Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLАRIGА MUSIQАNING TА’SIRI'

YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLАRIGА MUSIQАNING TА’SIRI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
16
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sanʼat / musiqa / madaniyat / yoshlar / tarbiya / estrada / istedod / milliy anʼanalar / axloq / milliy meros

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — O‘Tkir Saqijanovich Qodirov

Barchamizga ayonki kuy-qo‘shiqqa sanʼatga muhabbat musiqa madaniyati xalqimizda bolalikdan boshlab oila sharoitida boshlanadi. Unda g‘ijjak, dutor, doira yoki boshqa cholg‘u asbobi bo‘lmagan musiqaning hayotbaxsh taʼsirini o‘z hayotida sezmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish qiyin. Madaniy jamoatchiligimiz, avvalombor musiqashunos olimlar, ustoz sanʼatkorlar, kompozitorlar, yozuvchi va jurnalistlar, ko‘psonli sanʼat ixlosmandlari bunday masalalar yuzasidan o‘z fikrini ochiq bildirib borishi, shu tariqa yoshlarimizga to‘g‘ri tarbiya berishimiz ham qarz, ham farz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLАRIGА MUSIQАNING TА’SIRI»

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARIGA MUSIQANING TA'SIRI

*

>

O'tkir Saqijanovich Qodirov

Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti "Maqom cholg'u ijrochiligi" kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6783581

' t

1> ^iíP*

Annotatsiya: Barchamizga ayonki kuy-qo'shiqqa san'atga muhabbat musiqa madaniyati xalqimizda bolalikdan boshlab oila sharoitida boshlanadi. Unda g'ijjak, dutor, doira yoki boshqa cholg'u asbobi bo'lmagan musiqaning hayotbaxsh ta'sirini o'z hayotida sezmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish qiyin. Madaniy jamoatchiligimiz, avvalombor musiqashunos olimlar, ustoz san'atkorlar, kompozitorlar, yozuvchi va jurnalistlar, ko'psonli san'at ixlosmandlari bunday masalalar yuzasidan o'z fikrini ochiq bildirib borishi, shu tariqa yoshlarimizga to'g'ri tarbiya berishimiz ham qarz, ham farz

Kalit so'zlar: san'at, musiqa, madaniyat, yoshlar, tarbiya, estrada, istedod,

milliy an'analar, axloq, milliy meros. p^* >

*

Barchamizga ayonki kuy-qo'shiqqa san'atga muhabbat musiqa madaniyati xalqimizda bolalikdan boshlab oila sharoitida boshlanadi. Unda g'ijjak, dutor, doira yoki boshqa cholg'u asbobi bo'lmagan musiqaning hayotbaxsh ta'sirini o'z hayotida sezmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish qiyin desak mubolag'a bo'lmaydi.

Eng muhim bugungi kunda musiqa san'ati navqiron avlodlarimizning yuksak

manaviyat ruhida kamol topishida boshqa san'at turlariga qaraganda ko'proq va kuchliroq ta'sir ko'rsatmoqda.

Bu masalada ayniqsa yoshlar qalbini o'ziga har tomonlama jalb etadigan estrada san'atining ahamiyati beqiyos ekanligini barchamiz yaxshi tushunamiz.

Aytish mumkinki o'tgan asrning boshlarida ilk namunalari paydo bo'lgan o'zbek estradasi istiqlol yoshllarida sifat jihatidan yangi bosqichda ko'tarildi. Bunday natijalarga erishishda milliy va umumbashariy musiqa san'ati yutuqlarini jahon J-jt estradasining eng yaxshi namunalarini o'rganish bo'yicha katta imkoniyatlar ochilgan bu soha rivojiga ko'rsatilayotgan doimiy e'tibor yosh istedodlarimizning o'zini namoyon etishi uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar muhim rol o'ynaydi.

Biz estrada san'atining bugungi va ertangi rivoji haqida so'z yuritar ekanmiz avvalam bor "milliy estrada" degan iboraning ma'no-mazmuniga alohida e'tibor berishimiz uni har qanday begona ta'sirdan ayniqsa "ommoviy madaniyat" ruhidagi oqimlar ta'siridan himoya qilishimiz tabiiy albatta. Bu haqida gapirganda bir holatni

oqimílar ta s—........ioja qilis—"z tabiiy albatta. Bu haqida &apir&'—............

afsus bilan aytish to'g'ri keladi.

31><}>

U>,* ^ «KQs

>q )> q )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

Muttasil o'yin harakatlarini talab qiladigan, so'zida ma'no bo'lmagan

#

qo'shiqlar, ayniqsa cheksiz takrorlanadigan bitta so'zning jonga tegadigan darajadagi misollarni istagancha topish mumkin. Bu holatning fojiasi umumxalq didining pasayib nochor ahvolga tushishi bilan belgilangan. Yuqorida qayd etilgan masala san'atning mo"jizali jozibasini inson ruhining faqat ozuqasigina emas, balki dog' qoplagan qalbni tozalovchi vosita ekanligini ham anglamog'imiz kerak.

Ayniqsa, bizning milliy an'analarimizga, axloq-odob qoidalarimizga mutlaqo to'g'ri kelmaydigan kliplar, turli tillardagi so'zlarni qorishtirib yoki talaffuzini ataylab buzib aytish kabi nomunosib harakatlarni ayrim yosh ijrochilar o'zi uchun qandaydir yangicha uslub deb bilayotgani, fikrimizcha asl san'atni, uning mohiyati va ahamiyatini tushunmaslikdan boshqa narsa emas.

Madaniy jamoatchiligimiz, avvalombor musiqashunos olimlar, ustoz san'atkorlar, kompozitorlar, yozuvchi va jurnalistlar, ko'psonli san'at ixlosmandlari bunday masalalar yuzasidan o'z fikrini ochiq bildirib borishi, shu tariqa yoshlarimizga to'g'ri tarbiya berishimiz ham qarz, ham farz deb o'ylaymiz.

Biz uchun axloqiy jihatdan noma'qul, milliy qadriyat va qarashlarimizga yot bo'lgan, lekin hozirgi vaqtda hayotimizga kirib borayotgan mana shunday ko'rinishlarni bamisoli yuqumli kasallik deb qabul qilishimiz lozim. Va ayni shu

asosda bunday xurujlarning o'ta xavfli holat ekanini anglashimiz zarur.

Nega deganda, agar insonning qulog'i yengil-elpi ohanglarga o'rganib qolsa, bora-bora uning badiiy didi, musiqa madaniyati pasayib ketishi, uning ma'naviy olamini soxta tushunchalar egallab olishi ham hech gap emas. Oxir-oqibatda bunday odam "Shashmaqom" singari milliy merosimizning noyob durdonalarini ham, M.Tojiev, M.Burxonov, Motsart, Betxoven, Bax va Chaykoviskiy kabi dunyo tan olgan buyuk kompozitorlarning asarlarini ham qabul qilishi qiyin bo'ladi.

Bunday holatlarning oldini olish uchun san'atkorlar orasida sog'lom ijodiy muhit tashkil qilish, o'sib kelayotgan yosh avlodning ma'naviy olami va madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlarimizning milliy va jahon musiqa madaniyatining mumtoz asarlari bilan birga, ularning kayfiyati va intilishlariga mos keladigan zamonaviy estrada san'ati, xalq ijodiyoti namunalaridan keng bahramand bo'lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, musiqiy ta'limni yanada rivojlantirish

J-jt

a W MI n n n 1 n I n r» vMnlAiVM n n m n rr>+ 1m r< l-\ /A-fnrli

masalalari o'ta muhim ahamiyat kasb etadi.

I )> '> j>

ml

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirziyoev Sh. Qashqadaryo viloyatiga tashrifi, 28 yanvar 2018 y.

Vip

:>q> q

■ > >

>q ] q )> >

u>,* ^ «KQs

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.