Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTONDA O‘ZBEK PEDAGOGIK ATAMALARI TARAQQIYOTI'

YANGI O‘ZBEKISTONDA O‘ZBEK PEDAGOGIK ATAMALARI TARAQQIYOTI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yangi O‘zbekiston / pedagogik atamalar / o‘zbek tili / taraqqiyot va rivojlanish / yangilanish va o‘zlashtirish.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Jabborova O.M.

Maqolada yangi O‘zbekistonda o‘zbek pedagogik atamalarining taraqqiyoti masalasi to‘g‘risida fikr yuritilgan va mualliflarning yondashuvlari taqdim etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTONDA O‘ZBEK PEDAGOGIK ATAMALARI TARAQQIYOTI»

YANGI O'ZBEKISTONDA O'ZBEK PEDAGOGIK ATAMALARI

TARAQQIYOTI

Jabborova O.M.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti dotsenti, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori

(PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.13943771

Annotatsiya. Maqolada yangi O'zbekistonda o'zbekpedagogik atamalarining taraqqiyoti masalasi to'g'risida fikr yuritilgan va mualliflarningyondashuvlari taqdim etilgan.

Kalit so'zlar: Yangi O'zbekiston, pedagogik atamalar, o'zbek tili, taraqqiyot va rivojlanish, yangilanish va o'zlashtirish.

Аннотация. В статье рассматривается вопрос развития узбекских педагогических терминов в новом Узбекистане и представлены подходы авторов.

Ключевые слова: Новый Узбекистан, педагогические термины, узбекский язык, прогресс и развитие, обновление и ассимиляция.

Abstract. The article discusses the issue of the development of Uzbek pedagogical terms in the new Uzbekistan and presents the approaches of the authors.

Keywords: New Uzbekistan, pedagogical terms, Uzbek language, progress and development, renewal and assimilation.

Yangi O'zbekiston taraqqiyoti sharoitida mamlakatimiz va davlatimizning rasmiy tili bo'lgan o'zbek tili asoslarini yangicha nuqtai nazardan o'zlashtirish va fanlararo yangi o'zbek atamalari muammolarini tadqiq etish muhim vazifalardan hisoblanadi. Shu jihatdan bu yil o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 35 yil to'ldi va mazkur tarixiy jarayonda o'zbek adabiy tilining pedagogik imkoniyatlarini ham idrok etish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bularning barchasi "O'zbekiston-2030" strategiyasi ijrosi doirasida amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi [1]. Shu ma'noda bu o'rinda e'tiboringizni Yangi O'zbekistonda o'zbek pedagogik atamalarining taraqqiyoti masalasi tahliliga tortamiz.

Yangi o'zbek pedagogik atamalari tushunchasi.

Buyuk jadid pedagogi Mahmudxo'ja Behbudiy (1874-1919) "Til - millatning ruhidir" deya saboq bergan edi [2]. Shu jihatdan ona tiliga asoslangan ta'lim va tarbiya millatning taraqqiyotini ta'minlovchi hamda shu millatga munosib avlodlarni voyaga yetkazuvchi jarayon hisoblanadi. Millat ruhida voyaga yetgan yosh avlod har bir xalqning oltin xazinasi ekanligini eslatib o'tish joiz. Shu ma'noda Yangi O'zbekiston sharoitida tarkib topayotgan va ilmiy tadqiqotchiligimizda o'z o'rniga ega bo'lgan yangi o'zbek pedagogik atamalari taraqqiyoti masalasini idrok etish muhim ahamiyatga egadir. Mustaqillikkaga qadar bo'lgan pedagogik ilmiy tadqiqotchiligimizda lotin, ingliz, olmon, fransuz va rus tillari orqali kirib kelgan ilmiy atamalar keng istifoda etildi. 1989-yili O'zbekiston Respublikasi "Davlat tili to'g'risida"gi Qonuni qabul qilingach pedagogik ilmiy tadqiqotchiligimizda ham o'zbek adabiy tiliga xos bo'lgan tamoyillar va atamalarni ishlatish sharoiti yuzaga keldi. Shu jihatdan mustaqillik arafasida Pedagogika fani ham milliy ruhda erkin nafas ola boshlagan tarmoq sifatida paydo bo'ldi. Buning natijasida pedagogik ilmiy tadqiqotchiligimizda yangi o'zbek pedagogik atamalari keng qo'llanila boshlandi. Aynan shu sabab bizning yondashuvimizga ko'ra, o'zbek Pedagogika fani o'zbek adabiy tili so'zligi asosida tarkib topgan atamalardan foydalanishi bilan yosh avlodni xalqimiz ruhiga mos ravishda o'qitish va tarbiyalash imkoniyatlariga ega bo'lindi. Mazkur masala

bo'yicha keng ko'lamli pedagogik ilmiy izlanishlarni olib borish muhim fundamental ahamiyatga egadir.

Yangi o'zbek pedagogik atamalari xususiyatlari.

Hozirgi zamon Yangi O'zbekiston sharoitida o'zbek pedagogik atamalarining ma'no-mazmuni va ularni qo'llash ko'lamini ilmiy idrok etish dolzarb bo'lib turibdi. Shu jihatdan mamlakatimizda keyingi paytlarda yangi o'zbek pedagogik atamalarining paydo bo'lishi va taraqqiyoti quyidagi xususiyatlar bilan belgilanadi:

1) xorijiy tillardan kirgan pedagogik atamalarning muqobil tarjima namunalari;

2) sof o'zbek adabiy tilidan o'zlashtirilgan pedagogik atamalar majmui;

3) xorijiy va o'zbek pedagogik atamalarini uyg'un qo'llash xususiyatlari.

Xorijiy tillardan kirib kelgan pedagogik atamalarning o'zbek tilidagi muqobil tarjima namunalarini ishlatib borish an'anasi muhim amaliy tajriba sifatida tarkib topgan. Unga ko'ra, yuqorida ta'kidlangan xorijiy tillardan Pedagogikamizga kirib kelgan atamalarni o'zbek muqobillari bilan birgalikda qo'llash tajribasi yuzaga kelgan va bunda o'zbek muqobil atamalarni qavs ichida izoh tariqasida berishga amal qilib kelinmoqda. Misol uchun, prinsip (tamoyil), fundament (poydevor), sistema (tizim) kabi shaklda mustaqillikning dastlabki yillarida o'zbek pedagogik atamalarini milliylashtirish jarayoni kechdi. Buning natijasida pedagogik ilmiy tadqiqotchiligimizning ko'lami kengaydi. Bu muhim ilmiy hodisani keng ko'lamli tadqiq etish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Ona tilimiz - o'zbek adabiy tili so'zligi imkoniyatlaridan foydalangan holda yangi pedagogik atamalar tarkib topishi jarayoni ham kechdi va bu jarayon bugungi kunda ham davom etayotganligini eslatib o'tish joiz. Uzluksizlik, uzviylik, fanlararo bog'liqlik, ta'limiylik, ma'rifiylik, ustozona yondashuv, vasiylik, homiylik, o'zlashtirish ko'rsatkichi, bilim darajasi, matn tahlili, mustaqil faoliyat, ilmiy tafakkur, bilimdonlik, ilmiylik kabi juda ko'p o'ziga xos va jozibali o'zbek so'zlari keyingi yillarda muhim pedagogik atamalar sifatida tarkib topdi hamda amalda qo'llanilib kelinmoqda. Bunday ilmiy voqeilik jarayoni keng ko'lamli va yangicha yondashuvlar asosida tadqiq etilishi dolzarb bo'lib turganligini eslatib o'tish joiz. Chunki o'zbek adabiy tilining boy imkoniyatlari asosida tarkib topgan pedagogik atamalar ta'lim va tarbiya jarayonida yosh avlodning milliy ruhini yuzaga keltirganligini alohida eslatib o'tish joiz.

Yangi O'zbekiston sharoitida o'zbek pedagogik atamalarini xorijiy tillardan kirgan atamalar bilan bog'liq holda uyg'un qo'llash tajribasi ham yuzaga keldi. Unga ko'ra, bugungi kunda pedagogik ilmiy tadqiqotlarda o'zbek pedagogik atamalarini va xorijiy tillardan kirgan pedagogik atamalarni birgalikda qo'llash amaliyoti paydo bo'ldi. Buning natijasida pedagogik tadqiqotchiligimizda atamalardan foydalanish ko'lamining kengayib borayotganligini alohida ta'kidlash lozim. Misol uchun, sistemalilik - tizimlilik, prinsipiallik - qat'iyatlilik, monitoring -kuzatuv, pedagogik diagnostika - pedagogik tashhislash kabi shakllarda atamalarni qo'llash ilmiy tadqiqotchilar uchun erkinlik ruhini berayotganligi muhim ahamiyatga egadir. Chunki tadqiqotchi o'zi yaxshi anglagan pedagogik atamalarni erkin qo'llash huquqiga ega va eng asosiysi bunday holatni o'quvchilar ham tushunish bilan qabul qilayotganligi muhimdir.

E'tibor berilsa, o'zbek pedagogik atamalarniing taraqqiyoti ona tilimiz vositasida keng imkoniyatlarga ega bo'lib bormoqda. Ayni paytda, atamalar rang-barangligi sharoitida monografiya, dissertatsiya yoki darsliklar kabi pedagogik ishlanmalarda imkon qadar yagona atamalarni qo'llashga amal qilish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunda xohlang xorijiy tillardan kirgan atamalarni, xohlang o'zbek tilidan o'zlashtirilgan atamalarni yagona tartibda qo'llash ilmiy tadqiqotchilik asoslarini kuchaytirishga xizmat qiladi[3].

Yangi o'zbek pedagogik atamalarining taraqqiyoti yo'nalishlari.

Yangi O'zbekiston sharotida xorijiy tillar va ona tilini o'zbek tili asosida tarkib topib borayotgan yangi o'zbek pedagogik atamalarining taraqqiyot yo'nalishlarini belgilab olish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bizningcha, bu masalada quyidagi yo'nalishlarga asoslanish maqsadga muvofiq bo'ladi:

1) o'zbek tilidan o'zlashtirilayotgan pedagogik atamalarning ilmiy mazmunlariga sharhlar berib borish;

2) o'zbek tilidan o'zlashtirilayotgan pedagogik atamalarning yagona mazmuni to'g'risida pedagogik olimlarning yakdil fikriga kelishib borish;

3) o'zbek tili asosida pedagogik atamalarning tarkib topish jarayonini Pedagogik lingvistika qoidalari asosida maqbullashtirib borish;

4) oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak o'qituvchilarning o'zbek tili asosidagi pedagogik atamalarni o'zlashtirish ko'nikmasini kengaytirib borish;

5) pedagogik ilmiy tadqiqotchilikda shakllanayotgan va amalga kiritilayotgan o'zbek so'zliklaridan iborat atamalarning nisbatan eng maqbul variantlarini qabul qilib borish;

6) ta'lim va tarbiya jarayonida yosh avlod ongiga ona tilining imkoniyatlarini pedagogik nuqtai nazardan singdirib borish;

7) pedagog kadrlarning atamashunoslik bo'yicha malakalarini yangi davr talablari asosida takomillashtirib borish.

Mazkur yo'nalishlarda pedagogik ilmiy tadqiqotchilikni yo'lga qo'yish nazariy, amaliy va metodik jihatdan muhim samaradorlikni beradi. Shu sababli mazkur yo'nalishlarda keng ko'lamli ilmiy tadqiqot ishlariga yosh avlodni jalb qilish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Shunday qilib Yangi O'zbekiston sharoitida yangi o'zbek pedagogik atamalarini ilmiy jihatdan idrok etish, ulardan foydalanish bo'yicha zamonaviy darajada metodik qurollanish va pedagogik tadqiqotchilikni ona tili vositasida milliy ruh bilan boyitish muhim masalalar bo'lib turibdi. Bu borada mamlakatimiz pedagog olimlarining tajribalaridan foydalanish va iste'dodli yoshlarni pedagogik ilmiy tadqiqotchilikka yo'naltirish muhim ahamiyatga egadir. Haqiqatan ham Behbudiy ta'kidlaganidek, "til - millatning ruhidir".

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. "O'zbekiston-2030" strategiyasi // www.ziyonet.uz

2. Mahmudxo'ja Behbudiy. Tanlangan asarlar. -Toshkent, 1998

3. Mardonov Sh., Jabborova O. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining ma'naviyatini shakllantirishning innovatsion metodikasi. - Toshkent, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.