Научная статья на тему 'YANGI O’ZBEKISTONDA G’OYYAVIY-MAFKURAVIY JARAYONLAR INTENSIVLASHUVIDA G’OYAVIY TARBIYANING AHAMIYATI'

YANGI O’ZBEKISTONDA G’OYYAVIY-MAFKURAVIY JARAYONLAR INTENSIVLASHUVIDA G’OYAVIY TARBIYANING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yangi O’zbekistonn / ma’naviy-ma’rifiy ishlar / ijtimoiy / siyosiy / iqtisodiy / ma’naviy / madaniy hayotning / integratsiyalashuvi va intensivlashuvi / globallashuv mexanizm / davlat siyosati / suverenitet va xavfsizligi / ma’naviy qadriyat / g’oyaviy-mafkura. / New Uzbekistan / spiritual and educational affairs / social / political / economic / spiritual / cultural life / integration and intensification / globalization mechanism / public policy / sovereignty and security / spiritual value / ideological and ideology

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Ходжаев Олимхон Шавкатович

Mazkur maqoladaYangi O‘zbekistonda g’oyavi –mafkuraviy jarayonlarda intensivlashuvida g’oyaviy tarbiyaning ahamiyati falsafiy tahliliqilingan. Shuningdek, Mamlakatimizga modernizatsiyasi sharoitida g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishdinamikasi o‘rganilib, milliy g‘oya va tarixiy xotira, milliy g‘oya va xalq ruhi, milliy o‘zlikni anglashning o‘zaro fundamental bog‘liqligi masalasi hamda ta’lim tizimi g‘oyaviy tarbiyaning shakllanishi doir masalalari tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF IDEOLOGICAL EDUCATION IN THE INTENSIFICATION OF IDEOLOGICAL AND IDEOLOGICAL PROCESSES IN THE NEW UZBEKISTAN

This article provides a philosophical analysis of the importance of ideological education in the intensification of ideological and ideological processes in the New Uzbekistan. Also, in the conditions of modernization of our country, the dynamics of combating ideological and ideological threats were studied, the issues of national idea and historical memory, national idea and people's spirit, mutual fundamental dependence of national self-realization, and the formation of ideological education of the educational system.

Текст научной работы на тему «YANGI O’ZBEKISTONDA G’OYYAVIY-MAFKURAVIY JARAYONLAR INTENSIVLASHUVIDA G’OYAVIY TARBIYANING AHAMIYATI»

f EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES,

PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

EURASIAN |OURNAL OF SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

THE IMPORTANCE OF IDEOLOGICAL EDUCATION IN THE INTENSIFICATION OF IDEOLOGICAL AND IDEOLOGICAL PROCESSES IN THE NEW UZBEKISTAN Khodjayev Olimkhan Shavkatovich

Kokand state pedagogical institute The teacher of the Department of National idea, fundamentals of spirituality and law education https://doi.org/10.5281/zenodo.12619773

ARTICLE INFO

ABSTRACT

This article provides a philosophical analysis of the importance of ideological education in the intensification of ideological and ideological processes in the New Uzbekistan. Also, in the conditions of modernization of our country, the dynamics of combating ideological and ideological threats were studied, the issues of national idea and historical memory, national idea and people's spirit, mutual fundamental dependence of national self-realization, and the formation of ideological education of the educational system.

Received: 24th June 2024 Accepted: 29th June 2024 Online: 30th June 2024

KEYWORDS New Uzbekistan, spiritual and educational affairs, social, political, economic, spiritual, cultural life, integration and

in tensifica tion, globaliza tion mechanism, public policy, sovereignty and security, spiritual value, ideological and ideology.

ЗНАЧЕНИЕ ИДЕОЛОГИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ В ИНТЕНСИФИКАЦИИ ИДЕЙНО-ИДЕОЛОГИЧЕСКИХ ПРОЦЕССОВ В НОВОМ УЗБЕКИСТАНЕ

Ходжаев Олимхон Шавкатович

Кокандский государственный педагогический институт Преподаватель кафедры Национальная идея, основы духовности и юридического образования https://doi.org/10.5281/zenodo.12619773

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 24th June 2024 Accepted: 29th June 2024 Online: 30th June 2024 KEYWORDS

Новый Узбекистан,

духовно-

просветительская работа, социальная,

политическая, экономическая, духовная, культурная жизнь,

интеграция и

В данной статье сделан философский анализ значения идеологического воспитания в интенсификации идеологически - идеологических процессов в новом Узбекистане. Также изучена динамика борьбы с идейно-идеологическими угрозами в условиях модернизации страны, исследованы вопросы фундаментальной взаимосвязи национальной идеи и исторической памяти, национальной идеи и духа народа, национального самосознания, а также вопросы формирования идеологического воспитания в системе образования.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

интенсификация, механизм глобализации, государственная политика.

YANGI O'ZBEKISTONDA G' OYYAVIY- MAFKURAVIY JARAYONLAR INTENSIVLASHUVIDA G'OYAVIY TARBIYANING AHAMIYATI

Xodjayev Olimxon Shavkatovich

Qo'qon davlat pedagogika institute Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.12619773

ARTICLE INFO__ABSTRACT

Received: 24th June 2024 Accepted: 29th June 2024 Online: 30th June 2024

KEYWORDS Yangi O'zbekistonn,

ma'naviy-ma'rifiy ishlar, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy, madaniy

hayotning,

integratsiyalashuvi va intensivlashuvi, globallashuv mexanizm, davlat siyosati, suverenitet va xavfsizligi, ma'naviy qadriyat, g'oyaviy-mafkura.

KIRISH

Bugungi kunda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy, madaniy hayotning barcha sohalarida xalqaro munosabatlarning integratsiyalashuvi va intensivlashuvi, bir so'z bilan aytganda, globallashuv jarayoni bilan xarakterlanadi. Har qanday ijtimoiy hodisa kabi globallashuv jarayonining ham ijobiy va salbiy jihatlari mavjud. Tadqiqotchilarning fikricha, globallashuv jarayoni bilan bog'liq ziddiyatlar avvalo madaniyat sohasida yaqqol namoyon bo'lib, millatlarning ma'naviy - axloqiy qadriyatlariga tahdid solishida, g'oyaviy ta'sir ko'rsatishida o'z aksini topmoqda[1]. Ma'lumki g'oyaviy tarbiya sust bo'lgan yoki to'g'ri olib borilmaganda inson ongida g'oyaviy bo'shliq paydo bo'lib, bu bo'shliqni shu millatning tabiatiga yot g'oyalar egallab olishi va turli mafkuraviy tazyiqlar o'z zararli ta'sirini o'tkazishi muqarrar. Bu holat ayniqsa hozirgi globallashuv davrida "ommaviy madaniyat" niqobi ostidagi xavf-xatarning keng tarqalib borayotganligi masalasiga jiddiy e'tibor qaratishimizni talab etmoqda[2]. G'oyaviy kurashning o'zgarishi, inson ongi va qalbini egallash orqali dunyoni bo'lib olishga bo'layotgan urinishlar bugungi globallashuv davrida kuchli tahdid bo'lib qolmoqda. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, mafkuraviy immunitet, xavfsizlik va barqarorlikning o'zaro munosabati ayni paytda dolzarb ahamiyatga ega hamda ilmiy

Mazkur maqolada Yangi O'zbekistonda g'oyavi - mafkuraviy jarayonlarda intensivlashuvida g'oyaviy tarbiyaning ahamiyati falsafiy tahlili qilingan. Shuningdek, Mamlakatimizga modernizatsiyasi sharoitida g'oyaviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish dinamikasi o'rganilib, milliy g'oya va tarixiy xotira, milliy g'oya va xalq ruhi, milliy o'zlikni anglashning o'zaro fundamental bog'liqligi masalasi hamda ta'lim tizimig'oyaviy tarbiyaning shakllanishi doir masalalari tadqiq etilgan.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

o'rganishga muhtoj masala hisoblanadi. Shuningdek, jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy hayot negizlarining o'zgarishi jamiyat taraqqiyotida yangi g'oyaviy omilga tayanish zarurligi ko'rsatmoqda. Yangi milliy g'oya va demokratik ongning shakllanishida mafkuraviy ta'lim va tarbiyaning dolzarb ahamiyat kasb etayotanini ilg'ab olish uchun hozirgi zamondagi mafkuraviy jarayonlar xususida atroflicha ma'lumotga ega bo'lmoq zarur.

Adabiyotlar tahlili

Hozirgi davrda inson qadr-qimmati hurmatiga asoslangan e'tiqod, o'zining va o'zgalarning haq-huquqlarini e'tirof etadigan fuqaro tarbiyasiz, fuqaroviy madaniyatsiz barqaror taraqqiyot bo'lishi mumkin emasligi ayon bo'lib bormoqda. Bu masalada tadqiqotchi olim O.Bozorov "erkin fuqaro ma'naviyati shakllanishiga qaratilgan g'oyaviy tarbiya -gumanistik e'tiqod va rasional-tanqidiy dunyoqarashni ham anglatadi"1, degan qaqshni ilgari suradi. Mazkur muammolar o'z vaqtida yechimga ega bo'lmasligi esa, jamiyatda ma'naviy tanazzulni kuchaytiradi, shuningdek, sekulyarizatsiyalashgan jamiyatlardan farqli ravishda azaliy islomiy jamiyatlarning dunyoviy taraqqiyotiga doimiy xavf solib turuvchi diniy fundamentalizmning tahdidiga chek qo'yilishi yanada murakkablashadi. Demak, "har qanday tarbiya jarayoni oxir-oqibat, o'z maqsad va mohiyatiga ko'ra g'oyaviy tarbiyadir"2. Shu tufayli ham Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev xalq ta'limi tizimini butunlay isloh qilish masalasini ko'ndalang qilib qo'ydilar[3]. Chunki, ayrim ota-onalar, xalq ta'limi tizimi, mahalla faollari yoshlar tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan shaxslar ta'siridan bolalarni muhofaza etishda e'tiborsizlik qilmoqdalar. Hech kimga sir emas, zo'ravonlik, maishiy yengiltaklik va johillikni targ'ib qiluvchi chet el filmlari mavjud ekan, g'oyaviy zararsizlantirish, ularning yo'lini to'sish haqida jiddiy o'ylab ko'rish lozim. O.Yusupov fikricha, "yoshlarni yot g'oya va mafkuralardan himoya qilishning eng asosiy negizi ularning ona yurtiga nisbatan iymon va e'tiqodini kuchaytirishdir. E'tiqodli inson nima qilayotganini, nima uchun aynan shu ishni qilayotganini juda yaxshi biladi. E'tiqod egasi ilmga intiladi, o'z oldiga bunyodkorlik g'oyalar, maqsadlar qo'yib, barkamol bo'lishga tirishadi, g'ayratlilik uning hayot tarziga aylanadi"[4]. Shuning uchun zamon, islohatlar bizdan e'tiqod, mardlik, fidoyilik, iroda, vijdon, qat'iyat, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi fazilatlarni talab qilmoqda.

Tahlillar va natijalar

G'oyaviy tarbiyada tarbiyalanuvchilarning rivojlanishini yoshi, tipologik va individual xususiyatlarini hisobga olinishi qator pedagogik muammolarning oldini oladi. Masalan: Bola yoshi oshib borgan sari ota-onadan uzoqlasha boradi va o'smirlik davrida buzg'unchi g'oyalarga kirib ketish havfi tug'iladi. Ota-onalar bolani fiziologik yoshini hisobga olmaydi va bu kamchiligini, xatosini ular anglashmaydi. Oilaviy sharoiti nochor bo'lgan bola ota-onalaridan norozi bo'lib, 14-15 yoshga yetganda oilasidan, ota-onasidan har xil kamchiliklar topib, ayblay boshlaydi, ya'ni unda oppozision - muxolif fikr tug'iladi. Yoshlikdagi ota-ona noroziligi ulg'aygan sari jamiyatga, davlatga qarshi buzg'unchi g'oyalarga aylanishi mumkin. Oilada ota-onalar, farzandlar o'rtasidagi o'zaro ishonch buzg'unchi g'oyalarning oldini oladi. Oilalarda o'tkazilgan suhbatlarimizda ota-onalar bolasiga noto'g'ri ayb qo'yib ota-onaga nisbatan ishonchini so'ndirmaslik kerakligi haqida gapirdilar. Oila va mahalla tomonidan yo'l

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

qo'yilgan arzimas xato kamchilik bolada odamga nisbatan ishonch tuyg'usini so'nishiga, unga ishonadigan odamlarni ko'chadan izlashga olib keladi[5].

G'oyaviy tarbiya yangi kishining ma'naviy qiyofasida asosiy o'rinni ishg'ol etadi. G'oyaviy tarbiya muhim psixologik rezerv bo'lib, iqtisodiyotimiz, siyosiy va madaniy qurilishimizning jadallashuvi ko'p jihatdan shu rezervdan foydalanishga bog'liq. Tadqiqotchilarning fikricha, "g'oyaviy tarbiya bu, jamiyat a'zolarining, qolaversa butun millatning qiziqishini ifodalovchi, kishilarning mustahkam ishonchiga aylangan, ularning faoliyati, xulqi va odatlarini harakatga keltirib va boshqarib turadigan g'oyaviy-siyosiy, axloqiy, estetik, diniy va boshqa e'tiqodlar sistemasi va birligidan iborat bo'lgan ijtimoiy ong va ruhiyatning konkret namoyon bo'lishidir"4. Kishilarning g'oyaviy tarbiyasi, ularning o'zlari uchun, o'z jamiyatlari uchun mehnat qilayotganliklarini chuqur anglab olganliklari ularda mehnat tashabbuskorligini va ijtimoiy faollikni oshiradi.

Hozirgi avlod haqiqiy qahramonlik davrida yashamoqda. Buyuk kelajak uchun kurash uning birinchi galdagi maqsadidir. Bu maqsadga erishish kishilarning real va ongli mehnatlari bilan bunyodga kelishini juda yaxshi anglaydilar. Shuning uchun ham ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida yuksak g'oyaviylik keng tus olgan. Tabiiyki, g'oyaviylik turli guruhdagi mehnatkashlarda, turli kasblardagi xizmatchilarda turlicha shaklda namoyon bo'ladi. Lekin bularning barchasi uchun xarakterli bo'lgan umumiy belgilar: 1) milliy g'oyaga sodiqlik; 2) jamiyat baxt-saodati uchun sidqidildan mehnat qilish va jamiyat boyligini asrash hamda ko'paytirish; 3) mehnat intizomiga qat'iy rioya qilish, jamiyat tartibini buzuvchilarga, bevoshlik va intizomsizlik singari negativ (salbiy) holatlarning har qanday ko'rinishlariga shafqatsiz murosasizlik; 4) ijtimoiy burchni chuqur his etish, jamoatchilik va o'zaro hamkorlik, rostgo'ylik, haqqoniylik va axloqiy poklik; 5) mamlakatimiz xalqlarining do'stlik va qardoshligi, vatanparvarlikdan iboratdir.

Mamlakatimiz kishilarining ongliligi, xalqlarning jipsligi va birodarligi bilan qudratlidir. Yuqori darajadagi siyosiy onglilik, yuksak g'oyaviy tarbiya kishilarimiz ma'naviy qiyofasining ajoyib xususiyatidir. Kishilar g'oyaviy tarbiyaining asosi ularning yuksak darajadagi siyosiy onglilik va axloqiy fazilatlaridir. Bu onglilik va axloqiy fazilatlar eng avvalo g'oyaviy-tarbiyaviy ishlarning natijasida shakllanadi.

Buyuk kelajak sari intiluvchi mamlakatning tarixiy vazifalarini faqat yuksak g'oyaviy tarbiyali, siyosiy yetuk, ma'lumotli, mustahkam intizomli, uyushqoq, hech qanday qiyinchilik va sinovlardan qo'rqmaydigan kishilargina sharaf bilan bajara oladilar. Shunday qilib, barkamol avlodning shakllanishi, kishilarda onglilikni tarbiyalash - amaliy ishdir. Erishilgan yutuqlarimiz va tajribalarimiz buning dalilidir. Jamoatchilik, jamiyat oldidagi o'z burchini anglash, mehnatga to'g'ri munosabat, jamiyat ravnaqi, ozod va obod Vatan, erkin va farovon turmush barpo etish uchun qayg'urish, milliy g'oyaga cheksiz sadoqat, vatanparvarlik kishilarimizga xos tipik fazilatlardir5. Kishining yuksak g'oyaviyligi undagi ijodiy kuchning, mehnat va kurashdagi ilhomning manbaidir. G'oyaviy tarbiya, ommaning ongliligi qancha yuqori bo'lsa, bunyodkorlik yo'lidagi yutuqlarimiz yanada ko'proq va yanada tezroq amalga oshadi. Bu ezgu ishlarni amalga oshirish barkamol avlodning muqaddas vazifasidir.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Talaba-yoshlarning g'oyaviy tarbiyasida insonparvarlik, millatparvarlik va vatanparvarlik kabi abstraksiyalar faqat konkret-amaliy harakatlar orqali muayyan mazmun va ahamiyatga ega bo'lishi mumkinligiga ham e'tibor darkor. Shunday sharoitlarda turli destruktiv kuchlar, totalitar mafkuralar tahdidi barham topishiga imkon yaraladi. Buning uchun esa ta'lim-tarbiyani insonparvarlashtirgan holda uning milliy mafkura bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanishini ta'minlash zarur. Zotan, "...yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da'vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoiylikni hayot mezoniga aylantirish - milliy mafkuraning bosh maqsadidir"[6].

Bugungi kunda yurtimiz yoshlarining ma'naviy yuksak bo'lishi uchun kollej, lisey, oliy o'quv yurtlarida barcha sa'iy harakatlar amalga oishirlmoqda. Chunki millatni millat, insonni inson, xalqni xalq sifatida shakllantiradigan, barkamollikka yetaklaydigan narsa ma'naviyatdir. Bizning jamiyatimizga barkamol insonlar kerak. Biz barkamol insonlarga muhtojmiz! Aqlan yetuk, jismoniy jixatdan baquvvat, ma'naviy jixatdan pok inson - barkamol insondir. Inson turli xil sabablarga ko'ra nogiron bo'lishi mumkin, biroq ayrim sog'lom insonlarga nisbatan eliga, yurtiga, atrof-muhitga ko'proq foydasi tegadi. Bunday insonga nisbatan ham komillik tushunchasini ishlatsak bo'ladi. Biz talabalarni ham jismonan, ham aqlan sog'lomlikka undashimiz karak. Ularga kalajagimiz davomchilari sifatida qarab, ularning kamoloti yo'lida bor kuchimizni ayamasligimiz kerak[7].

Talaba-yoshlarni hozirgi zamon sivilizatsiyasi salbiy ta'siridan himoya qilish uchun "Shaxs ma'naviy-axloqiy xavfsizligini ta'minlash Konsepsiyasini" ishlab chiqish zarur bo'ladi. Konsepsiya shaxs ma'naviy-axloqiy xavfsizligini ta'minlash uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarni yaratishga; ma'naviy ta'lim-tarbiya sistemasi samaradorligini o'z ichiga olmog'i darkor[8].

Hozirgi zamon sivilizatsiyasining shaxs ma'naviy-axloqiy qiyofasiga ta'siri kuchayib borayotgan bir paytda ma'naviy ta'lim-tarbiya sistemasi faoliyatini turli ijtimoiy guruhlarning o'ziga xos xususiyatlariga, bugungi talablarga mos ravishda yo'lga qo'yish. Ma'naviy-axloqiy ta'lim-tarbiya sistemasi faoliyatini samarali yo'lga qo'yish uchun Ma'naviyat targ'ibot markazi huzurida muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilishi maqsadga muvofiq. Ma'naviy-axloqiy vaziyatni o'rganish texnologiyasi samarali uslublar (hujjatlarni o'rganish, statistik ma'lumotlarni o'rganish, aholi so'rovi, taqqoslash, kuzatish, tahlil va sintez uslubi va hokazolar), prinsiplar (ob'yektivlik, sistemaviylik, tarixiylik va dialektik ziddiyat, mavhumlikdan konkretlikka borish, mantiqiylik va tarixiylik birligi prinsipi va hokazolar), zamonaviy vositalar va materiallar asosida o'tkazilganidagina zaruriy natijalarga olib keladi.

Xulosa

Jamiyat modernizatsiyasi sharoitida g'oyaviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish dinamikasi o'rganilib, milliy g'oya va tarixiy xotira, milliy g'oya va xalq ruhi, milliy o'zlikni anglashning o'zaro fundamental bog'liqligi masalasi hamda ta'lim tizimi g'oyaviy tarbiyaning shakllanishi bosqichi ekanligi ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilindi va quyidagi xulosaga kelindi:

birinchidan, g'oyaviy-mafkuraviy jarayonlar intensivlashishi sharoitida milliy o'zlikni anglashni yuksaltirish masalalari doimo olim va faylasuflarning diqqat markazida bo'lib kelgan. Bunda milliy g'oya, xalq ruhi, milliy o'zlikni anglash, tarixiy xotira va shu asosda shakllanadigan g'oyaviy tarbiyaning roli muhim o'rin tutadi;

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

milliy g'oya xalqning, millatning o'zini, o'zligini ekzistensial borliqda anglash va namoyon etish ehtiyojini sezganida paydo bo'ladi. Ayni paytda u yuksak ijtimoiy mazmunga ega bo'lgani, jamiyatning taraqqiyot yo'lidagi ezgu intilishlarini aks ettirgani bois umuminsoniy haqiqatga aylanadi. Milliy o'zlikni anglashning to'la namoyon bo'lishi ham mustaqillik bilan bog'liq xodisadir. Demak, milliy o'zlikni anglash bilan milliy g'oya o'rtasidagi asosiy fundamental bog'liklik mustaqillikdadir. Aynan mana shu fundamental bog'liqlik milliy o'zlikni anglashning ham, milliy g'oyaning ham jamiyatning strategik maqsadiga, ya'ni yuksak ma'naviyatli barkamol avlodni tarbiyalashga yo'naltirilganidadir. Shu joyda milliy g'oya proyektiv hodisa, uning ijtimoiy munosabatlarni, shu jumladan, ma'naviy hayotni ham ma'lum bir yo'nalishga soluvchi, uni yo'naltiruvchi xususiyati namoyon bo'ladi;

Yangi O'zbekistonda g'oyaviy-mafkuraviy jarayonlar intensivlashuvida g'oyaviy tarbiyaning ahamiyati ulkan ahamiyatga ega. Tarbiya sust bo'lgan yoki to'g'ri olib borilmaganda inson ongida g'oyaviy bo'shliq paydo bo'lib, bu bo'shliqni shu millatning tabiatiga yot g'oyalar egallab olishi va turli mafkuraviy tazyiqlar o'z zararli ta'sirini o'tkazishi muqarrar ekanligini ta'kidlash lozim.

References:

1. Отамуротов С. Глобаллашув ва миллий-маънавий хавфсизлик. -Тошкент: Узбекистан НМИУ, 2013. 68 б.

2. Куронов, М. Янги маънавий-мафкуравий тахдидлар : / М. Куронов // Маърифат. -2017. - № 21.

3. Бозоров О. Миллий гоя ва таргибот самарадорлиги. - Тошкент: Маънавият, 2015. -19 б.

4. Куронов М. ва бошцалар. Миллий тарбия ва ёшлар. - Тошкент: Kamalak. 2016. 67 б.

5. Мирзиёев Ш.М. Миллий таракдиёт йулимизни цатъият билан давом эттириб, янги боск;ичга кутарамиз. 1-жилд. - Тошкент: Узбекистон, 2018. 175 б.

6. Юсупов О., Икромова X,. Ёшларнинг маънавий камолоти диний ва дунёвий маданият уйгунлиги. - Тошкент: Маънавият, 2015. 42 б.

7. Косимов, Н. Оилада бурч тарбияси - маънавий комиллик асоси / Н. Косимов, Г. Машарипова, Б. Исроилов; Мухарр. К. Куранбоев. - Тошкент: Маънавият, 2015. 14 б.

8. Махмудов О. Фарзанднома : Адабий-бадиий нашр / О. Махмудов; Мухарр. Н. Мухаммадиев. - Тошкент: O'qituvchi, 2018. 52 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.