Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA YOSH KADRLARNING O‘RNI'

YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA YOSH KADRLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maʼnaviyat / yoshlar / komil inson / barkamol yoshlar / vatanparvar / ta’lim tarbiya ilm-fan / innovatsiyalar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdullayev Botir Shuxratovich, Xudoynazarova Dilnavoz Shonazarovna, Turg‘Unova Maftuna Zakirovna

Yangi O‘zbekistondagi o‘rni, ularga qo‘yiladigan talablar hamda Yangi O‘zbekistonda yosh kadrlar salohiyatini rivojlantirishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr yuritilgan. Yoshlar kelajakda maʼnaviy komil inson boʻlib shakllanishida oʻsmirlikda olgan tarbiyasi, taʼlimining ahamiyati beqiyos. yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan bo‘lib kelayotgani bejizga emas. Sifatli taʼlim-tarbiya olishi, oʻz iqtidorini toʻla-toʻkis namoyon qilishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA YOSH KADRLARNING O‘RNI»

YANGI O'ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA YOSH KADRLARNING O'RNI

1Abdullayev Botir Shuxratovich, 2Xudoynazarova Dilnavoz Shonazarovna, 3Turg'unova Maftuna Zakirovna

1A3"TIQXMMT MTU tyutorlari https://doi.org/10.5281/zenodo.11213391

Annotatsiya. Yangi O'zbekistondagi o'rni, ularga qo'yiladigan talablar hamda Yangi O'zbekistonda yosh kadrlar salohiyatini rivojlantirishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr yuritilgan. Yoshlar kelajakda ma'naviy komil inson bo'lib shakllanishida o'smirlikda olgan tarbiyasi, ta'limining ahamiyati beqiyos. yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biridir. Yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan bo'lib kelayotgani bejizga emas. Sifatli ta'lim-tarbiya olishi, o'z iqtidorini to'la-to'kis namoyon qilishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.

Kalit so'zlar: ma'naviyat, yoshlar, komil inson, barkamol yoshlar, vatanparvar, ta'lim tarbiya ilm-fan, innovatsiyalar.

Аннотация. Обсуждалась их роль в Новом Узбекистане, требования к ним, проводимая работа по развитию потенциала молодых кадров в Новом Узбекистане. Значение воспитания и образования, получаемого молодым человеком в будущем как духовно совершенной личностью, ни с чем не сравнимо. Проблема молодежи является одним из наиболее приоритетных направлений государственной политики. Недаром проблема молодежи является одним из наиболее приоритетных направлений государственной политики. Для него создаются все условия, чтобы получить качественное образование и в полной мере проявить свой талант.

Ключевые слова: духовность, молодежь, совершенный человек, зрелая молодежь, патриот, образование, наука, инновации.

Annotation. Their role in the new Uzbekistan, the requirements for them, and the work being done to develop the activities of young personnel in the new Uzbekistan were discussed. The importance of upbringing and education received in adolescence is incomparable. youth is one of the strongest directions of state policy. Youth is one of the most stable areas of state policy. Everything is being done to get a quality education, to fully express one's talent.

Key words: spirituality, youth, perfect person, mature youth, patriot, education, science, innovations.

Barchamizga ma'lumki davlatimiz kundan-kunga yangilanib, ijtimoiy - siyosiy, iqdisodiy, hamda ma'naviy-ma'rifiy jihatdan dunyo davlatlari ichida yetakchi o'rinlarni egallab bormoqda. Chuqur ildizga ega madaniyatimiz tufayli Yangi O'zbekiston jahon maydonida kuchli salohiyat, munosib obro'-e'tiborga ega bo'lib, har tomonlama obod va farovon mamlakatga aylanib bormoqda. Mana shunday o'zgarishlarning fundamental asosida yosh kadrlarning o'rni ham alohida e'tiborga molikdir. Hozirda butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, umummilliy harakatga aylanib borayotgan Yangi O'zbekiston g'oyasi zamirida, ulug' ajdodlarimizning milliy tariximizda birinchi va ikkinchi uyg'onish davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu -intilishlari va armonlari ham mujassam desak adashmagan bo'lamiz. [1:72].

Yangilanayotgan jamiyat talablari bo'lakcha. U fuqarolarni yurt, millat ravnaqi uchun qayg'urishga undaydi, hayotga teran va sergak qarashga da'vat qiladi.[2:50]. Biz o'z oldimizga

jamiyatning yangi qiyofasini yaratish, Yangi O'zbekistonni barpo etish masalasini strategik vazifa sifatida qo'ydik. So'nggi besh yilda mamlakatimizning har bir fuqarosi o'z kundalik hayotida teran his etayotgan beqiyos o'zgarish, yangilanish va tub islohatlarga ega bo'lgan davlatni ko'rib bormoqda. Jamiyatni siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy modernizatsiya qilish, ma'naviy jihatdan tiklash va yuksaltirish, mavjud qonunlarni, davlat boshqaruvi, iqdisodiy tizimni qayta ko'rib chiqish, bu borada tasirchan va samarali mexanizmlar yaratish, demokratik tamoyil va me'yorlarni hayotga tadbiq etish bo'yicha misli ko'rilmagan keng ko'lamli va izchil chora-tadbirlarni amalga oshirdik.[3:44] Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Yangi O'zbekistonni barpo etish yo'lida olib borayotgan siyosatini qo'llab-quvvatlash uchun biz kabi yoshlar belni mahkam bog'lab, qo'limizni shimarib oldinga qadam tashlashimiz lozim bo'ladi.

Moziyga nazar solar ekanmiz, Sharq Uyg'onish davrida ham, jadidlar faoliyatida ham, jamiyatning yangilanishida yoshlarning o'rni beqiyos bo'lgan. Shu jihatdan muntazam shakllanib boruvchi bu qatlam doimiy qo'llab-quvvatlashga, e'tiborga moyil. Zero, daraxtni niholligidanoq parvarishlash hosil mo'lligiga sabab bo'ladi. Yoshlar, ayniqsa, ma'naviy ozuqa bilan ulg'ayishi bevosita Oliy ta'lim bo'g'inidagi tashkilotlar xodimlariga ham bog'liq. Kelajagimizning nurafshonligi, yangilanish va o'zgarishlar yuz berishi vatanparvar yoshlarimizga bugun berayotgan e'tiborga bog'liq. Ularni fidoyi, vatanparvar, ham intellektual, ham jismonan barkamol etib tarbiyalash asosiy vazifalarimizdan biridir. O'zining idroki, zakovati, shijoatini yurt ravnaqi yo'lida sarflash oliy baxt ekanligini yoshlarimiz teran his qilmog'i lozim. Ma'naviyat-insonni kamolotga yetaklaydigan asosiy kuch. Yoshlar kelajakda ma'naviy komil inson bo'lib shakllanishida o'smirlikda olgan tarbiyasi, ta'limining ahamiyati beqiyos. yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biridir. Yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan bo'lib kelayotgani bejizga emas. Sifatli ta'lim-tarbiya olishi, o'z iqtidorini to'la-to'kis namoyon qilishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.

Xulosa qilib aytganda Yangi O'zbekistonning amalga oshirishda yanada jadal qadam qo'yish, biz kabi yoshlarning zamonaviy texnologiyalarni, tezkor va samarali qaror qabul qilishni bilishimiz hamda liderlik qobiliyatini o'stirish uchun jamoa a'zolari bilan ko'proq muloqotga kirishishimiz lozimdir. Biz yoshlar ota-onamizning, Vatanimizning, Prezidentimizning qolaversa butun xalqimizning ishonchini to'laqonli oqlaymiz, albatta.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda. Toshkent - 2021. O'qituvchiMUMCHJ.184bet.

2. Omon B. Siyosiy yetakchining notiqlik mahorati. Toshkent "O'zbekiston" 2000.96-bet.

3. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2021.-B464.

4. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda. Toshkent - 2021. O'qituvchiMUMCHJ.184bet.

5. Karimov A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo'lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir. Toshkent "O'zbekiston" NMIU, 2015. 304 bet.

6. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston demokratik o'zgarishlar keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda. Toshkent: 2021. o'qituvchi MUMCHJ.184bet.

7. Tuzuvchilar: B.Ahmedov, A.Aminov. Amir Temur o'gitlari Toshkent "Navro'z"1992. 63bet.

8. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2021.-B464.

9. Mahmudov I. Boshqaruv psixologiyasi. YUNAKS-PRINT. - Toshkent: 2005. -B.170

10. K.B. Axmedjonov, A.X. Xolov. Yosh rahbar kadrlarda samarali qaror qabul qilish ko'nikmasini shakllantirish.. "Tafakkur" qanoti nashriyoti - 2009. 96 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.