyatining tog'li-rekreatsion hududlarida zamonaviy xizmat ko'rsatish va turizm ob'ektlarini barpo etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 376-sonli qarorlaridan foydalanildi, shuningdek wikipediya, yuz.uz, uzbekistan travel.uz, stat.uz, qashstat.uz, kun.uz president. uz.saytlaridan olindi va kerakli ma'lumotlar bilan boyitildi.
4 TAHLIL VA NATIJALAR
1-jadval. Respublikamizning janubiy viloyatlariga tashrif buyurgan maxalliy va xorijlik turistlar miqdori (2022 yil)
Statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra, 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida 5,2 mln. nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda mamlakatimizga tashrif buyurgan. Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki viloyatga 2022 yilda 50 ming nafar xorijiy va 1 million nafar mahalliy turist tashrif buyurgan. Deyarli iqlim sharoitlari va kundalik turmush tarzi bir xil bo'lgan qo'shni Surxondaryoga aynan mana shu yilda 150 ming nafar xorijiy va 1 million 100 ming mahalliy turistlar kelgan.
Viloyatimizda yilning to'rt mavsumida ham turistlarni jalb qilish salohiyati bor bo'lgani holda lekin, bu hozir Shahrisabz shahri va tog'li tumanlar (Shaxrisabz, Kitob, Yakkabog') bilan chegaralanib qolmoqda. Buning uchun tezroq vohamizni barcha tuman va shaharlarini qamrab oladigan "Sahrodan-muzlikkacha" turizm magistralini tezroq amalga oshirish lozim.
2-jadval. Respublikamizning ayrim viloyatlariga tashrif buyurgan xorijlik turistlar miqdori. (2023 yil)
№ Viloyatlar Xorijlik O'zbekistonga
turistlar kelgan jami
soni xorjlik
(million turistlarga
nafar) nisbati
(% larda)
1 Qashqadaryo 180000 2.7
2 Samarqand 2150000 32,5
3 Buxoro 1350000 20,4
Statistik ma'lumotlarga ko'ra vatanimizga 2023 yilda 6.6 million nafar xorijiy sayyoh kelgan bo'lsa, shulardan Qashqadaryoga 180 ming nafar, qo'shni Samarqand va Buxoro viloyatlariga 3,5 million chet elliklar tashrif buyurgan. Bu ko'rsatkichni viloyatimiz
misolida o'tgan 2022 yil bilan taqqoslaydigan bo'lsak bor yug'i 1,74 % o'sishga erishilgan.
2023 yilning 24 oktyabr sanasida davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyevning viloyatimizga qilgan tashrifi mobaynida vohamizning turizmda o'sish nuqtalarini ko'rsatib o'tdilar. Jumladan, germaniyalik hamkorlar bilan Shahrisabz tumanida 3 ta turizm mahallasi master-rejasi tayyorlanganligi va bunda 450 million dollar qo'shimcha investitsiya va yiliga 1 million sayyoh jalb etadigan infratuzilma yaratilishi ta'kidlab o'tildi. Buning natijasida Shahrisabzning o'zida yiliga qo'shimcha 500 milliard so'm tushum va 5 mingta yangi doimiy ish o'rni paydo bo'ladi. Ko'p yillardan buyon foydalanilmayotgan Shahrisabz aeroportida fuqaro aviatsiyasi yo'lga qo'yiladi. 2024 yil 1 yanvardan boshlab, Shahrisabzdan Samarqand, Buxoro, Xorazm va Farg'ona vodiysi viloyatlariga mahalliy reyslar qatnovi yo'lga qo'yiladi. Toshkent - Qarshi yo'nalishida aviareyslar haftasiga 2 martadan 7 martaga oshiriladi. Samarqand bilan Shahrisabzni bog'lovchi 30 kilometr yo'l hamda G'uzor - Buxoro yo'lining 100 kilometr qismi ta'mirlanadi. Shahrisabz tumanidagi "Miraki", "Suvtushar", "Ko'l", "G'elon" qishloqlari, Kitob tumanidagi "Bashir", "Qaynar" va "Varganza" qishloqlari, Yakkabog' tumanidagi "Tatar" va Mirishkor tumanidagi "Jeynov"da turizm qishlog'i va ushbu hududda zamonaviy talablarga javob beradigan turistik loyihalar amalga oshiriladi. Bu maqsadlarga, yo'l infratuzilmasini qurish va yuqori tezlikdagi internet tarmog'ini tortish uchun byudjetdan 60 mlrd. so'm mablag' yo'naltiriladi. Sohibqiron Amir Temur tug'ilgan Yakkabog' tumanidagi Xo'ja Ilg'or qishlog'i sayyohlarni jalb etish maqsadida obodonlashtiriladi. Viloyatimizdagi tarixiy obidalar va muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarda ziyoratchi turistlarga xizmat ko'rsatuvchi "Halol turizm markazi" faoliyati yo'lga qo'yiladi hamda ziyoratgohlar hududida targ'ibot - tashviqot forumlari, diniy musobaqalar va ziyorat festivallari tashkil qilinadi. 214 ta uy mehmonxonasi va 9 ta xostellar tashkil qilinadi. Varganza va Hazrati Bashir qishloqlarida agroturizm faoliyati yo'lga qo'yiladi. Ushbu yo'nalish doirasida Anor festivali o'tkaziladi. Tatar, Zarmast va Vari qishloqlarida ekstremal turizm faoliyati tashkil etiladi hamda ushbu qishloqlarda 5 ta mehmon uyi, 5 ta kemping va 10 ta o'tov quriladi. Qamashi tumanida jahonda sanoqli va noyob bo'lgan «Maydanak» observatoriyasi hamda XIV asr "Langar ota" masjidi butun dunyodan turistlarni jalb qilish maqsadida ushbu obyektlarga olib boruvchi 38 kilometr yo'l ta'mirlanadi hamda uy mehmonxonalari va restoranlar tashkil etiladi.Ushbu manzildan 15 kilometr uzoqlikda joylashgan kenglik stansiyasi hududida turizmni rivojlantirish bo'yicha yangi loyihalar amalga oshiriladi. Buning uchun ushbu hududga olib boradigan yo'llarni to'liq ta'mirlashga respublika byudjetidan 40 mlrd. so'm mablag' ajratiladi. Etnoqishloq - Amir Temur jangchilarining harbiy tayyorgarlik lageri barpo etiladi. Shuningdek, Sarchashma va Suvtushar qishloqlarida ekologik turizm, Kitob kenglik stansiyasi hududida astronomik turizm
Viloyatlar Maxalliy Xorijlik O'zbekistonga
turistlar turistlar kelgan jami
№ soni soni xorjlik
(million (ming turistlarga
nafar) nafar) nisbati
(%larda)
1 Qashqadaryo 1000000 50000 0,96
2 Surxondaryo 1100000 150000 2,8
3 Buxoro 2700000 550000 10,5
"¿J PPSUTLSC-2024
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
yo'nalishlari yo'lga qo'yiladi. Natijada mahalliy sayyohlar soni 1 mln 250 ming nafarga, xorijiy sayyohlar soni 200 ming nafarga, mehmonxonalar soni 50 taga, turoperator va turagentlar soni 20 taga yetkaziladi.
XULOSA VA TAKLIFLAR Xulosa o'rnida shuni aytishim mumkinki, viloyatimizda turizm sohasida amalga oshirilayotgan shu va yana bir qator istiqbolli loyihalar Qashqadaryoning to'rt faslda ham sayyohlarni munosib kutib olishga qodir hudud sifatida yanada tanilishi va vohaga tashrif buyuradigan turistlar oqimining kengayishi, shuningdek, tarmoqda band bo'lgan
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
[1] Sh.M.Mirziyoyev.Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik.Toshkent. 2021 yil.
[2] O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining "Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 198-son qarori.2019 yil 8-mart.
www.in-academy.uz
fuqarolar soni ko'payishi va ularning turmush farovonligi oshishiga xizmat qiladi.
Ushbu vohaning farzandi sifatida quyidagilarni; Birinchidan, rejalashtirilgan loyihalar qog'ozlarda emas balki amalda aks etishini va bunga mutasaddi idora vakillari (asosan maxalliy boshqaruv organlari) qat'iy nazoratni olib borishlarini;
Ikkinchidan, yoppasiga turizmni rivojlantiramiz deb tabiatning asl mo'jizalariga zarar yetkazmaslikni;
Uchinchidan, viloyatimizdagi har bir mehmonxona va oilaviy mehmon uylari, shuningdek ovqatlanish shahobchalari o'zbek milliy arxitekturasi qoidalari asosida qurilishi va bezatilishi mutasaddi tashkilot va idora vakillariga taklif qilardim.
[3] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qashqadaryo viloyatining tog'li-rekreatsion hududlarida zamonaviy xizmat ko'rsatish va turizm ob'ektlarini barpo etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 376-son qarori.2023 yil 28-noyabr.
[4] Vikepediya ma'lumotlari.
[5] Internet saytlari ma'lumotlari.