Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784
educational, natural and social sciences www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(8), August, 2023
YANGI O'ZBEKISTON SHAROITIDA JAMIYATDA O'QITUVCHILARNING ROLI VA AHAMYATI
Jalilova Xulkar Turayevna
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada hozirgi kunda yangilanayotgan O 'zbekistonda ta 'lim tizimini oshirishda asosiy e'tibor o'qituvchining nufuzini oshirish, borasidagi fikrlar o 'tmishdan hozirgi kungacha bo 'lgan davrlar bilan qiyoslanib tushuntirilgan. Chet el tajribasi qaysi mamlakatlardan tajriba o'rganish kerakligi haqidagi mulohazalar mavjud. Yurtimizda uchunchi renessans davrida yangi nafas olib kiruvchi insonlar faqat va faqat o'qituvchilar ekani IX-XII hamda XV asrlardagi Sharq uyg'onish davridan boshlab ilm-fanga ustoz shogird an 'anasiga muofiqligi hammaga ayon va buni qayta tiklash darkor. Hozirgi globallashuv zamoni shuni ko 'rsatmoqdaki, ta 'lim tizimini va sifatini yaxshilamasdan turib ko 'zlangan natijaga erishib bo 'lmaydi.
Kalit so'zlar. «Ustoz-shogird», Renessans, Suqrot, Russo, Ushinskiy, Platon, o 'qituvchi maqomi.
АННОТАЦИЯ
В данной статье основной акцент на совершенствовании системы образования в Узбекистане, которая в настоящее время обновляется, объясняется путем сравнения взглядов прошлого с настоящим. Есть мнения о том, каким странам следует перенимать зарубежный опыт. Люди, которые вдохнут новую жизнь в нашу страну в период третьего ренессанса, являются всего лишь учителями. Непоследовательность очевидна и ее полезно восстановить. Нынешняя эпоха глобализации показывает, что желаемого результата невозможно достичь без улучшения системы образования и его качества.
Ключевые слова. «Учитель-ученик», Ренессанс, Сократ, Руссо, Ушинский, Платон, статус учителя.
ABSTRACT
In this article, the main focus on improving the education system in Uzbekistan, which is currently being renewed, is explained by comparing the views from the past to the present. There are opinions about which countries should learn from foreign experience. The people who breathe new life into our country in the third renaissance period are only teachers. The inconsistency is obvious and it is useful to restore it. The current era of globalization shows that the desired result cannot be achieved without improving the education system and its quality.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(8), August, 2023
Keywords. "Master-disciple", Renaissance, Socrates, Rousseau, Ushinsky, Plato, teacher status.
Insoniyat tarixi ta'lim tizimidagi vorisiylik an'analari asosida takomillashib bormoqda. Bu evolyusion jarayonda «Ustoz-shogird» munosabatlari ham mazmunan, ham shaklan tabiiy tanlanish natijasida namoyon bo'ladi. Chunki mutatsiya va tabiiy tanlanish evolyusiyaning eng asosiy omili hisoblanadi. Bu omillarning birgalikdagi ta'siri evolyusiya jarayoni amalga oshirilishining asosiy sharti hisoblanadi. Tabiiy tanlanish bevosita organizmlar fenotipiga ta'sir etadi. Natijada ayrim genlar yoki allellar emas, balki muayyan reaksiya meyoriga ega bo'lgan bir butun genotiplar tanlanadi. Genetik jihatdan evolyusiya populyatsiya genofondining muayyan yo'nalishida o'zgarishi (mikroevolyusiya)dan iborat. Tashqi muhit sharoiti o'zgarishi xususiyatiga qarab populyatsiyaga harakatlantiruvchi, turg'unlashtiruvchi yoki dizruptiv tanlanish ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Tanlanish tur individlari ontogenezining hamma davrida ham ta'sir etishi mumkin, filogenez esa ontogenezning genetik qatorlaridan iborat bo'ladi. Asosan, makroevolyusiyada turdan yuqori guruhlar ichida kechadigan evolyusion jarayonlar namoyon bo'lib, unda filogenezning umumiy qonuniyat va yo'nalishlari aks etadi. Organizmlar muayyan guruhlari evolyusion o'zgarishlarining yo'nalishlari tabiiy tanlanish bilan bir qatorda muayyan turning tuzilishi (genetik sistemasi, ontogenezi va fenotipi) xususiyatlari bilan bog'liq bo'lgan evolyusion cheklanish va taqiqlar orqali ham belgilanadi.
Darhaqiqat, ta'lim tizimi taraqqiyoti davomida Sharq va G'arb davlatlarida intellektual salohiyatning o'sishi o'ziga xos ravishda rivojlandi. Bu jarayon Qadimgi Hindistonda braxman va gurular, Xitoyda Konfusiy, Yunonistonda Suqrot maktabi, Platon akademiyasi, Aristotel litseyi, o'rta asrlar Sharqida Bag'dod Ma'mun akademiyasi yoki Xorazm Ma'mun akademiyasida ta'lim tizimining yangi ilg'or an'analarini shakllantirdi. «Ustoz-shogird» munosabatlarining o'lmas qadriyatlarini asrlar davomida shogirdlar tomonidan e'zozlanishini Suqrot va uning shogirdlari timsolida tahlil etishimiz mumkin. Uning «Kuch - bilimda», «Qanchalik ko'p bilsam, shunchalik ko'p bilmasligimni bildim», «O'z-o'zingni angla» aforizmlari bugungi kunda ham o'ta dolzarb. Suqrotchilar maktablari er.av.V asrda uning shogird va izdoshlari tomonidan shakllantirilgan yunon falsafiy maktablari: Platon akademiyasi, Megar maktabi, Elida-eretreya maktabi, Keren maktabi va kiniklar oqimi shular jumlasidandir.
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(8), August, 2023
Ustozga hurmat va ehtirom oliy qadriyat sifatida Platon asarlarida yorqin ifoda etiladi. Uning «Suqrotchilar dialogi»da alloma ustozi qarashlarini haqqoniy aks ettirishga, g'oyalarini tizimli va mufassal targ'ib qilishga harakat qiladi [1;196]. O'zi tashkil etgan akademiyada qariyb qirq yil davomida rahbarlik qilar ekan, ustozi qarashlari targ'ibotini ham muttasil olib boradi. Platon akademiyasining 900 yildan ortiqroq faoliyati davomida bu an'ana saqlanib qolganligi bejizga Suqrot butun insoniyatning ma'naviy ustoziga aylanmaganligini ko'rsatadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
IX-XII hamda XV asrlar insoniyat tarixida Sharq Uyg'onish davri sifatida e'tirof etiladi. Bu davrda mamlakatimiz hududlarida yashab ijod etgan olimlarning ilmiy tadqiqotlari Bag'dod, Marv va Xorazmdagi ilmiy-ma'rifiy markazlarda olib borildi. O'rta asrlarda tashkil etilgan ilmiy maktablarda dunyoviy va diniy fanlar rivojiga vatandoshlarimiz ulkan hissa qo'shdilar. Natijada «ustoz-shogird» an'analarining davomiyligi asosida mazkur ilmiy maktablarda buxoriylar, farg'oniylar, xorazmiylar, termiziylar, samarqandiylar avlodi ulkan ilmiy yangiliklari bilan insoniyat tarixida o'chmas iz qoldirdi. Mana shunday ajdodlarimizning o'ziga xos qadriyatlari asosida nima muhim o'rin egallagan?
Mamlakatimizda akademik fan vakillarining sermashaqqat ilmiy-ijodiy mehnatini rag'batlantirish va ularga ehtirom ko'rsatish maqsadida Prezident farmoni qabul qilindi [2;]. Natijada, mamlakatimizda ustozlarga, ilmiy maktablar faoliyatiga ehtiyoj yuqoriligi yanada oydinlashdi. Akademik Edvard Rtveladze 2016 yil 30 dekabrda davlatimiz rahbarining akademiklar, ilm-fan namoyondalari bilan uchrashuvida qo'yilgan masalalardan biri haqida: «Ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, yosh ilmiy kadrlar, yuksak malakali mutaxassislarni tarbiyalab yetishtirish,respublikamizda yuqori salohiyatga ega bo'lgan jahon miqyosida e'tirof etilgan olimlarning ilmiy maktablarini yaratish zarur. Hozirgi paytda akademiyadagi akademiklarning eng yoshi 60 yoshdan oshganligini e'tiborga olsak, ilm sohasida «Ustoz-shogirdlik» an'analari nihoyatda kerak ekanligi ma'lum bo'ladi», deb ta'kidlaydi[3;].
XXI asr insoniyat uchun shiddatkor taraqqiyot eshiklarini ochdi. O'z vatani va kelajak avlodining taqdiri uchun mas'uliyatni teran his etgan har bir jamiyat vakillari yoshlardagi ilm-u ma'rifat darajasini oshirishi zarurligi ko'rinib qoldi. Jahonda qaror topayotgan yangi - bilimga asoslangan iqtisodiyotga o'tish jarayonlarida hal qiluvchi rolni intellektual kapital o'ynay boshladi. Mamlakatning qay darajada rivojlanganligi uning ayni vaqtda ilmiy tadqiqot va rivojlantirish ishlari (Research and Development, R&D) uchun qancha mablag' ajratishiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq hisoblanadi.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(8), August, 2023
Butun dunyo bo'yicha ushbu yo'nalishda eng ko'p mablag' sarflaydigan davlatlar Janubiy Koreya va Isroil hisoblanadi. Ushbu davlatlar YAIM ning 4,5% ini aynan ilmiy tadqiqot ishlari uchun sarflaydi. Mablag' tomondan qaralganda AQSH va Xitoy ham ilmiy tadqiqot uchun eng ko'p pul sarflaydigan davlatlar hisoblanadi. Masalan, 2020 yilda Xitoy ilm-fan sohasi uchun 378 mlrd. AQSH dollari (YAIMning 2,4% ni) pul ajratgan.
G.D.Litsman zamonaviy o'qituvchining professional-malakaviy o'sishi, bu bevosita ilmiy tadqiqotchilik faoliyati bilan birgalikda olib boriladi, rivojlangan davlatlar ta'lim tizimi bevosita tadqiqotchi o'qituvchi timsolida shakllanmoqda[4;212], deb ta'kidlaydi.
Suqrotning asosiy didaktik yutug'i - ustoz tomonidan o'ylab qo'yilgan savollar yordamida haqiqatga eltuvchi mayevtika dialogik tortishuv. Ustoz o'quvchi (shogird)ning kuchli ruhiy jihatlarini uyg'otishi va uning «o'zini yaratib olishi»ga ko'maklashishi kerak.
Platonning fikricha, ustozlik vazifasini, eng avvalo, yoshi katta kishilarga ishonish mumkin. Bu borada J.J.Russoning fikri ham juda qiziq: u ustozning eng asosiy va qiyin san'ati - o'quvchi (shogird) bilan hech narsa qilmaslikni bilishdir, deb ta'kidlagan.
XX asr boshlarida ustozlik muammolari haqida K.D.Ushinskiy ham o'z fikrlarini bayon etgan. U tajribalilik bilan maqtanmaslik, o'z tarbiyaviy faoliyati yillarini sanab g'ururlanmaslik kerakligini ta'kidlab, kasbiy tajriba nazariy tayyorgarlik yo'qligini qoplab yuboradi, degan xato fikrga bormaslikni maslahat beradi.
Sharq xalqlarining yozma yodgorliklari «Panchatantra», «Kalila va Dimna»[5;260], «Avesto» kitoblarida, Konfusiy «Hikmatlari»da, Abu Homid G'azzoliyning «Ilm kitobi» asarida, Husayn Voiz Koshifiyning «Futuvvatnomai sultoniya» asarida «Ustoz-shogird» munosabatlarining sharqona qadriyatlari ifodalangan. Zamonaviy biznes faoliyati bilan bog'liq munosabatlar Jim Ronning «Aql vitaminlari»[6;383], Robert Kiosakining "Boy ota, kambag'al ota» asarida, zamonaviy o'zbek milliy qadriyatlari va ta'lim tizimi faoliyatidagi «Ustoz-shogird» an'analarini Tohir Malik, Ozod Sharofiddinov, Saydi Umirov, Said Shermuhammedov, Erkin Vohidov kabi mutafakkirlarimiz asarlarida uchratamiz.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yilgi Parlamentga Murojaatida "nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a'zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma'rifat, yuksak ma'naviyatni rivojlantirish"ga alohida e'tibor qaratilgan. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda o'qituvchining pedagogik mahorati, ilg'or tajribalari muhim ahamiyatga ega. Chunki
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(8), August, 2023
o'qituvchi üm-ma'rifatli kadrlar tayyorlash, o'quvchilarni turli sohalarga yo'naltirish, uzluksiz ta'lim jarayonlarida islohotlarni amalga oshirish, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalash, xorijdagi ilg'or tajribalarni chuqur o'rganish, ta'lim jarayonini yangilash, o'qitish metodikasi, shakl va metodlarini qo'llashda ilm-ma'rifatga asoslanish kabilarni amalga oshirishga mas'ul shaxs hisoblanadi. Shu jihatdan Yurtboshimiz ta'kidlaganidek, "Ilm yo'q joyda qoloqlik, jaholat va albatta to'g'ri yo'ldan adashish bo'ladi. Sharq donishmandlari aytganidek "Eng katta boylik — bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros — bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik — bu bilimsizlikdir" Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o'zlashtirish, chinakam ma'rifat va yuksak madaniyat egasi bo'lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak. Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo'lidan borish imkoniyatini beradi"
Faylasuf olima SH.Qahhorova traditsionalizm va evolyusionizm mohiyatini tahlil qiladi. «XX asrga kelib ko'pchilik olimlar misolida ma'naviyatdagi bu ajralishlar, ayniqsa, falsafadagi differensiallashuv ijobiy emas, balki o'ta salbiy hodisa ekanini anglab yetila boshlandi. Chindan ham insoniyat ma'naviyatida parchalanish va qotib qolish (dogmalashuv) jarayonining tobora kuchayib borishi o'ta xatarli... G'arb madaniyatida jamiyat hayotiga tobora taraqqiyot etuvchi jarayon sifatida sayoz evolyusionistik qarash hukm surib kelayotgan edi. Fan va texnika taraqqiyoti hamda unga asoslangan moddiy farovonlik bu taraqqiyotni mutlaq, ijobiy va bepoyon degan xulosaga olib kelgan edi... Bu sayoz evolyusionizm konsepsiyasiga qarama-qarshi turadigan va umumjahon dinlari muqaddas kitoblarining esxatologik mazmuniga tayangan asl ezoterik (nosxolastik) traditsionalistik yondashuvlar global muammolarni kengroq, teranroq va konkretroq tushunishga va tegishli xulosalar chiqarishimizga yordam bera oladi»[7;411]. Bu integrallashuv bugungi kunda ustoz-shogird munosabatlaridagi traditsionalizmdan uzoqlashuv ilm-fanda katta jarlikni hosil qildi. Endilikda xususiy fanlarda differensiallashuvga qarama-qarshi bo'lgan integrallashuv jarayoni boshlangan. Barcha dunyoqarash shakllarining diniy, falsafiy va ilmiy bilimlarning integrallashuvi natijasida yaxlit hamda dunyoqarashning shakllanishi va ommalashuvi hozirgi davr sivilizatsiyasini global inqirozdan qutqara oladi.
Har bir millatning boy tarixi, shon-shavkati, betakror ma'naviy merosi, umuman olganda, qahramonlarning dunyoga kelishi ustozlarning mehnati samarasi sanaladi. Shu sababdan, kasbni egallashda, albatta, ustozlar ko'magida ular tajribalari, tavsiyalarini o'zlashtirish shogirdlar burchidir. Bejizga xalqimiz:«Ustoz ko'rmagan shogird har maqomga yo'rg'alar», demaydi.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(8), August, 2023
Bugungi kunda Hasan Basriyning «Olimlar bo'lmaganda odamlar hayvonlardek bo'lib qolishardi», «Olimlar yulduzlarga o'xshaydi. Agar ko'rinib tursa, odamlar ular yordami bilan o'zlariga yo'l topishadi. Agar ular ko'zdan yo'qolib, o'zlari zulmatda qolishsa, qayoqqa yurishni bilmay hayron qolishadi»,[8;73] degan fikri juda ahamiyatlidir.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Bugungi kunda O'zbekistonda o'qituvchilarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash, ta'lim muassasalari faoliyatini boshqarish va tashkil etishning maxsus tizimini yaratish, maktablarda ishlay oladigan yoshlarni aniqlash, tanlash, o'qitish va tarbiyalash kabi masalalar davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Oliy ta'lim muassasalari faoliyatiga innovatsiyalar asosida ilg'or ta'lim shakllari, pedagogik texnologiyalarni joriy etish, xalqaro tashkilotlar va ekspertlarni jalb qilgan holda ijodiy faoliyatga ega bo'lgan pedagogik kadrlarni tayyorlash mexanizmlari joriy etilgan. Har bir o'qituvchi o'z ishiga ma'suliyatli, ziyrak, hushyor, ertani ko'ra biladigan, o'quvchilar kayfiyatini tez payqaydigan va shunga mos ravishda ishlaydigan bo'lishi kerak. Aks holda u o'quvchilar e'tiboridan chetda qoladi. O'z obro'sini yo'qotadi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, o'qituvchining pedagogik mahorati, irodasi o'ziga xush yoqadigan biror narsani qilayotganda emas, balki birorta og'irroq, kutilmagan, sezilarli zo'r berishni talab qiladigan vazifani bajarayotganda namoyon bo'ladi. U bu ishning katta jamoa va butun Vatanimiz uchun zarurligi va foydaliligiga ishonganligi uchun samimiy munosabat, iroda va kasbga bo'lgan ma'suliyat bilan amalga oshiradi.
O'qituvchi o'z faoliyatida ijtimoiy va iqtisodiy saviyasini tinimsiz shakllantirib borishi, vijdonan, sidqidildan mehnat qilishi, malaka va ko'nikmalarini tinimsiz oshirib borishi, pedagogik mahoratini yuksaltirishi, jamoa o'rtasida katta hurmatga loyiq bo'lishi kabi masalalar jamiyat taraqqiyotining ko'zgusiga aylanib bormoqda. Bu borada Chirchiq davlat pedagogika institutida bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash sohasida olib borilayotgan ishlar diqqatga sazovordir. Institut professor-o'qituvchilari innovatsion ta'lim klasteri yo'nalishida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bilan birga, bo'lajak o'qituvchilarda mustaqillik, ijodiylik, qat'iylik, vazminlik, o'zini qo'lga ola bilish, intizomlilik, o'zini-o'zi boshqarish, o'z kuchiga ishonish mahoratini rivojlantirish metodikasiga oid bilim, ko'nikma va malakalarni takomillashtirishda ustozlik vazifasini amalga oshirmoqdalar.
O'qituvchi o'zining faoliyatida malakali va tajribali, chuqur bilimga ega, davlat tili va chet tillarni, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va o'qitishning innovatsion uslublarini bilishi, klaster metodi asosida boshqa tashkilotlar, yirik
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(8), August, 2023
kompaniya va bu^hma^ bilan aloqada bo'lishi, o'qitishning innovatsion shakl va uslublarini joгiy qilgan holda ta'lim mazmunini takomillashtirishi, milliy va jahon adabiyoti, musiqa, kino, haykaltarashlik, amaliy san'at va boshqa ijodiy yo'nalisЫardagi bilimla^a ega bo'lishi, o'quv jarayonida ta'limning ilg'oг shakllaгi, pedagogik texnologiyalar va axborot yangiliklarini joriy etish maqsadida xorijiy ta'lim tashkilotlari bilan yaqin hamkoñikni yo'lga qo'yishi, zamonaviy talablarni hisobga olgan holda ijodiy tanlovla^ test va boshqa sinov^ asosida o'quvchilaming bilim, ko'nikma va malakalarini, ijodiy iste'dodini гivojlantiгishga qaratilgan mashg'ulotlaг olib boгishi kabilaг ta'lim-tarbiya samaradorligini oshiradi
REFERENCES
1. Каххорова Ш. Глобал маънавият - глобaллaшyвнинг FOявий асоси. -Тошкент: Tafakkuг, 2009. - Б. 411.
2. Ахмад Myхaммaд турсун. Хдсан Басрий.- Тошкент: Qaqnus media, 2019.-Б. 95,
3. РонЖ. Акл витаминлари.-Тошкент: FUTURE-BOOKS, 2021. -383 б.
4. Назаров К. Жахон фалсафаси комуси. 2-том. - Тошкент: Маънавият, 2019.
5. Белл Д. Грядущее постиндустриальное общество. Опыт социального прогнозирования // - М.: Academia, 1999. - 783 с.
6. Лицман Г.Д. Научно-исследовательская деятельность как средство профессионально-квалификационногороста учителя. - Дисс. ... док. пед. наук.-Екатеринбург, 2002. -212 с.
7. Safarov.M.K. Inson tabiatida ehtirosni tuta bilish borasidagi mushohadalarning Ar-Roziy asarlaridagi tahlili// Qar DU xabarlari//2023№3/2(59).-B.125-130.
8. Калила ва Димна. -Тошкент: Янги аср авлоди, 2010. -260 б.
9. Кудратова У.Р. Масофавий таълим - пандемия шароитида таълимни ташкил этишнинг му^им воситаси // O'ZMU xabarlari // Ижтимоий-гуманитар йуналиши. - Тошкент, 2021. № 1 \3\ 1. - Б. 111-113.
Б. 196.