Научная статья на тему 'О’TMISHDAGI О’ZBEK SAN’ATKORLARINING HOZIRGI “SHOUBIZNES” VAKILLARIDAN FARQI VA BUNI YOSHLAR TARBIYASIDA TUTGAN О’RNI'

О’TMISHDAGI О’ZBEK SAN’ATKORLARINING HOZIRGI “SHOUBIZNES” VAKILLARIDAN FARQI VA BUNI YOSHLAR TARBIYASIDA TUTGAN О’RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
100
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
о‘tmish / о‘zbek / milliy / san’atkorlar / shou-biznes / madaniyat / hofiz / qо‘shiqchi / xonanda / bastakor / mehr-oqibat / munosabat / yoshlar / tarbiya

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Rahima Kasimovna Yusupova

Mazkur maqolada о‘tmishdagi о‘zbek san’atkorlarining mamlakatni taraqqiyotini rivojlantirishdagi tutgan о‘rni va hozirgi shou-biznes vakillarini ulardan farqi hamda buni yoshlarimiz tarbiyasida tutgan о‘rni haqida tо‘xtalib о‘tilgan. Shuningdek muallifning izlanishlari natijasida ikki davr san’atkorlarning barcha jihatlari ochib berilgan va tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «О’TMISHDAGI О’ZBEK SAN’ATKORLARINING HOZIRGI “SHOUBIZNES” VAKILLARIDAN FARQI VA BUNI YOSHLAR TARBIYASIDA TUTGAN О’RNI»

O'TMISHDAGI O'ZBEK SAN'ATKORLARINING HOZIRGI "SHOU-BIZNES" VAKILLARIDAN FARQI VA BUNI YOSHLAR TARBIYASIDA

TUTGAN O'RNI

Rahima Kasimovna Yusupova rakhimayusupova5 @gmail .com O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada o'tmishdagi o'zbek san'atkorlarining mamlakatni taraqqiyotini rivojlantirishdagi tutgan o'rni va hozirgi shou-biznes vakillarini ulardan farqi hamda buni yoshlarimiz tarbiyasida tutgan o'rni haqida to'xtalib o'tilgan. Shuningdek muallifning izlanishlari natijasida ikki davr san'atkorlarning barcha jihatlari ochib berilgan va tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: o'tmish, o'zbek, milliy, san'atkorlar, shou-biznes, madaniyat, hofiz, qo'shiqchi, xonanda, bastakor, mehr-oqibat, munosabat, yoshlar, tarbiya.

THE DIFFERENCE BETWEEN UZBEK ARTISTS OF THE PAST AND THE PRESENT OF SHOW BUSINESS AND THEIR ROLE IN THE EDUCATION

OF YOUTH

Yusupova Rakhima Kasimovna rakhimayusupova5 @gmail .com Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article discusses the role of Uzbek artists in the development of the country in the past and the differences between the current show business representatives and their role in educating our youth. Also, as a result of the author's research, all aspects of the artists of the two periods have been revealed and analyzed.

Keywords: past, uzbek, national, artists, show business, culture, hafiz, singer, singer, composer, kindness, attitude, youth, upbringing.

Tarixdan ham ma'lum, buyuk va ma'rifatparvar ajdodlarimiz san'at, madaniyat va adabiyotning taraqqiyotisiz yurtni, xalqni rivojlantirib bo'lmasligini alohida ta'kidlagan.

Bugungi kunda mamlakatimizda, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning san'at, ijod ahliga san'at, adabiyot rivojiga berayotgan e'tiborlari eng yuksak pog'onaga ko'tarildi desak mubolag'a bo'lmaydi. Prezidentimizning jon kuydirib so'zlashi, sohamizda uchrayotgan kamchiliklar, yuzaga kelgan turg'un vaziyatning sabab va

oqibatlarini chuqur tahlil etishi va eng muhimi, yillar davomida to'planib qolgan muammolarni hal etish yo'llarini ko'rsatib berib kelmoqdalar.

Aslida san'atkor bilan ijodkorga nima kerak? E'tibor, mehr va muhabbat kerak, albatta. Tinglovchi yoki o'quvchingizning birgina shirin so'zi, asaringiz haqidagi iliq fikri har qanday san'atkor yoki ijodkorni ilhomlantiradi, yanada o'z ustida ishlashga bo'lgan ishtiyoqini oshiradi. O'tmishdagi ustoz san'atkorlar qanday yo'nalishda bo'lmasin, san'at, ijod sohasida faoliyat yuritayotgan har bir mutaxassislar o'z oldiga san'at, madaniyat va adabiyotni yanada rivojlantirishga hissa qo'shishni maqsad qilib qo'ygan edilar. Yuksak marralarga esa yuksak maqsadlarsiz erishib bo'lmaydi.

O'tmishdagi o'zbek san'atkorlarining hozirgi "shou-biznes" vakillaridan farqi va buni yoshlar tarbiyasida tutgan o'rni haqida to'xtalar ekanmiz o'sha davr va hozirgi davr o'rtasidagi nomutanosibliklar, yosh san'atkorlarimiz tarbiyasida uchragan ayrim kamchiliklarni alohida tilga olishimiz va boshqa shunga o'xshash muammolarni bartaraf etishimiz lozim bo'ladi.

Hozirgi yosh "shou-biznes" da faoliyat olib borayotgan san'atkorlar mavjud sharoit va imkoniyatlardan to'liq foydalanib kelmoqda deb aytolmaymiz. Shu bilan birga bugungi zamon talabiga to'liq javob bermasligi ham ayon bo'lmoqda. Hozirgi yosh "shou-biznes"da faoliyat olib borayotgan soha vakillari bilan o'tmishdagi ustoz san'atkorlarni farqli jihatlari yaqqol ko'rinib qolmoqda. Bundan tashqari, o'tmishdagi ustoz-san'atkorlarda bugungi kunda faoliyat olib borayotgan musiqa san'ati sohasida ijod qilayotgan ba'zi bir yosh "shou-biznes" vakillari o'rnak olishimiz muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur masalada "ijodni pulga almashtirgan odamdan san'at shafqatsiz o'ch oladi" deya mashhur arboblar tomonidan aytilgan ushbu fikr o'z isbotini topmoqda.

O'tmishdagi o'zbek san'atkorlarining hozirgi "shou-biznes" vakillaridan farqi va buni yoshlar tarbiyasida tutgan o'rnini mustahkamlashda "o'tmishdagi san'at ahlini uning atrofidagi muxlis vashinavandalari gullar bilan bezab tursa", bugungi "shou-biznes" vakillarini erkinlik deb atalmish ne'matni qadriga yetmay, mehr-oqibatni, kiyinish madaniyatini unutib quygan o'z ijodini biznesga aylanitirib atrofidagilarni mensimay hozirgi kuniga shukr qilmay, boshqalarni, muxlislarni, shogirdlarni hayotni sevib yashashga undash o'rniga kibr-havoga berilganlari ming afsuski yo'q emas. Bu esa ularni madaniyatsiz, mehr-oqibatsiz san'atkorlar qatoriga qo'shadi.

Dunyoning taniqli namoyondalaridan Jan-Jak Russo shunday degan, "san'at axloqning poklanishiga yordam bera olmaydi" U yashagan zamon va mavjud "siyosiy iqlim", adibga shunday qaror qabul qilishiga zamin yaratgan bo'lishiyam mumkinligini inobatga olsak, bugun davr unday emasku nega san'atkorlar yovuz tuzumlardagi jihatlarni o'zlariga olishmoqda bunga sabab nima? Bu savollarga javob izlash davomida buyuk Tolstoyning musiqa haqida yuritgan fikriga quloq tutamiz, "u

qalbni o'tmaslashtiradi, deydi va kinoyali tarzda qo'shib qo'yadi: Galitsiya knyazlaridan biri qayerda qul ko'p bo'lsin desang, u yerda musiqaga kuch ber, degan. Lekin o'layotib qullarni boshqarishdan charchadim, deya tan olgan" degan ekan.

Bizning nazarimizda san'atkorlar, xonandalar ham xalq va millatning shakllanishida ularning rolini inkor etib bo'lmaydi. Ya'ni, Chingiz Aytmatov ta'biri bilan aytganda, manqurt bilan buyuk davlat ham, farovon jamiyat ham qurib bo'lmaydi. Masalaga shu jihatdan qaraydigan bo'lsak, musiqa, ayniqsa, zamonaviy tilda aytganda, shou-biznes ma'lum ma'noda ertangi hayotimiz, milliy ruhiyatimizda sezilarli iz qoldiradi.

O'tmishdagi o'zbek san'atkorlarining hozirgi "shou-biznes" vakillaridan farqi va buni yoshlar tarbiyasida tutgan o'rnini ko'rib chiqarkanmiz bizning nazarimizda ilgarilari qo'shiqchilar davlat va jamiyat o'rtasidagi vositachidek edi. Katta-katta bayramlar, shoular, konsert dasturlari go'yo qo'shiq va yallalar hayotimiz mazmuniga aylangan, hamma televideniya va radio kanallarida ma'no-mazmunga boy musiqiy dasturlar namoyish qilinardi. Shuningdek har bayramda xalqimizga manzur bo'lib kelgan qo'shiqchilar davlatning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan, mamlakatda qo'shiqchidan o'rnak oladigan jihatlar juda ko'p edi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Bunday qilinishiga asosiy yoshlarimizni ma'naviy yetuk qilib kattalar oldida o'zlarini qanday tutishi, mehr-oqibatni shakllantirishga xizmat qilgan desak adashmagan bo'lamiz.

Keyingi yillarda mamlakatimizda san'atning tarbiyaviy, ma'naviy o'rnini oshirish borasida mamlakatimizda qator ishlar qilinayotganligi hech kimga sir emas. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning o'tmishdagi o'zbek san'atkorlarining hozirgi "shou-biznes" vakillaridan farqi va buni yoshlar tarbiyasida tutgan o'rni borasida 2017-yil ziyolilar bilan uchrashuvda quyidagicha bayon qilgandi: "Ming afsuski, bugungi estrada xonandalarining aksariyati hali Yangiyo'lga, hali Shovotga, hali Yangiqo'rg'onga, hali Chiroqchiga to'yga qatnash bilan ovora. Boshqa biron masala bilan ishi yo'q. Albatta, san'atkorda ham oila, bola-chaqa bor, ularning ham hayotiy ehtiyojlari bor. Buniyam to'g'ri tushunamiz. Lekin ijodni pulga, mol-dunyoga almashtirgan odamdan san'at shafqatsiz o'ch oladi"[1]

Prezidentimiz o'z qarashlari bilan yoshlarni tarbiyasida shou-biznes vakillarini ahloqsizlikka yetaklayotgani, biz bunday san'atkorlardan voz kechib, o'zbek milliy san'atida munosib o'rin egallagan hofiz-xonandalar o'rnak olishishimiz kerakligini ta'kidlaganday bo'ldi. Bu bilan ayrim shou-biznes vakillaridan voz kechish, ularning faoliyatini tartibga solishni aytib o'tdi.

Keyingi yilllarda bo'lar-bo'lmas shou-biznes vakillariga davlat mukofotlari berish, huda-behuda ulardan qahramon yasab xalqning g'ashiga tegish siyosati barham topdi. Albatta, bundan ba'zi bir guruhlar norozi bo'lgan bo'lishi ham mumkin. Bugun musiqa va qo'shiqchilikdagi siyosatimiz oldingi o'tmishdagi o'zbek

san'atkorlarining hozirgi "shou-biznes" vakillaridan farqi hiyla izdan chiqqan, desak yanglishmagan bo'lamiz. Xuddi qo'ziqorinday bodrab chiqayotgan xonandalarning adog'i ko'rinmaydi. Sochi silliq taralgan, qulog'iga halqa taqib, tor shim kiygan, jinsi odamda shubha uyg'otuvchi bu toifa qayoqdan paydo bo'layotganiga hayron bo'lasan kishi.

Ming afsuslar bo'lsinki o'tmishdagi o'zbek san'atkorlarining hozirgi "shou-biznes" vakillaridan farqi va buni yoshlar tarbiyasida tutgan o'rnini mustahkamlash uchun avvalambor teleekranlarni shou-biznesni shu "boyvachcha"lardan tozalash o'tmishdagi buyuk san'atkor qo'shiqchilarni hayot va faoliyatini yoshlarga o'rnak qilib ko'rsatishni davrning o'zi taqozo qilmoqda. Shuningdek ko'ngilochar gazetalar "zamonamiz qahramonlari"ni "estradamiz yulduzi" deb olqishlashlarini to'xtatib ularning o'rniga biz yuqorida ta'kidlab o'tgan yoshlarimizni ma'naviyatli, madaniyatli qilib tarbiyalay oladigan ustoz san'atkorlar faoliyatini ko'rsatib berishimiz o'ta muhim. Oldingi ustoz san'atkorlarimiz teleekranga yoki sahnaga chiqqanda madaniyat bilan kiyinar ham muomala madaniyatiga ham alohida e'tibor qaratar edi. Hozirgi shou-biznesdagi o'zidan "Yulduz" yasab olganlar, teleekran, internet va katta sahnalarga chiqib olib behayolarcha sizga qadalib qaraydi va qo'lini bigiz qilib beo'xshov qo'shiq aytadi. Xo'sh, ularni kim ilhomlantirmoqda?

Gohida, bir paytlar biz milliy etalon sifatida qaragan Farhodmonand, jasoratli, kuchli-qudratli yoki Otabekdek tarbiya ko'rgan va bu xislat yuz-ko'zida silqib turgan yigitlar, nima, o'tmishda qoldimi, deb o'yga tolasan, kishi.

Bolalarimizga bunday behayo qiliqlarni chiroyli qilib ko'rsatayotganlarga sovuqlarga to'zim bormi, deging keladi. Uch-to'rt almoyi-aljoyi xonishi bilan ko'rinish bergach, katta ekranga chiqib, aql o'rgatadi. O'tmishda buyuk san'atkorlar yetishtirib kelgan, necha ming yildan ziyod bu ulug' xalqqa qanday yashamoqdan "saboq" beradi, hatto alqab duoga qo'l ochishga undagan san'at ixlosmandlari, bu shous-biznes vakillarini qarg'ab asabiylashib o'tirishi kerakmi?! Bu qo'shtirnoq ichidagi yulduzlar kimning arzandasi, o'zi? Albatta, bunday g'azab hozir aksariyat ko'pchilikning yuragida to'lib-toshmoqda. Zero, pichoq borib suyakka qadalgani hech kimga sir emas. Bugun shou-biznesdagi qo'shiqchilik televideniye va internet orqali o'z atrofiga eng katta auditoriyani yig'a olish imkonini namoyon etmoqda. Shunday ekan uning, yoshlar tarbiyasiga uning ta'siri juda katta.

Shunday ekan, o'tmishdagi o'zbek san'atkorlarining hozirgi "shou-biznes" vakillaridan farqi va buni yoshlar tarbiyasida tutgan o'rnini mustahkamlashda yosh san'atkorlar ya'ni shou-biznes vakillarimiz qo'shiqchilik haqida ekran madaniyati, shou tadbirlar va radioto'lqinlar, ayniqsa, internet orqali targ'ib etilayotgan maynavozchiliklar haqida jiddiy o'ylab ko'rmoqni davrning o'zi taqozo qilmoqda. Shu jihatlarni inobatga olib biz quyidagi taklif va tavsiyalarni o'rtaga tashlamoqchimiz.

Birinchidan, ijrochining ovozi, mahorati, axloq-odobi, qolaversa, badiiy tafakkurini ko'rikdan o'tkazib, o'zbek milliy musiqa san'atiga hissa qo'shgan ustoz san'atkorlarni o'zlariga o'rnak va namuna olganlaridan so'ng unga ruxsatnoma berish tizimini joriy qilish kerak.

Ikkinchidan, qo'shiqqa solinayotgan matnning badiiy-estetik, g'oyaviy-ma'rifiy qiymatini shoirlar yozganiga qarab aniqlash, albatta, shoirning ism va familyasi ham qayd qilinishi shart. Negaki, bugun aksariyat xonandalar, boshlovchilar ham, xalq artistlari ham pulni begona qilmay deb umuman shoirlikka o'quvi yo'q o'zining haydovchisi yoki ma'murining yozgan ma'no-mazmunsiz, ya'ni, ma'rifiy ahamiyati bir pulga qimmat matn bilan repertuarini boyitayotganligi achinarli hol. Buni bartaraf qilib shoirlar bilan qonuniy shartnomasi bor qo'shiqlarni televideniya, internet saytlariga qo'yishdan oldin tekshirib qo'yish, shu talablarni bajarmayotgan OAVlarga qa'tiy choralar qo'llash zarur.

O'tmishdagi o'zbek san'atkorlarining hozirgi "shou-biznes" vakillaridan farqi va buni yoshlar tarbiyasida tutgan o'rnini mustahkamlashda biz yuqorida ta'kidlab o'tganimiz o'zidan "yulduz" yasab olgan xonandalar tomonidan kuylangan qo'shiqlar odamlarning vaqtini olishdan yoshlar tarbiyasini buzishdan, ma'naviy tubanlikka yetaklashdan nariga o'zgaga o'tmaydi. Ushbu sohada yangi islohatlarni qilmas ekanmiz, shubhasiz, milliy axloq va tafakkurga ziyon yetkazilishiga o'zimiz sababchi bo'lib qolaveramiz. Agar, biron-bir tadbirkor notekis oyoq kiyimi ishlab chiqarsa, u sizning oyog'ingizni mayib qilishi mumkin. Past saviyada yozilgan qo'shiq esa million-million didlarni ayniqsa yoshlar ongini, tarbiyasini buzadi. Ming afsuslar bo'lsin mamlakatimizda "nodavlat telekanallar va internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlar" ushbu yo'nalishlarni o'zlarini asosiy daromad manbai, biznesiga aylantirib olgan ular faoliyatini nazoratga olmasak masalaga yechim topa olmaymiz.

O'tmishdagi o'zbek san'atkorlarining hozirgi "shou-biznes" vakillaridan farqi va buni yoshlar tarbiyasida tutgan o'rnini mustahkamlash uchun biz oldingi vaqtlardagi qo'shiqchilik san'ati, adabiy va musiqiy muhitni qaytarishimiz dolzarb vazifa bo'lib qolmoqda. Ochig'ini aytganda, bundan yigirma yil avval yaratilgan musiqiy asarlar hozirgidek ko'p bo'lmagan, ammo sifat jihatidan bugungi qo'shiqlarimizga nisbatan ancha yuqoriroq o'rinda turgan.

Bizning nazarimizda buning sababi, u paytlarda san'atda "shou biznes" degan tushunchaning o'zi yo'qligidir. Radio, televideniya qoshida taniqli, el suygan shoirlar, bastakor va san'atkorlar hamkorligidagi professional badiiy kengashlar to'laqonli ishlab turganligi achchiq bo'lsada haqiqatdir. Kengash a'zolari tomoshabin yoki tinglovchilar e'tiboriga havola etilishidan oldin har bir qo'shiq, san'at asarini sinchiklab o'rganishardi va qo'shiq, she'r yoki ijroda qandaydir kamchilik ko'zga tashlansa, bunday asarning efirga chiqishiga yo'l qo'yilmas edi. Badiiy kengashning yana bitta eng muhim sharti, har bir qo'shiq jonli ijroda tinglanardi. 2000-yillarning

boshlariga kelib xonandalarga "O'zbeknavo" estrada birlashmasi (Hozirda vakolati va vazifalari "O'zbekkonsert" davlat muassasasiga yuklatilgan) tomonidan litsenziya beriladigan bo'ldi. Biznining nazarimizda, "O'zbekkonsert" davlat muassasasi san'atkorlarga beriladigan litsenziya shartlarini, xalqona aytganda, juda "yumshatib" qo'ygan va belgilangan davlat bojini to'lagan har bir nomzodga litsenziya olish imkoniyati yaratilganligi tanilmagan va tan olinmagan "yulduz"larning ko'payib ketishiga sabab bo'ldi desak xato qilmagan bo'lamiz.

Misol keltiradigan bo'lsak, bunday san'atkorlar o'z qo'shiqlari bilan bugungi yoshlar, keng jamoatchilikning e'tiborini o'zinining tuturuqsiz yoshlar tarbiyasiga salbiy ta'sir qiladigan qo'shiqlar bilan ekran va internetga maftun etdi ham deylik, lekin ularning qo'shiqlari qanchalik tez mashhur bo'lgan bo'lsa, shunchalik qisqa davrda unutilayotganligi ham hech kimga sir emas. Bugun "Shou-biznes" vakillarining o'tmishdagi jonkuyar san'atkorlardan farqli jihati, o'tmishdagi san'atkorlar o'z xalqiga mehr qo'yib moddiy manfaatdorlik kutmay ishlagan bo'lsalar, bugungilarning asosiy maqsadi xalqimizga yuksak saviyali, tinglovchilarning dardu kechinmalarini ifoda etadigan musiqiy asarni taqdim etish emas, balki tez mashhur bo'lish, tanilish va shu tanilish ortidan daromadga ega bo'lishni xohlayotganligi ochiq oshkora namoyon bo'lmoqda.

San'atda shou biznes deb ataluvchi unsur paydo bo'lishi natijasida qo'shiqqa mahsulot va daromad manbai deb qaraladigan bo'lsa, yoshlar ma'naviyatini xalqimiz buyuk o'tmish san'atining noyob durdonalaridan bahramand bo'lmay o'taveradi. Shu o'rinda o'zbek san'atkorlarining hozirgi "shou-biznes" vakillaridan farqi va buni yoshlar tarbiyasida tutgan o'rnini mustahkamlash uchun avvalambor shou-biznes uchun o'zlaridan shoir yasab ahloqsiz she'r to'qayotganlar, chet-eldan to'g'ridan-to'g'ri musiqa o'g'irlayotgan qo'shtirnoq ichidagi tadbirkor bastakorlar tomonidan yaratilgan chuqur falsafiy va hayotiy qarashlar mavjud bo'lmagan qo'shiqlarni tinglab, bachkana harakat va qiliqlarni ko'rar ekanmiz, nahotki shu yoshlarimiz o'zlarining qanday buyuk ajdod va allomalar avlodi ekanligini bilmasa, kerak. [2]

Shu o'rinda o'tgan asrning 30-90-yillarida o'zbek san'ati va madaniyatini butun dunyo davlatlariga namoyish qilish uchun butun sobiq Ittifoq mamlakatlari orasidan har yili o'zbekistonlik 4 nafar san'atkor tanlab olingan ayni haqiqatdir. 1935-yilda Londonda o'tkazilgan jahon xalqlarining san'at festivalida buyuk san'atkorimiz Usta Olim chalgan doiraga Tamaraxonim raqsga tushib tomoshabinlarni lol qoldirganini tarix so'zlaydi. Tomoshabinlar tik oyoqda, ikki ulug' san'atkorimizni olqishlab turgan paytda oldingi qatorda o'tirgan Buyuk Britaniya qirolichasi Mariya Lojanon sahnaga chiqadi. Usta Olimning childirmasini qo'liga olib ko'radi. Bu doira sozidan yurakni to'lqinlantiruvchi sado chiqargan panjalarni mo'jiza, deb ataydi. Ushbu mo'jizakor panjalardan gipsga nusxa olib, London muzeyiga qo'yishga farmon beradi. O'zbek san'atkorlariga qoyil qolgan qirolicha o'z qo'li bilan Usta Olim

Komilov va Tamaraxonimga festivalning oltin medalini taqib qo'yadi. Usta Olim Komilovning sehrli panjalari nusxasi hozirgacha London muzeyida saqlanmoqda. Bu ma'lumotlarga to'xtalishimizning boisi shundaki, o'zbek san'atkorlarining hozirgi "shou-biznes" vakillaridan farqini o'sha davrda ham milliy san'atimiz butun dunyo san'at ixlosmandlarini lol qoldirib kelganligini yaqqol namoyon qilmoqda. Birgina Tamaraxonimning o'zlari nafaqat raqs san'atini yuksaklarga ko'targan, balki 88 tilda yoddan qo'shiq kuylaganini [3] bugungi yoshlarimiz bilishi kerakligini zamonni o'zi taqozo qilmoqda. Bugungi yoshlarimiz ulardan o'rnak olishlari kerak. Tan olish kerak, san'atga mumtoz milliy va jahon adabiyotidan bexabar, san'atning nazariyasi va tarixini bilmaydigan, so'z qudrati va mas'uliyatini to'liq his qilmaydigan, hayotida biror marta bo'lsa ham jonli ijroda kuylamagan havaskorlar kirib kelishiga biz, hammamiz, keng jamoatchilik birgalikda aybdormiz.

Shu o'rinda tahlillarimizni davom ettirar ekanmiz bugungi kunda ijod qilayotgan professional shoir va bastakorlar bilan hamkorlikda ishlayotganlari ham yo'q emas. Oddiy misol, Muhammad Yusufdek xassos shoirimizning she'rlariga Alisher Ikromov, Doni Ilyosovdek buyuk kompozitorlar kuy bastalagan va professional san'atkorlar bu qo'shiqlarni maromiga yetkazib ijro etgangiligini yoshlarga o'rnak qilib ko'rsatsak bo'ladi. Shuningdek Nasiba Abdullayeva dastlab xalq qo'shiqlarini kuylab tanilgan bo'lsa, keyinroq professional kompozitor va shoirlar bilan birgalikda ishlab, xalqimiz nazariga tushganligini ham na'muna qilib ko'rsatishimiz mumkin.

Xulosa qilib aytganda yoshlarimiz orasida iste'dodli, ovoz va texnik jihatdan imkoniyati kenglari bugungi kunda ham juda ko'p. O'zbek san'atkorlarining hozirgi "shou-biznes" vakillaridan farqi va buni yoshlar tarbiyasida tutgan o'rnini mustahkamlashda ularning o'z ovozi va salohiyatini to'g'ri baholay olishini nazorat qilishimizni, noprofessional ijodkorlar faoliyatiga chek qo'yish, shaxsiy repertuariga ega bo'layotgan yoshlarimizni ularga biriktirishimiz lozim. San'atning qaysi tarmoq yoki yo'nalishida bo'lmasin, yosh san'atkorlarimiz o'zi faoliyat yuritayotgan sohada yangilik yaratishga, o'z uslubi va yo'nalishini topishga intilishini davrning o'zi taqozo qilmoqda. San'atkor bo'lishni istaydiganlar ko'p bo'lishi mumkin, lekin hammada ham iste'dod va qobiliyat bo'lavermaydi. Ayni paytda iste'dodli bo'lishning o'zi yetmaydi, albatta. Iste'dodli inson yaxshi maktab va yaxshi ustoz ko'rishi kerak, mehnat va izlanishdan to'xtamasligi kerak va albatta, san'atkor bo'laman degan insonning tafakkuri, dunyoqarashi keng bo'lsagina ko'zlagan maqsadlarimizga erishishimiz shubhasizdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Haydarov A. Madaniyat - milliy yuksalish poydevori. - Toshkent: Oltin meros press. 2021. - B. 478.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6000-sonli Farmoni. www.lex.uz

3. L.Abdeeva. O'zbekiston raqs san'ati. O'zSSR davlat badiiy adabiyot nashryoti. Toshkent - 1960. 184 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.