Научная статья на тему 'SAN’ATGA E’TIBOR – MILLATGA E’TIBOR'

SAN’ATGA E’TIBOR – MILLATGA E’TIBOR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
124
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Musiqa san‟ati / iqtidorli yoshlar / kо„rik-tanlovlar / musiqa cholg„ulari / ijodkorlik. / Музыкальное искусство / талантливая молодежь / конкурсы / музыкальные инструменты / творчество

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Islamov Dilmurod Muxutovich

Bugungi kunda san‟at va badiiy ijod orqali yoshlarimizning ruhiyati, ma‟naviy dunyosini shakllantirish muhim vazifalardan biri bо„lib kelmoqda. Hozirda yurtimizda har bir soha qatorida madaniyat va san‟at sohalariga ham davlat siyosati darajasida e‟tibor berilmoqda. Ushbu maqolada bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Сегодня одной из важнейших задач является формирование психики и духовного мира нашей молодежи через искусство и творчество. В настоящее время в нашей стране, наряду со всеми сферами, культуре и искусству уделяется внимание на уровне государственной политики. В данной статье описывается работа, проводимая в этом направлении

Текст научной работы на тему «SAN’ATGA E’TIBOR – MILLATGA E’TIBOR»

SAN'ATGA E'TIBOR - MILLATGA E'TIBOR

Islamov Dilmurod Muxutovich

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti "Cholg'u ijrochiligi" kafedrasi

professori

ANNOTATSIYA

Bugungi kunda san'at va badiiy ijod orqali yoshlarimizning ruhiyati, ma'naviy dunyosini shakllantirish muhim vazifalardan biri bo'lib kelmoqda. Hozirda yurtimizda har bir soha qatorida madaniyat va san'at sohalariga ham davlat siyosati darajasida e'tibor berilmoqda. Ushbu maqolada bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yoritilgan.

Kalit so'zlar: Musiqa san'ati, iqtidorli yoshlar, ko'rik-tanlovlar, musiqa cholg'ulari, ijodkorlik.

АННОТАЦИЯ

Сегодня одной из важнейших задач является формирование психики и духовного мира нашей молодежи через искусство и творчество. В настоящее время в нашей стране, наряду со всеми сферами, культуре и искусству уделяется внимание на уровне государственной политики. В данной статье описывается работа, проводимая в этом направлении.

Ключевые слова: Музыкальное искусство, талантливая молодежь, конкурсы, музыкальные инструменты, творчество.

ABSTRACT

Today, one of the most important tasks is the formation of the psyche and spiritual world of our youth through art and creativity. At present, in our country, along with all spheres, attention is paid to culture and art at the level of state policy. This article describes the work carried out in this direction.

Keywords: Musical art, talented youth, competitions, musical instruments, creativity.

Xalqimiz madaniy hayotida musiqa azaldan beqiyos о'пп tutib keladi. Samarqand yaqinidagi Mo'minobod qishlog'idan 3 ming 300 yil muqaddam suyakdan yasalgan nay cholg'usi topilgani ham shundan dalolat beradi.

Ma'lumki, kuy-qo'shiqqa, san'atga muhabbat xalqimizda bolalikdan boshlab, oila sharoitida shakllanadi. Uyida dutor, doira yoki boshqa cholg'u bo'lmagan, musiqaning hayotbaxsh ta'sirini o'z hayotida sezmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish qiyin, desak, mubolag'a bo'lmaydi.

Ajdodlardan me'ros milliy musiqa va tasviriy san'atni asrab avaylash va yanada rivojlantirish, shubhasiz, bugungi kunda bolalar musiqa va san'at matablarida tahsil olayotgan o'quvchilar, ularga ta'lim berayotgan o'qituvchilar zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi.

Ana shunday mas'uliyatli va sharafli vazifani amalga oshirish uchun mustaqilligimiz sharofati bilan barcha sohalar qatori musiqa va san'at maktablari faoliyatini takomillashtirishga ham davlatimiz tomonidan yuksak e'tibor qaratildi. Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan 2008-yilda Bolalar musiqa va san'at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo'yicha 2009-2014-yillarga mo'ljallangan Davlat dasturi qabul qilindi. Dastur doirasida o'tgan yillar davomida bolalar musiqa va san'at maktablarini barpo etish, mavjudlarini kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta'mirlash, ularning moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Joriy yilda ushbu dastur ijrosi yakunlanib, mamlakatimiz bo'yicha barcha musiqa va san'at maktablari rivojida muhim va katta bosqich yakunlanadi. Bu ta'lim muassaslarida zamonaviy, xalqaro talablar darajasidagi shart-sharoitlar yaratilmoqda. Qolaversa, musiqa va san'atga ixtisoslashgan akademik litseylar, shuningdek, sohadagi oliy ta'lim muassasalari faoliyati ham bir-biriga muvofiqlashtirilib, yagona, uzluksiz musiqa va san'at ta'lim tizimi shakllandi. Davlat dasturining ijrosi samarasi o'laroq mamlakatimiz musiqa va tasviriy san'ati tarixida yorqin sahifa ochilib, yuzlab iste'dod sohiblarining ulg'ayishiga, madaniyatimiz taraqqiyotiga mustahkam poydevor qo'yildi.

Dastur keng qamrovli bo'lib, unda, birnchidan, yangi zamonaviy maktab binolarini bunyod etish, ikkinchidan, ularni milliy va zamonaviy musiqa cholg'ulari bilan ta'minlash, uchinchidan, yangi o'quv dasturlar, darsliklar, uslubiy adabiyotlar yaratish va nihoyat, to'rtinchidan, o'qituvchilar malakasini oshirish va ularni ma'naviy-moddiy rag'batlantirish, maktablarni malakali mutaxassislar bilan ta'minlash kabi oliy maqsadlar mujassamlashtirilgan.

Yangi ta'lim-tarbiya jarayoni uchun barcha qulayliklarga ega musiqa va san'at maktablarining ikki namunadagi loyihalari ishlab chiqilib, respublikamizdagi aksariyat ta'lim muassasalari ana shu asosda qayta bunyod etildi.

Ta'lim sifatini oshishi barobarida natijalar ham yuksaldi. Yuzlab iste'dodli yoshlarimiz xorijiy davlatlarda o'tkazilgan turli xil nufuzli xalqaro tanlovlarda

ishtirok etib, o'z san'atlarini namoyish qilishmoqda. Bu esa farzandlarimizning hech

kimdan kam emasligini yaqqol ko'rsatib turibdi.

Mamlakatimizning o'zida o'tkazilayotgan musiqa va san'atga doir tadbirlarning saviya darajasi ham ortib, aytish mumkinki, xalqaro talabalar miqyosiga ko'tarilmoqda. Yurtimizda o'tkaziladigan tanlovlarning tuman, shahar va viloyat bosqichlarida minglab yosh iste'dodlar ishtirok etib kelishmoqda. Shularni inobatga olgan holda aytish mumkin-ki, bugungi kunda bemalol aytish mumkinki musiqa va san'at maktablarida ijodkorlik, yangilanish va yuksalish jarayoni kechmoqda.

Yana o'n - o'n besh yildan musiqa va san'at maktablarini tamomlab, san'atda o'z yo'lini topgan san'atkorlarimiz milliy musiqa va san'atimizni durdona asarlar bilan yana boyitishlari, uning obro' va nufuzini jahon bo'ylab yoyishlari shubhasiz.

Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining naqadar yuksakligini anglash uchun chorak asr kechmishga chekinib, o'sha vaqtdagi ahvolni yana bir bor eslab qo'yish foydadan holi bo'lmaydi.

Mustaqillik arafasida musiqa va san'at maktablari o'z holiga tashlab qo'yilgan, nochor, ayniqsa, milliy san'atimiz kelajagi uchun shart-sharoit yo'q edi. Musiqa va san'at yo'nalishidagi maxsus maktablar barmoq bilan sanarli darajada kam, borlari ham boshqa tashkilotlarga qarashli bo'lgan binolarda ijarada turardi. Aksariyat tumanlarda esa na musiqa, na san'at maktabi ochilmagan, o'z binosiga ega maktablarning qariyb hammasi o'tgan asarning 40-50 yillarida hashar yo'li bilan xom g'ishtdan tiklangan edi. Davr talablari darajasida yondashilganda, 90 foiz maktablar qayta qurishga muhtoj edi. O'quv dasturlari "markaz"dan yuborilar, shu bois unda milliy san'atimizga ikkinchi darajali, keraksiz narsaday qaralardi. Aksariyat hollarda musiqa cholg'ularini ota-onalar farzandlari uchun o'zlari xarid qilib kelardilar. Ko'rinib turibdiki, bunday sharoitda tahsil olgan o'quvchilarning bilim darajasi ham shunga yarasha bo'lgan. Birgina misol, 1990 yilda respublika bo'yicha ushbu maktablarning iqtidorli o'quvchilarida atigi uch nafargina xalqaro tanlovlarda qatnashgan.

Maktablarda tarbiyalanuvchilar o'z san'atlarini namoyish etishlari uchun risoladagiday sahna, tomoshabinlar uchun qulay o'rindiqlar qo'yilgan. Xonalar har bir san'at turining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda shakllantirilgan, ikki qavatli eshiklar o'rnatilgan, asbob-uskuna, musiqa cholg'ulari bilan ta'minlangan. Maktab binolari ham chiroyli, muhtasham bo'lib, mamlakatimizning istalgan tumaniga borsangiz hudud ko'rkiga ko'rk qo'shib turganligiga guvoh bo'lasiz. Avvallari musiqa maktabi qayerdaligini aholini qo'ya turing, ayrim ta'lim xodimlarining o'zlari ham aniq aytib berolmasdilar. Endilikda bu maktablar shahar va qishloqlarimizning ko'rki va faxriga aylangan.

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

Yangi maktablarning yana bir muhim jihati, avallari maktablar san'ati yoki musiqaga yo'naltirilgan bo'lsa, endilikda barcha maktablarda har ikki yo'nalish ham qamrab olingan. Qolaversa, mamlakatimizning eng chekka tumanlarida ham, markaziy shaharlarda ham musiqa va san'at maktablaridagi shart-sharoit bir xil -yuqori darajada, bir-biridan kam emas.

Albatta, bundan ko'zlangan asosiy maqsad ta'lim sifati va mazmunini oshirishdir. Dasturda ayni shu masalaga jiddiy e'tibor qaratilgan, uzoqni ko'zlangan, puxta rejalar ishlab chiqilgan. Shu bois, u qisqa muddatda o'z samarasini bera boshladi. Endilikda bu muassasalari musiqa va san'at maktabi deb atala boshlandi. Musiqa yo'nalishlarida keng va shinam an'anaviy ijrochilik, estrada xonandaligi, o'zbek cholg'ulari, fortepiano, zarbli va damli cholg'ular, orkestr, xor ijrochiligi, xoreografiya sinflari, san'at yo'nalishida esa tasviriy san'at, haykaltaroshlik, yog'och o'ymakorligi, amaliy san'at, badiiy kashtachilik, ganchkorlik, misgarlik kabi yo'nalishlar joriy etildi. Alohida konsert zallari, muhtasham sahna o'quvchilarga o'z iste'dodlarini to'liq namoyon etishlari uchun katta imkoniyat bermoqda. Maktablarning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, milliy va zamonaviy musiqa asboblari, konsertlar o'tkazish uchun zamonaviy texnik jihoz va uskunalar mavjud.

Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san'ati navqiron avlodimizning yuksak ruhida kamol topishida boshqa san'at turlariga qaraganda ko'proq va kuchliroq ta'sir ko'rsatmoqda.

San'at inson tabiatidagi eng go'zal tuyg'u va ezgu niyatlarning nozik ifodasidir. Ma'naviy olamimizning bir qirrasida charaqlab turguvchi bu yorug' nur odamlarga nafosat, latofat, fasohat ilmidan saboq beradigan go'yo, va aksincha, razolat va qabohatdan uzoqlashtiradi. Shoirlarimiz aytganidek, kuy va qo's hiq kirgan uyga qayg'u yo'lamaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Karimov I.A. "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" - Toshkent: "Ma'naviyat" nashriyoti, 2008-y.

2. Islomov D. "Doira san'ati darg'alari" - Toshkent: "Fan va texnologiyalar" nashriyoti, 2019-y.

3. Islomov D. "Moziydan sado" - Toshkent: "Ekstremum press" nashriyoti, 2015-y.

4. Islomov D. "Sharq musiqasi tarixidan" - Toshkent: "Fan va texnologiyalar" nashriyoti, 2017-y.

5. Toshmatov. О'. "Cholg'ushunoslik" - Toshkent, 2006-y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.