Научная статья на тему 'YANGI O’ZBEKISTONDA TANQIDIY FIKRKASH-ILM-FAN OMILI SIFATIDA'

YANGI O’ZBEKISTONDA TANQIDIY FIKRKASH-ILM-FAN OMILI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

267
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fikrlash / tanqidiy fikrlash / fikr / ta‟lim jarayoni / tanqid / o‟quv mashg‟uloti.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Dildora Yakubova

Maqolada umumiy o‟rta ta‟lim jarayonida o‟quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish, rivojlantirish shakllari,yo‟llari,interfaol usullari xususida,shuningdek bolalarda tanqidiy fikrlash koʻnikmalari qanchalik yaxshi rivojlanayotganlgini aniqlashning bir necha usullari haqida ma‟lumot keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O’ZBEKISTONDA TANQIDIY FIKRKASH-ILM-FAN OMILI SIFATIDA»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-497-500

YANGI O'ZBEKISTONDA TANQIDIY FIKRKASH-ILM-FAN OMILI

SIFATIDA

Dildora Yakubova

Jizzax davlat pedagogika instituti magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada umumiy o'rta ta'lim jarayonida o'quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish, rivojlantirish shakllari,yo'llari,interfaol usullari xususida,shuningdek bolalarda tanqidiy fikrlash ko'nikmalari qanchalik yaxshi rivojlanayotganlgini aniqlashning bir necha usullari haqida ma'lumot keltirilgan.

Kalit so'zlar: fikrlash, tanqidiy fikrlash, fikr, ta'lim jarayoni, tanqid, o'quv mashg'uloti.

KIRISH

Tanqid (kritika (lot)-hukm qilish mahorati) - inson faoliyatining biror sohasiga aloqador hodisani baholash, analiz qilish. U xatolarni topish va muhokama qilishdan iboratdir. Tanqidiy fikrlash - narsalar va hodisalarni analiz qilib asosli xulosalar chiqarish maqsadidagi mulohazalar tizimi bo'lib, u tanqidiy baholash xarakteriga ega. Ya'ni ,u tanqidga tayangan analitik fikrlashdir. Demak, tanqidiy fikrlash maqbul yechimni topishning yaxshi usullaridan biri ekankigini ko'rishimiz mumkin.

O'quvchilarni chuqurroq izlanishga va savollarga yuqori saviyada javob berishga undash o'ziga yarasha murakkab jarayon hisoblanadi. Ilg'or xorijiy mamlakatkar tajribalarini o'rganar ekanmiz, o'sib kelayotgan avlodda tanqidiy fikrlashni shakllantirish ta'lim tizimidagi muhim qadamlardan biri ekanligini ko'rishimiz mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'qituvchilar orasida javob berish uchun birinchi bo'lib qo'l ko'targan o'quvchidan so'rash odatiy holga kirib qolgan. Lekin savol berilganidan so'ng, bir necha soniya kutib turilsa , ehtimol, javob bermoqchi bo'lgan o'quvchilar soni oshishi mumkin. O'quvchilarni yanada ham fikrlashga o'rgatishning yana bir usuli -o'qituvchi biror-bir muallifning fikrini o'qib eshittirib, o'quvchilardan ushbu fikrga qo'shilishi yoki qo;shilmasligini so'rash. Fikrni ma'qullagan bolalarni xonaning bir tomonida turishini va fikrni ma'qullamagan bolalarni boshqa tomonda turishini

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-497-500

aytishi kerak bo'ladi. Keyin bolalardan nima uchun bunday fikrga kelganliklarini aytib berish so'raladi. Agar ular munozara paytida o'z fikrlarini o'zgartirsalar, tomonlarini o'zgartirishlari mumkin. Bu usul o'quvchilarni fikrlarini mantiqan shakllantirish, o'z nuqtai nazarini izchil va aniq bayon qilishga, masalaga tanqidiy ruh bilan yondashishga yordam beradi.

Fikrga to'xtaladigan bo'lsak, fikr inson tomonidan tug'diriladi va uning kuchi g'oyat katta. Fikr-energiyaning universal shakli. U yaratuvchi ,ham vayron qiluvchi ham bo'lishi mumkin. Fikr moddiy olamda moddiylashadi, ya'ni yuzaga chiqadi.

«Fikrlash»-biror muammo haqida muayyan bir xulosaga kelish maqsadida mulohaza yuritmoq yoki o'ylamoqdan iborat bo'lgan psixologik jarayondir. Bolalarda tanqidiy fikrlash ko'nikmalari qanchalik yaxshi rivojlanayotganini aniqlashning yana bir usuli - savol-javob o'tkazish. Bolaga yakka holatda berilgan savoldan kutilgan natija har xil bo'lishi mumkin. Ba'zida u bir xil fikrda qolishi yoki vaqt o'tishi bilan fikrini o'zgartirishi mumkin.O'quv mashg'ulotlarida tanqidiy fikrlashga yo'naltiruvchi savollarni bosqichma-bosqich ko'paytirib borish samarali natija beradi. Zamonaviy psixologiyada ushbu konsepsiyaning bir nechta talqini bor, lekin umumiy ma'nosi quyidagicha:

Tanqidiy fikrlash - ma'lumot olish va o'z munosabatini shakllantirishdan boshlanadigan murakkab fikrlash va shaxsiy qaror qabul qilish jarayonidir. Bu yangi savollar qo'yish, o'z fikrini himoya qilish uchun dalil topish, tahlil etish va xulosa chiqarish qobiliyatidir. Tanqidiy fikrlay oladigan bola har doim o'z nuqtai nazarini isbotlay oladi. Suhbatdoshining fikriga rozi yoki rozi emasligini tushuntirishga qodir bo'ladi. Shuningdek , bizga Suqroti hakimdan tanqidiy fikrlash ham meros qolgan. U o'z mulohazalarida nima noto'g'riligini ko'rsatishga uringan. «Agar sho'rvaning ko'pigi olib tashlansa u toza bo'ladi» qabilida ish tutgan. Boshqacha aytganda barcha noto'g'rilar olib tashlansa to'g'ri, ya'ni haqiqat qoladi deb hisoblagan. Lekin ko'pik bilan birga yana allaqancha «mahsulotlar» tashlanayotganligiga e'tibor bermagan. Suqrot yangi g'oyani taklif qilishdan ko'ra nima «yomonligini» ko'rsatishni muhim deb bilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasida xam quyidagi

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-497-500

fikrlarini bayon qilgan: «Tanqidiy taxlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir raxbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak». Yaqinda yangi o'zbek intellektual avlodni tarbiyalashga ixtisoslashgan Prezident maktablariga imtihonlar bo'lib o'tdi. Yakuniy bosqichda nomzodlarni saralashda tanqidiy fikrlash (critical thinking) muhim kriteriylaridan biri ekanligi aytilgan edi. Prezident maktablariga kirishda matematika va ingliz tilidan test, tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo'yicha masalalar berilgan edi.

Mutaxassislarimiz tomonidan «Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun bolalarni qanday tayyorlash kerak, aniq bir yo'nalish bormi, degan savolni Cambridge Assessment vakillariga berilgan edi. Bu yo'nalishda aniq bir mana bu yo'nalishda ketadigan bo'lsangiz, maqsadga erishasiz, degan javob olinmagan edi. Ya'ni, imtihon kuni bolaning qanday bilimi bo'lsa, muammoni qanday yechadi, tanqidiy fikrlashga qanday qaraydi, shu narsa tekshiriladi», - deb javob olingan. Psixologlar fikrlashning ikki yo'li borligini ta'kidlaydilar: Dunyoni yanada mazmunli qilish imkonini beruvchi barcha ma'lumotlarni o'zlashtirish, faktlarni to'plash. Uzoq vaqt davomida ta'lim tizimi o'quvchilarni darsda yoki darslikdan olingan ma'lumotlarni yodlashga majbur qiladigan fikrlash turidan foydalangan. Ushbu fikrlash tarzidagi muammo shundaki, muallif bildirgan mulohazalar sinovdan o'tkazilmasdan avtomatik ravishda oluvchining miyasiga o'tkaziladi.

Olingan ma'lumotlar va bildirilgan dalillar aloqadorligini baholash. Bunday fikrlash tarzi so'nggi o'n yilliklarda ma'lumotlar keskin ko'payganidan keyin ayniqsa dolzarb bo'lib qoldi. Shuning uchun zamonaviy dunyoda tanqidiy fikrlash qobiliyati muhim deb hisoblanadi.

Ularga ega bo'lgan shaxs:

-g'oyalar va faktlar o'rtasidagi sabab va aloqadorlikni tushuna oladi; -muayyan g'oyalar yoki dalillarning ahamiyatini tushuna oladi; -o'z nuqtai nazaridan farq qiladigan nuqtai nazarlarni baholay oladi, shuningdek, o'z dalillarini keltira oladi;

-jarayonda nafaqat boshqa shaxslarning, balki o'zining mulohazalaridagi nomuvofiqliklarni ham aniqlay oladi;

-paydo bo'lgan muammolarni izchil hal qilishga qodir bo'ladi.

XULOSA

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-497-500

Tanqidiy fikrlash faol jarayon hisoblanib, bunda o'quvchilarda ilmiy bilim olish bilan birga fikrlash jarayonida o'ziga ishonch ortadi, o'z fikri va g'oyalarining qadrini tushunadi, o'quv jarayonida faol ishtirok etadi, do'stlari va o'qituvchi bilan fikr almashishni o'rganadi hamda mas'uliyatliligi oshib, o'zgalar fikrini tinglay olish ko'nikmasi shakllanadi.

Ba'zan haddan ortiq loqaydlik ham o'g'irlikdan yomonroq sanaladi.Bolalarni befarq, loqayd va sodda bo'lishiga yo'l qo'ymaslik uchun ularning tanqidiy fikrlash qobiliyatini bugundan rivojlantirishimiz lozim. Shundagina kelajagimiz har tomonlama fikrlab, to'g'ri xulosa qilishga qodir yoshlar qo'lida bo'ladi.

REFERENCES

1. Sh.M.Mirziyoyev "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik -har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak ". Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasi. 2017 yil 14 yanvar

2. Xodjieva F.O. «O'quvchilarni tanqidiy fikrlashga o'rgatish »./Monografiya-T.:«Fan»2008

3. «Xalq so'zi» gazetasi 2016 y.

4. Xalqaro ochiq jamiyati institutining «Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish asoslari» dasturi. - T.,2002

5. Internet saytlari: https://cyberleninka.ru , https://www.gazeta.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.